26.09.2017 yildagi 764-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi hamda “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ichki ishlar organlarida harbiy-tibbiy ekspertiza va tibbiy guvohlantirish masalalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 26-sentabrʼ,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
764-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi hamda “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlarning sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi boʻyicha ichki ishlar organlarining shahodatlangan lavozimlarida xizmatga yaroqliligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari shahodatlangan xodimlarining sogʻligʻi boʻyicha xizmatni davom ettirishga yaroqliligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi) kirish uchun nomzodlarning sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishiga koʻra tahsil olishga yaroqliligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida kursant va tinglovchilarning sogʻligʻi boʻyicha tahsil olishni davom ettirishga yaroqliligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlariga kasalligi sababli taʼtil berish yoki ularni xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari zaxiradagi yoki sobiq xodimlarining kasallanishi, yaradorligi, kontuziyalari, jarohatlanishini urush harakatlarida ishtirok etishi natijasida orttirilganligi, ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashi, xizmat vazifasini bajarishi bilan bogʻliqligi sabablarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlarining tan jarohatlarini ogʻirlik darajasini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoiti ogʻir va noqulay hududlarida xizmatni oʻtashi munosabati bilan ularning oila aʼzolari yashashi uchun sogʻligʻi boʻyicha tibbiy zid koʻrsatmalarni mavjudligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlari oila aʼzolarining uzoq muddat davolanishi hamda tibbiy kuzatuvda boʻlishi zaruratini aniqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari va ularning oila aʼzolarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga xodimlar xizmat qiladigan lavozimlarga qabul qilinayotgan nomzodlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining zaxiradagi yoki sobiq xodimlarini tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish, ichki ishlar organlari xodimlari, ularning oila aʼzolari, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar hamda ichki ishlar organlarining zaxiradagi yoki sobiq xodimlari uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi harbiy-tibbiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 363-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki ishlar organlari tizimida tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Tibbiyot boshqarmasida tashkil etiladigan Markaziy harbiy-tibbiy komissiya (keyingi oʻrinlarda MHTK deb ataladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Tibbiyot boʻlimlarida tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda HTK deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy gospitalida davolanayotgan xodimlarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish tibbiy koʻrsatma asosida ushbu gospitalda tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarida tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza oʻtkazish uchun mazkur muassasalarda vaqtincha harakatdagi harbiy-tibbiy komissiyalar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HTKlar tarkibi va ularning ishini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazishning obyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ichki ishlar organlari xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) taʼlim muassasalari kursant va tinglovchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ichki ishlar organlarining zaxiradagi yoki sobiq xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ichki ishlar organlari xodimlarining oila aʼzolari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish uchun nomzodlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalarining harbiy xizmatchilarini va ularning oila aʼzolarini, taʼlim muassasasiga kirish uchun nomzodlarni hamda kursantlarni harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalda boʻlgan harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish ichki ishlar organlarining yoki ushbu organlarning kadrlar boʻlimi rahbarlari yoʻllanmalari yoxud sud qarori asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat qilish tartibida qayta tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish yoki quyi HTK qarorini qayta koʻrib chiqish MHTK tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizomning 4-bandi “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish tegishli HTKlar tomonidan ushbu shaxslarda ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashga (xizmatni oʻtashni davom ettirishga) yoki taʼlim muassasalarida tahsil olishga (tahsil olishni davom ettirishga) toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlarning bor yoki yoʻqligini aniqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashga yoki taʼlim muassasalarida tahsil olishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar (keyingi oʻrinda kasalliklar va jismoniy nuqsonlar deb ataladi) mazkur Nizomga ilovadagi