26.11.2018 yildagi 957-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim, fan, madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni jadal rivojlantirish, Oʻzbekistonning madaniy, maʼnaviy va tarixiy merosini keng xalqaro jamoatchilik orasida faol targʻib qilish, YUNESKO bilan har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va uni samarali amalga oshirish, shuningdek, YUNESKO Ustaviga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisiga, zaruratga koʻra, kotibiyat tuzilmasiga boshkaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga hak toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquki berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2 va 3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Huqumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 26-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
957-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qaroriga
1-ILOVA

YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, tarkibini va ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, YUNESKO va Taʼlim, ilm-fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkilotining (AYSESKO) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega boʻladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Komissiya tuzilmasida uning ishchi organi hisoblangan kotibiyat faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Komissiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim;

ilm-fan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. YUNESKO va AYSESKO faoliyatida jahon sivilizatsiyasi va madaniyati markazlaridan biri sifatida Oʻzbekistonning xalqaro obroʻsi va rolini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasida YUNESKO va AYSESKO dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat dasturlarida belgilangan Oʻzbekistonning xalqaro obroʻsi va rolini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbek xalqining madaniy va tarixiy merosini hamda Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning xalqaro tashabbuslarini fan-taʼlim va madaniy-gumanitar sohalarda hamda mamlakatning hududiy va global rivojlanish boʻyicha pozitsiyasi va yondashuvini ilgari surish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO va AYSESKO tadbirlarida hamda loyihalarida vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, mutaxassislarning qatnashishi toʻgʻrisida YUNESKO kotibiyatiga hamda mintaqaviy boʻlinmalariga, AYSESKO Bosh direksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligi bilan birgalikda takliflar tayyorlash va kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, fan, madaniyat, axborot va kommunikatsiyalar sohasida ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha YUNESKO, AYSESKOning mintaqaviy byurolari va markazlari bilan muntazam konsultatsiyalar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida YUNESKO va AYSESKO tadbirlarini tashkillashtirish va oʻtkazishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO va AYSESKO tomonidan chaqiriladigan bosh konferensiya hamda boshqa hukumatlararo kengashlarni tashkil etishga va oʻtkazishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO va AYSESKO dasturlarini ishlab chiqish va bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlarining ishtirokini ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO va AYSESKO grantlari va homiylik xayriyalarini jalb etish va ulardan maqsadli foydalanishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi tegishli hududlar (obyektlar)da rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari loyihalari Komissiya bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Komissiyaning huquqlari
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid zarur materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chiqarilgan YUNESKO va AYSESKO masalalariga oid normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga, YUNESKO va AYSESKO qoidalariga zid kelgan hollarda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya oʻzining majlislarida vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan YUNESKO va AYSESKO masalalari boʻyicha muammo va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan taqdirda ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO va AYSESKO dasturlarini va boshqa hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar vakillarini, shuningdek, boshqa mutaxassislarni jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya oʻz vakolatlari doirasida faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha ekspert kengashlari va ishchi guruhlarni tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Komissiyaning tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya tarkibiga Komissiya raisi, uning oʻrinbosarlari, Bosh kotibi va Komissiya aʼzolari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari, shuningdek, fan, madaniyat va taʼlim arboblari ham kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi, uning oʻrinbosarlari va Komissiya aʼzolari Komissiya faoliyatini amalga oshirishda jamoatchilik asosida ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya Bosh kotibi Komissiya kotibiyati rahbari hisoblanadi va oʻz faoliyatini doimiy asosda olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya aʼzolari uning majlislarida almashuv huquqisiz ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarini bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Komissiya ishini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya majlislarini Komissiya raisi olib boradi, Komissiya raisi qatnashmagan hollarda uning topshirigʻiga koʻra yigʻilishni rais oʻrinbosarlaridan biri olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiyaning umumiy majlislari navbatdagi va navbatdan tashqari boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatdagi umumiy majlislar har yilda kamida bir marta chaqiriladi. Bunda, qoida tariqasida, Komissiya raisining va Bosh kotibining Komissiya ishchi guruhlari va kotibiyatining faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari tinglanadi, Komissiya qarorlarining bajarilishi koʻrib chiqiladi, uning istiqboldagi faoliyati muhokama qilinadi hamda kotibiyat va Komissiyaning ish rejalari tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navbatdan tashqari umumiy majlislari alohida hollarda Komissiya vakolatlari doirasiga kiradigan, zudlik bilan hal qilinishi zarur boʻlgan masalalar yuzasidan chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiyaning umumiy majlislar oʻrtasidagi davrda barcha ishlarga Komissiya kotibiyati rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Umumiy majlislarning kun tartibi, shuningdek, ularni oʻtkazish joyi va vaqti Komissiya raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra rais oʻrinbosarlaridan biri tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Majlislar Komissiya aʼzolarining umumiy sonidan kamida yarmi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda, majlisga raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni Komissiya raisi yoki majlisga raislik qilgan uning oʻrinbosari va Komissiya Bosh kotibi imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya majlisi qarorlarining mazmuni (sharhi) ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Foydalanish huquqi cheklangan axborotlarni oʻzida mujassam etgan materiallar Komissiyaning yopiq majlislarida Komissiyaning vakolatli aʼzolari ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushbu majlislarda qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Komissiyaning kotibiyati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Komissiyaning bosh kotibi va uning oʻrinbosari maqomi va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra tegishlicha vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Komissiya kotibiyati quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO kotibiyati va AYSESKO Bosh direksiyasi, YUNESKO huzuridagi konsultativ maqomga ega boʻlgan komissiyalar hamda YUNESKO va AYSESKOga aʼzo davlatlarning milliy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya va uning ishchi organlari ish rejalari tayyorlanishi hamda ular bajarilishini nazorat qilishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO va AYSESKOning davriy nashrlarida respublika fuqarolari, tashkilotlari, muassasalarining fan, taʼlim va madaniyat masalalari boʻyicha asarlari va boshqa materiallarini chop etishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO va AYSESKO homiyligida oʻtkaziladigan xalqaro tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirishda tashkilotlarga yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan, madaniyat va taʼlim boʻyicha dasturlarni tayyorlash va ularni Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO va AYSESKO tadbirlarida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO kotibiyatida va uning mintaqaviy boʻlinmalarida, shuningdek, AYSESKO Bosh direksiyasida ishlash uchun ekspertlar sifatida respublika mutaxassislarini tanlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatiga taalluqli materiallarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish, tahlil qilish va ularning ilgʻor tajribasini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan xizmat doirasida yozishmalar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan zarur hujjatlarni, materiallarni va takliflarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlar nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligiga muntazam kiritib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlarini asrash masalalari boʻyicha YUNESKO mezonlariga muvofiq taklif va tavsiyalar kiritish va bu borada tegishli vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
(22-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO konvensiyalari talablari amalga oshirilishi va Milliy komissiya qarorlari ijrosining taʼminlanishi yuzasidan nazorat olib borish hamda ushbu maqsadlar uchun ekspert kengashlari va ishchi guruhlarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiya qarorlarini sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda hamda ularning bufer zonalarida joylashgan obyektlar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yaratilishi hamda uning yuritilishi yuzasidan monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan obyekt va hududlarda, shu jumladan ularning bufer zonalarida olib boriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar davomida oʻtkaziladigan davlat nazoratida ishtirok etish hamda tegishli soha mutaxassislarini jalb qilish;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa topshiriqlarni bajarish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Komissiya Bosh kotibi va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Komissiya kotibiyati xodimlari Komissiya Bosh kotibi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimidan ozod etiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Kotibiyat xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari (xodimlarni qisqartirish hisobidan qoʻllaniladigan ustamalar, umumiy ish staji uchun qoʻllaniladigan ustamalar, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlaridan tashqari) tatbiq etiladi hamda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya kotibiyati xodimlarining har oylik lavozim maoshlariga 40% miqdorida ustama haq (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti) toʻlanadi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat xodimlarining erishgan natijalaridan kelib chiqqan holda, har oylik lavozim maoshlariga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) nisbatan 100 foizgacha ustamalar belgilanadi, ularning 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, 50 foizgacha ustamalar esa — xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat xodimlari har oylik lavozim maoshiga kotibiyatda xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz, 20 yildan ortiq — 40 foiz oylik ustamalar qoʻllaniladi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 92-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Komissiya kotibiyati davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Komissiyaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Komissiya faoliyatini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Komissiya faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO va AYSESKO Bosh direksiyasi kotibiyatining mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya kotibiyatini taʼminlashga ajratiladigan budjet mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO va AYSESKO bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etishdan tushgan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
(27-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Komissiyaning yillik xarajatlar smetasi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya pul mablagʻlari xarajatlar smetasiga muvofiq Komissiya Bosh kotibi tomonidan tasarruf etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining

