Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2006 24.05.1996 yildagi 190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2006
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON TELERADIOKOMPANIYASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasida Teleradiokompaniya tarkibiga tarkibiy birliklar huquqlari bilan kirgan boʻlinmalarning davlat mulkini toʻliq xoʻjalik hisobi boʻyicha yuritish huquqi saqlab qolinsin. Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga hamda unga qarashli korxona va tashkilotlarga tegishli asosiy fondlar, mol-mulklar va bank schyotlaridagi pul mablagʻlari Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi tasarrufiga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining tashkiliy tuzilmasi, boshqaruv apparati xodimlari va ijodiy-ishlab chiqarish xodimlari soni 1, 2, 2a, 2b, 2v, 2g, 2d, 2e, 2j-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boʻlinmaning namunaviy tuzilmasi va xodimlari soni 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi bilan birgalikda har yili Teleradiokompaniyaning boshqaruv apparati xodimlari va ijodiy-ishlab chiqarish xodimlari sonini Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-martdagi 167-son qarori bilan tasdiqlangan teleradioeshittirishlarni tayyorlash va translatsiya qilish uchun xarajatlar normativlari boʻyicha aniqlab borsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasiga raisning toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kompaniya raisiga, uning oʻrinbosarlariga va boshqaruv aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi vazirlari va vazirlarning oʻrinbosarlari, vazirliklar hayʼatlari aʼzolari uchun belgilangan moddiy-maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda hududiy teleradiokompaniyaning namunaviy nizomini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda “Axborot teleradioagentligi”ni tashkil etish toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlari roʻyxati 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi obyektlar qurilishi boʻyicha bosh pudratchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasiga har yilgi kapital qurilish prognozlarida 5-ilovada* koʻrsatib oʻtilgan obyektlar qurilishi uchun mablagʻlar ajratishni, shu jumladan, 1996-yilda 150 mln. soʻm ajratishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi tizimini “Simens” (GFR) kompaniyasini jalb etgan holda kompleks texnik qayta jihozlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini 20 kun muddatda tayyorlasinlar va taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-martdagi 167-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 5,9 mln. AQSh dollari, shuningdek 1,8 mlrd. Rossiya rubli miqdorida foizsiz kredit ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Aloqa vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi 1996 — 2000-yillarda kontrakt-shartnoma asosida turdosh mutaxassisliklarning yuqori kurslarida oʻqiyotganlar orasidan “Oʻzteleradio” ish sohalari boʻyicha kadrlar tayyorlashni tezlashtirish va uning tizimiga oliy va oʻrta maxsus taʼlim oʻquv muassasalari bitiruvchilarini 6-ilovaga* muvofiq yuborishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirliklar va idoralar “Oʻzteleradio” tizimida ishlovchi xorijiy mutaxassislardan va uning taklifiga binoan keladigan xorijiy fuqarolardan mehmonxonada yashaganligi, transportdan foydalanganligi, viza xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlovlarni milliy valyutada va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan miqdorlarda qabul qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi 123-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 24-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-maydagi 190-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Markaziy apparat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuzilma birliklari huquqidagi boʻlinmalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Televideniye boʻyicha dasturlar bosh direksiyasi

Respublika radiosi dasturlari bosh direksiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet mamlakatlarga eshittirishlar direksiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Badiiy jamoalar direksiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Teleradioeshittirish tizimi faoliyatini taʼminlash xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika televizion markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika radioeshittirish va ovoz yozish uyi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbektelefilm” studiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nukus radiotelemarkazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus avtobaza
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oqtosh” dam olish uyi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oltin uzuk” pansionati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Poliklinika