roʻyxatga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomning 4-bandi “d” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish ushbu shaxslarning kasallanishi, yaradorligi, kontuziyalari, jarohatlanishini urush harakatlarida ishtirok etishi natijasida orttirilganligi, ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashi, xizmat vazifasini bajarishi bilan bogʻliqligi yoki bogʻliq emasligi sabablarini aniqlash, shuningdek ulardagi tan jarohatlarining ogʻirlik darajasini baholash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizomning 4-bandi “e” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarni tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish ichki ishlar organlari xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoiti ogʻir va noqulay boʻlgan hududlarida xizmatni oʻtashi munosabati bilan ushbu hududlarda ularning oila aʼzolari yashashi uchun sogʻligʻi boʻyicha tibbiy zid koʻrsatmalarning bor yoki yoʻqligi, shuningdek ushbu kichik bandda nazarda tutilgan shaxslarning uzoq muddat davolanishi hamda tibbiy kuzatuvda boʻlishi zaruratini aniqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ushbu Nizomning 4-bandi “a” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarning ambulator sharoitdagi tibbiy tekshiruvi tibbiy koʻrsatmalarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda tibbiy tekshiruv natijalari rasmiylashtirilib, tegishli xulosa tibbiy tekshiruvdan oʻtgan shaxsga HTKga taqdim etish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu Nizomning 4-bandi “b” va “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarning statsionar yoki ambulator sharoitdagi tibbiy tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida yoki tegishli vazirlik va idoralarning davolash-profilaktika muassasalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazishda ishtirok etgan har bir shifokor oʻz yoʻnalishi boʻyicha tibbiy koʻrikni amalga oshiradi va tibbiy xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtishga xodim salomatligi holati sababli HTKga kela olmaydigan hollarda, HTK tomonidan sayyor tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza oʻtkaziladi hamda bu haqdagi maʼlumot tegishli tibbiy dalolatnomaga qayd qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida shaxslar, zaruratga koʻra, tibbiyotning ixtisoslashgan sohalari boʻyicha shifokorlarga (ftiziatr, endokrinolog, urolog, onkolog va boshqalar) oʻrnatilgan tartibda tibbiy maslahat va tekshiruv uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tibbiy xulosa HTKda koʻrib chiqiladi va tibbiy tekshiruv hamda harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtuvchi shaxslarning salomatligi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar va uning jismoniy rivojlanishi hisobga olingan holda xizmatga yaroqli yoki yaroqsizligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. HTK oʻz qarorlarini tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazilayotgan har bir shaxs boʻyicha individual tarzda baholash usulidan foydalangan holda kollegial tarzda chiqaradi. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazilayotgan shaxsning holatiga individual baho berish vaqtida kasallik va jismoniy nuqsonning xususiyati, rivojlanish darajasi, boshqa tana aʼzolari hisobiga kompensatsiya qilinishi, tana aʼzolari faoliyatining buzilishi, buzilishlarning kelib chiqishi va kasallik prognozi, shaxsning mutaxassisligi, xizmat turi inobatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza natijasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklga muvofiq HTK dalolatnomasi orqali rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza dalolatnomasiga HTK tomonidan qarorni chiqarishga asos boʻlgan tibbiy hujjatlardan koʻchirma va boshqa tegishli xulosalar hamda hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertiza dalolatnomasida maxfiy hujjatlardan koʻchirmalar qoldirilmaydi. Lozim boʻlganda dalolatnomada faqatgina maxfiy hujjatlar saqlanadigan yigʻma jild raqami koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish natijasida shaxs xizmatga yaroqsiz deb topilganda, ularni qayta harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish uchun koʻrib chiqish muddati HTK tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizomning 4-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarga rasmiylashtirilgan xizmatga yaroqlilik toʻgʻrisidagi HTK dalolatnomasi, ular tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazilgan kundan boshlab olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda, ushbu Nizomning 4-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslarga nisbatan esa bir yil muddatda amalda boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 4-bandi “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaxslarda HTK dalolatnomalarida belgilangan muddat ichida sogʻligʻida sezilarli oʻzgarishlar roʻy berganligi aniqlanganda, ular takroriy harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Harbiy-tibbiy ekspertizaning xulosalari mansabdor shaxslar ijro etishi uchun majburiydir. Harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning oʻzi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashga yoki taʼlim muassasalarida tahsil olishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Yuqumli va parazitar kasalliklar.