TUZILMASI

Komissiya,

Rais

Komissiya aʼzolari — 15 nafar, jamoatchilik asosida

Kotibiyat,

Bosh kotib

1

Bosh kotib oʻrinbosari

1

Taʼlim va ilm-fan masalalari boʻlimi

3

Kommunikatsiya va axborot masalalari boʻlimi

2

Yuriskonsult, kadrlar boʻyicha mutaxassisi

1

Madaniyat masalalari boʻlimi

3

Xalqaro maslahat qoʻmitasi koordinatori

1

Bosh buxgalter

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya raisiga, zaruratga koʻra, Komissiya kotibiyati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 13 shtat birligidan iborat. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normalarga muvofiq belgilanadi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi 90-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

Lavozimiga koʻra

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi, milliy komissiya raisi

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri, milliy komissiya raisining oʻrinbosari

I.Y. Abdurahmonov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, milliy komissiya raisining oʻrinbosari

O.A. Nazarbekov

madaniyat va turizm vaziri

A.I. Ikramov

yoshlar siyosati va sport vaziri

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

H.Oʻ. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

A.R. Karimov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

B.S. Yoʻldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

A.V. Nuriddinov

Badiiy akademiya raisi

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

A.D. Xadjayev

Milliy teleradiokompaniya raisi

lavozimiga koʻra

Milliy komissiya Bosh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Milliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarini bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-dekabrdagi 629-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim, ilm-fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) bilan hamkorlik toʻgʻrisida” 2017-yil 12-oktabrdagi 821-son qarorining 3-bandi va unga ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-yanvardagi 26-f-son farmoyishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/957/2228-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 19.02.2020-y., 09/20/92/0182-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/90/0166-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)