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hududiy teleradiokompaniyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fargʻona viloyati teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-maydagi 190-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-maydagi 190-son qaroriga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi markaziy apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Rahbariyat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot boshqarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnika boshqarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kapital qurilish boshqarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar boshqarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik xizmat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus qism
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi boʻlim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro aloqalar boʻlimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlar boshqarmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-maydagi 190-son qaroriga
2b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzteleradio” markaziy apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-maydagi 190-son qaroriga
2v-ILOVA

2g-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika radiosi dasturlari bosh direksiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-maydagi 190-son qaroriga
2d-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet mamlakatlarga eshittirishlar direksiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-maydagi 190-son qaroriga
2e-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Teleradiokompaniya badiiy jamoalari direksiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-maydagi 190-son qaroriga
2j-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Teleradioeshittirishlar tizimi faoliyatini taʼminlash xizmati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-maydagi 190-son qaroriga
3-ILOVA

Hududiy teleradiokompaniyaning namunaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
24-maydagi 190-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 7-maydagi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzteleradio” deb ataladi) konstitutsiyaviy rivojlanishni, qonunchilikka rioya etilishini, inson huquqlari va qadr-qimmati muhofaza qilinishini taʼminlovchi demokratiyaning muhim instituti, Oʻzbekiston Respublikasining davlat, jamoat va xususiy radiokompaniyalarining yagona tizimida televizion hamda radioeshittirishlarni amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzteleradio” Oʻzbekistonda teleradioeshittirish sohasida muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi va oʻz faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzteleradio” Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasining, shu jumladan, chet davlatlarning tashkilotlari, firmalari va korxonalari bilan tuzilgan shartnomalar va bitimlarning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzteleradio” yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansiga ega boʻladi, respublikaning butun hududida, shuningdek, uning tashqarisida zarur xoʻjalik-moliya operatsiyalarini bajaradi, bank muassasalarida oʻz hisob-kitob schyotlariga ega boʻladi, qonunchilik bilan belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzteleradio” ommaviy axborot vositalarining muassisi, tahririyati, tarqatuvchisi va noshiri huquqlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining hududiy (mintaqaviy) boʻlinmalari Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taʼsis etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzteleradio” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va oʻz faoliyatiga tegishli boʻlgan boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzteleradio” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga, firma belgisiga, ramziga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzteleradio”ning manzili: 700011, Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 69.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. OʻZBEKISTON TELERADIOKOMPANIYASINING MAQSADI VA FAOLIYAT SOHASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Televizion va radio dasturlar konstitutsiyaviy tartibga boʻysunadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzteleradio” axborotlarning mafkuradan mutlaqo holi boʻlishini nazarda tutgan holda aholi hamda jamiyatning xolisona, ishonchli va xilma-xil axborotlarga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish va qoniqtirishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik fikrining xilma-xilligini aks ettiradi, insonning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan eʼtiqodlari va qadr-qimmati, uning huquq va erkinliklarining hurmat qilinishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarashlar tengligini taʼminlaydi, materiallar mazmunining mustaqilligi va xolisligini, Oʻzbekiston