09.02.2018 yildagi 104-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki korxonalari va mulkini sotishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalarni yanada jalb qilish va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi o‘rinlarda “O‘zmilliybank” deb ataladi) investitsiya faoliyatini kengaytirish, resurs bazasini mustahkamlash, shuningdek, bankrot korxonalar negizida raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son Farmoniga va xo‘jalik sudlarining bankrot deb e’lon qilingan “Bolalar taomlari xolding” OAJ, “O‘zbek qog‘ozi” OAJ va “O‘zolmonxotels” QK MChJ mulki “O‘zmilliybank”ka berilgani, ular negizida “Kinder Fruits”, “Toshkent Qog’ozi” va “Xorazm Palace” MChJlar tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Namangan To'qimachi” MChJning ishlab chiqarishda foydalanilmayotgan umumiy yer maydoni 30,1 gektar bo‘lgan mulki “Tubo Textile” MChJ UXKning xarid to‘lovlari bo‘yicha “O‘zmilliybank” oldidagi qarzini kamaytirish hisobidan ushbu bankka berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zmilliybank”ning “Kinder Fruits”, “Toshkent Qog’ozi” va “Xorazm Palace” MChJlar ustav kapitalidagi ulushini, shuningdek, avval “Namangan To'qimachi” MChJga tegishli bo‘lgan va narxni bosqichma-bosqich kamaytirish mexanizmini belgilangan tartibda qo‘llagan holda ochiq savdolarga bir necha marta qo‘yilgan mulkni yangi investorlarga sotish bo‘yicha “O‘zmilliybank” tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar ularning baholash tashkilotlari belgilagan narxi yuqoriligi tufayli bo‘lajak investorlarda qiziqish uyg‘otmagani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zmilliybank ning “Kinder Fruits”, “Toshkent Qog’ozi” va “Xorazm Palace” MChJlar ustav kapitalidagi o‘z ulushini, shuningdek, ilgari “Namangan To'qimachi” MChJga tegishli bo‘lgan mulkni — investorlar tomonidan faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yoki ularning negizida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mavjud kreditorlik, shu jumladan “O‘zmilliybank” va uning investitsiya kompaniyalari kiritgan investitsiyalar hamda zayomlar bo‘yicha qarzlarni qoplash majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zmilliybank”ka bankning “Kinder Fruits” MChJ ustav kapitalidagi ulushini auksionga birnecha marta (kamida to‘rt marta) qo‘yish yakunlari bo‘yicha sotib olish yuzasidan takliflar tushmagan taqdirda, “Kinder Fruits” MChJning mol-mulkini alohida obyektlar (filiallar) sifatida sotish huquqi berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 465-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/465/3248-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 2-bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan “O‘zmilliybank”ning ulushi va mulk balans qiymati bo‘yicha kimoshdi savdosiga qo‘yish yo‘li bilan sotiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 465-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/465/3248-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kinder Fruits” MChJning mol-mulki auksionga qo‘yish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish yo‘li bilan bozor qiymati bo‘yicha sotiladi, auksion bo‘lib o‘tmagan deb e’lon qilingan taqdirda “O‘zmilliybank” va uning investitsiya kompaniyasi oldidagi xarid to‘lovlari bilan qoplanmayotgan qarzlar hisobdan chiqariladi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-iyundagi 465-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2019-y., 09/19/465/3248-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olish bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirishning eng uzoq muddati, xarid qiymati qoldiqlari bo‘yicha foizlar hisoblanmasdan, 7 yildan ortiq bo‘lmagan muddatni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kinder Fruits”, “Toshkent Qogozi” va “Xorazm Palace” MChJlarga “O‘zmilliybank” investitsiya kompaniyalari tomonidan berilgan qarzlar bo‘yicha qarz shartnomasining foizli daromadni hisoblamaslik shartlari saqlab qolinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 2-bandida qayd etilgan ulushlar va mulk Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining investitsiya faoliyatini rag‘batlantirishga va banklar tomonidan korxonalarni yangi investorlarga sotishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 27-martdagi 71-son qarorida nazarda tutilgan tartibda mazkur qaror qoidalari hisobga olingan holda sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R. Xolmurodov va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi A.K. Mirsoatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 9-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 09/18/104/0787-son, 07.06.2019-y., 09/19/465/3248-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)