Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.04.2010 12.08.1999 yildagi 387-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.04.2010
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AVTOMOBILLAR TOʻXTASh JOYLARI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-apreldagi 63-sonli “Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobillar toʻxtash joylari faoliyatini takomillashtirish va avtotransportni vaqtincha saqlash xizmatlari koʻrsatish (toʻxtash joyi) uchun toʻlov undirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining avtotransport qisqa muddat saqlanadigan mavjud avtomobillar toʻxtash joylarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2000-yil 1-yanvargacha avtotransport qisqa muddat saqlanadigan barcha mavjud avtomobillar toʻxtash joylari tender asosida xususiylashtirilishini va tushgan mablagʻlar belgilangan tartibda taqsimlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobillar toʻxtash joyidagi mol-mulk xususiylashtirish obyekti hisoblanadi, yer uchastkalari esa kapital qurilish qilmasdan foydalanish muddatlarini uzaytirish huquqi bilan 5 yilgacha muddatga foydalanishga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻxtash joylari yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻxtash joylarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi avtomobillar toʻxtash joylarida avtotransportni vaqtincha saqlash xizmatlari koʻrsatish (toʻxtash joyi) huquqi uchun qatʼiy belgilangan soliq va bir martalik yigʻim undirish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobillar toʻxtash joylari egallab turgan maydondan va ular joylashgan joydan kelib chiqqan holda avtomobillar toʻxtash joylari uchun qatʼiy belgilangan soliqning aniq stavkalarini belgilasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransportni avtomobillar toʻxtash joylarida vaqtincha saqlash xizmatlari koʻrsatish (toʻxtash joyi) huquqi uchun bir martalik yigʻim miqdorini tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻxtash joylari yuridik shaxs sifatida belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 12-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
387-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
12-avgustdagi 387-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻxtash joylarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻxtash joylarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyati tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Mazkur Nizomda avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻxtash joylari deganda avtotransportni saqlash joylari aniq jismoniy yoki yuridik shaxslarga (avtomototransport vositalari egalariga) biriktirilmasdan aeroportlar, vokzallar, bozorlar, yirik savdo komplekslari, madaniy-ommaviy muassasalar va boshqa obyektlar yaqinida tashkil etilgan avtotransport vaqtincha saqlanadigan joylar tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Mazkur Nizomda quyidagilar avtomobillar toʻxtash joylari sifatida qaralmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) jamoat garajlari — joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori yoki farmoyishi bilan ajratilgan yerlarda tashkil etiladigan, avtotransportni saqlash joylari oʻz faoliyatini shirkatlar, kooperativlar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllar koʻrinishida amalga oshiradigan aniq jismoniy shaxslarga biriktirilgan, fuqarolarning transport vositalarini doimiy saqlash joylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yakka tartibdagi garajlar — joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori yoki farmoyishi bilan transport vositalari egalariga ajratilgan yerlarda, yashash joyi yaqinida ularning mablagʻlari hisobiga qurilgan fuqarolarning transport vositalarini saqlash inshootlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) odatda, yoʻllar yaqinidagi boʻsh maydonlarda yoki yoʻllar chetida transport vositalarini qisqa muddat saqlash maqsadida tashkil etiladigan vaqtincha toʻxtash joylari, ular uchun yer maydoni maxsus ajratilmaydi, ularni tashkil etish esa arxitektura va DAN organlari bilan kelishgan holda joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. AVTOMOBILLAR TOʻXTASh JOYLARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Avtomobillar toʻxtash joylari joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bitta avtomobillar toʻxtash joyi hududiy jihatdan alohida boʻlgan bir nechta maydonlarni (avtotransportni saqlash joylarini) tarkibiy boʻlinmalar sifatida oʻz tarkibiga kiritishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2.1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2.2, 2.3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. AVTOMOBILLAR TOʻXTASh JOYLARIGA NISBATAN QOʻYILADIGAN TALABLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Avtomobil toʻxtash joyi: qattiq qoplamaga ega boʻlishi, oʻralgan, yoritilgan, axlatlarni yigʻish uchun konteynyerlarga, yongʻinga qarshi vositalarga, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun binolarga, yondosh koʻcha yoki yoʻllarga chiqiladigan (kirish va zaxira) darvoza yoki shlagbaumga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. AVTOMOBILLAR TOʻXTASh JOYLARIGA SOLIQ SOLISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Avtotransport qisqa muddat saqlanadigan avtomobillar toʻxtash joylari mahalliy budjetga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qatʼiy belgilangan soliq toʻlaydilar.