hududida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi partiya va harakatlarning konsepsiyalari va dasturiy qoidalarini efirda bir xilda taqdim etilishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reportajlar, sharhlar va boshqa axborot eshittirishlari jurnalistik etikaning umumiy eʼtirof etilgan qoidalariga monand boʻlishi lozim. Yangiliklar efirga uzatilishigacha tegishli tarzda mazmuni, ishonchliligi va kelib chiqishi nuqtai nazaridan batafsil tekshirilishi zarur. Sharhlar axborotlarning oʻzidan aniq ajralib turishi lozim va shunday ekanligi sifatida belgilanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini demokratik jamiyat qurilishiga faol jalb etishga, fuqarolarni umuminsoniy qadriyatlarga, boy milliy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga, oʻsib kelayotgan avlodda yuksak maʼnaviy fazilatlar, milliy oʻz-oʻzini anglash, Vatanga mehr-muhabbat va sadoqatni shakllantirishga yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Millatlararo sabr-bardosh, totuvlik va tinchlik prinsiplarini tasdiqlaydi. Oʻzbekiston xalqining jipsligiga hamda xalqaro hamfikrlikka yordam beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatdagi konstitutsion normalar va qonunchilikning tushuntirilishini, ularning hayotga tatbiq etilishi hamda huquqiy jamiyat shakllanishida har tomonlama yordamni; mamlakat aholisini, shuningdek chet el jamoatchiligini Oʻzbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida keng xabardor qilinishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi televizion va radio eshittirishlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi davlat tuzumini oʻzgartirishning nokonstitutsiyaviy shakllariga chaqirsa (Oʻzbekiston JKning 159-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irqiy va milliy nizolarni avj oldirishga yordam bersa (Oʻzbekiston JKning 156-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insoniyatning qadr-qimmatini oyoqosti qiladigan, uning ustidan shafqatsizlarcha zoʻravonlikni aks ettirsa (Oʻzbekiston JKning 140-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
militeristik yoʻnalishga ega boʻlsa (Oʻzbekiston JKning 150-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sharm-hayosiz boʻlsa (JKning 130-moddasi, Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi Qonunning 4-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi ayrim qatlamlarining, ularning diniy, milliy va madaniy kelib chiqishi bilan bogʻliq manfaatlarini cheklasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar va oʻsmirlarning jismoniy, axloqiy yoki ruhiy salomatligiga zarar keltirsa ularning tarqatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzteleradio” oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq xolislik, tezkorlik va oʻz axborotlarining mutlaqo yangi boʻlishi prinsiplariga asoslanib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat hududida va uning tashqarisida teleradioeshittirishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi, uning ichki va tashqi siyosati toʻgʻrisida, respublikada roʻy berayotgan jarayonlar, shu voqealarga nisbatan uning tashqarisidagi munosabatlar haqida, shuningdek, xorijdagi voqealar va jarayonlar toʻgʻrisida har tomonlama axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati toʻgʻrisidagi rasmiy xabarlarni tarqatadi, ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni tushuntiradi, ular yuzasidan bildirilayotgan fikr-mulohazalarni tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz nashrlarini eʼlon qiladi, xalqaro koʻrgazmalar, simpoziumlar, telebozorlar, konferensiyalar va festivallar tashkil etadi va ularda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar uchun teleradio dasturlari, telefilmlar, adabiy va musiqiy asarlar, sahna asarlari yaratishning ijodiy-ishlab chiqarish jarayonlarini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompaniya barcha tuzilmalari va boʻlinmalari uchun majburiy normativ hujjat hisoblanuvchi istiqboldagi (kamida 3 oylik) eshittirishlar setkasini (“Oʻzteleradio” boshqaruvi) tasdiqlaydi. Ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilingan koʻrsatuv va eshittirishlar dasturi faqat umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan favqulodda holatlarda “Oʻzteleradio” raisining koʻrsatmasi bilan oʻzgartiriladi. Qolgan barcha hollarda oʻzgartirishlar kompaniya boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telefilmlarni ishlab chiqarishga tushirish, ularni koʻpaytirish tartibini belgilaydi, tele, radio va kino mahsulotlari ishlab chiqarish uchun moddiy xarajatlarning normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish fondlarini zarur valyuta va oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa fondlarni mustaqil shakllantiradi va ulardan foydalanadi. Koʻrsatuv va eshittirishlarning amaldagi hajmi, sifati, janri va reytingiga qarab ularni tayyorlash va translatsiya qilish xarajatlari normativlariga asosan teleradiokompaniyaning barcha xodimlari mehnatini normalashning va ular mehnatiga haq toʻlashning rivojlangan shakllarini joriy etadi. Mukofotlar va ragʻbatlantiruvchi tusdagi boshqa toʻlovlar, shu jumladan rahbarlar va apparat xodimlariga ham, miqdorlarini, shuningdek turli toifalar xodimlari soni nisbatlarini hisobga olmagan holda, koʻrsatilgan maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida shtat va tuzilmani belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
televideniye va radio uchun barcha turdagi asarlarni yaratganlik uchun mualliflik, sahnaga qoʻyganlik hamda ijrochilik toʻlovlari toʻlanishi tartibi va ular miqdorini, shuningdek, adabiy-badiiy asarlar, ssenariylar, telefilmlarga, televizion koʻrsatuvlarga va radioeshittirishlarga musiqa yaratganlik uchun stavkalarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqning milliy maʼnaviy boyligi va madaniy merosining bir qismi sifatida telekoʻrsatuv va radio asarlari “Oltin fondi”ni tanlash, butlash hamda saqlash vazifasini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat munosabatlarining tanlov-shartnoma tizimi asosida kadrlarni tanlaydi hamda joy-joyiga qoʻyish ishlarini olib boradi, “Oʻzteleradio” xodimlarini Respublika va xorijiy oliy oʻquv yurtlari bazasida tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy, artistik ishlab chiqarish texnikasi xodimlarini tarifikatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teleradio dasturlarining reytingini aniqlash hamda uni oshirish maqsadida teletomoshabinlar va radioeshituvchilarning fikr-mulohazalarini sotsiologik oʻrganishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekoʻrsatuv hamda radioeshittirishlarning maqsadli efir vaqtini vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga hamda jamoat birlashmalariga va xorijiy tashkilotlarga tijorat asosida ajratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarning xalqaro va xususiy organlari bilan teleradio dasturlari, ilmiy-uslubiy, huquqiy, texnikaviy, tijorat va boshqa axborotlarni oʻzaro almashish masalalari yuzasidan ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi korxonalari va organlari bilan birgalikda telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar dasturlarini respublika hududida va uning tashqarisida shakllantirish hamda tarqatish yagona tarmoqlarining faoliyat koʻrsatishlarini taʼminlovchi texnik vositalarni oqilona joylashtirish va samarali rivojlantirishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aloqa organlarining oʻzlashtirilgan radiochastotalar, chastota kanallari bilan telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarning texnika vositalaridan samarali foydalanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzteleradio” dasturlarini tuzish va tarqatish sifatini nazorat qilishni tashkil egadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan ajratilgan mablagʻlar va oʻz mablagʻlari doirasida buyurtmalarni joylashtiradi, telekoʻrsatuv hamda radioeshittirish uchun texnika, texnologiya hamda asbob-uskunalarning yangi turlarini ishlab chiqishni mablagʻ bilan taʼminlaydi, xususiy texnologik infrastrukturani yaratish uchun telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarga asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar va firmalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan bevosita aloqalar oʻrnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar dasturlarini namoyish qilishning texnik shartlariga muvofiq keluvchi binolar hamda inshootlar qurish uchun texnik vazifalarning loyihalarini kelishib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarni tashkil etish va boshqarishning huquqiy asoslarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tegishli respublika hamda xalqaro huquqiy tashkilotlarda “Oʻzteleradio” manfaatlarini himoya qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar sohasidagi xalqaro aloqalarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet mamlakatlarning teleradiokompaniyalari va tashkilotlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar, protokollar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida shartnomalar tuzadi, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar sohasida eksport-import operatsiyalarini, vakillikni, vositachilik faoliyatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellik sheriklar bilan qoʻshma korxonalar tashkil etadi, audio va video kassetalarga yozilgan dasturlarni, kino mahsulotlarini ishlab chiqaradi, koʻpaytiradi va sotadi, shuningdek uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlashga yordam beruvchi faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilikning turli shakllaridagi efirga uzatish tuzilmalarini tuzishga oid loyihalarni ishlab chiqadi va sotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. OʻZBEKISTON TELERADIOKOMPANIYASINING HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlash uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan zarur axborotlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzteleradio” xodimlarining xizmat vazifasini bajarishlari uchun talab etilgan vaqtda davlat organlari va jamoat tashkilotlaridan yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni ommaviy tadbirlarga, shuningdek, tabiiy ofatlar, halokatlar boʻlgan, harbiy oʻqishlar va jangovar harakatlar, kosmik tadqiqotlar oʻtkazilayotgan, ekologik ofatlar va jinoyatlar boʻlgan, ozodlikdan mahrum etish joylariga (tegishli organlar bilan kelishgan holda) telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish uchun yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari asosida, respublika teleradioeshittirishlar tizimida yagona davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha, telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarning barcha organlari hamda tashkilotlari uchun, ularning idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, majburiy normativ hujjatlar nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli organlarga telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni translatsiya qilishning texnik talablariga rioya qilinmagan holda amalga oshirilayotgan binolar va inshootlar qurilishini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida takliflar yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzteleradio” dasturlarini tarqatish va namoyish qilish maqsadida foydalaniladigan “Oʻzteleradio”ga biriktirib qoʻyilgan telekoʻrsatuv va radioeshittirishlarning barcha texnik vositalarining ular oʻzlashtirgan radiochastotalar, chastota kanallari, sim orqali (kabel orqali) uzatish va aloqa kanallari bilan faoliyat koʻrsatishi (koʻrsatuvlar va eshittirishlar hajmi va tartibi) rejimini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eshittirishlar setkasini mustaqil shakllantirish va maqsadga muvofiqligiga amal qilgan holda efir vaqtidan foydalanish shakllarini modellashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari muassisi, tahririyati, tarqatuvchisi va noshiri huquqlariga ega boʻlish, umumrespublika telekoʻrsatuvlari va radioeshittirishlari tashkilotlari hamda matbuot organlarini taʼsis etish, taʼsis etiladigan organlarning dasturlari, ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash, ularga moliyaviy va moddiy-texnika yordami berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa vazirligi bilan kelishgan holda umumrespublika teleradio dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududiga va uning tashqarisiga tarqatish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teleradio mahsulotlari tayyorlash uchun budjet, jalb etilgan va oʻz mablagʻlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarda texnikalar xarid qilish va xizmatlar olish boʻyicha, shuningdek teleradio mahsulotlarini sotish hamda efir vaqtini ajratish boʻyicha kontraktlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy qadr-qimmati, kasbiy darajasi va teleradio dasturlarining reytingiga qarab barcha toifa xodimlariga yakka tartibdagi ustamalar, qoʻshimcha haqlar, mukofotlar va ragʻbatlantirish tusidagi boshqa toʻlovlarni aniqlash va belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mutaxassislarni kontrakt asosida ishga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtma asosida yaratiladigan teleradio mahsulotlariga baholarni, koʻrsatilgan xizmatlar uchun soʻmda va chet el valyutasida tariflarni mustaqil belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzteleradio”ning faoliyat koʻrsatayotgan ijodiy-ishlab chiqarish tuzilmalarini oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash asosida, shu jumladan xorijiy sheriklarni jalb etgan holda, ishlashga oʻtkazish hamda ana shunday tartibda ishlaydigan yangi tuzilmalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teleradio dasturlarini shartnoma asosida respublika va mahalliy gazetalarga eʼlon qilish uchun berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida va uning tashqarisida belgilangan tartibda firmalar, tashkilotlar, vakolatxonalar, boʻlimlar, agentliklar, muxbirlik punktlari va ularning filiallarini taʼsis etish, qayta tashkil qilish va tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud mablagʻlar doirasida axborot, madaniyat, xayriya, insonparvarlik hamda boshqa xil fondlar, teleradiolotereyalar taʼsis etish, banklar tashkil qilish, mamlakatimizda va xorijda faoliyat koʻrsatayotgan shunga oʻxshash fondlar tarkibiga kirish; eng yaxshi asarlar va axborot materiallari uchun mualliflarni ragʻbatlantirish maqsadida maxsus mukofotlar taʼsis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat faoliyatini amalga oshirish va olingan valyuta tushumlaridan mustaqil ravishda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar, filmlar yaratish sohasidagi muammolarni tahlil qilish va ularni hal etishning oqilona yoʻllarini topish maqsadida yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlarni, shu