12.02.2020 yildagi PQ-4597-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining moliyaviy va moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash, uning tajriba-sinov maydonlarini kengaytirish hamda tuzilmasini takomillashtirish, Orolboʻyi hududida innovatsion va ilmiy ishlanmalarni yanada kengroq joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3975-son qaroriga asosan tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro innovatsiya markazi) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida 20,3 gektar maydonda “Moʻynoq” tajriba-sinov maydoni, Nukus tumanida 20 gektar maydonda “Samanbay” tajriba-sinov maydoni tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoʻrlanish va qurgʻoqchilikka chidamli choʻl va manzarali oʻsimliklar genofondi shakllantirilib, unga kiritilgan 13 turdagi oʻsimlik dunyosi obyektlari sinovdan oʻtkazilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalqaro innovatsiya markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini koʻpaytirishga qaratilgan “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bogʻim”) agro va ekoturizm loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Orolboʻyi hududida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni olib borish, shuningdek, oʻsimlik va hayvonot dunyosini rivojlantirish boʻyicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun koʻrgazmali tajriba-sinov maydonlarini tashkil etish maqsadida Xalqaro innovatsiya markazining ehtiyojlariga muvofiq ravishda ushbu markazga ikki oy muddatda doimiy foydalanish huquqi asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi zaxira yer maydonlari hamda Orol dengizining qurigan tubidagi hududdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — Orolboʻyi hududidagi oʻrmon fondi yerlaridan yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro innovatsiya markazining bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar 2020-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi hamda shu munosabat bilan ushbu xarajatlarni Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻxtatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani “Moʻynoq” tajriba-sinov maydonida maʼmuriy va ishlab chiqarish binolarini qurish, shuningdek, Nukus tumani “Samanbay” tajriba-sinov maydonida laboratoriya binosi va xostel qurish hamda ushbu hududni obodonlashtirish boʻyicha xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, tijorat banklari kreditlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro innovatsiya markazining ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, shu bilan birga zarur sarflanadigan materiallar va butlovchi buyumlar bilan uzluksiz ravishda taʼminlash, shuningdek, “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bogʻim”) agro va ekoturizm loyihasini amalga oshirish boʻyicha xarajatlar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalqaro innovatsiya markazi direktoriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirlig bilan kelishilgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ijro apparati tuzilmasiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalqaro innovatsiya markazi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar Xalqaro innovatsiya markazi huzuridagi Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish tartibini nazarda tutgan holda ushbu jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalqaro innovatsiya markazi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan ilmiy-innovatsion loyihalar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Orolboʻyi hududi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp sheriklik Trast fondi grantlari va ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ikki oy muddatda Xalqaro innovatsiya markazining maʼmuriy binosi va unga tutash hududlarni barcha zarur asbob-uskunalarni oʻrnatgan holda elektr energiya bilan taʼminlashni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi uch oy muddatda mavjud tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida “Moʻynoq” tajriba-sinov maydoniga olib boruvchi ichki yoʻl va Nukus tumanida “Samanbay” tajriba-sinov maydoniga olib boruvchi 2,1 km uzunlikdagi yoʻl (4R 176-G), shuningdek, Xalqaro innovatsiya markazi maʼmuriy binosiga kirishdagi 650 m uzunlikdagi yoʻllarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan taʼmirlash ishlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Nukus shahar Markaziy bozoridan Nukus tumanidagi Xalqaro innovatsiya markazi hududigacha boʻlgan yoʻnalishda muntazam jamoat transporti qatnovi tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3975-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — mazkur qaror ijrosining masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan sifatli, toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini tashkil qilsin, ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov — Orolboʻyi hududida innovatsion va ilmiy ishlanmalarni keng joriy etsin, Xalqaro innovatsiya markazining innovatsion va ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirsin, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul vazirlik, idora va tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha 2020-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yakuniy axborot kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Q.R. Sariyev — Xalqaro innovatsiya markazining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi, shu jumladan tegishli infratuzilma obyektlarining barpo etilishini, ushbu tadbirlarning mazkur qarorga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 12-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4597-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-fevraldagi PQ-4597-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3975-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 6-bandning “b” kichik bandidagi “(2018-yilda va 2019-yilning birinchi yarim yilligida)” soʻzlari “(2018-2019-yillarda)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikkinchi xatboshi “tuzilmasiga” soʻzidan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishilgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ijro apparati tuzilmasiga Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2020-y., 07/20/4597/0163-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)