2.

Nafas aʼzolarining sil kasalligi.

3.

Boshqa aʼzolar va tizimlarning sil kasalligi.

4.

Zaxm va asosan jinsiy yoʻl bilan yuqadigan, boshqa aniqlangan kasalliklar.

5.

Mikozlar.

6.

Oʻsmalar.

7.

Xavfli oʻsmalar (limfa, qon yaratuvchi va ularga turdosh toʻqimalarning oʻsmalari bundan istisno).

8.

Limfa, qon yaratuvchi va ularga turdosh toʻqimalarning xavfli oʻsmalari.

9.

Xavfsiz oʻsmalar (bosh va orqa miya oʻsmalari bundan istisno), in situ oʻsmalar.

10.

Qon, qon yaratuvchi aʼzolarning kasalliklari va immun mexanizmini (tizimini) jalb qiluvchi alohida buzilishlar.

11.

Endokrin tizimining kasalliklari, oziqlanish va moddalar almashinuvining buzilishlari.

12.

Ruhiy va xulq-atvor buzilishlari.

13.

Organik ruhiy buzilishlar.

14.

Endogen psixozlar: shizofreniya, shizotipik buzilishlar, shizoaffektiv, vasvasali, oʻtkir va oʻtkinchi psixotik buzilishlar va affektiv buzilishlar (kayfiyat buzilishlari).

15.

Simptomatik va boshqa ekzogen etiologiyali ruhiy buzilishlar.

16.

Stress bilan bogʻliq nevrotik va somatik shakldagi buzilishlar.

17.

Shaxs buzilishlari.

18.

Ruhiyatga faol taʼsir etuvchi vositalarni isteʼmol qilish natijasida kelib chiqqan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari.

19.

Aqliy qoloqlik (zaiflik).

20.

Asab tizimi kasalliklari.

21.

Epilepsiya va epileptik tutqanoqlar.

22.

Markaziy asab tizimining yalligʻlanishlari, miyelinsizlantiruvchi kasalliklari va ularning asoratlari.

23.

Koʻproq markaziy asab tizimini zararlovchi tizimli atrofiyalar, ekstrapiramidal, boshqa asab tizimining degenerativ kasalliklar, asab-mushak sinaps va mushak kasalliklari, bolalarning serebral falaji, asab tizimining tugʻma anomaliyalari (rivojlanishning nuqsonlari), bosh va orqa miya oʻsmalari.

24.

Bosh va orqa miyalarning tomir kasalliklari.

25.

Bosh va orqa miya jarohatlanishlari va ularning asoratlari. Tashqi taʼsir omillaridan boʻlgan markaziy asab tizimining zaralanishi asoratlari.

26.

Periferik nervlari kasalliklari.

27.

Periferik nervlar jarohati va asoratlari.

28.

Oʻtkir kasallik, surunkali kasallikning hurujidan, jarohat va jarrohlik yoʻli bilan davolanishdan keyingi markaziy va periferik asab tizimlari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

29.

Qovoqlarning kasalliklari va shikastlanish oqibatlari.

30.

Konyunktiva, koʻz yoshi yoʻllari, koʻz kosasining kasalliklari, jarohatlar va kuyish oqibatlari.

31.

Koʻzning sklerasi, shoh pardasi, tomirli pardasi, gavhari, shishasimon tanasi, toʻr pardasi, koʻruv nervining kasalliklari, jarohatlar va kuyishlarning asoratlari.

32.

Koʻz toʻr pardasining koʻchishi.

33.

Glaukoma.

34.

Koʻz mushaklari kasalliklari, ikki koʻzning hamkorlikda barobar koʻrish faoliyatini buzilishi.

35.

Refraksiya va akkomodatsiyaning buzilishlari.

36.

Koʻrlik, koʻrish oʻtkirligining pasayishi, rang ajratish anomaliyalari.