jumladan ularni respublika tashqarisidan ham jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovlar, festivallar, viktorinalar oʻtkazish, delegatsiyalarni, mamlakatimizning va chet ellar teleradio tashkilotlari vakillarini qabul qilish, shuningdek, “Oʻzteleradio” faoliyati bilan bogʻliq tadbirlarni oʻtkazish uchun sarf-xarajatlar normasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika rahbariyatining qarorlari va farmoyishlarini respublika vazirliklari va davlat boshqa boshqaruv organlari uchun belgilangan tartibda olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzteleradio” zimmasiga yuklangan vazifalar va ishlarni bajarishda u respublika birlashmalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlariga berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzteleradio” vakolati doirasiga kiruvchi yoki uning manfaatlariga daxldor masalalar qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat organlari va xoʻjalik tashkilotlari tomonidan “Oʻzteleradio” ishtirokida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. OʻZBEKISTON TELERADIOKOMPANIYASI BOShQARUVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasiga rais boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzteleradio” raisining toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi raisi kompaniya faoliyatiga rahbarlik qiladi, “Oʻzteleradio”ga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, rais oʻrinbosarlarining, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining, shuningdek, oʻz tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar hamda tashkilotlar rahbarlarining javobgarlik darajalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasida rais, uning oʻrinbosarlari va “Oʻzteleradio”ning boshqa xodimlari tarkibida 15 kishidan iborat boshqaruv tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruvga Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi raisi boshchilik qiladi. Boshqaruv aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv qarorlari Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi raisining buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. MOL-MULK VA FONDLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining tugatilgan Davlat teleradioeshittirish kompaniyasining va unga qarashli mahalliy teleradiokompaniyalar hamda tashkilotlar ixtiyorida boʻlgan asosiy fondlar va boshqa davlat mol-mulki Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining mol-mulkini tashkil qiladi. “Oʻzteleradio” koʻrsatilgan davlat mulkini boshqarish uchun vakolatli boʻlgan davlat organi funksiyasini bajaradi. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi mol-mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasining pul mablagʻlari texnika vositalaridan foydalanish, texnikaviy bazani mustahkamlash, maqsadli dasturlarni amalga oshirish, respublika tashqarisidagi vakilliklarni mablagʻ bilan taʼminlash va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan normativlar hamda hisob-kitoblarga muvofiq davlat buyurtmasini bajarish uchun davlat budjetidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat faoliyatidan, pulli xizmatlar koʻrsatish, vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, ayrim fuqarolar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlardan, homiylardan, tashqi iqtisodiy faoliyatdan, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar oʻtkazgan begʻaraz va xayriya badallaridan, aksiyalar va qimmatli qogʻozlar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan man etilmagan boshqa manbalardan olinadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasini moliyaviy taʼminlashning qoʻshimcha manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi teleradiokompaniyani rivojlantirish fondini, shuningdek, mehnatga haq toʻlash, ijodiy-ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish fondlarini, kompaniya vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan valyuta hamda boshqa fondlarni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi oʻz majburiyatlari boʻyicha qonunchilikka muvofiq undirib olinishi mumkin boʻlgan oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulk uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi buxgalteriya, tezkorlik va statistika hisobini yuritadi, belgilangan tartibda ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatining barcha turlari boʻyicha hisobot tayyorlaydi va taqdim etadi, hisobotlar va balanslarning ishonchliligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi oʻziga boʻysunuvchi mahalliy teleradiokompaniyalar, korxonalar va tashkilotlar moliya-xoʻjalik faoliyatlarining qonunchilikka muvofiq tematik tekshirishlardan va kompleks taftishlardan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasini qayta tashkil etish va tugatish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 6-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda)