12.07.2018 yildagi 533-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomini tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 12-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
533-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 533-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) maqomi va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarorlariga, ushbu nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarma rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish boʻyicha tajribasini oʻrganish va keyinchalik uning ijobiy tomonini respublikada tatbiq etishda tegishli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklariga maqsadli joylashtirilgan kredit resurslari hamda lizing tashkilotlariga qishloq xoʻjaligi texnikasini lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish uchun joylashtirilgan qarz mablagʻlarini qaytarishdan tushadigan tushumlar va ularga hisoblangan foiz toʻlovlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan sotib olingan bugʻdoyni xarid qilish (sotib olish, saqlash, tashish va sotish xarajatlari bilan birga) va sotish narxlari oʻrtasida yuzaga kelgan ijobiy tafovut;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb etilgan chet el kreditlari boʻyicha valyutaning ayirboshlash kursining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan zararni qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb etiladigan kreditlar, shu jumladan, chet el kreditlari va investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari grantlari va donor tashkilotlarning mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklariga depozitga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda ularning foiz xarajatlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislash agregati qiymatini qisman qoplash uchun subsidiya berishga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy taqchillikni bartaraf etish uchun jalb etilgan mablagʻlar, shu jumladan, budjet ssudasi va tijorat banklariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun joylashtirilgan resurslarning foiz stavkalari oʻrtasida, shuningdek, bugʻdoyni birjada sotishda yuzaga keladigan salbiy tafovutni qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tizimining budjetlaridan jalb qilinadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi, bugʻdoy, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini hamda paxta xom ashyosi xaridining yakuniy hisob-kitobini kreditlash, shuningdek, meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga — yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun “revolver” kreditlarni ajratish, yangi uzumzorlarni barpo qilish, koʻchat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklariga kredit resurslarini joylashtirish, zamonaviy va yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi taklifiga asosan tijorat vakili bilan birgalikda ichki bozorda narx barqarorligini taʼminlash uchun xorijiy davlatlardan bugʻdoy sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb qilingan budjet ssudasi, kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb qilingan chet el kreditlari boʻyicha chet el valyutasi va soʻmdagi barcha xarajatlarni, valyuta kursi hamda foiz toʻlovlari boʻyicha, shuningdek, bugʻdoyni birjada sotishda yuzaga keladigan zararlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tomonidan sotib olingan bugʻdoyni xarid qilish (sotib olish, saqlash, tashish va sotish xarajatlari bilan birga) va sotish narxlari oʻrtasidagi salbiy tafovut boʻyicha zararlarni qoplash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamentini (keyingi oʻrinlarda — Departament) saqlash xarajatlarini, tovar-moddiy boyliklarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilishni moliyalashtirish.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi, bugʻdoy yetishtirish xarajatlari hamda paxta xom ashyosi xaridining yakuniy hisob-kitobini kreditlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga — yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun “revolver” kreditlarni ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi uzumzorlarni barpo qilish, koʻchat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklariga kredit resurslarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun zarur hajmdagi bugʻdoyni bozor narxlarida xarid qilish va birja savdolariga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlariga zamonaviy, yuqori samarali qishloq xoʻjaligi texnikalarini yetkazib berishni davlat tomonidan ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklariga joylashtirilgan maqsadli kredit resurslarini va qarz mablagʻlarini belgilangan muddatda qaytarilishini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish va hisob-kitob tizimini raqamlashtirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan xorijiy davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish boʻyicha tajribasini oʻrganish hamda mamlakatimizda joriy qilish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining har yilgi balansi loyihasini ishlab chiqadi, belgilangan tartib va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari tushumini tahlil qiladi va oʻz vaqtida tushishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentni saqlash xarajatlari smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Jamgʻarma kengashiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari hisobini yuritadi va uning ijrosi yuzasidan har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat qarorlarida belgilangan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish boʻyicha bosh bitim tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma kengashiga jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tekshirishlar jarayonida aniqlangan qonun buzilishlar va kamchiliklar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek ularni bartaraf etish, Jamgʻarma agentlariga bosh kelishuv va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni (jarimalar va penyalar) qoʻllash boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Jamgʻarmaning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarma oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklaridan Jamgʻarma mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari, tijorat vakillari va lizing tashkilotlari Jamgʻarma kredit resurslari, qarz mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, hisobvaraqlardan koʻchirma va hisobotlarni olish, shuningdek, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJdan birja savdolari toʻliq amalga oshirilganligi va majburiyatlar bajarilganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda maʼlumotlarni olish;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari — Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha choraklik, yillik buxgalteriya va statistika hisobotlarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganda va ilgari ajratilgan mablagʻlar va ularga hisoblangan foizlar oʻz vaqtida qaytarilmaganda moliyalashtirishni toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya va tijorat agentlari hamda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari maqsadli mablagʻlarni qaytarish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganda, Jamgʻarma qarzdorlarning barcha hisobvaraqlaridagi mablagʻ qoldiqlarini koʻchirib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jamgʻarmaga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi, bugʻdoy, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini, paxta xom ashyosi xaridining yakuniy hisob-kitobini, shuningdek, meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga — yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun “revolver” kreditlarni ajratish hamda yangi uzumzorlarni barpo qilish, koʻchat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklariga kredit resurslarini joylashtirish, zamonaviy va yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma tushumlarini tahlil qilish, oʻz vaqtida tushishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb etiladigan kreditlardan, xalqaro moliya institutlari grantlari va donor tashkilotlarning mablagʻlaridan maqsadli foydalanish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Jamgʻarma kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Jamgʻarma kengashi Jamgʻarmaning yuqori organi hisoblanadi. Jamgʻarma kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan tarkibda oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamgʻarma kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament tomonidan taqdim etilgan Jamgʻarma balansini koʻrib chiqadi, qaror qabul qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun Departamentga koʻrsatma beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Jamgʻarmaning moliya va tijorat agentlarining paxta va gʻalla hosilini yetishtirish, zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlari, ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisidagi hamda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarining hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish tartibini takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, toʻlovlar va hisoblarni toʻliq hamda oʻz vaqtida amalga oshirish ustidan nazorat qilish tekshirish va taftishlar oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma beradi, ularning natijasini koʻrib chiqadi, koʻrib chiqish yakuni boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi va Departamentga bajarish uchun yuboradi.
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Departament
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Departament Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi, Jamgʻarmani joriy boshqarish boʻyicha funksiyasini bajaruvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Departamentning tashkiliy tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soni qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Departamentni saqlash xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazida milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus hisobvaraqlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Departament Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi buxgalteriya hisobotini tuzadi va uni belgilangan tartibda Jamgʻarma kengashiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Departamentga Jamgʻarma kengashi tomonidan saylanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi. Departament direktori maqomiga, moddiy taʼminot, ijtimoiy va transport xizmati koʻrsatish boʻyicha shart-sharoitlariga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri bilan kelishilgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan oʻrinbosari boʻladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Departamentga 2 ta xizmat yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratiladi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-maydagi 345-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Departament direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Jamgʻarmaga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan tekshirish va taftishda aniqlangan holatlar boʻyicha Jamgʻarma kengashi qarorini ijrosini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning shtatdagi xodimlarining cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek Departament xodimlarini ragʻbatlantirish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash masalalariga oid tushuntirishlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Departament xodimlarining ish haqi qonun hujjatlarida belgilangan lavozim maoshi, mukofot, qoʻshimcha va ustamalardan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament xodimlariga koʻp yillik xizmatlari uchun qatʼiy belgilangan lavozim maoshiga yillik ustama quyidagi koeffitsiyentlarda toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 yildan 5 yilgacha — 0,6; 5 yildan 10 yilgacha 0,8; 10 yildan 15 yilgacha 1,0; 15 yildan ortiq 2,5.