O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki korxonalari va mulkini sotishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-fevraldagi 104-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonun hujjatlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga tegishli bo‘lgan tashkilotlarni sotishni jadallashtirish, ularning ishlab chiqarish maydonlaridan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishlar barpo etishga investitsiyalar jalb etish yo‘li bilan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvining raisi A.K. Mirsoatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-iyun,
465-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 465-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki korxonalari va mulkini sotishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-fevraldagi 104-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
““O‘zmilliybank”ka bankning “Kinder Fruits” MChJ ustav kapitalidagi ulushini auksionga birnecha marta (kamida to‘rt marta) qo‘yish yakunlari bo‘yicha sotib olish yuzasidan takliflar tushmagan taqdirda, “Kinder Fruits” MChJning mol-mulkini alohida obyektlar (filiallar) sifatida sotish huquqi berilsin”.
2. 3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “2-bandida” so‘zlari “2-bandning birinchi xatboshida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Kinder Fruits” MChJning mol-mulki auksionga qo‘yish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish yo‘li bilan bozor qiymati bo‘yicha sotiladi, auksion bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilingan taqdirda “O‘zmilliybank” va uning investitsiya kompaniyasi oldidagi xarid to‘lovlari bilan qoplanmayotgan qarzlar hisobdan chiqariladi”;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/465/3248-son)