16.08.2019 yildagi 677-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoniga muvofiq va kelgusida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish, foydalanish va ularning muomalasi sohasida davlat siyosatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining boshqaruv xodimlarining umumiy soni 24 kishidan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 1a-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filiallari namunaviy tuzilmasi 1b-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda Davlat asillik darajasini belgilash palatasini (keyingi oʻrinlarda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufiga berish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni tugallasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining tasdiqnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshliq maqomiga, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshliqning Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat asillik darajasini belgilash palatasini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar yoki tarkibida ular mavjud boʻlgan buyumlar muomalasi qoidalari buzilganligi uchun undiriladigan jarimalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asillik darajasi toʻlovlaridan tushadigan pul mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizalar koʻrib chiqilganligi va guvohnomalar berilganligi, yigʻimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi arizalar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilarda foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallarini saqlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, ularning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, mukofotlar, ijtimoiy toʻlovlar toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb etish, shuningdek, uning xodimlarining malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlar (shu jumladan, davriy nashrlar, broshyuralar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar va boshqa axborot-maʼrifiy materiallar)ni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyati sohasida videoroliklar va taqdimot materiallari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatiga doir ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar ishlab chiqilishini moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilda Davlat asillik darajasini belgilash palatasini saqlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash uchun budjetdan zarur boʻlgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin, 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga ikkita yengil, shu jumladan, bitta biriktirilgan va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi filiallari hududiy moliya organlarining tegishli binolarida joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
677-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 677-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 677-son qaroriga
1a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining markaziy apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning umumiy soni — 47 birlik, ulardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv xodimlari — 24 birlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xodimlari — 23 birlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning soni qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 677-son qaroriga
1b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filiali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Probirer (toifalar boʻyicha) ishlab chiqarish xodimi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Cheklangan soni — 3 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-avgustdagi 677-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining (keyingi oʻrinlarda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) maqomi, vazifalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan faoliyat koʻrsatishni tartibga solish, shuningdek, asillik darajasi nazorati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishida ishtirok etuvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimiga kiradi va oʻz faoliyatida unga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga va bank hisobvaraqlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan blankalariga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Davlat asillik darajasini belgilash palatasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — State Assay office under the Ministry of Finance Republic of Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — State assay office.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Gosudarstvennaya probirnaya palata pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Gosudarstvennaya probirnaya palata.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi joylashgan joy (pochta manzili):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100000 Toshkent, Yunusobod tumani, Zarafshon koʻchasi, 4.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi binosi tegishlicha qoʻriqlanishi zarur boʻlgan oʻta muhim obyektlar toifasiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektda kirib-chiqish va ichki rejim, shuningdek, obyektni qoʻriqlash bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan maxsus nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tizimiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy filiallar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va hududiy filiallarning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral xom ashyodan qimmatbaho metallarni texnologik jarayonlarda, qayta ishlashda kompleks maksimal ajratib olish, ishlab chiqarish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan oqilona va tejamli foydalanish, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotib olish va sotish ustidan nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotishga moʻljallangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining asillik darajasini aniqlash va ularga Oʻzbekiston Respublikasi davlat tamgʻalari qoʻyilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida texnik jihatdan tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, foydalanish, ularning hisobini olib borish va saqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va nazorat qilishni taʼminlash masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa organlar bilan hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi tizimi rivojlangan mamlakatlarning normativ-huquqiy hujjatlarini oʻrganadi va tahlil qiladi, davlat asillik darajasi nazoratini tashkil etish sohasida ilgʻor xalqaro tajribani joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarga standartlar, texnik shartlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) texnologik jarayonlarda qayta ishlashda mineral xom ashyodan qimmatbaho metallarni kompleks maksimal chiqarib olish, ishlab