28.08.2018 yildagi 697-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida xizmatni oʻtayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti toʻlash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida jamoat tartibini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Toshkent shahrining jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida xizmatni oʻtayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilarni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahrining jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida xizmatni oʻtayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti toʻlash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
697-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-avgustdagi 697-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida xizmatni oʻtayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti toʻlash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Toshkent shahrining jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida xizmatni oʻtayotgan ichki ishlar organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi saf boʻlinmalarining xodimlari va Milliy gvardiyaning shartnoma asosida xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilari (keyingi oʻrinlarda xodimlar va harbiy xizmatchilar deb ataladi) faoliyatini baholash shartlari va mezonlarini, shuningdek, ularga bir martalik pul mukofoti toʻlash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul xizmati, qoʻriqlash xizmati va saf boʻlinmalari xodimlari, tuman ichki ishlar organlari boʻysunuvidagi patrul-post xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xodimlari hamda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilariga tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har oylik ish yakuni boʻyicha xodimlar va harbiy xizmatchilarga ular lavozim maoshining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda bir martalik pul mukofoti (keyingi oʻrinlarda mukofot deb ataladi) toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Patrullik qilish ishlarining hududlar boʻyicha natijalari mukofotlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishning asosiy shartlari hisoblanadi va ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan mezonlarga muvofiq har oyda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mukofotlash uchun taqdim etilgan sanada intizomiy jazosi boʻlgan xodimlar va harbiy xizmatchilarga nisbatan ragʻbatlantirish tariqasida ilgari berilgan intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlanishi qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu mukofot amaldagi moddiy ragʻbatlantirish tizimi va mukofotlash turlariga qoʻshimcha hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarining ichki ishlar boʻlimlari tomonidan biriktirilgan hududlarda xizmat olib borayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilardan iborat boʻlgan patrul guruhlarining har kunlik faoliyati natijalarining hisoboti yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har kuni smena yakunlanganidan soʻng patrul guruhlarining ish natijalari ham har bir guruh, ham guruhning har bir aʼzosi boʻyicha alohida tahlil qilinadi. Tahlil natijalari boʻyicha guruhning ijobiy ish natijalari (bevosita oldi olingan, aniqlangan, fosh etilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar, ushlangan tergov yoki suddan yashirinib yurgan shaxslar soni va boshqa natijalar), faoliyatda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar (ushbu guruh xizmatni oʻtashi vaqtida patrullik hududidagi koʻchalar va boshqa jamoat joylarida roʻyxatdan oʻtgan va fosh etilmagan jinoyatlar soni) haqida tegishli yozuvlar va qaydlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har oyda hisobot oyi tugashidan uch kun oldin ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining ichki ishlar boʻlimi rahbariyati tomonidan har bir guruhning ish faoliyati umumlashtiriladi, tahlil qilinadi va baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Guruh faoliyatini baholash uning natijalarini mezon koʻrsatkichlari bilan taqqoslash, ballar qoʻyish, ularni qoʻshish va jarima ballarini olib tashlash, mukofot miqdorining lavozim maoshiga nisbatan foizini aniqlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Baholash yakunlariga koʻra, ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining ichki ishlar boʻlimi boshligʻi mukofotga taqdim etilgan xodimlar va harbiy xizmatchilarga ularning bevosita komandirlari bilan kelishilgan holda xulosalar tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosada mukofotga taqdim etilgan xodimlar yoki harbiy xizmatchilar tomonidan bajarilgan ishlarning bahosi va mukofotlash uchun asoslar (ball miqdori) aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosalar xodimlar va harbiy xizmatchilarni mukofotlash haqidagi buyruqlar loyihalariga kiritish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kelishilgan xulosalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar uchun — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar uchun — mukofot berish masalasini harbiy qism qoʻmondonligi vakolati doirasida hal etish uchun Milliy gvardiyaning tegishli boʻlinmasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mukofot miqdorlari asoslangan boʻlishi lozim va baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mukofotni toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Faoliyati natijalari boʻyicha xodimlar va harbiy xizmatchilarni mukofotlash ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xodimlar va harbiy xizmatchilarni mukofotlash tegishlicha Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi va Milliy gvardiyaning tegishli harbiy qismlari qoʻmondonligining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mukofotga taqdim etish toʻgʻrisidagi buyruq matnida har bir xodim yoki harbiy xizmatchini mukofotlashning asosi (ball miqdori) hamda mukofotning aniq miqdori koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mukofotlash toʻgʻrisidagi buyruq shaxsiy tarkibga eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Moliyalashtirish manbalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondlarining mablagʻlari, ularning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mukofotni toʻlashni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ballarni asosli va xolisona belgilash uchun javobgarlik xodimlar va harbiy xizmatchilarni mukofotga taqdim etish haqida xulosa kiritadigan ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarining ichki ishlar boʻlimlari boshliqlariga, mukofot toʻlanishi uchun javobgarlik esa — Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining boshligʻi va Milliy gvardiyaning harbiy qismlari komandirlariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida xizmatni oʻtayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti toʻlash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya saf boʻlinmalari xodimlari va Milliy gvardiyaning shartnoma asosida xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilari faoliyatini baholashning asosiy mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Faoliyatni baholash mezonlari

Ballar

1.

