Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev oʻn kun muddatda Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta koʻrib chiqib, tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari hamda Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 11-apreldagi 212-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-iyul,
426-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-iyuldagi 426-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-martdagi PQ-4643-son qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir oʻrinbosari Bosh vazirning Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati qishloq xoʻjaligida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, klaster va kooperatsiyalar tizimini va fermerlikni rivojlantirish, qonunchilik talablariga rioya etish, qishloq xoʻjaligi sohasini moliyalashtirish va moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash, yerdan oqilona foydalanish, suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash dorivor oʻsimliklar yetishtirishni kengaytirish masalalarini hal etish boʻyicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi hamda tayyorlanishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2022-y., 09/22/683/1055-son)
5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
6. Bosh vazir oʻrinbosari Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) bevosita rahbarlik qiladi hamda Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosari va mutaxassislarining ishini tashkil qiladi.
7. Bosh vazir oʻrinbosari Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq oʻziga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida umumiy muvofiqlashtiradi.
8. Bosh vazir oʻrinbosari mehnatiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq haq toʻlanadi.
2-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
9. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni taʼminlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini oʻrganish, agrar hamda oziq-ovqat sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish asosida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlanishini taʼminlash;
Hukumat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishga doir optimal qarorlar ishlab chiqish, agrar sohada innovatsion texnologiyalarni, qishloq xoʻjaligi ekinlarining intensiv hamda yuqori hosildor navlarini yetishtirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy qilish mexanizmlarini takomillashtirish orqali agrar va oziq-ovqat sohalarining raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan, shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasiga bozor mexanizmlarini keng joriy etish, paxta va gʻallachilikda davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilib, sohaga xususiy sektorni toʻliq olib kirish, klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlikni rivojlantirish, sohada davlat ishtirokini kamaytirish, mamlakat aholisiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berishni tashkil etish yoʻli bilan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish hamda amalga oshirilishini monitoring qilish;
Bosh vazir oʻrinbosari vakolatiga kiritilgan yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;
agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish konsepsiyasi, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar hamda tarmoqlarda muhim ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil qilish hamda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ularni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish;
Kotibiyatga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishini doimiy va tizimli asosda har tomonlama tanqidiy tahlil qilishni, aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishni hamda kompleks vazifalar amalga oshirilishini taʼminlash;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, amaliy natijadorlikni oshirish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlashga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish chora-tadbirlarini tashkil etish;
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishning muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Kotibiyatga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalarini, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirish masalalarini tayyorlash hamda koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
qonunlar ijrosining maqsadli va kompleks oʻrganilishini hamda uning natijalari reja asosida har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida muhokama qilishini taʼminlash;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;
Kotibiyat kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va uni tizimli asosda yangilab borishni taʼminlash.
10. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi, yerdan foydalanish va suv xoʻjaligi qurilishi sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qarorida belgilangan islohotlar samarali amalga oshirilishini tashkil etish va taʼminlash;
qishloq xoʻjaligida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish va yanada rivojlantirish, unga zamonaviy menejment mexanizmlarini joriy etish, sohani raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish;
sohaga aloqador vazirlik va idoralarni klasterlar, kooperatsiyalar va fermer xoʻjaliklariga yer holatini aniqlash, ekin turlari, urugʻ va navlarni toʻgʻri tanlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, mahsulot bozorini topish boʻyicha zamonaviy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga aylantirish;
qishloq xoʻjaligi sohasiga bozor mexanizmlarini keng joriy etish, paxta va gʻallachilikda davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilib, sohaga xususiy sektorni toʻliq olib kirish, klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlikni rivojlantirish, sohada davlat ishtirokini kamaytirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining laboratoriya tekshiruvi va sertifikatlash tizimini rivojlantirish, eksportni ragʻbatlantirish, savdo infratuzilmasi va agrologistika markazlarini tashkil qilish;
xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qoʻshilgan qiymatli qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini yaratish;
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini va isteʼmol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni taʼminlash;
bogʻdorchilik, uzumchilik, issiqxona xoʻjaliklari, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlarini yanada rivojlantirish;
agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini hamda sohaning davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash;
budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan agrar va oziq-ovqat sohasiga ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi sohasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish hamda foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish;
qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishiga, yangi ish oʻrinlarining yaratilishiga koʻmaklashish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish;