chiqarish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan oqilona va tejamli foydalanish, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotib olish va sotish ustidan nazorat qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj tashkilotlarda qimmatbaho metallarni qayta ishlash, ishlab chiqarish, hisobga olish va saqlash, texnologik doiralarda kompleks maksimal chiqarib olish ustidan doimiy davlat nazoratini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat tashkilotlarining tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi xom ashyosini respublikada va chet elda qayta ishlash uchun olib chiqishga tayyorlashda qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etadi, ularning asillik darajasini aniqlash va tahlil qilishda, qayta ishlovchining tashkilotida qimmatbaho metallar chiqarib olinishida, ulardan texnologik buyumlar tayyorlanishida, ular keyinchalik respublikaga yetkazib berilishi uchun qabul qilinishi, test sinovdan oʻtkazilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ijro etishi majburiy boʻlgan normativ va yoʻriqnoma hujjatlarni kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asillik laboratoriyalari va boshqa laboratoriyalar tomonidan amalga oshiriladigan namunalarda qimmatbaho metallar mavjudligi toʻgʻri aniqlanishi ustidan nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shuningdek, ulardan tayyorlangan buyumlar muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar tomonidan majburiy talablarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan operatsiyalar sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish ustidan nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, ular tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotishga qoʻyiladigan buyumlarning asillik va tamgʻalash boʻyicha qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini joyning oʻziga chiqib oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalarini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga litsenziyalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sotishga moʻljallangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining asillik darajasini aniqlash va ularga Oʻzbekiston Respublikasi davlat tamgʻalari qoʻyilishini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlari texnik jihatdan tartibga solish sohasida belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq boʻlganda tamgʻalashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik ekspertizani amalga oshiradi va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardagi har xil materiallar, buyumlarni tahlil qiladi, shuningdek, qimmatbaho toshlar diagnostikasini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalarining izlari ekspertizasini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning asillik va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirganlik, shuningdek, boshqa xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asillik darajasi toʻlovlarini undiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning buyurtmanomalari boʻyicha asillik darajasi reaktivlari tayyorlanishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sotish uchun moʻljallangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va Oʻzbekiston Respublikasi davlat tamgʻalari bilan tamgʻalashni taʼminlash hududiy filiallarning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hududiy filiallar ularga yuklangan asosiy vazifaga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq boʻlganda ularni tamgʻalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirganlik, shuningdek, boshqa xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asillik darajasi toʻlovlarini undiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Davlat asillik darajasini belgilash palatasining vazifalari va funksiyalarini bajarish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurligi toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotni davlat statistika organlaridan tekin olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar muomalasi masalalari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish va oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlariga asillik darajasining oʻrnatilgan belgisi namunasi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati ustidan nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga yuklangan vazifalarni bajarishda tekshirishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan texnik vositalar va aloqa vositalarini oʻzi bilan birga olib kirib, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi buyrugʻidan koʻchirmani tekshirishlar reja-jadvalini taqdim etib, xizmat guvohnomasini koʻrsatib korxonalarga belgilangan tartibda toʻsiqsiz kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirish davomida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash qoidalari buzilishi aniqlangan tekshirish materiallarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud, huquqni muhofaza qiluvchi va tergov organlariga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralarga idoraviy mansub nazorat qiluvchi tashkilotlar, muzeylar, harbiy qismlar, tuzilmalar, boʻlinmalar, tashkilotlardan tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning muomalasiga, ularning parchalari va chiqindilarini toʻplash va qayta ishlovchi tashkilotlarga topshirilishiga tegishli normativ-texnik, buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar, shuningdek, tekshirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha tushuntirishlar berilishini va maʼlumotnomalar taqdim etilishini talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni belgilangan tartibda berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar yoki tarkibida ular mavjud boʻlgan buyumlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ulardan foydalanish hamda ularning parchalari va chiqindilarini toʻplash va davlat fondiga topshirishda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni yoki tarkibida ular mavjud boʻlgan buyumlarni olish, sarflash, hisobga olish, saqlash tartibi va qoidalari buzilganligi uchun mansabdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslariga — rezidentlariga va norezidentlariga shartnoma shartlarida pulli xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi mol-mulkini hududiy filiallarga va Davlat asillik darajasini belgilash palatasi hududida qoʻriqlashni amalga oshiruvchi tashkilotlarga bepul foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hududiy filiallari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasining mutlaq huquqi hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallarning hakamlik tahlillarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