Jinoyatni shaxsan fosh etish:

-

ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan*

+

6

-

uncha ogʻir boʻlmagan*

+

9

-

ogʻir*

+

12

-

oʻta ogʻir*

+

15

2.

Jinoyat fosh etilishida bevosita ishtirok etish:

-

ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan

+

2

-

uncha ogʻir boʻlmagan

+

3

-

ogʻir

+

4

-

oʻta ogʻir

+

5

3.

Shaxsan aniqlangan shaxslar:

-

bedarak yoʻqolgan

+

6

-

ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarni va/yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etganligi uchun tergovdan va/yoki suddan yashirinib yurgan

+

9

-

ogʻir va/yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi uchun tergovdan va/yoki suddan yashirinib yurgan

+

12

4.

Shaxslarni aniqlash va ushlashda bevosita ishtirok etish:

-

bedarak yoʻqolgan

+

2

-

ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlarni va/yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni sodir etganligi uchun tergovdan va/yoki suddan yashirinib yurgan

+

3

-

ogʻir va/yoki oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganligi uchun tergovdan va/yoki suddan yashirinib yurgan

+

5

5.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan, alkogolli ichimlikdan yoki giyohvandlik taʼsirida kuchli mastlik holatida boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya markazlariga, tibbiy yordam koʻrsatish va reabilitatsiya punktlariga, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga olib kelish

+

1

6.

Tegishli boʻlinmalarga va/yoki organlarga taqdim etilib, jinoyatlarning oldini olish va/yoki fosh etish, tergovdan va/yoki suddan yashirinib yurgan shaxslarni ushlashga yordam bergan tezkor axborotning tasdiqlanishi

+

3

7.

Maʼmuriy huquqbuzarlikni aniqlash va bartaraf etish

+

1

8.

Xizmatni oʻtash mobaynida xizmat vazifalarini benuqson bajarganligi uchun korxonalar, tashkilotlar va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, shuningdek, fuqarolardan minnatdorlik xatlari bilan taqdirlanganlar

+

2

9.

Hisobot davrida biriktirilgan patrullik hududida jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik, jamoat tartibini buzish holatlarining mavjud emasligi

+

40

10.

Odamlar hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf soluvchi yongʻinlar, tabiiy ofatlar, favqulodda va boshqa vaziyatlarda odamlarni qutqarish

+

50

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 15-moddasiga muvofiq jinoyatlarning tasniflanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ballar har bir holat boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odamlarni qutqarishda jasorat koʻrsatish koʻrinishidagi alohida xizmatlar ragʻbatlantirish bilan birga davlat mukofotlariga taqdim etish uchun asos boʻlishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ballarni olish uchun asoslar

1.

Patrullik hududidagi koʻchalar va boshqa jamoat joylarida sodir etilishiga yoʻl qoʻyish:

ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyat

5

uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat

10

ogʻir jinoyat

15

oʻta ogʻir jinoyat

20

2.

Toʻliq boʻlmagan ekipirovka bilan xizmatga chiqish

20

3.

Xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzish

100

4.

Xizmat olib borishda hushyorlikni yoʻqotish

15

5.

Uzrli sabablarsiz patrullik hududidan chetga chiqish

35

6.

Xizmat olib borish vaqtida uxlash

40

7.

Naryadlarni tekshirishga vakolatli mansabdor shaxslardan yozma tanbeh olish, shu jumladan, ularga nisbatan nomunosib munosabatda boʻlish

10

8.

Yoʻl harakati qoidalarini buzish

10

9.

Formali kiyim-bosh kiyib yurish qoidalarini buzish

10

10.

Asossiz sabablarsiz hodisa sodir boʻlgan yoki signal berilgan joyga oʻz vaqtida yetib bormaslik

50

11.

Naryadlarning gʻayriqonuniy harakatlari yoki hurmatsizlarcha munosabatda boʻlganligi, xizmat odob-axloqi qoidalarini buzganligi haqida fuqarolar murojaatlarida koʻrsatilgan holatlarning xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha tasdiqlanishi

45

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ballar har bir holat boʻyicha olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ballarni olishga sabab boʻlgan holatlar bir vaqtning oʻzida qilmishning ogʻirligi va vaziyatdan kelib chiqqan holda intizomiy jazoga tortish uchun asos boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ballar yigʻindisi

Mukofot miqdorining lavozim maoshiga nisbatan foizi

55 — 65 ball

10 %

66 — 75 ball

20 %

76 — 85 ball

30 %

86 — 95 ball

40 %

96 ball va undan yuqori

50 %

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining jamoat tartibini taʼminlash kuchlari tarkibida xizmatni oʻtayotgan xodimlar va harbiy xizmatchilar faoliyatini baholash va ularga bir martalik pul mukofoti toʻlash mezonlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir martalik pul mukofoti toʻlash toʻgʻrisidagi buyruqni tayyorlash jarayoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 09/18/697/1817-son, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.09.2022-y., 09/22/521/0845-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)