qishloq xoʻjaligida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyati va ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish, taʼlim va maslahat xizmatlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, urugʻchilik va naslchilik maktablarini yaratish, ilgʻor innovatsion ishlanmalarni keng joriy etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga muvofiq qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimida hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishda islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligida yerlarning holati, ekinlar, suv resurslari haqidagi va boshqa maʼlumotlarni oʻzida jamlaydigan axborot tizimini yaratish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Transport prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish;
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi, yerdan foydalanish va suv xoʻjaligi qurilishi sohasidagi islohotlarning, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi PF-5041-son va “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmonlariga muvofiq amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga qishloq xoʻjaligi, oʻrmonzorlar, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xoʻjaligi hamda suv xoʻjaligi qurilishi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi, yerdan foydalanish, suv xoʻjaligi qurilishini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi PF-6024-son Farmoniga muvofiq suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish;
(10-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
fermerlik harakatini rivojlantirish, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini shakllantirish, agroklasterlar tashkil qilish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, oʻrmon xoʻjaligi tizimini rivojlantirish va dorivor oʻsimliklar yetishtirish holatini tahlil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qaroriga muvofiq agrar sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlariga asoslangan ijara munosabatlari va xoʻjalik yuritish tizimini keng rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlaydigan qulay iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
erlarni qoʻriqlash va ulardan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni davlat yer kadastrini yuritishni tartibga solish ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, erga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni joriy qilish, yerlarni, ayniqsa, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muhofaza qilish, qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish, yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son hamda “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qarorlariga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligi maqsadlari, shu jumladan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari “E-AUKSION” elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlov oʻtkazish orqali ijaraga berilishini muvofiqlashtirish;
(10-band “a” kichik bandining yigirma oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2022-y., 09/22/683/1055-son)
oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish, oʻrmon fondi va qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni samarali boshqarish, daraxtzorlar tashkil qilish, takror ekish, qoʻriqlash va himoya qilish, oʻrmonlardan oqilona hamda ehtiyotkorlik bilan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga muvofiq qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi, yerdan foydalanish hamda suv xoʻjaligi qurilishi sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalar, shu jumladan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni, xususan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb etilishini tahlil qilish;
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi, yerdan foydalanish hamda suv xoʻjaligi qurilishi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha takliflar hamda hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish va ularning kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi, yerdan foydalanish hamda suv xoʻjaligi qurilishi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish ishlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son va “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qarorlariga muvofiq suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor oʻsimliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash orqali qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-maydagi PF-139-son Farmoni va “Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son qaroriga muvofiq dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va ularning xomashyo bazasidan samarali foydalanishni tashkil qilish.
(10-band “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 683-sonli qaroriga asosan oʻttiz ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2022-y., 09/22/683/1055-son)
b) oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarining barqarorligini taʼminlash sohasida:
oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini kompleks oʻrganishni tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, sohaga Oʻzbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga muvofiq xorijiy investitsiyalar hamda texnologiyalarni jalb etish uchun sharoitlar yaratishga doir takliflar va hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish hamda ularni kompleks ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlash, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
xalqaro standartlarga javob beradigan oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, oziq-ovqat sanoati korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import oʻrnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
oziq-ovqat sohasida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish monitoringini tashkil etish;
oziq-ovqat donini ishlab chiqarish va taqsimlash balansi puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash hamda uning bajarilishini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmoniga muvofiq ichki isteʼmol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish masalalari monitoringi va tahlilini tashkil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishni rivojlantirishning sifatli oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash;
oziq-ovqat tovarlari yuzasidan bozorlar faoliyatini, yarmarka va koʻrgazma faoliyatini muvofiqlashtirish, qishloq aholisini talab etilgan va sifatli oziq-ovqat tovarlari va pulli xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida marketing tadqiqotlari oʻtkazilishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga muvofiq respublika aholisini qish-bahor davrida uzluksiz taʼminlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini gʻamlashni tashkil etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
chakana va ulgurji savdoni tashkil etish tizimini takomillashtirish, pulli xizmatlar koʻrsatishni kengaytirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar koʻrsatishning yangi shakllari va usullarini faol joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va qishloq joylarda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
oziq-ovqat sanoati, savdo uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, ushbu sohalarni yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
v) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
Bosh vazir oʻrinbosari vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha “yoʻl xaritalari”ning amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.
11. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda ishtirok etadi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi;
agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari oʻrinbosarining faoliyatiga shaxsiy baho bergan holda ularni ragʻbatlantirish choralarini yoki oʻziga biriktirilgan soha va tarmoqlarda asosiy koʻrsatkichlarga erishishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygani uchun lavozimga loyiqligi masalasini koʻrib chiqadi hamda bu toʻgʻrisida aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hisobot beradi;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Bosh vazir oʻrinbosari va Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan sohalarda maʼmuriy va iqtisodiy islohotlarning holati hamda natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini, ularni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan Kotibiyatga biriktirilgan sohalarda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
agrar va oziq-ovqat sohalar tarmoqlarini rivojlantirish hamda ularning raqobatbardoshligini oshirish masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;
Bosh vazir oʻrinbosari yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumatning qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Hukumat aʼzolari hisoblanadigan vazirlar hamda davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbar lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash (tayinlash) boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq kadrlarni tanlaydi hamda ularning zaxirasini shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;
Kotibiyat mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Kotibiyatda kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
Kotibiyat mudiri va uning oʻrinbosari hamda boshqa mutaxassislarning vazifalari taqsimlanishini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini taʼminlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
Bosh vazir oʻrinbosari vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishilgan holda, Kotibiyat mudiri bajaradi.
3-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
12. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning kollegial organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlarining majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga koʻra — davlat boshqa organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida ishtirok etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish;
budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan qishloq va suv xoʻjaligi sohasiga ajratilib, ulardan foydalanishdan tejaladigan mablagʻlarni qayta taqsimlash;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti hamda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
13. Bosh vazir oʻrinbosari:
yuklangan vazifalar muddatida va sifatli bajarilishi, sohadagi islohotlarning natijadorligi;
ushbu Nizomning 9 — 11-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
uning vakolatiga kiritilgan tegishli yoʻnalishlar va masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarning puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
rahbarlik qilinayotgan Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
yuqori darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;
joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tomonidan tovarlar hamda xizmatlar eksporti prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-martdagi PQ-4643-son va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazir oʻrinbosari faoliyatini tashkil etish
14. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyat ish rejasi asosida tashkil etiladi.
15. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan davlat birlashmalari boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-iyuldagi 426-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Kotibiyat faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini qishloq xoʻjaligini isloh qilish, klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlik tizimini rivojlantirish, yerdan oqilona foydalanish, suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarining barqarorligini taʼminlash dorivor oʻsimliklar yetishtirishni kengaytirish sohasi masalalari boʻyicha axborot-tahliliy taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 683-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2022-y., 09/22/683/1055-son)
3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi;
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish;
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;
Hukumat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
agrar va oziq-ovqat sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
agrar va oziq-ovqat sohalarida davlat siyosatining samarali hamda sifatli amalga oshirilishida, shu jumladan, yer va suv resurslaridan foydalanish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish.
