Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 30.07.2020 yildagi PF-6038-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni va xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini namoyon etgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yanada kuchaytirish maqsadida, shuningdek Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha mutasaddi idoralar tomonidan shakllantirilgan moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan va aʼzolari 1,7 million nafardan ortiq boʻlgan 400 mingdan koʻproq oilalarga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan bir martalik moddiy yordam koʻrsatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki bir martalik moddiy yordam pullarini moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyxatlariga kiritilgan oilalarga 2020-yil 15-avgustga qadar yetkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-avgustdagi PF-6279-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/6279/0802-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda 2020-yilning yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14 yoshgacha bolalari boʻlgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi sonini 2 barobarga oshirib, 700 mingtagacha yetkazishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa oluvchi ehtiyojmand onalarning amaldagi sonini 330 mingdan 400 mingtaga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy yordam oluvchi kam taʼminlangan oilalarning amaldagi sonini 89 mingdan 100 mingtaga yetkazishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toʻlash muddati 2020-yilning iyul-sentabr oylarida tugaydigan bolalari boʻlgan oilalarga va bola parvarishi bilan shugʻullanadigan onalarga nafaqa toʻlash navbatdagi 6 oy muddatga (bola tegishlicha 2 yosh va 14 yoshdan oshmagan holatda) davom ettirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish maqsadida hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning roʻyxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan oilalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasining hududiy boʻlimlariga 200 milliard soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga (vrach, feldsher, sanitar va haydovchilar) bir martalik pul mukofoti berish uchun 100 milliard soʻm mablagʻ ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamiyatimizda tinchlik, doʻstlik, mehr-oqibat va hamjihatlik gʻoyalarini keng targʻib etib kelayotgan diniy sohada xizmat qilayotgan vakillarni moddiy ragʻbatlantirish hamda joylarda xayru saxovat, muruvvat borasida amalga oshirilayotgan ishlarni, jaholatga qarshi maʼrifat ruhidagi keng qamrovli tadbirlarni yangi bosqichga koʻtarish uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 150 milliard soʻm mablagʻ ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmonning 1, 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan mablagʻlarning yordam va koʻmakka muhtoj oilalarga, tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga maqsadli va manzilli yetkazilishi yuzasidan quyidagilar masʼul etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, mutasaddi vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlari — moddiy yordam, pensiya va nafaqa pullarini toʻliq va oʻz vaqtida ajratish va joylarga yetkazish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev, Sogʻliqni saqlash vazirligi — tez tibbiy yordam brigadalari xodimlariga beriladigan bir martalik moddiy yordam pullarining manzilli yetkazilishi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari — pandemiya davrida yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyxatlarining shakllantirilishi hamda ularga moddiy yordam pullarining oʻz vaqtida va manzilli yetkazilishini tashkil etish va nazorat qilish boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — zarur mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga oʻz vaqtida ajratilishi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda — moddiy yordam mablagʻlarini tarqatish uchun naqd pul bilan taʼminlash boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari Hisob palatasi bilan birgalikda bir martalik moddiy yordamning oʻz vaqtida va maqsadli amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6038-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 06/20/6038/1125-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son,18.08.2021-y., 09/21/6279/0802-son)