26.12.2018 yildagi PQ-4078-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda oʻtgan davr mobaynida noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berishning tartib-taomillarini soddalashtirish va iqtisodiyotning noruda xom ashyo bazasini rivojlantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanishni taʼminlashda qator muammolar mavjud boʻlib, bular yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berish bilan bogʻliq normalarga nomuvofiqligi, qazib olish va qayta ishlashda maʼnan eskirgan, muddati tugagan texnika va uskunalardan foydalanilayotganligi, konlar va istiqbolli maydonlar toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish va ularga davlat xizmatlarini koʻrsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash darajasi pastligida namoyon boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faqat joriy yilning sentabr — noyabr oylarida oʻtkazilgan oʻrganishlarda 186 ta subyekt tomonidan tegishli litsenziya olmasdan 26,7 milliard soʻmlik noruda foydali qazilmalar noqonuniy qazib olinganligi holatlari aniqlandi, shuningdek, litsenziya shartlariga rioya qilmagan va yer qaʼri uchastkalaridan samarasiz foydalangan 23 ta subyektning yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi muddatidan oldin bekor qilinib, 55,6 million kub metr va 3,4 million tonna foydali qazilmalar zaxirasi davlat balansiga qaytarildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarini foydalanishga berishda shaffoflikni taʼminlash, qazib olish va qayta ishlash jarayonlarida ilgʻor texnologiyalarni keng qoʻllash hamda sohaga salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansida hisobga olingan konlar va istiqbolli maydonlar joylashgan yer uchastkalarini berishda (realizatsiya qilishda) yer fondi toifasidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasining ijobiy xulosasi olinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma asosida yer qaʼridan foydalanuvchining murojaatiga koʻra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tegishli yer uchastkalari oʻn kundan oshmagan muddatda ochiq savdolarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri ruxsatnomaning amal qilish muddati va yer qaʼri uchastkasining chegaralariga muvofiq ajratib beriladi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noruda foydali qazilmalari yer uchastkalarining chegaralarini joyida belgilash ishlari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududlardagi boʻlinmalari tomonidan bir vaqtning oʻzida yer qaʼridan foydalanuvchi ishtirokida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanuvchilarga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda Davlat geologiya va mineral resurslari qoʻmitasi tomonidan bu haqda uch kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga yozma maʼlumot beriladi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan oldin bekor qilinganda tegishli yer maydonlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan zaxiraga qaytariladi;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noruda foydali qazilmalarni qazib olish hajmlari yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan uzluksiz ikki yil davomida bajarilmagan taqdirda (fors-major holatlaridan tashqari) haqiqatda qazib olingan hajmdan kelib chiqib, noruda foydali qazilmalar zaxiralarining oʻzlashtirilmay qoladigan qismi davlat balansiga va ular joylashgan yer uchastkalari mahalliy davlat hokimiyati organlari zaxirasiga qaytariladi. Bunda, ilgari berilgan ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilmasdan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish shartlarida yer qaʼridan foydalanuvchining investitsiyaviy majburiyatlari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan aniqlangan noruda foydali qazilmalar konlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvardan barcha noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish (daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish bundan mustasno) huquqi uchun ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan “E-AUKSION” elektron savdo platformasidagi elektron auksion yakunlari asosida 20 kundan oshmagan muddatda belgilangan tartibda “Litsenziya” axborot tizimi orqali beriladi. Bunda ruxsatnomani olish uchun ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham berilishi mumkin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaxslarning oʻzlari qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni qazib olishga ruxsatnoma olishda ularning qonun hujjatlarida belgilangan huquqlari saqlanib qolinadi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qoʻyishning boshlangʻich narxi auksion tashkil qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar yigʻindisidan kam boʻlmagan summada belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, noruda foydali qazilmalar yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini “E-AUKSION” elektron savdo platformasida realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari va ushlab qolingan zakalat summasi, auksion tashkil qilish bilan bogʻliq toʻlov summalari chegirilgan holda teng ulushlarda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noruda foydali qazilmalarni qazib olish faoliyati olib boriladigan hududlardagi tegishli tuman (shahar)lar mahalliy budjetlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish yillik davlat dasturlarini amalga oshirishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining maxsus gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, granit, travertin va ohaktosh) qazib olish va ularning texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar 2022-yil 1-yanvarga qadar
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish, ularga ishlov berish, shuningdek, tabiiy pardozbop toshlarning texnogen mineral hosilalarini qayta ishlashga moʻljallangan maxsus texnika va uskunalar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish, ularga ishlov berish, shuningdek, tabiiy pardozbop toshlarning texnogen mineral hosilalarini qayta ishlash faoliyati boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblashda mazkur soliq boʻyicha belgilangan stavka ikki barobarga pasaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi bozor konyunkturasini oʻrganib, noruda foydali qazilmalarni chuqur qayta ishlashni va ulardan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish obyektlarida mahalliy noruda xom ashyo asosida ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini, shu jumladan tabiiy pardozbop toshlarni keng qoʻllashni hamda noruda foydali qazilmalar noqonuniy qazib olingan hollarda ularning qiymatini aniqlash tartibini belgilovchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzqurilishmateriallari” AJ 2019-yil 1-martga qadar respublika hududida aniqlangan barcha tabiiy pardozbop toshlarning milliy brendi va katalogini yaratsin, ularning kengaytirilgan taqdimotini oʻtkazsin hamda har yili bir marotaba katalogning yangilanib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda Jizzax viloyati Forish tumanini Navoiy viloyati Nurota tumani bilan bogʻlovchi temir yoʻl tarmogʻini qurish masalasini har tomonlama oʻrganib chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga mazkur masala boʻyicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2019-yil 1-aprelga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan noruda foydali qazilmalar konlari va istiqbolli maydonlarning davlat kadastrini xatlovdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlov natijalariga koʻra, noruda foydali qazilmalar yer qaʼri uchastkalari va istiqbolli maydonlar toʻgʻrisida batafsil (xarita, foto va video) maʼlumotlarni berish, interaktiv davlat xizmatlarini koʻrsatish va mazkur jarayonlarni foydalanuvchilar tomonidan onlayn kuzatib borish imkoniyatini beruvchi qoʻmitaning yangilangan rasmiy veb-saytini va uning mobil versiyasini yaratsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishda “E-AUKSION” elektron savdo platformasida elektron auksionni oʻtkazish reglamentini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi zimmasiga (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarliklarni profilaktika qilishning ilgʻor uslubiyotlarini joriy etish, idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish aniqlangan holatlar boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish, marksheyderlik ishlarini oʻtkazgan holda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, sohada huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlarini amalga oshirishda Inspeksiya bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼridan foydalanish sohasida belgilangan talablarni buzganlik uchun undiriladigan jarimalar summasining 50 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha aniqlangan zarar summasining 20 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, qazib olingan foydali qazilmalarning haqqoniy hajmini aniqlash uchun bajariladigan marksheyderlik ishlarini moliyalashtirishga hamda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga geologik tasvirlash ishlarida, bajariladigan marksheyderlik oʻlchovlarida hamda xavfli geologik jarayonlarni oʻrganishda uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xarid qilish, olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda noruda foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4078-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2018-y., 07/18/4078/2373-son; 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)