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish staji ragʻbatlantiriladigan koʻp yillik xizmat uchun ustamalar belgilash huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament xodimlariga, jamoa shartnomasida belgilanadigan oylik, choraklik va yil yakuni boʻyicha hamda bayram kunlari uchun mukofotlar, yoʻl transporti, ovqatlanish va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotib olish xarajatlariga toʻlovlar xodimlar lavozim maoshining toʻrt baravaridan oshmagan miqdorda toʻlanadi. Bunda, choraklik va yil yakuni boʻyicha toʻlovlar miqdori xodimlarning ish koʻrsatkichlarini samaradorligiga qarab Kengash tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish koʻrsatkichlari samaradorligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamgʻarma mablagʻlarini bosh kelishuvda koʻzda tutilgan muddatlarda oʻz vaqtida tushishini taʼminlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqsadli ajratilgan jamgʻarma mablagʻlariga hisoblangan foizlarni belgilangan muddatlarda va toʻliq miqdorda undirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya va tijorat agentlarining jamgʻarma oldidagi muddati oʻtgan qarzdorliklarini qisqartirishga qoʻshgan hissasi kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, ish haqi fondi doirasida kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda xodimning sogʻligini tiklash uchun sanatoriy-kurort davolanishiga, toʻy va maʼraka tadbirlari uchun moddiy yordam puli toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Jamgʻarmaning moliya va tijorat agentlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tijorat banklari paxta xom ashyosi, bugʻdoy yetishtirish xarajatlari hamda paxta xom ashyosi xaridining yakuniy hisob-kitobini, shuningdek, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash, meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga — yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishga talab etiladigan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun “revolver” kreditlarni ajratish hamda yangi uzumzorlarni barpo qilish, koʻchat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklariga kredit resurslarini joylashtirish, zamonaviy va yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish boʻyicha Jamgʻarmaning moliya agenti hisoblanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamgʻarma kredit resurslari va qarz mablagʻlarini tijorat banklari bilan tuzilgan Bosh bitimga asosan maxsus ochilgan maqsadli hisobvaraqlarga joylashtiradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Bank hisobvaraqlari, jamgʻarma hisobvaraqlariga mablagʻlarni kiritish va hisobini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasida ochiladigan Jamgʻarmaning maxsus milliy, sugʻurta va xorijiy valyuta hisobvaraqlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalarda koʻrsatilgan hajmda paxta xomashyosi va gʻalla yetishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilarining shartnomalarida koʻrsatilgan hajmda paxta xomashyosini yetishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish uchun ajratilgan Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga kiritish va hisobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot turlari va qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha ajratilgan Jamgʻarma kreditlarini qaytarish va ularga hisoblangan foiz mablagʻlarini jamlash, hisobga kiritish va hisobi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va donor tashkilotlar mablagʻlari xorijiy valyuta hisobvaraqlarida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Lizing tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda ishtirok etadigan fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjalik texnikasini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirishga ajratilgan qarz mablagʻlari va unga hisoblangan foizlarni jamlash Jamgʻarmaning maxsus hisobvaraqlarida yuritiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Xalqaro moliyaviy institutlar grantlari va donor tashkilotlaridan jalb etilgan mablagʻlar xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarga kirim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Maqsadli mablagʻlarni qaytarish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarni qaytarish Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarni qaytarish hisobvaraqlariga moliya agentidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hisob-kitob qilishdan va yetkazib berilgan zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun tushadigan mablagʻlar hisobidan Jamgʻarmaning maxsus hisobiga tushiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Moliya agenti tomonidan Jamgʻarmaning kredit resurslari va unga hisoblangan foiz toʻlovlari ushbu kredit resurslari hisobidan ajratilgan kreditlar va ularga hisoblangan foiz toʻlovlaridan oladigan daromadlari hisobidan, shuningdek, lizing tashkilotlari tomonidan Jamgʻarmaning qarz mablagʻlari va unga hisoblangan foiz toʻlovlari zamonaviy va yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishdan olgan daromadlari hisobidan (asosiy qarz va foizlari bilan birga) qaytariladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Moliya va tijorat agentlari Jamgʻarmaning maqsadli mablagʻlarini qaytarish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmasa yoki toʻla bajarmasa, Jamgʻarmaga qarzdorlarning barcha hisobvaraqlaridagi mablagʻ qoldiqlarini koʻchirib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tijorat banklari Jamgʻarma kredit resurslari va ularga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida Jamgʻarmaga toʻlamaganligi, tijorat vakillari, lizing tashkilotlari va ularning hududiy korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi subyektlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari Jamgʻarma mablagʻlarini maqsadga muvofiq ishlatmaganligi, hisob-kitob qilish tartibini buzganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishi, toʻlovlar va hisoblarni toʻliq hamda oʻz vaqtida amalga oshirish ustidan nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/533/1508-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 04.06.2025-y., 09/25/345/0491-son; 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)