03.02.2021 yildagi PQ-4975-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PF-6159-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Fanlar akademiyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Milliy markaz) tizimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Gʻallaorol ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali negizida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston ilmiy-tajriba stansiyasi va Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi Akademik M. Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” masʼuliyati cheklangan jamiyatini belgilangan tartibda davlat muassasasi shaklida qayta tashkil etgan holda Milliy markaz tizimiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardagi axborot va maslahat tizimi asosida ish yuritadigan hududiy agroxizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy agroxizmatlar markazlari) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda tashkil etiladigan hududiy agroxizmatlar markazlari joylashuv manzillari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vaziriga, zarur hollarda, Akademiya, uning tarkibidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va agroxizmatlar markazlarining tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.X. Toshqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) ushbu qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan taʼlim muassasalarining hududiy agroxizmatlar markazlariga oʻtkazilayotgan bino-inshootlari hamda mol-mulklari, ularning faoliyatini taʼminlashga yetarli qismini belgilangan tartibda operativ boshqaruv huquqi bilan, shuningdek, yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Akademiya va hududiy agroxizmatlar markazlari qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni, axborot va maslahat xizmatlari tizimini joriy etish sohasida vakolatli organ hisoblanadi hamda yuridik shaxs maqomiga, oʻz balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Davlat gerbi tasvirlangan muhriga ega boʻladi;
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Milliy markaz Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi “Agroinnovatsiya” davlat unitar korxonasi va Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Gʻoʻza urugʻchiligi markazi” davlat muassasasining barcha huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Akademiya tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-tajriba stansiyalari yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasalari boʻlib:
(4-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filialining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Gʻallaorol ilmiy-tajriba stansiyasining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti “Oʻzagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” masʼuliyati cheklangan jamiyatining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston ilmiy-tajriba stansiyasining hamda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston ilmiy-tajriba stansiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) hududiy agroxizmatlar markazlari binosiga joylashtirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari hududiy boʻlinmalarining mutaxassislari faoliyati hududiy agroxizmatlar markazlari tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, muassasalari, ilmiy-tajriba stansiyalari va uchastkalari (keyingi oʻrinlarda — ilmiy-tadqiqot muassasalari), oliy taʼlim muassasalari hamda Akademiya va hududiy agroxizmatlar markazlari:
(4-band “j” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalarini maqbullashtirish, olib qoʻyish va ularning ixtisoslashuviga mos boʻlmagan ekinlarni joylashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy xodimlarini ularning faoliyatiga xos boʻlmagan boshqa ishlarga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) “Oʻzagrokimyohimoya” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi Milliy markaz tizimiga oʻtkazilayotgan “Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi “Oʻzagrokimyohimoya” AJ ulushining balans qiymati hisobiga kamaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hududiy agroxizmatlar markazlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, ularda xizmat koʻrsatishni tashkil etish uchun oylik maoshi va ustamalarni saqlab qolgan holda agrosanoat sohasiga xizmat koʻrsatuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda ularning hududiy boʻlinmalari mutaxassislari jalb etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) fan va taʼlimning uzviy integratsiyasini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba-sinov tariqasida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining kafedra mudirlari bir vaqtning oʻzida tegishli taʼlim yoʻnalishi boʻyicha ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari kafedra mudirlariga hamda ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsion ishlanmalar boʻyicha oʻrinbosariga taʼlim jarayonini ilm-fan bilan integratsiya qilgan holda tashkil etish vazifasi yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki hafta muddatda mazkur bandga asosan tajriba-sinov oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalari kafedralari va ilmiy-tadqiqot institutlarini aniqlasin hamda 2021-yil 1-dekabrga qadar tajriba-sinov natijalari yuzasidan aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Akademiya va hududiy agroxizmatlar markazlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda jalb etiladigan budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni belgilangan tartibda tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Milliy markaz va hududiy boʻlinmalari hamda qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarini budjet mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy agroxizmatlar markazlarini tashkil etishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida xususiy sektorning ishtirokini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy agroxizmatlar markazlarida xizmat koʻrsatishni tashkil etish uchun oylik maosh va ustamalarni saqlab qolgan holda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, xizmat koʻrsatuvchi bank, sugʻurta va boshqa tashkilotlar hamda ularning hududiy boʻlinmalari mutaxassislari jalb etilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy mulkchilik asosida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan qishloq xoʻjaligi konsalting xizmatlarini tashkil etish boʻyicha tashkiliy, moliyaviy hamda huquqiy jihatdan har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F.K. Umarov) va Toshkent viloyati hokimligi (D.A. Xidoyatov) belgilangan tartibda quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanining A. Yassaviy mahallasi hududida joylashgan Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi “Agroinnovatsiya” davlat unitar korxonasiga tegishli barcha mol-mulklarni operativ boshqaruv huquqi bilan hamda 10,7 gektar yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan Milliy markazga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanining A. Yassaviy mahallasi hududida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Gʻoʻza urugʻchiligi markazi” davlat muassasasiga tegishli binoni operativ boshqaruv huquqi bilan Milliy markazga va 57,4 gektar yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi bilan Milliy markazning Toshkent viloyati agroxizmatlar markaziga oʻtkazib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan muassasalarning mol-mulki va pul mablagʻlarini oqilona taqsimlash maqsadida ularni xatlovdan oʻtkazishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorga muvofiq qayta tashkil etilayotgan muassasalarning moddiy-texnik bazasini yaratish, ular ishini samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan kompyuter texnikasi, aloqa vositalari bilan jihozlash tadbirlari tashkil qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan muassasalarni, ularning hududiy boʻlinmalarini joylashtirish, shuningdek, ular faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etilayotgan muassasalarning shtat birliklarini tahlil qilgan holda ish hajmidan kelib chiqib, qayta taqsimlanishini hamda ularni shaffof tarzda oʻtkaziladigan tanlovlar asosida yuqori malakali, zamonaviy bilimga va dunyoqarashga ega kadrlar bilan toʻldirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-aprelga qadar Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida Respublika agroxizmatlar, axborot maslahat (extension) markazini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil may oyidan boshlab hududiy agroxizmatlar markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparatida Oʻquv yurtlari va malaka oshirish boʻlimi negizida 6 ta shtat birligidan iborat Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini rivojlantirish boshqarmasini tashkil etsin. Bunda, qoʻshimcha 3 ta shtat birligi vazirlik tizimidagi mavjud boshqaruv xodimlari shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Milliy markazning aniq hisob-kitoblariga asosan uning tizimidagi ilmiy muassasalarda tashkil etiladigan birlamchi laboratoriyalar, urugʻlikni saqlash, quritish omborxonalarini barpo etish, ularni qadoqlash va qayta ishlash uskunalari bilan jihozlashga “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida mablagʻ ajratish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Milliy markaz va ilmiy-tadqiqot muassasalarining tuzilmalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda uning hududiy agroxizmatlar markazlari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarining nav mualliflari va originatorlarini ragʻbatlantirish, urugʻchilik va koʻchatchilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga solish, urugʻlik va koʻchatlarni sertifikatlash tizimini joriy etish mexanizmini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2021-yil 1-martga qadar ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari hamda soha mutaxassislarini, birinchi navbatda, quyi tizimdagilarni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hamda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga uzoq va qisqa muddatli stajirovka, malaka oshirish va oʻqishga yuborish yuzasidan 2021-2022-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlasin hamda ijroga qaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Koʻchimov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning ijrosini tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, qishloq xoʻjaligi vaziri J.A.Xodjayev, qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 3-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4975-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy agroxizmatlar markazlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Markaz direktori

