Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019 15.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2090-16
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 15.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2090-16
Kuchga kirish sanasi
15.01.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2090-16]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 15-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 26-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 31-bandning oʻn uchinchi xatboshisidagi, 532-bandning oltinchi xatboshisidagi, 54-banddagi, 56-bandning birinchi xatboshisidagi, 74-bandning beshinchi xatboshisidagi, 77-bandning uchinchi xatboshisidagi, 78-bandning uchinchi xatboshisidagi, 80-bandning yettinchi xatboshisidagi, 95-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi, 125-bandning uchinchi xatboshisidagi, 128-bandning beshinchi xatboshisidagi, 169-bandning oʻn oltinchi xatboshisidagi va 273-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41. Mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni bekor qilish haqidagi bitim asosiy bitimga qoʻshib qoʻyiladigan alohida hujjat tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bitim predmeti koʻchmas mulk boʻlib davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining maʼlumotnomasi deb yuritiladi) talab qilinadi hamda Tizim orqali koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi tekshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli maʼlumotnoma notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan olinadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 44-banddagi va 280-bandning birinchi xatboshisidagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasiga” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 5012-bandning uchinchi xatboshisidagi va 5013-bandning uchinchi xatboshisidagi “150 ming AQSh dollaridan” degan soʻzlar “600 mln. soʻmdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 69-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi kelishuv uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining aniq qismlaridan (kvartiralar, xonalar, qavatlar va shu kabilardan) foydalanish tartibi koʻrsatilgan holda alohida bitim tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday bitimlarni tasdiqlashda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining maʼlumotnomasi va umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy mulkdagi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi arizalari talab qilinadi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, ushbu maʼlumotnoma notarius tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 70, 262 va 279-bandlardagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasida” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 71-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar ulushlarning oʻzgartirilishi umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri tomonidan qoʻshimcha qurilish (yonma-yon imorat qurish, bino ustiga qavat qurish va shu kabilar) yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini buzish yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining maʼlumotnomasini talab qiladi. Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat tekshirilib, umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga qaytarib beriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, mazkur qaror va maʼlumotnoma notarius tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan idoralararo soʻrov orqali olinadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 110-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“110. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalari haqidagi maʼlumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuboriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 10-paragraf quyidagi mazmundagi 1351-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1351. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini ijaraga berish bilan bogʻliq ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuboriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 121-paragraf quyidagi mazmundagi 1414-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1414. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalari haqidagi maʼlumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuboriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 147-bandning oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Lizing obyekti avtomototransport vositasi boʻlganda, shartnoma notarial tartibda tasdiqlanganligi haqidagi maʼlumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuboriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 190-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“190. Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar DYHXX organlarida hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuboriladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 211-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasi” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar meros qoldiruvchining merosxoʻri meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa (transmittent), unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha (transmissar) yoki vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxoʻrning (transmittentning) vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi va meros qoldiruvchi vafot etgan joydagi notarius tomonidan merosxoʻrning (transmittentning) merosxoʻrlariga (transmissarlariga) merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda notarius vafot etgan merosxoʻrning (transmittentning) barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan yoki yoʻqligini, merosxoʻrlar (transmissarlar) doirasini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masalan, 2010-yilda Toshkent shahrida vafot etgan marhum A. Ahmedovga tegishli meros mulkka uning merosni qabul qilishga ulgurmasdan 2011-yilda Sirdaryo viloyatida vafot etgan farzandining merosxoʻrlariga Toshkent shahridagi notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. 254-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“254. Agar meros mulki tarkibiga uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi, korxona yoki boshqa koʻchmas mol-mulk kirsa, meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialining maʼlumotnomasi taqdim qilinadi. Bunda ushbu mulk taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. Tadbirkorlik subyektlari notarial harakatni amalga oshirish yuzasidan murojaat etsa, tegishli maʼlumotnoma notarius tomonidan idoralararo soʻrov orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialidan olinadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 283-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasini” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning “Tuman (shahar) nomi” va “Davlat notarial idora nomi” ustunlari quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Taxiatosh tumani

Taxiatosh tuman DNI

”;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

13.

Toshkent viloyati

Angren shahri

Angren shahar 1-son DNI

Olmaliq shahri

Olmaliq shahar 2-son DNI

Nurafshon shahri

Nurafshon shahar DNI

Yangiyoʻl shahri

Yangiyoʻl shahar 3-son DNI

Ohangaron shahri

Ohangaron shahar DNI

Ohangaron tumani

Ohangaron tuman DNI

Bekobod shahri

Bekobod shahar 1-son DNI

Chirchiq shahri

Chirchiq shahar 3-son DNI

Boʻstonliq tumani

Boʻstonliq tuman 3-son DNI

Boʻka tumani

Boʻka tuman 2-son DNI

Bekobod tumani

Bekobod tuman DNI

Oqqoʻrgʻon tumani

Oqqoʻrgʻon tuman DNI

Qibray tumani

Qibray tuman 2-son DNI

Quyichirchiq tumani

Quyichirchiq tuman DNI

Zangiota tumani

Zangiota tuman 1-son DNI

Piskent tumani

Piskent tuman DNI

Parkent tumani

Parkent tuman DNI

Oʻrtachirchiq tumani

Oʻrtachirchiq tuman 2-son DNI*

Yuqorichirchiq tumani

Yuqorichirchiq tuman DNI

Chinoz tumani

Chinoz tuman 1-son DNI

Yangiyoʻl tumani

Yangiyoʻl tuman 3-son DNI

Toshkent tumani

Toshkent tuman 1-son DNI

”.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2090-16/0564-son)