28.02.2018 yildagi PQ-3574-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor munosabatlarini keng joriy etish hamda qishloq xoʻjaligida moliyalashtirish va oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, shu asosda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va ularga xizmat koʻrsatuvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash, rentabelligini oshirish, yetishtirilayotgan mahsulot hajmlari barqaror oʻsishini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2018-yil 1-martdan boshlab ishlab chiqaruvchilarning rentabelligi oshishini va yuqori sifatli mahsulotlar yetishtirishni ragʻbatlantirishni taʼminlaydigan navlar va klasslar boʻyicha paxta xom ashyosi va boshoqli don xaridi yuzasidan kafolatlangan davlat narxlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tuproq unumdorligi past va hosildorlik gektariga 15 sentner boʻlgan yerlarda oxirgi 3 yil mobaynida paxta xom ashyosiga davlat buyurtmasini joylashtirmaslik toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining takliflari asosida ushbu bandga muvofiq boʻshaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini, eng avvalo, ozuqa va moyli ekinlarni joylashtirish, meva-sabzavotchilik va chorvachilik loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida ikki hafta muddatda Hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosi va boshoqli don uchun uzil-kesil hisob-kitoblar hosil yigʻishtiriladigan yilning oxirigacha toʻliq hajmda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga va avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish uchun dizel yoqilgʻisi va EKO dizel yoqilgʻisining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yagona chakana narxlari 2018-yil oxirigacha boʻlgan davrda amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral oʻgʻitlarni sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida shartlar hisobga olingan holda birja savdolarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari va suv isteʼmolchilari uyushmalarining nasos agregatlari tomonidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda Davlat budjetidan subsidiyalar hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oldidagi 2018-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra hosil boʻlgan qarzlarini, shu jumladan, ichki tarmoq qarzdorligi hamda budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldidagi qarzlarini toʻlash muddati hisoblangan penya va jarimalar hisobdan chiqarilgan holda 3 yil muddatga uzaytirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtiradigan fermer xoʻjaliklarining budjet, davlat maqsadli jamgʻarmalari, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oldidagi 2018-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra hosil boʻlgan qarzlari, shu jumladan, ichki tarmoq qarzlari bir oy muddatda yalpi xatlovdan oʻtkazilishini, shuningdek, uni tartibga solish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasini Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) aylantirish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufiga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta tolasiga jahon narxlarining keskin pasayishi ehtimoli uchun paxta tolasiga preyskurant va jahon narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovut summasi hisobiga Jamgʻarmaning sugʻurta hisob raqamini shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navlar va klasslar boʻyicha paxta xom ashyosi va boshoqli don xaridining davlat tomonidan kafolatlangan narxlarini tasdiqlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral oʻgʻitlarni birja savdolarida sotishning maxsus shartlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fermer xoʻjaliklari va suv isteʼmolchilari uyushmalarining nasos agregatlari isteʼmol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil hosili paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlash uchun Jamgʻarmadan ajratiladigan kredit resurslari hajmlarini tumanlar boʻyicha belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy resurslar ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun zarur boʻlgan yoqilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, kimyoviy himoya vositalari hamda boshqa resurslar va xizmatlar oʻz vaqtida va toʻliq hajmda yetkazib berilishi, tuzilgan shartnomalar shartlariga rioya etilishi, shuningdek, oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi va ajratiladigan kredit resurslari qaytarilishi yuzasidan javobgarlikning aniq sohalari hamda nazorat mexanizmlari belgilanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning ehtiyojlarini qondirishni hisobga olgan holda 2018-yilda mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish va sotish balansini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrobank” ATBga davlat xaridlarining nazarda tutilgan hajmlaridan ortiqcha boshoqli don yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga kreditlar ajratish uchun yillik 5 foiz stavka boʻyicha depozitga 150 milliard soʻm miqdorida yillik 10 foizgacha stavka boʻyicha mablagʻlar joylashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetida va viloyatlarning mahalliy budjetida past hosilli yerlarda paxta xom ashyosi yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilning saqlanishi boʻyicha xarajatlarni qoplashga respublika budjetida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga 50 milliard soʻm miqdorida mablagʻlar shakllantirilishini taʼminlasin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi (M.M. Ikramov) har bir hudud boʻyicha masʼul xodimlar belgilangan holda Jamgʻarma mablagʻlari oʻz vaqtida ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan tizimli nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Agrobank” ATB bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq paxta xom ashyosi va boshoqli don xarid qilish uchun mablagʻlar oʻz vaqtida ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Agrobank” ATBning maʼlumotlar bazasidan foydalanishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Chora-tadbirlar soʻzsiz amalga oshirilishini va Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni oʻz vaqtida moliyalashtirish boʻyicha talablarga soʻzsiz rioya qilinishini, ularga mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi-moylash materiallarining zarur hajmlari yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, ularga narxlar spekulyativ tarzda oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun Bosh prokuror O.B. Murodov, Bosh vazirning oʻrinbosarlari Z.T. Mirzayev, J.A. Qoʻchqorov, A.S. Sultanov, N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramovga shaxsiy masʼuliyat belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan ikki hafta muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 28-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3574-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/18/3574/0831-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2021-y., 06/21/6262/0680-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)