Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 15-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2667-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyundagi 366-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-yil, 15-son, 194-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-iyul,
9-son
Kelishildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2021-yil 21-iyun
Moliya vaziri T. IShMETOV
2021-yil 1-iyul
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A. INAKOV
2021-yil 2-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2021-yil 2-iyuldagi 9-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-banddagi “tibbiy-mehnat ekspertizasi” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 22-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Quyidagi hollarda bemor tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (keyinchalik matnda TIEK deb yuritiladi) yuboriladi:”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar oʻtmasdan turib ham tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror TIEK raisi tomonidan qabul qilinadi.”.
3. 24-banddagi “TMEKga”, “TMEKda”, “TMEK” va “TMEKda” degan qisqartmalar tegishlicha “TIEKga”, “TIEKda”, “TIEK” va “TIEKda” degan qisqartmalar bilan almashtirilsin.
4. 37-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy va tuman (shahar) epidemiologik osoyishtalik markazlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 40-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 41-banddagi “urush qatnashchilari va nogironlariga” degan soʻzlar “urush qatnashchilari va urushdan nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 46-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy va tuman (shahar) epidemiologik osoyishtalik markazlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining hududiy boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 49-banddagi “pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat” degan soʻzlar “pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan.
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
1-ILOVA
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
2-ILOVA
| (Muassasa shtampi) | | | |
094\x shakl | |
| | | | | | |
|
Mastlik holati boʻyicha mehnatga layoqatsizlik | |||||
| | | | | | |
| 20___ yil “___” _____________ | |
___________-son | |||
| | | | | | |
|
Familiyasi, ismi_________________________________________________________ | |||||
| |
(tashkilot nomi) | ||||
| Tashxis _________________________________________________________________ Yakuniy tashxis ___________________________________________________________ Layoqatsizlik turi _________________________________________________ | |||||
| |
(kasallik, ishlab chiqarishdagi, turmushdagi baxtsiz hodisalar) | ||||
| Tartib _________________________________________________________________ | |||||
| |
(ambulator yoki statsionar) | ||||
| | | | | | |
| Shifoxonada boʻlgan davri | 20___ yil “_____” __________________ 20___ yil “_____” ________________dan 20___ yil “_____” _______________ gacha | ||||
| TIEKga yoʻllangan sana |
20___ yil “_____” _________________ | ||||
| | | | | | |
| Shifokorning imzosi | __________ | | |||
| | | | | | |
| TIEK koʻrigidan oʻtgan sana | 20___ yil “_____” ___________________ | ||||
| | | | | | |
| TIEK xulosasi | | __________ | | ||
| | | | | | |
| Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilsin | 20___ yil “_____” _______________ dan 20___ yil “_____” _______________ gacha | ||||
| | | | | | |
| Bosh shifokor imzosi | | __________ | | ||
| | | | | | |
| TIEK raisining imzosi va TIEK muhri | __________ | | |||
| | | | | | |
| Ishdan ozod etilgan kunlar (shu kunlar bilan birga) |
20___ yil “_____” _______________ dan 20___ yil “_____” _______________ gacha | ||||
| | | | | | |
| Shifokorning F.I.O. | ______________________________ | ||||
| | | | | | |
| Shifokorning imzosi | __________ | ||||
| | | | | | |
| Ishga tushish sanasi (soʻz bilan yoziladi) | ______________________________ | ||||
| | | | | | |
| Yangi maʼlumotnoma berildi | 20___ yil “_____” _________________ da | ||||
| | | | ___________-son | | |
| Davolash-profilaktika muassasasi muhri | |||||
| ”. | | ||||
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 10/21/2667-3/0675-son)