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) qishloq xoʻjaligini va fermerlikni rivojlantirish hamda qonunchilik talablariga rioya etish sohasida:
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoniga muvofiq qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va suv isteʼmolining haqiqiy holatini hamda rivojlantirish istiqbollarini chuqur tahlil qilish asosida bu boradagi siyosatni strategik rejalashtirish boʻyicha amaliy ishlarni tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish, ekin maydonlarini optimallashtirish, oʻrmon maydonlari, yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, qishloq xoʻjaligi ekinlarini parvarish qilishning yangi ilgʻor texnologiyalarini joriy etish, fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini mustahkamlash ishlarini tashkil etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini tashkil qilish;
qishloq joylarda ijara munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning yetakchi boʻgʻini va shakli sifatida fermer xoʻjaliklarining huquqlari, manfaatlarini himoya qilishni va samarali faoliyat yuritishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirishga koʻmaklashish, ularning manfaatdorligini ragʻbatlantirish, zamonaviy texnologiyalarni va qishloq xoʻjaligi xomashyosini kompleks qayta ishlashni joriy etish, shuningdek, qishloqda yangi ishlab chiqarishlar va xizmatlar sohasini tashkil etish va rivojlantirish hisobiga mexanizatsiyalash va rentabellik darajasini oshirish;
koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, ularning faoliyatiga suvni tejaydigan samarali texnologiyalarni, birinchi navbatda, tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda koʻmaklashish;
qishloqda fermerlik harakatini rivojlantirish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini shakllantirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish monitoringini va tahlilini taʼminlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligini hamda qishloqni rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, xoʻjalik yuritishning shartnoma munosabatlariga asoslangan shakllari va tizimini keng rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlari ishonchli himoya etilishini taʼminlaydigan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, mini-texnologiyalarni rivojlantirish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish, agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
seleksiya va qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi, yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari bilan taʼminlash, chigirtka, zararkunandalar, oʻsimlikliklar kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashish boʻyicha yagona texnik va texnologik siyosatni amalga oshirishni taʼminlash;
fermer xoʻjaliklarini yuqori unumli, zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan, shu jumladan, lizing asosida taʼminlash ishlari monitoringini amalga oshirish;
qishloq xoʻjaligini kompleks mexanizatsiyalashni taʼminlashni tashkil etish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sinash hamda sertifikatlash ishlarini muvofiqlashtirish;
bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar, boʻgʻinlar va tuzilmalar faoliyati monitoringini taʼminlash;
agrar va oziq-ovqat sohalarida qonunchilikka rioya etish boʻyicha nazorat ishlarini yuzasidan monitoring yuritish;
b) qishloq va suv xoʻjaligi sohasini moliyalashtirish, moddiy -texnika resurslar bilan taʼminlash hamda klaster va kooperatsiya tizimini joriy etish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga muvofiq sohaning diversifikatsiya qilish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, klaster va kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha amaliy ishlarni tashkil etish;
klasterlar, kooperatsiyalar va fermerlikni rivojlantirish hamda agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish ishlarini muvofiqlashtirish;
agrar va oziq-ovqat sohalarida klasterlar va kooperatsiyalarni rivojlantirishdagi mavjud toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son va “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PF-5388-son Farmonlariga muvofiq yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
klasterlarning iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishdan manfaatdorligini ragʻbatlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qoʻshilgan qiymatli qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;
agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini hamda sohaning davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan agrar va oziq-ovqat sohasiga ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
vazirlik, idoralar va xoʻjalik birlashmalari va ularning tizim tashkilotlaridagi jamgʻarmalariga mablagʻlarni shakllantirish va ularning maqsadli ishlatilishini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga mineral oʻgʻitlar, kimyoviy preparatlar, yoqilgʻi-moylash mahsulotlarini yetkazib berish ishlarini muvofiqlashtirish;
mashina-traktor parklarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy shakllari va usullarini joriy etishning istiqbolli rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini tahlil qilish;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish;
fermer xoʻjaliklarini, mashina-traktor parklarini yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan, shu jumladan, lizing asosida taʼminlash holatini tahlil qilish;
g) qishloq xoʻjaligida ilm-fan, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sohasida:
