Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017 20.04.2016 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.07.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 482-sonli “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan 2017 — 2020-yillardagi qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturini ikki oy muddatda tasdiqlasin, unda quyidagi tadbirlar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarni kasb-hunarga oʻqitish va qayta tayyorlash hajmlarini koʻpaytirish, ularni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish, shuningdek aholining, ayniqsa qishloq joylarda band boʻlishining samarali shakllarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlarining bino va xonalarini zamonaviy talablarga muvofiq qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy mehnat bosh boshqarmalari xodimlariga mehnat organlari tizimida uzoq muddat ishlaganlik uchun har yilgi bir yoʻla toʻlanadigan mukofot belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, uzoq muddat ishlaganlik uchun har yilgi bir yoʻla toʻlanadigan mukofotni berish yil mobaynidagi ish yakunlariga koʻra, Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va mehnat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi bilan birgalikda 2017-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini ishlab chiqishda tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlarini saqlash xarajatlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish masalasini koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 20-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi siyosatni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik markaziy apparati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mehnat huquq inspeksiyasi hamda Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlarini ekspertizadan oʻtkazish davlat inspeksiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat unitar korxonasi shaklidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam koʻrsatish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi, band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlari, davlat muassasasi shaklidagi Toshkent shahrida ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari hamda tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari Vazirlikka hamda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga boʻysunadilar va hisobot beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlikning moddiy-texnika taʼminoti va uning tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash ajratiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Mehnat organlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Vazirlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi darajasini mintaqalar boʻyicha yosh-jins guruhlari boʻyicha tizimli asosda chuqur tahlil qilish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish yillik dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, aholi bandligini va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, ular bajarilishi doimiy monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band boʻlmagan aholini, birinchi navbatda yoshlar, ayollar va nogironlarni kasb-hunarga oʻqitish va qayta tayyorlashni, kasbga oʻqitish va qayta tayyorlashning samarali tizimini tashkil qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda ularni ishga joylashtirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va bandlik sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash, shuningdek mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish hamda aholi bandligini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, jamiyatni isloh qilishning maqsad va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor munosabatlari mexanizmlari va vositalari asosida aholi bandligini taʼminlash va mehnat bozorini izchil rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda respublika va hududlarni demografik va iqtisodiy rivojlantirish prognozlari asosida mehnat resurslarining prognoz balanslarini va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha samarali chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va maʼmuriy-hududiy tuzilmalarning mehnat resurslari soni hamda tarkibini oʻrganadi, uni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining bandligi darajasi va tarkibini toʻliqroq va xolisona baholashni taʼminlash, ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash maqsadida mehnat bozorining holati monitoringini tashkil etadi, va shu asosda tarmoqlar va hududlar boʻyicha yangi ish oʻrinlari tashkil etishning yillik buyurtmalarini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish oʻrinlari tashkil etishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi va manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migratsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi, tashqi mehnat migratsiyasini va xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mehnat faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydi, shuningdek mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlar va ishga joylashishga muhtoj band boʻlmagan aholi hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishni tashkil etadi, belgilangan tartibda taqdim etiladigan boʻsh ish joylari hisobini yuritadi va ular haqidagi maʼlumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aholiga yetkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati bilan band boʻlgan fuqarolarni hisobga olishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, shu jumladan yoshlar, ayollar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar, ishdan ozod qilingan xodimlar va aholining boshqa toifalari bandligini va ular ishga joylashtirilishi boʻyicha maʼlumotlar shakllantirilishi va tahlil etilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hamda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini tadqiq qiladi hamda uning natijalari asosida ishchi kadrlarning va taʼlim muassasalarida mutaxassislarning kasb tayyorgarligi yoʻnalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida qoramol boqish bilan band boʻlgan fuqarolarning bandligini tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda yoshlar va ish bilan band boʻlmagan aholining kasb-hunarga xohishini va mehnat yoʻnalishlarini aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlik va ish oʻrinlarini tashkil etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta oʻzgartirish davomida, shuningdek tashkilotlar qayta tashkil etilganda, bankrot boʻlishi va tugatilishi natijasida ishdan boʻshatiladigan xodimlarni ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyati va aholining oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlashining boshqa shakllari rivojlantirilishini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga yirik korxonalar bilan fuqarolar oʻrtasida kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etishni kengaytirish, shuningdek oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish masalalarida yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga nogironlar uchun ish oʻrinlarini tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar mehnatidan foydalanish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etishga va rivojlantirishga, nogironlar bandligini taʼminlashda kasanachilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarni va ish bilan band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitishni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozori infratuzilmasi faoliyati takomillashtirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlarining faoliyatini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari bilan birgalikda oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarni, shu jumladan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilarini iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini belgilangan tartibda tasarruf etadi va jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlash ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moddiy qoʻllab-quvvatlash taʼminlanishini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarda ish oʻrinlarining eng kam miqdori ajratilishi va ularga ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan aholining ayrim toifalariga mansub shaxslarning ishga qabul qilinishi masalalarini oʻrganadi va tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon va fermer xoʻjaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan mehnat kafolatlari amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mehnat munosabatlarini tartibga solish, moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish va mehnatni muhofaza qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni normalash va ishchi kasblarining hamda mutaxassislar va xizmatchilar lavozimlarining tarif-malaka tavsifnomalarini ishlab chiqish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchilarning asosiy kasblari boʻyicha ishchilarga malaka razryadlari berish masalalari boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda eng muhim ijtimoiy-mehnat normalari va normativlarining roʻyxatini aniqlaydi va ular ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ishtirokida mehnat va bandlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va bandlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona texnik siyosatni amalga oshirish, tarmoqning axborot tizimlarini yaratishda yagona usul va vositalarni qoʻllash orqali mehnat va bandlik sohasida axborot tizimi shakllantirilishi va rivojlantirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va bandlik masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Asosiy xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining Klassifikatorida koʻrsatilgan ishchi kasblari va xizmatchilar lavozimlari nomlarining, ilgari normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarda ishlatilgan kasblar va lavozimlarga aynanligini va mutanosibligini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli kasaba uyushmalari organlarining (xodimlar boshqa vakillik organlarining) hamda ish beruvchilarning (ular birlashmalarining) takliflariga koʻra tarmoq bitimlari tuzishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni normalash, zamonaviy mehnat standartlarini joriy etish, mehnatga haq toʻlashni tashkil etish, ishlar, kasblar va lavozimlarning tarif-malaka maʼlumotnomalarida aks ettirilmagan lavozimlar va ishlarni tarif setkasining tegishli razryadlariga kiritish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga va boshqa tashkilotlarga amaliy va metodik yordam beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlashda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini, iqtisodiyotning ayrim tarmoq va sektorlari uchun xodimlar sonining va mehnatga haq toʻlashning eng kam normativlarini belgilashga doir takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda davlat muassasalari va davlat unitar korxonalari uchun lavozimlar kiritish va xodimlar sonining normativlarini belgilash shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini va mehnatga haq toʻlashni tartibga solish usullarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga haq toʻlash tizimini, yagona tarif setkasini, ish haqini tumanlar boʻyicha tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat xavfsizligini taʼminlash va sharoitlarni baholash boʻyicha qonunchilik bazasini yaratish maqsadida manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlar ishlab chiqilishini va qayta koʻrib chiqilishini, ularni kelishish va tasdiqlashni tashkil qiladi, mehnat sharoitlari boʻyicha ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish yuzasidan metodik yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sugʻurtalash, shuningdek mehnat sharoitlari noqulay ishlarda ishlayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari, ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish materiallari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va tegishli xulosa berilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish oʻrinlarini mehnat sharoitlarining va asbob-uskunalarining jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlgan mutaxassislar reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining takliflariga koʻra imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritish, qoʻshimcha taʼtil, qisqartirilgan ish kunini belgilash boʻyicha xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun beriladigan imtiyozlarning amaldagi roʻyxatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat muhofazasi boʻyicha baholash natijalariga koʻra belgilangan mezonlarga muvofiq tashkilotlarni kasbiy xavflilik toifasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xalqaro hamkorlik sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va bandlik masalalarida xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlik sohasida oʻzaro samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va bandlik masalalari yuzasidan Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarda belgilangan tartibda hamkorlik qiladi va Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlari boʻyicha ish koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining, mehnat va bandlik masalalari boʻyicha tuzilgan boshqa xalqaro shartnomalar bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi, belgilangan tartibda tegishli hisobot va maʼruzalar tayyorlaydi va taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda mehnat huquqlariga rioya etilishi boʻyicha xalqaro tashkilotlar vakillarining ishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellik donorlar va kredit tashkilotlarining aholi bandligini taʼminlash va mehnat muhofazasi maqsadlariga yoʻnaltirilgan mablagʻlarini belgilangan tartibda jalb etish va foydalanishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) moliya-xoʻjalik faoliyati sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tizimida moliya ishlarini, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni mablagʻ bilan taʼminlashni belgilangan tartibda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik idoraviy mansub tashkilotlarining shtatlar jadvallarini kelishadi, moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha balanslar va hisobotlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlarning markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalardan samarali foydalanishini taʼminlaydi, Vazirlik tizimidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha istiqbolli dasturlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) faoliyatining boshqa sohalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarda qonunchilik buzilishini bartaraf etish boʻyicha zarur harakatlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda, oʻzining vakolati doirasida, odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish va ularga yordam koʻrsatishga koʻmaklashadi, jabrlangan