37.

Oʻtkir kasallik, surunkali kasallikning hurujlari, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi koʻrish aʼzolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

38.

Quloq va soʻrgʻichsimon oʻsiqning kasalliklari.

39.

Tashqi quloq (shu jumladan tugʻma) kasalliklari.

40.

Oʻrta quloq va soʻrgʻichsimon oʻsiqning kasalliklari.

41.

Organizm vestibulyar qobiliyatining buzilishi.

42.

Karlik, karsoqovlik, eshitish qobiliyatining pasayishi.

43.

Oʻtkir kasallik, surunkali kasallik hurujlari, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi qoʻloq va soʻrgʻichsimon oʻsiq faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

44.

Qon aylanish tizimi kasalliklari.

45.

Revmatizm, yurakning boshqa revmatik va revmatik boʻlmagan (shu jumladan tugʻma) kasalliklari.

46.

Gipertoniya (hafaqonlik) kasalligi.

47.

Yurakning ishemik kasalligi.

48.

Aorta, periferik yirik arteriya, vena va limfa tomirlari kasalliklari, rivojlanishning tugʻma anomaliyalari va shikastlanishlar asoratlari.

49.

Gemorroy (bavosil).

50.

Neyrotsirkulyator asteniya.

51.

Oʻtkir kasallik, surunkali kasallik huruji, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi qon aylanish tizimi faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

52.

Nafas aʼzolari kasalliklari.

53.

Burun boʻshligʻi, burunniing yondosh boʻshliqlari va hiqildoq kasalliklari.

54.

Hiqildoq va traxeyaning boʻyin qismi kasalliklari va shikastlanishlari.

55.

Nafas olish aʼzolarining boshqa kasalliklari (shu jumdan tugʻma).

56.

Bronxial astma.

57.

Oʻtkir kasallik, surunkali kasallik huruji, jarohat, jarrohlik amaliyotidan keyingi nafas aʼzolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

58.

Tishlarning rivojlanishi va chiqish ildizidagi buzilishlar, tishning qattiq toʻqimalari va yumshoq qismi kasalliklari.

59.

Periapikal toʻqimalar, milklar va parodont, soʻlak bezlari, ogʻiz boʻshligʻi yumshoq toʻqimalari, tilning (shu jumladan tugʻma) kasalliklari.

60.

Yuz-jagʻ anomaliyalari, nuqsonlari, shakl oʻzgarishlari, jarohat asoratlari, boshqa kasalliklar va tishlarning tayanch vositalaridagi oʻzgarishlar, jagʻlarning kasalliklari.

61.

Qiziloʻngach, ichaklarning (oʻn ikki barmoqli ichakdan tashqari)
va qorinpardaning (shu jumladan tugʻma) kasalliklari.

62.

Meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligi.

63.

Meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning boshqa kasalliklari, jigarning, oʻt qopining, oʻt ajratish yoʻllari va meʼda osti bezining kasalliklari.

64.

Churralar.

65.

Oʻtkir kasallik, surunkali kasalliklarining hurujlari yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi ovqat hazm qilish aʼzolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

66.

Teri va teri osti qavati surunkali, tizimli kasalliklari.

67.

Terining va teri osti qavatining oʻtkir kasalliklari asoratlari
va surunkali kasalliklarining qaytalanishidan keyin faoliyatning buzilishi.

68.

Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqimalarning kasalliklari.

69.

Yuqumli, yalligʻlanish, autoimmun va boshqa sabablardan kelib chiqqan artritlar va artropatiyalar, biriktiruvchi toʻqimaning tizimli kasalliklari.

70.

Suyaklar, yirik boʻgʻimlar, togʻaylarning jarrohlik kasalliklari
va zararlanishi.

71.

Umurtqaning kasalliklari va ularning asoratlari.

72.

Kaftning, barmoqlarning shakl oʻzgarishlari va umuman yoʻqligi.

73.

Yassioyoqlilik, oyoq panjasining boshqa shakl oʻzgarishlari
va barmoqlarining nuqsonlari.

