Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.12.2001 yildagi 490-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2002 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KOʻRSATKIChLARI PROGNOZI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2001-yil 6-dekabrdagi 305-II-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2002-yilda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha soliq solinadigan aylanmalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat qurilish tashkilotlari tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzDEUavto” aksiyadorlik jamiyatining dilyerlari rasmiy maqomiga ega boʻlmagan jismoniy va yuridik shaxslardan yigʻim stavkasi “OʻzDEUavto” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan olib chiqib ketiladigan avtomobillar dvigatel hajmining 1 kub. santimetri hisobiga 3,0 AQSh dollari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotilmagan tayyor mahsulotning normativdan ortiqcha qoldigʻi uchun toʻlov, uni mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazgan holda, ularning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining 2 foizi miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativdagi muddatlarda oʻrnatilmagan mulkdan va foydalanilmagan asbob-uskunalardan olinadigan soliqning oshirilgan stavkalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun daromad (foyda)dan olinadigan soliq stavkasiga pasaytiruvchi koeffitsiyentlar, foydalaniladigan mahalliy xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymati salmogʻidan kelib chiqqan holda, 19-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 19-ilova matni rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ifloslantiruvchi moddalarni tabiiy muhitga chiqarib tashlaganlik, oqizganlik va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga joylashtirganlik uchun toʻlov va toʻlovni taqsimlash tartibi 20-1, 20-2, 20-3, 20-4-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 20-1—20-4-ilovalar matni rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini taqsimlashning amaldagi normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar ayrim toifalari daromadlariga imtiyozli soliq solish toʻgʻrisida” 1997-yil 24-dekabrdagi 562-son qarorining amal qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sugʻurtaga hamda Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy badallar va ajratmalarning amaldagi miqdorlari 21, 22-ilovalarga* muvofiq saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 21-22-ilovalar matni rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki hisoblanadigan, yashash uchun moʻljallanmagan joylar ijaraga berilganligi uchun ijara haqini taqsimlash normativlari 23-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 23-ilova matni rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori 4-bandining amal qilishi 2005-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin, budjet tashkilotlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ulushini 25 foizgacha koʻpaytirish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, 2002-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va obodonchilik ishlari uchun yigʻim oʻrniga 18-ilovaga* muvofiq infratuzilmani rivojlantirish soligʻi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning transport vositalari boʻyicha mol-mulk soligʻi oʻrniga 18-ilovaga* muvofiq jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yonilgʻisi va gazdan foydalanganlik uchun soliq;
(9-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 13-son, 108-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻini hisoblab chiqarishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra oʻz mablagʻlari hisobiga kollejlar va litseylar qurilishi xarajatlari summasiga soliq solinadigan bazani kamaytirishga doir, lekin soliq solinadigan daromad (foyda)ni kamaytirishning belgilangan chegarasidan ortiq boʻlmagan miqdorda, qoʻshimcha imtiyozlar joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Avtotransportni qisqa muddatga saqlash uchun toʻxtash joylaridan belgilangan soliq undirilishi 2002-yil 1-yanvardan boshlab 9-ilovaga* muvofiq yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan hamda mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik shaxslarga (budjetdagi tashkilotlardan tashqari) biriktirib qoʻyilgan hududda joylashgan barcha avtotransportni qisqa muddatga saqlash uchun pulli toʻxtash joylariga joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, 2002-yil 1-iyuldan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ustav sarmoyasi (jamgʻarmasi)ni shakllantirmagan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlarida belgilangan barcha soliqlar va toʻlovlarni toʻliq hajmda, butun faoliyati davrida imtiyozlar qoʻllanmagan holda toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ustav sarmoyasi (jamgʻarmasi)ni shakllantirmagan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalardan soliq undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, 2002-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yalpi daromad soligʻini hamda mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliqni hisoblab chiqarishda soliq solinadigan daromadga davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha olingan dividendlar va foizlar sifatida olingan daromadlar qoʻshilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar tomonidan dividendlar sifatida olingan hamda yuridik shaxsning daromad olingan ustav sarmoyasi (jamgʻarmasi)ga yoʻnaltirilgan daromadlariga soliq solinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-iyuldagi 249-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2002-y., 13-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va pensiyalar toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv organlari taʼminoti xarajatlarini, ular xodimlari sonini 5 foizga qisqartirishni va boʻshab qolgan mablagʻlarni yuqori malakali xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirishni nazarda tutgan holda, moliyalashtirish tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 590-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 30-ilovaga* muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 31-ilovaga* muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 30 va 31-ilovalar matni rus tilida berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
490-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 159-modda; 2002-y., 13-son, 108-modda , 24-son, 200-modda, 52-son, 523-modda; 2005-y., 27-son, 190-modda, 52-son, 386-modda; 2006-y., 8-son, 52-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)