qishloq xoʻjaligida ilm-fan, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
agrar va oziq-ovqat sohalarida ilmiy salohiyatni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
fan, taʼlim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi, kadrlar tayyorlashda agrar soha tarmoqlari bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini va innovatsion texnologiyalarni targʻib va joriy qilish tizimini takomillashtirish;
maʼmuriy boʻysunishidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi sohasi hamda uning tarmoqlari boʻyicha izlanishlar olib borayotgan kadrlar tayyorlovchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy taʼlim muassasalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
agrosanoat majmuidagi rahbar va mutaxassis kadrlarning egallagan bilimlarini kasbiy faoliyatlarida samarali qoʻllay olishga, agrar sohada olib borilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga, qishloq xoʻjaligi tarmoqlaridagi mavjud dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan taʼlim jarayonini tashkil etish;
ilmiy tashkilotlarning agrar va oziq-ovqat sohalarida samaradorlikni rivojlantirish va oshirishning muhim muammolari, ishlab chiqarishga ilmiy ishlanmalarni joriy qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari monitoringini taʼminlash;
istiqbolli innovatsiya ishlanmalari, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining agrar va oziq-ovqat sohalariga joriy etilishini tashkil qilish;
d) yerdan oqilona foydalanish va oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish sohasida:
oʻrmon fondi va qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarni samarali boshqarish, daraxtzorlar tashkil qilish, takror ekish, qoʻriqlash va himoya qilish, oʻrmonlardan oqilona hamda ehtiyotkorlik bilan foydalanish ishlarini tashkil etish;
oʻrmonzorlardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini taʼminlash;
oʻrmonzorlar va yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil qilish;
oʻrmon xoʻjaligi tizimini rivojlantirish va dorivor oʻsimliklar yetishtirishning monitoringini hamda tahlilini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning davlat yer kadastrini yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, qishloq xoʻjaligi sohasida ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida yer uchastkalari taqdim etishda, yer va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqishda toʻsiqlarni bartaraf etish, respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
agrar sohada monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, sogʻlom raqobat uchun sharoitlar yaratish, yerdan foydalanishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilishga oid takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 11-maydagi PF-5041-son Farmoniga muvofiq oʻrmon xoʻjaligi tizimini rivojlantirish, respublikamizda oʻrmonlarni tiklash va ihota oʻrmonlarini koʻpaytirish, oʻrmonzorlardan oqilona foydalanish, dorivor oʻsimliklar va manzarali daraxtlarning qimmatbaho navlarini yetishtirish chora-tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash;
oʻrmonlarni boshqarish, ulardan foydalanish, takror koʻpaytirish, ularni qoʻriqlash va himoya qilishni samarali tashkil etishga, davlat oʻrmon kadastrini yuritishga va qoʻriqxona ishini tashkil etishga koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni moliyalashtirish va kredit ajratish tizimini takomillashtirish, oʻrmonlardan foydalanish, ularni qoʻriqlash va himoya qilish, oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishga doir takliflarni tahlil qilish hamda tayyorlash;
e) suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishini rivojlantirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishi;
suv xoʻjaligi va suv resurslari tizimini boshqarish boʻyicha zamonaviy avtomatlashtirilgan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni tashkil etish;
suv resurslaridan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish ishlarini tashkil etish va monitoringini yuritish;
suv xoʻjaligi tashkilotlarining iqtisodiy samaradorligini va moliyaviy barqarorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
suv resurslarini vertikal boʻyicha samarali boshqarish, suv isteʼmolchilari uyushmalari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilari oʻrtasidagi suv munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
suv xoʻjaligida va suv xoʻjaligi qurilishi sohasida sugʻorish suvini tejaydigan samarali texnologiyalarni hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga koʻmaklashish;
suv isteʼmolchilari uyushmalarining rivojlanishi, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish monitoringi va tahlilini taʼminlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari bilan birgalikda suv xoʻjaligini va suv xoʻjaligi qurilishini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli prognozlari va dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlarini faol rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini samarali himoya qilishni taʼminlaydigan, ishonchli suv taʼminotiga yoʻnaltirilgan qulay iqtisodiy shart-sharoitlar va huquqiy kafolatlarni yaratish ishlarini tashkil etish;
er yuzasidagi suv resurslaridan foydalanish kadastri tizimini joriy etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish, suv xoʻjaligi tizimi faoliyati masalalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
suv xoʻjaligida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish ishlarini tashkil qilish;
suv xoʻjaligiga va suv xoʻjaligi qurilishiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