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobillar toʻxtash joylari uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalarining cheklangan miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobillar toʻxtash joylari uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkalarining aniq miqdorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qatʼiy belgilangan soliqlar avtomobillar toʻxtash joylari tomonidan mahalliy budjetga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan tashqari jamgʻarmalarga badallar avtomobillar toʻxtash joylari tomonidan umumiy belgilangan tartibda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. 1.3-bandning “a” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan jamoat garajlari soliq va yigʻimlarni qonun hujjatlariga muvofiq toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. 1.3-bandning “b” kichik bandida koʻrsatib oʻtilgan yakka tartibdagi garajlarning avtotransport vositalari egalari garajlari uchun band qilingan yer uchastkalari uchun yer soligʻi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mulk soligʻi toʻlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 29-yanvardagi 20-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 4—6-son, 42-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. AVTOMOBILLAR TOʻXTASh JOYLARINING FAOLIYATI TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Avtomobillar toʻxtash joylarida avtotransportni saqlaganlik uchun belgilangan namunadagi kvitansiya rasmiylashtirilgan, kvitansiya koreshogi berilgan holda avtomobillar toʻxtash joylari tomonidan belgilanadigan tariflar boʻyicha haq undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Avtotransport saqlash uchun moʻljallangan avtomobillar toʻxtash joylarida avtotransport egalariga transport vositalariga texnika xizmati koʻrsatish va ularga qarab turish bilan bogʻliq, miqdori belgilangan tartibda tasdiqlanadigan alohida haq uchun xizmatlar koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlarga umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Avtomobillar toʻxtash joylari tomonidan avtotransportni saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish naqd pulga amalga oshiriladi. Koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan tushum avtomobillar toʻxtash joylari tomonidan (jamoat garajlari bundan mustasno) har kuni belgilangan tartibda, garajlar boʻyicha esa — xizmatlar uchun shartnomada nazarda tutilgan haq olinadigan muddatda inkassatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. AVTOMOBILLAR TOʻXTASh JOYLARINING JAVOBGARLIGI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.1. Avtomobillar toʻxtash joylari sanitariya va yongʻinga qarshi qoidalarga rioya qilinishi uchun, avtotransportning saqlanishi (mol-mulkning muhofaza qilinishi) uchun, shu jumladan, avtotransportning avtomobil toʻxtash joyida saqlash paytida oʻgʻirlanishi, qismlarining echib olinishi va shikastlanishi hollari uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.2. Avtomobillar toʻxtash joylari nogironlar uchun maxsus jihozlangan kamida ikki joyni taʼminlashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(6.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.4. Budjetga soliqlar toʻlanmaganligi va oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun avtomobillar toʻxtash joylari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(6.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6.5. Avtomobillar toʻxtash joyi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy ofatlar (zilzila, dovul, suv toshqini va boshqalar)da avtotransportga shikast yetkazilganligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil salonida turgan va uning butlovchi qismiga kirmaydigan shaxsiy buyumlarning saqlanishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobillar toʻxtash joyi hududidan chiqqandan keyin u avtotransportning saqlanishi boʻyicha daʼvo qilingan eʼtirozlar uchun javob bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 22-24-son, 159-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 8-son, 47-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22—24-son, 159-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2007-y., 4—6-son, 42-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 25-son, 288-modda)