affinaj tashkilotlarning doimiy davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalarini qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalari izlarini ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajalari tamgʻalarining yagona saqlovchisi va foydalanuvchisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasida davlat siyosati amalda roʻyobga chiqarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari, shuningdek, oʻz vakolatlari doirasida Davlat asillik darajasini belgilash palatasi doirasida qabul qilinadigan qarorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tegishli sohada hududlarning muammoli masalalari hal etilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshliqning Davlat asillik darajasini belgilash palatasin boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi boʻlmagan davrda uning vakolatlari uning oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Boshliq Davlat asillik darajasini belgilash palatasi ishi tashkil etilishini va uning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilinishini taʼminlaydi, shuningdek, faoliyatning sifati va pirovard natijalari uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi rahbarlarining funksional vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatiga rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va tadbirlar ijro etilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarining vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallari faoliyatini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni malaka oshirishga va xalqaro seminarlarda ishtirok etish uchun yuborish, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha aholi va biznes vakillari orasida sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasiga tegishli masalalarni yoritish va muhokama qilish uchun davra suhbatlari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻz vaqtida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini, shuningdek, ular belgilangan muddatlarda kelishilishini (qiza qoʻyilishini) taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq tashkil etilishi, xizmat safarlariga ajratilgan mablagʻlarning asoslanganligini, maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻz oʻrinbosarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, uning egallab turgan lavozimda bundan buyon boʻlishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, uning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq Davlat asillik darajasini belgilash palatasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, shaxsiy qabullarni, shu jumladan, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini sayyor qabul qilishni muntazam ravishda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sirlariga va maxfiy axborotga tegishli axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish va taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Quyidagilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻining qarorlari, buyruqlari va topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini ijro etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi markaziy apparati va uning hududiy filiallari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallari faoliyatini soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, xodimlarning hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va shaxsiy javobgarligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshliq tomonidan tasdiqlangan Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallari har choraklik rejalarini koʻrib chiqish, ularning bajarilishi ustidan nazorat qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasining markaziy apparatida va uning hududiy filiallarida lavozimlar klassifikatoriga muvofiq kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻiga takliflar taqdim etish, kadrlar zaxirasini shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻz vaqtida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har taraflama koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat safarlarini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlariga ajratiladigan sarf-xarajatlarning asoslanganligini, maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi markaziy apparati va uning hududiy filiallari xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Davlat asillik darajasini belgilash palatasi majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlar boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish, qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻiga Davlat asillik darajasini belgilash palatasi markaziy apparati va uning hududiy filiallari xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda bundan buyon boʻlishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish, funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi rahbarlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi oldiga qoʻyilgan masalalar va vazifalar bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining javobgarligi sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻining oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi va uning hududiy filiallari oldiga qoʻyilgan masalalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining javobgarligi sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga xaq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Quyidagilar Davlat asillik darajasini belgilash palatasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari va kreditlari (qarzlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasining budjetdan tashqari rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish va idora qilish Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi tomonidan Jamgʻarmaning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning mablagʻlarini ushbu Nizomga va Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq boshqaradi va Jamgʻarma mablagʻlarini idora qiladi va ular maqsadli sarflanishi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma oldin berilgan mablagʻlari boʻyicha, shu jumladan, shartnoma shartlarini qayta tuzish, uzaytirish va oʻzgarishi boʻyicha qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari hisobi yuritilishini taʼminlaydi, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringini olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatining topshirigʻiga muvofiq Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarning lavozim maoshlariga oylik mukofotlar, ustamalar va qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi tusdagi qoʻshimcha haqlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarga Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldida hisobot berishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi oʻz faoliyati haqida muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldida hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat asillik darajasini belgilash palatasining hisobot berishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Davlat asillik darajasini belgilash palatasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/677/3598-son)