Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

13. Talabgorlar ta’lim olish tili ko‘rsatilgan holda o‘qishga qabul qilish haqidagi ariza va mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni, qoida tariqasida, har yili 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham) qabul komissiyasiga taqdim etadi.
Filial ma’lumotnoma asosida mazkur nizomning 5-ilovasida keltirilgan shakldagi jurnalga muvofiq har bir bitiruvchining hisobini yuritadi.
Har bir bilet uchta savoldan (ushbu nizomning 38-bandida ko‘rsatilgan har bir mezon bo‘yicha bittadan) iborat bo‘lishi lozim.

Bosqichlar

O‘tkaziladigan tadbirlar

Bajarilish muddati va boshqa talablar

FILIALGA O‘QIShGA QABUL QILIShNI TAShKIL ETISh

I bosqich

Qabul komissiyasi faoliyatini tashkil etish

1. Qabul komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari va mas’ul kotibini Filial direktorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlash.

2. Qabul komissiyasi bo‘yicha Filial direktorining buyrug‘ini rasmiylashtirish.

3. Zaruratga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaning buyurtmalariga muvofiq Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda qabul kvotasiga o‘zgartirish kiritish.

belgilangan muddatlarda

II bosqich

Hujjatlarni qabul qilishni tashkil etish

1. Hujjatlarni qabul qilish muddatlari va o‘qish uchun ajratilgan o‘rinlarning umumiy soni haqidagi ma’lumotlarni Filialning rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

qoida tariqasida, hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan bir oy oldin

2. Filial qabul komissiyasi tomonidan talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish:

yuridik kadrlarni tayyorlashga o‘qishga kirish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish;

15-iyun — 15-iyul

qayta tayyorlash kursiga o‘qishga kirish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish.

o‘quv jarayoni boshlanishiga bir oy qolganda

III bosqich

Yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha talabgorlarni o‘qishga qabul qilish

1. Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini o‘tkazish.

iyul-avgust

2. Test sinovlari natijalarini o‘rnatilgan tartibda Davlat test markazining rasmiyveb-saytida e’lon qilish.

belgilangan muddatlarda

3. Talabalar safiga o‘qish�a qabul qilish bo‘yicha Filial direktorining buyrug‘ini rasmiylashtirish.

o‘quv yili boshlangunga qadar

Qayta tayyorlash kursiga o‘qishga qabul qilish

1. Filial direktori raisligida tuzilgan imtihon komissiyasi tomonidan talabgorlar bilan yakka tartibdagi suhbat o‘tkazish.

o‘quv jarayoni boshlanishiga 15 kun qolganda

2. Tanlov natijalarini Filialning rasmiy veb-saytida e’lon qilish.

tanlovdan keyingi ish kuni

3. Tinglovchilar safiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Filial direktorining buyrug‘ini rasmiylashtirish.

tanlov natijasi e’lon qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida

O‘QUV JARAYoNINI TAShKIL ETISh

IV bosqich

Yuridik kadrlarni tayyorlashda o‘quv jarayonini amalga oshirish

1. Ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish.

3 yil davomida

2. Mudofaa vazirligi tomonidan talabalarni safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat o‘tashini ta’minlash.

2-kurs o‘quv jarayoni yakunlangandan so‘ng

3. Filial tomonidan bitiruvchi talabalarning doimiy propiska joyi bo‘yicha ro‘yxatini Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga o‘rganish uchun taqdim etish.

3-kursning sentyabr oyida

4. Yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish.

belgilangan muddatlarda

Qayta tayyorlashda o‘quv jarayonini amalga oshirish

1. Qayta tayyorlash kursida o‘qish jarayonlarini amalga oshirish.

6 oy davomida

2. Tinglovchilarning bitiruv ishlari himoyasini tashkil etish va natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish.

belgilangan muddatlarda

V bosqich

Talabalarning xizmatga qabul qilish talablariga muvofiqligini o‘rganishni tashkil etish

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan bitiruvchi kurs talabalarini xizmatga qabul qilish talablariga muvofiqligini o‘rganish va natijasi bo‘yicha xulosa berish.

Talabalarni o‘rganish bosqichlari quyidagilar:

hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazish.

3-kurs davomida

(belgilagan muddatda)

BITIRUVChILARNI TAQSIMOTGA MUVOFIQ UZLUKSIZ IShLAB BERIShINI TAShKIL ETISh

VI bosqich

Bitiruvchilarni uzluksiz ishlab berish uchun taqsimlash

1. Bitiruvchilarni Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tizimiga xizmatga taqsimlash uchun Filialda taqsimot komissiyasini tuzish.

bitiruvchi o‘qishni tamomlagandan so‘ng, bir oy ichida

2. Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimiga xizmatni o‘tashga taqsimlash va yo‘llanma berish.

3. Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimiga xizmatga qabul qilish hamda xizmatga qabul qilinganligi bo‘yicha ish beruvchi tashkilot tomonidan Filialga ma’lumotnoma berish.

xizmatga qabul qilingandan so‘ng 15 kuni ichida

4. Filial bitiruvchisiga berilgan yo‘llanmalar va ularning xizmatga qabul qilish bo‘yicha hisob yuritish.

doimiy

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida kamida besh yil uzluksiz ishlab berish majburiyatini bajarilishi bo‘yicha
OGOHLANTIRISh XATI

Men Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga kirishga talabgor _______________________________________________________________________________________________________

(F.I.Sh.)

o‘qishga kirish uchun topshirgan hujjatlarimda yolg‘on ma’lumot berib, o‘qishga qabul qilingan taqdirimda va o‘qishni tamomlaganimdan so‘ng xizmatni o‘tashga �omuvofiq deb topilganimda o‘qishni bitirgan vaqtimdagi TDYUda amalda bo‘lgan shartnoma summasining o‘n besh barobari miqdorida Filialga kompensatsiya to‘laganimdan so‘ng diplom berilishi to‘g‘risida ogohlantirildim.

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida ishlab berish majburiyatini bajarishdan bosh tortganimda yoki xizmatni lozim darajada bajarmaganligim yoxud sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli xizmatni o‘tash mumkin bo‘lmay xizmatdan bo‘shatilganimda o‘qishni bitirgan vaqtimdagi TDYUda amalda bo‘lgan shartnoma summasining yigirma besh barobari miqdorida Filialga kompensatsiya to‘laganimdan so‘ng diplom berilishi to‘g‘risida ogohlantirildim.

Xizmat joyimdan muddatidan ilgari shartnoma (kontrakt)ni bekor qilganimda yoki xizmatni lozim darajada bajarmaganligim yoxud sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli xizmatni o‘tash mumkin bo‘lmay xizmatdan bo‘shatilganimda o‘qishni bitirgan vaqtimdagi TDYUda amalda bo‘lgan shartnoma summasidan kelib chiqib, kompensatsiya miqdori ishlab berilgan vaqtga proporsional tarzda hisoblab chiqilishi to‘g‘risida ogohlantirildim.

Ushbu ogohlantirish xati orqali zimmamga yuklanadigan barcha majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishiga kafolat beraman.

_________________________________

_________________________________

(imzo)

(F.I.Sh.)

20___ yil “____” _________________________

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi