30.07.2020 yildagi 458-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasining tarqalishi avj olayotgan hozirgi davrda respublikamizning sogʻliqni saqlash tizimida 52 mingdan ortiq tez tibbiy yordam xodimlari (vrach xodimlar, oʻrta tibbiyot xodimlari va haydovchilar) ham jonbozlik koʻrsatishmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PF-6038-son Farmoniga muvofiq, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishga qoʻshayotgan ulkan hissalarini va fidokorona xizmatlarini eʼtirof etgan holda hamda kirib kelayotgan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son va “Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-apreldagi PQ-4695-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan qamrab olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 20-iyuldagi 446-son qarorlari bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari, shu jumladan tez tibbiy yordam xodimlariga qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PF-6038-son Farmoniga muvofiq tez tibbiy yordam xodimlarini bir martalik moddiy ragʻbatlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 100 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, ushbu maqsadlar uchun taniqli tadbirkor vatandoshimiz A.B. Usmonov tomonidan qoʻshimcha ravishda 100 mlrd. soʻm (10 mln. AQSh dollari ekvivalentida) miqdorida homiylik xayriyasi ajratilganligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublikamizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlashga jalb qilingan tez tibbiy yordam xodimlariga quyidagi miqdorlarda bir martalik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vrach xodimlarga ― 5 million soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta tibbiyot xodimlari (feldshyerlar va sanitarlar)ga ― 4 million soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilarga ― 3 million soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan toʻlovlar 2020-yil 1-iyungacha ishga qabul qilingan xodimlarga nisbatan tadbiq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tez tibbiy yordam xodimlariga bir martalik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlarini oʻz vaqtida va manzilli toʻlanishini taʼminlashning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq ajratilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni muvofiqlashtirish jamgʻarmasida (bundan buyon ― Jamgʻarma) jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (bundan buyon — hududiy boshqarmalar) uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga bir martalik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlarini toʻlash uchun Jamgʻarmadan ajratilishi zarur boʻlgan mablagʻlar miqdori toʻgʻrisida muassasalar kesimida buyurtma beradi. Bunda buyurtma ushbu qaror bilan belgilangan miqdorlardan kelib chiqib, mablagʻlarni oluvchi muassasalarning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini koʻrsatgan holda shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hududiy boshqarmalarning buyurtmalariga muvofiq ikki kun muddatda pul mablagʻlarini Jamgʻarmadan tegishli hajmlarda mablagʻlarni oluvchi muassasalarning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlarni oluvchi muassasalar bir ish kuni ichida tegishli tez tibbiy yordam xodimlarining bank kartalariga oʻtkazib berish yoki naqd pul mablagʻlarini berish orqali bir martalik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlarining toʻlab berilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga bir martalik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlarini oʻz vaqtida va manzilli toʻlanishi ustidan nazorat qilish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bir martalik moddiy ragʻbatlantirish toʻlovi summasi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblashda jami daromad tarkibiga kirmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Dj.A. Kuchkarov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
458-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/458/1131-son)