suv xoʻjaligida, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qaroriga muvofiq boshqaruv shakllari, metodlari va tuzilmalarini keng joriy etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
irrigatsiya tizimlarini boshqarishning havza prinsipi asosida suv resurslarini boshqarish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, meliorativ tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
suv xoʻjaligi tashkilotlari, suv isteʼmolchilari uyushmalarini va fermer xoʻjaliklarini lizing asosida zamonaviy melioratsiya texnikasi, mashinalar va mexanizmlar bilan taʼminlash ishlari monitoringini taʼminlash;
suv xoʻjaligi boʻyicha ilmiy tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga hamda suv xoʻjaligining eng muhim muammolarini hal etishga va suv xoʻjaligini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ilmiy ishlanmalarni joriy etish boʻyicha faoliyati monitoringini yuritish;
j) chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, qorakoʻlchilik, quyonchilik, pillachilik, asalarichilik, veterinariya va naslchilik ishini rivojlantirish sohasida:
shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni tizimli va kompleks oʻrganishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-martdagi PF-5696-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son hamda “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 29-yanvardagi PQ-4576-son qarorlariga muvofiq respublikada chorvachilik parrandachilik, baliqchilik, qorakoʻlchilik, quyonchilik, pillachilik, asalarichilikni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar amalga oshirilishining va natijadorligining monitoringi olib borilishi hamda tahlil etilishini, intensiv usullar va texnologiyalarning chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga joriy qilinishini taʼminlash;
chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, qorakoʻlchilik, quyonchilik, pillachilik, asalarichilik, veterinariya va naslchilik ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini taʼminlash;
naslchilik ishini sifatli tashkil etish, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga zooveterinariya xizmatlari koʻrsatish sohasida xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
kelgusida tovar xoʻjaliklarini naslchilik xoʻjaliklari etib tarkibiy oʻzgartirgan holda, chorva mollari zotlarini yaxshilash boʻyicha uzoq muddatli seleksiya rejalarini ishlab chiqishni taʼminlash;
zooveterinariya punktlarini jihozlash hamda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklariga zootexnika va veterinariya xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish, veterinariya preparatlarini mamlakatimizda ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va chorvachilik mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
ozuqa ekinlarini ekish tarkibini maqbullashtirish va chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklarining yer maydonlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, qorakoʻlchilik, quyonchilik, asalarichilik mahsulotlari yetishtirishga intensiv va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishni taʼminlash;
fermer xoʻjaliklarida va yakka tartibdagi sektorlarda chorvachilik, baliqchilikni rivojlantirishni, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratishni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
z) bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish sohasida:
resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarini qoʻllagan holda intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxona xoʻjaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor konyunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, meva mahsulotlari turlarini koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
meva, uzum va sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va sotishning butun zanjirini oʻz ichiga olgan klaster shaklini tashkil qilish va kooperatsiya tizimini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
meva-sabzavot mahsulotlari, shu jumladan organik mahsulotlar, kartoshka, poliz ekinlari, uzum yetishtirish hajmlarini oshirish, ichki isteʼmolni barqaror taʼminlash dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish, eksport qilish boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli prognozlarni ishlab chiqish;
i) qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarining barqarorligini taʼminlash va logistika sohasida:
savdo sohasini rivojlantirish va ichki isteʼmol bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narx-navolarini barqaror saqlanishini taʼminlash borasida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganish va takliflar tayyorlash;
savdo sohasi va ichki bozorda narx-navolarni barqarorlashtirish boʻyicha islohotlarni chuqurlashtirish borasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-yanvardagi PF-5303-son Farmoniga muvofiq ichki isteʼmol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish masalalari monitoringi va tahlilini tashkil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishni rivojlantirishning sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash;
savdo masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati monitoringini yuritish;
savdo sohasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish vazifalari kompleks hal etilishini taʼminlash;
