Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 09.04.2019 yildagi 294-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4078-son qarori)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4078-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
294-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 294-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 131-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/131/0200-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 443-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 145-modda) bilan tasdiqlangan Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 18-bandga quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yer qaʼridan foydalanuvchining investitsiya majburiyatlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 67-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya asosida yer qaʼridan foydalanuvchining murojaatiga koʻra, tegishli yer uchastkalari belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻn kundan oshmagan muddatda ochiq savdolarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziyaning amal qilish muddati va yer qaʼri uchastkasining chegaralariga muvofiq ajratib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noruda foydali qazilmalari yer uchastkalarining chegaralarini joyida belgilash ishlari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududlardagi boʻlinmalari tomonidan bir vaqtning oʻzida yer qaʼridan foydalanuvchi ishtirokida amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 80-bandga quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer qaʼridan foydalanuvchilarga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan bu haqda uch kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda tegishli tuman hokimligiga yozma maʼlumot beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda, tegishli yer maydonlari tuman hokimligi tomonidan zaxiraga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noruda foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan uzluksiz ikki yil davomida bajarilmagan taqdirda (fors-major holatlaridan tashqari), haqiqatda qazib olingan hajmdan kelib chiqqan holda, noruda foydali qazilmalar zaxiralarining oʻzlashtirilmay qoladigan qismi davlat balansiga va ular joylashgan yer uchastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlari zaxirasiga qaytariladi. Bunda ilgari berilgan litsenziya qayta rasmiylashtirilmasdan, yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2019-y., 09/19/294/2917-son; 01.03.2025-y., 09/25/131/0200-son)