16.10.2018 yildagi PQ-3975-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orol dengizining qurib qolgan qismidagi shoʻrlangan yerlarda ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlar koʻlamini kengaytirish, ekotizimni yaxshilash hamda munosib hayot faoliyatini taʼminlash, tadqiqotlar va innovatsiyalarning ilgʻor tajribalarini joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Islom taraqqiyot banki va Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) ilmiy-texnik koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazini (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro innovatsiya markazi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro innovatsiya markazi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xalqaro innovatsiya markazining asosiy vazifalari va ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orol dengizining qurib qolgan qismidagi shoʻrlangan yerlarda ekotizimni yaxshilash hamda munosib hayot faoliyatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoʻrlangan tuproqli muhitdagi turli muammolarni hal etish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinovlar oʻtkazish uchun tajriba dalalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion texnologiyalar va yondashuvlarni, jumladan, agrooʻrmon melioratsiyasi, sahroni daraxtzorga aylantirish, suv osti ekinlari, bioenergetika, ekinlar diversifikatsiyasi, ekinlar kompleksini yetishtirish, chorvachilik, yaylovlarni rivojlantirish, qurgʻoqchilikni boshqarish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim oʻzgarishlariga moslashuvchanlikni belgilash, ilgari surish va taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orol qurishining oqibatlarini bartaraf etish va Orol dengizi havzasini ekologik sogʻlomlashtirish sohasida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro innovatsiya markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs boʻlib, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy hisob varaqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutalarda talab qilib olinadigan depozit hisob varaqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro innovatsiya markazi direktori Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro innovatsiya markazi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlar boʻyicha xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi ijro apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) va Islom taraqqiyot banki vakillarini jalb etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) tomonidan ajratilgan (in-kind) mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalariga koʻra ajratiladigan mablagʻlar;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki tomonidan loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmagan shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlari Xalqaro innovatsiya markazi faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orol dengizining qurib qolgan tubidagi shoʻrlangan tuproqli yerlarda ekotizimni va barqaror hayot faoliyatini rivojlantirish, sinovlar oʻtkazish uchun tajriba dalalarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orol dengizining qurib qolgan qismida oʻrmon yaratish uchun koʻchatlarning yuqori unumdor urugʻlarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurgʻoqchilikni boshqarish va uning oqibatlarini yumshatish, iqlim oʻzgarishlariga moslashtirish, shuningdek, bu sohada davlat-xususiy sherikchilikni tashkil etish va uning imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha tadbirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro innovatsiya markazini zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro innovatsiya markazining joriy, moddiy-texnik taʼminlash hamda xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Xalqaro innovatsiya markazi faoliyatini boshlangʻich bosqichda (2018-2019-yillarda) moliyalashtirish Xalqaro innovatsiya markazi tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalqaro innovatsiya markazi direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro innovatsiya markazining tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan holda rivojlanish ustuvorligidan kelib chiqqan holda boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi bilan kelishilgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ijro apparati tuzilmasiga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa qoʻshimcha haq va ustamalardan qatʼi nazar, Xalqaro innovatsiya markazining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodimlarga asosiy egallagan lavozimi boʻyicha lavozim maoshiga (tarif stavkalariga) ustamalar belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Nukus davlat oʻrmon xoʻjaligiga tegishli boʻlgan Nukus tumani, “Samanbay” qishloq fuqarolar yigʻini manzili boʻyicha joylashgan laboratoriya binosi va unga tutash 4 gektar hududni Xalqaro innovatsiya markaziga begʻaraz topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va tajriba dalalarini tashkil etish uchun laboratoriya binosiga tutash hududdan Xalqaro innovatsiya markaziga 20 gektar yer uchastkasi ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Xalqaro innovatsiya markazini zarur aloqa va global Internet tarmogʻiga keng polosali kirish bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2021-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro innovatsiya markazi barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunalari, reagentlar va sarflash materiallari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) vakolatxonasini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro innovatsiya markazining buyurtmanomalariga asosan ushbu markazda ishlash uchun jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro innovatsiya markazining buyurtmanomalariga asosan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlashdan ozod etgan holda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Xalqaro innovatsiya markazi buyurtmalariga asosan zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaliy yoʻnaltirilganlik va natijadorlikka alohida eʼtibor qaratgan holda Xalqaro innovatsiya markazining ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali muvofiqlashtirishni, ularning zamonaviy fan va jahon ilmiy yutuqlari darajasiga muvofiqligini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad hamda vazifalarini keng yoritish boʻyicha chiqishlar va mavzuga oid koʻrsatuvlarni muntazam tashkil etish tavsiya etilsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 16-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3975-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi PQ-3975-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi ijro apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv va ilmiy xodimlarning cheklangan soni — 31 nafar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 07/18/3975/2065-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 13.02.2020-y., 07/20/4597/0163-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)