oziq-ovqat tovarlari yuzasidan dehqon bozorlari, savdo komplekslari va yarmarkalari faoliyati monitoringini olib borish, aholini isteʼmol meʼyorlaridan kelib chiqib, ehtiyoji uchun talab etiladigan sifatli oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida marketing tadqiqotlari oʻtkazilishini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish tarmoqlarida bozor prinsiplari va mexanizmalarini keng joriy etish, oziq-ovqat sanoati korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlash, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini tashkil etish;
respublika aholisini yilning qish va bahor oylarida uzluksiz taʼminlash uchun oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini zaxiraga jamgʻarishni tashkil etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
ulgurji va chakana savdo tizimlarini takomillashtirish, aholiga savdo xizmatlari koʻrsatishning yangi shakllari va usullarini faol joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo sohasida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va qishloq joylarda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat sohasida energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda mahsulot tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish monitoringini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar bilan birgalikda oziq-ovqat boʻladigan donni ishlab chiqarish va taqsimlash balansi puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini taʼminlash hamda uning bajarilishini nazorat qilish;
i1) dorivor oʻsimliklarni yetishtirishni kengaytirish, dorivor oʻsimliklar yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash sohasida:
dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish, dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qoʻllab-quvvatlash;
dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish masalalari . boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini taʼminlash;
dorivor oʻsimliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun mos boʻlgan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga qoʻyib borish ishlarini tashkil qilish;
dorivor oʻsimliklar bozori konyunkturasini oʻrganishni tashkillashtirish, aholini dorivor oʻsimliklar mahsulotlari bilan taʼminlanganlik holatini tizimli tahlil qilish;
dorivor oʻsimliklarga oid ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish ishlarini tashkil etish, dorivor oʻsimlikshunoslik tarmogʻiga ilgʻor xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etishda koʻmaklashish;
dorivor oʻsimliklarning sertifikatlangan urugʻchiligini tashkil etish, ularni yetishtirish agrotexnologiyasini yaratish sohalarini rivojlantirish va dorivor oʻsimliklar yetishtirishning monitoringini hamda tahlilini olib borish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor oʻsimliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash orqali qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-maydagi PF-139-son Farmoniga muvofiq dorivor oʻsimliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor oʻsimliklarni keng qoʻllash, dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son qaroriga muvofiq dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish, dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qoʻllab-quvvatlash;
dorivor oʻsimliklarni yetishtirishda ilm-fan va ishlab chiqarish korxonalarining kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 683-sonli qaroriga asosan “i” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2022-y., 09/22/683/1055-son)
k) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, Kotibiyatga biriktirilgan sohalardagi muammoli masalalar boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
“yoʻl xaritalari” tegishli tadbirlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlarining hisobotlari toʻgʻrisida tahliliy materiallar va takliflarni Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida muhokama qilish uchun kiritish.
8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Bosh vazir tomonidan Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini doimiy asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejalashtirilgan masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari”ining tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlaydi;
qishloq va suv xoʻjaligini rivojlantirish, meva-sabzavot va qishloq xoʻjaligining boshqa mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish, tarmoqlar va hududlarda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirishga doir maʼlumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlarda ishlarning holatini, Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga borib oʻrganadi, oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, “yoʻl xaritalari” va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tahliliy, maʼlumotnoma va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqish va rasmiylashtirishda ishtirok etadi, koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Bosh vazir oʻrinbosariga vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi uchun ularga Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiyalari hamda vazifalarini berish boʻyicha takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleks ravishda hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda himoya qilinishini tashkil etadi;
Kotibiyatga biriktirilgan agrar va oziq-ovqat sohalari tashkilotlarining Kotibiyat yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Kotibiyatga biriktirilgan xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari rahbarlik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari, idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan elektron shaklda tushadigan murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.
Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarining xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va yigʻilishlarda, shuningdek, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi xalqaro loyihalarda ishtirok etish;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, xalqaro, xorijiy tashkilotlar, xorijiy hukumatga qarashli muassasalar bilan belgilangan tartibda yozishmalar olib borish;
Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Kotibiyatning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Kotibiyat:
tegishli vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament va deputatlar soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini amalga oshirish;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining sifatli hamda oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlari ijrosini tizimli tashkil etish;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son hamda “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 262-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son)
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
11. Kotibiyat tuzilmasiga Kotibiyat mudiri, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari — investitsiyalar va eksport masalalari boʻyicha, shuningdek, quyidagilar kiradi:
qishloq xoʻjaligini va fermerlikni rivojlantirish hamda qonunchilik talablariga rioya etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
qishloq va suv xoʻjaligi sohasini moliyalashtirish, moddiy texnika resurslari bilan taʼminlash hamda klaster va kooperatsiya tizimini joriy etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
qishloq xoʻjaligida ilm-fan va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
yerdan oqilona foydalanish va oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
chorvachilik, veterinariya va naslchilik ishini hamda baliqchilik va pillachilikni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
parrandachilik, asalarichilik, qorakoʻlchilik va quyonchilik ishini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarining barqarorligini taʼminlash va logistika masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirishni kengaytirish, dorivor oʻsimliklar yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 683-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2022-y., 09/22/683/1055-son)
Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi;
Bosh vazir oʻrinbosarining inspektori;
Kotibiyat inspektori.
Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
12. Kotibiyat ishlarini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi, Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.
13. Kotibiyatning mudiri, uning oʻrinbosari va bosh mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
14. Kotibiyat ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyatning ishi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Kotibiyat mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va bosh mutaxassislarining ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyatning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Kotibiyatga biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali taʼminlanadi.
15. Kotibiyat mudiri:
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Kotibiyat mutaxassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va maʼmuriy jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda Bosh vazir oʻrinbosari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish uchun kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Kotibiyat mudirining oʻrinbosari va mutaxassislari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini ishlab chiqadi va tasdiqlash, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritadi;
Vazirlar Mahkamasiga tushgan, Vazirlar Mahkamasi qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Kotibiyat kadrlari zaxirasini shakllantirish va yangilab borishni, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarni tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
16. Kotibiyat mudiri vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Bosh vazir oʻrinbosari bilan kelishuv boʻyicha Kotibiyat mudirining oʻrinbosari bajaradi.
17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari:
mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Kotibiyat yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
Kotibiyat mudiri bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kelgan, respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Kotibiyatning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan kengashlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Kotibiyat mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Kotibiyat mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflarni kiritadi;
Kotibiyat mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
18. Kotibiyat bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar haqida va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, Bosh vazir oʻrinbosariga, shuningdek, belgilangan tartibda — Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning oʻrinbosarlariga va axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha bajarish jadvalini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlarining) tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
sohani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar ishlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi nazorat va tahlil qilinishini taʼminlaydi, ular bajarilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida Bosh vazir oʻrinbosariga axborot beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining joriy ish rejalari shakllantirilishida ishtirok etadi va ularning ijrosini tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari koʻrib chiqishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari maʼruzalari va nutqlari uchun axborot-maʼlumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
Bosh vazir yoki uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlar va majlislarni, shu jumladan, Hukumat komissiyalari majlislarini tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etadi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning belgilangan muddatlarda ijro etilishini nazorat qiladi, Kotibiyat mudirini va Bosh vazir oʻrinbosarini topshiriqlar bajarilishining borishi toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qiladi;
Bosh vazir oʻrinbosarining nomiga kelgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar toʻgʻrisida axborot beradi va xat-xabarlarga topshiriqlarni belgilangan tartibda ijrochilarga yuboradi;
Bosh vazirning oʻrinbosari tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari qabul qilinishini tashkil etishni taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarning Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi, Bosh vazir oʻrinbosari topshirigʻi boʻyicha fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
20. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yigʻmajildlarning tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 09/21/426/0648-son; 18.05.2022-y., 09/22/262/0426-son; 01.12.2022-y., 09/22/683/1055-son)