74.

Oyoq-qoʻlning faoliyatini oʻzgartiruvchi va (yoki) xizmat kiyimlar,
oyoq kiyimlar kiyishni va kamarlar taqishni qiyinlashtiruvchi tugʻma
va orttirilgan shakl oʻzgarishlari.

75.

Oyoq yoki qoʻlning yoʻqligi.

76.

Jinsiy va siydik chiqarish aʼzolari kasalliklari.

77.

Buyraklarning surunkali kasalliklari.

78.

Buyrak va siydik toshi kasalligi.

79.

Siydik chiqarish yoʻllarida siydik chiqarishining buzilishi (gidronefroz), piyelonefrit (ikkilamchi), buyrak va siydik chiqarish yoʻllarining boshqa kasalliklari, qovuqning yalligʻlanishi va boshqa kasalliklari, tanosil kasalliklariga aloqasi boʻlmagan uretrit, siydik chiqarish yoʻlining torayishi va uning boshqa kasalliklari.

80.

Erkaklarning jinsiy aʼzolari kasalliklari (shu jumladan tugʻma boʻlgan).

81.

Ayollarning jinsiy aʼzolari surunkali yalligʻlanishlar bilan kechadigan kasalliklari.

82.

Endometrioz.

83.

Genital prolaps, siydikni tutaolmaslik, oqmalar, ayollar jinsiy aʼzolarining boshqa yalligʻlanishsiz kechadigan kasalliklari (shu jumladan tugʻma boʻlgan).

84.

Hayz koʻrish faoliyatining buzilishlari.

85.

Oʻtkir kasallik, surunkali kasallikning huruji yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi siydik chiqarish va jinsiy aʼzolarning faoliyatining vaqtincha buzilishlari.

86.

Homiladorlik, tugʻishdan keyingi davr va uning asoratlari.

87.

Jarohatlar, zaharlanishlar va boshqa tashqi omillar taʼsiri oqibatlari.

88.

Bosh suyaklarining jarohat va jarrohlik amaliyotidan keyingi nuqsonlari.

89.

Umurtqa pogʻonasi, gavda, oyoq va qoʻllar suyaklari siniqlarining asoratlari (chanoq suyaklari, kurak, oʻmrov, toʻsh, qovurgʻalar, yelka, tirsak va bilak, son suyagi boʻyinchasi va son, kichik va katta boldir, tizza qopqogʻi suyagi va boshqa suyaklarining siniqlari).

90.

Koʻkrak qafasi, qorin boʻshligʻi, va chanoq ichki aʼzolarining jarohatlari (jarohat tufayli yuzaga kelgan pnevmo- va gemotoraks, yurak, oʻpka, meʼda ichak yoʻli, jigar, taloq, buyraklar, chanoq aʼzolari, qorin boʻshligʻining boshqa aʼzolari jarohatlari, koʻp tarmoqli ogʻir jarohatlar), yuqorida qayd etilgan aʼzolarning kasalliklari tufayli oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotlari asoratlari.

91.

Teri va teri osti qavati toʻqimalarining jarohatlari asoratlari.

92.

Dori, tibbiy va biologik vositalar bilan zaharlanish, tibbiyotga dahli boʻlmagan moddalarning toksik taʼsiri, tashqi omillarning taʼsiri (radiatsiya, past yoki yuqori harorat va yorugʻlik, havoning yoki suvning ortiqcha bosimi va boshqalar).

93.

Suyak-mushak tizimining, biriktiruvchi toʻqimaning, teri va teri osti qavatining kasalliklaridan davolanishdan keyin, jarohatlar, zaharlanishlar va tashqi omillarning boshqa taʼsirlaridan keyingi faoliyatning vaqtincha buzilishlari.

94.

Jismoniy rivojlanish yetishmovchiligi.

95.

Siydik tutolmaslik (enurez).

96.

Nutqning buzilishi.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2017-y., 09/17/764/0019-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)