Direktor oʻrinbosari

Buxgalter

1

Ilmiy, taʼlim va malaka oshirish boʻlimi rahbari

1

Agroxizmatlar tizimini rivojlantirish boʻlimi rahbari

1

Yurist

1

Ilmiy ishlarni tijoratlashtirish, taʼlim va malaka oshirish boʻyicha mutaxassislar

2

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar va marketing boʻyicha bosh mutaxassis

1

HR boʻyicha bosh mutaxassis

1

AKT va raqamlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Faoliyati hamkorlikda amalga oshiriladigan tashkilotlar vakillarining shuʼbalari*

Suv xoʻjaligi sohasida

Agrokimyo sohasida

Mahsulotlarni qayta ishlash sohasida

Bank xizmatlarini koʻrsatish sohasida

Laboratoriya mudiri

1

Dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalarini rivojlantirish sohasida

Kartoshka yetishtirish sohasida

Subtropik, tropik, sitrus ekinlar yetishtirishni rivojlantirish sohasida

Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligi sohasida

Oziq-ovqat mahsulotlari sifati laboratoriyasi; Tuproq va oʻgʻitlar tahlili laboratoriyasi;

Fitosanitariya laboratoriyasi; In-vitro laboratoriyasi va boshqalar**

Veterinariya va chorvachilik sohasida

Parrandachilik sohasida

Baliqchilik sohasida

Pillachilik va qorakoʻlchilik sohasida

Oʻsimliklar karantini sohasida

Agroservis sohasida

Agrolizing va sugʻurta sohasida

Boshqa sohalarda

One-stop shop**

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (yordamchi xodimlardan tashqari) — 12 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilikda belgilangan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Vakolatli davlat organlari va boshqa tashkilotlardan jalb etiladigan mutaxassislar soni hududiy markazlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Laboratoriyalar va one-stop shop xususiy biznes vakillari hisobiga shakllantiriladi hamda ishchilar soni talabdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda tashkil etiladigan hududiy agroxizmatlar markazlari joylashuv manzillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI*
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Tuman/ shahar

Joylashgan manzili

Binoni balansida saqlovchi tashkilot nomi

Ajratiladigan yer maydoni, gektar**

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Kegeyli tumani

Juzimbagʻ MFY

Kegeyli agrosanoat kasb-hunar kolleji

5

2.

Andijon viloyati

Andijon tumani

Kuyganyor MFY

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

9,8

3.

Buxoro viloyati

Buxoro tumani

Bogʻikalon MFY

Galaosiyo suv xoʻjaligi va melioratsiya kolleji

20,6

4.

Jizzax viloyati

Sh. Rashidov tumani

A. Navoiy MFY

Sharof Rashidov tuman 2-son kasb-hunar maktabi

6,6

5.

Navoiy viloyati

Karmana tumani

Doʻrmon MFY

Karmana oziq-ovqat sanoati va mehmonxona xoʻjaligi kasb-hunar kolleji

4,2

6.

Namangan viloyati

Toʻraqoʻrgʻon tumani

Toshkent mahallasi MFY

Toʻraqoʻrgʻon agrotexnologiyalar texnikumi

9,4

7.

Qashqadaryo viloyati

Qamashi tumani

Qoʻshkapa MFY

Qarshi davlat universiteti huzuridagi Qamashi xizmat koʻrsatish texnikumi

5,15

8.

Samarqand viloyati

Oqdaryo tumani

Dahbet qoʻrgʻoni

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali

12,8

9.

Surxondaryo viloyati

Termiz tumani

A. Navoiy MFY

Arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji

4,2

10.

Sirdaryo viloyati

Boyovut tumani

Bekat MFY

Boyovut ijtimoiy iqtisodiyot kolleji

3,2

11.

Toshkent viloyati

Yuqori Chirchiq tumani

Ahmad Yassaviy MFY

Toshkent Davlat Agrar universiteti Gʻoʻza urugʻchiligi markazi

2,9

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

Al-Fargʻoniy koʻchasi

Fargʻona politexnika instituti qoshidagi Yormozor akademik litseyi

4,3

13.

Xorazm viloyati

Urganch tumani

Gʻoybu MFY

Urganch agrotexnologiyalar texnikumi

3,7

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: * Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariga, zaruratga koʻra, mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Ajratilayotgan bino-inshootlar hamda mol-mulklar, shuningdek, yer uchastkalarining hududiy agroxizmatlar markazlari faoliyatini taʼminlashga yetarli qismi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24-oktabrdagi “Oʻsimliklarni himoya qilish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyoviy xizmatlarni koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2640-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bandning yettinchi xatboshisi va 5-bandning oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3290-son qaroriga 2-ilovaning 29-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

29.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

Fargʻona politexnika instituti qoshidagi Yormozor akademik litseyi

.

Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4795-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 11, 12-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

11.

Marhamat tumani

Marhamat agrotexnologiyalar texnikumi

1 200

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Marhamat agrotexnologiyalar texnikumi

12.

Asaka tumani

Asaka oziq-ovqat texnologiyasi va sanoati kolleji

900

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

Asaka agrotexnologiyalar texnikumi

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 101-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

101.

Denov tumani

Denov-Xazorbogʻ agrotexnologiyalar texnikumi

652

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali

Denov-Xazorbogʻ agrotexnologiyalar texnikumi

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 111, 112-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

111.

Boʻka tumani

Boʻka agrotexnologiyalar texnikumi

715

Toshkent davlat agrar universiteti

Boʻka agrotexnologiyalar texnikumi

112.

Yangiyoʻl shahri

Yangiyoʻl tuman texnologiya iqtisodiyot kolleji

720

Toshkent davlat agrar universiteti

Yangiyoʻl agrotexnologiyalar texnikumi

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qaroriga 2a-ilovaning 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10-fevraldagi “Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2125-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4246-son qarori 12-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son; 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 13.03.2026-y., 06/26/40/0227-son)