fuqarolar huquqlarini tushuntiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoraviy mansub tashkilotlarning xodimlarini qayta tayyorlashni va malakasini oshirishni tashkil etadi, rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyasini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda vakolati doirasida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda aholi turmushi darajasi va farovonligi yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazishda va uni yanada oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bevosita oʻzi tomonidan hamda hududiy boʻlinmalar va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajarilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalaridagi faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan axborotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan zarur statistik maʼlumotlarni davlat statistika organlaridan bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlari va standartlari masalalari boʻyicha qonunchilikka, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro konvensiyalar qoidalari va talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar tomonidan nogironlar uchun ijtimoiy infratuzilma obyektlariga toʻsqinliksiz kirish sharoitlarini taʼminlanishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus tekshirishlar oʻtkazish yoki tekshirishlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansabdor shaxslarga maʼmuriy jazolar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar faoliyatini hamda mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf tugʻdiradigan ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar oʻz vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida, Vazirlikka va unga idoraviy mansub tuzilmalarga tegishli davlat mulkini bir tuzilmadan ikkinchisiga, belgilangan tartibda, bepul foydalanish huquqi bilan berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy mehnat organlari, tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari va idoraviy mansub tashkilotlarning xodimlarini, ular tomonidan faoliyatning asosiy parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda, moddiy ragʻbatlantirishning miqdorlari va shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi buyurtmalarni tender oʻtkazmasdan joylashtirish: Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ilmiy ishlar bajarish va tadqiqotlar oʻtkazishni — idoraviy mansub Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazida; sohaga oid axborot-kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va saqlashni — idoraviy mansub “Axborot-kompyuter markazi “Mehnat.uz” MChJ”da, mehnat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni — Respublika mehnat tizimi xodimlarining malakasini oshirish kurslarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi, ishga joylashtirish va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha ijtimoiy reklama mahsulotlariga buyurtma berish hamda ularni davlat ommaviy axborot vositalarida, stendlarda, bannerlarda va ushbu mahsulotlardan aholining keng foydalanishi imkonini taʼminlovchi boshqa usullarda bepul joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarga xizmat koʻrsatish, inventarlar va xoʻjalik vositalari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikalarni saqlab turish va foydalanish ishlarini bajarish, dasturiy mahsulotlarni sotib olish yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik vakolatiga tegishli masalalarni hal qilishga ilmiy tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlari va boshqa hujjatlarini bekor qilish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butunjahon Internet axborot tarmogʻida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning tegishli tuzilmalari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatning topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini xalqaro tashkilotlarda ifodalash hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa mamlakatlarning vakolatli tashkilotlari bilan bandlik va mehnatni muhofaza qilish masalalarida hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar imzolash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, zarur hollarda, davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri (keyingi oʻrinlarda — Mehnat vaziri deb ataladi) boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mehnat vaziri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka boshchilik asosida Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazir oʻrinbosarining va Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Vazirlik faoliyatining alohida yoʻnalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan hamda idoraviy mansub tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va Vazirlik tizimi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik markaziy apparatining xarajatlari smetasini va shtatlar jadvalini xodimlarning belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi, Vazirlikning respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarining xarajatlari va daromadlari smetasini, shtatlar jadvallarini hisobga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida markaziy apparatning, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalari, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari hamda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy apparat boʻlinmalari, Vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat xodimlarini hamda vazirlikka qarashli tashkilotlar va hududiy mehnat organlari rahbarlarini qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish — Vazir bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish — tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Vazir tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari va Mehnat vaziri bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy mehnat organlariga boʻysunuvchi tashkilotlar rahbarlarini hamda davlat mehnat huquq inspektorlarini, mehnat muhofazasi boʻyicha davlat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish — Vazir bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar va Toshkent shahar hududiy mehnat bosh boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetgunga qadar koʻrsatib oʻtilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini taʼminlash maqsadida Mehnat vaziri rahbarning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Vazirlikning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vazirlikning tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini boshqarish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi va xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini tashkil etish boʻyicha Vazirlikning vakolatli organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining muassisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mehnat organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish Respublika kurslari mehnat organlari tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha bazaviy oʻquv-metodik markaz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish Respublika kurslari tashkilotlarning kadrlar xizmati xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni shartnoma asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari hamda tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlarining yuridik xizmatlariga kadrlar xizmatini tashkil etish funksiyasi yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat mehnat huquq inspektorlari, mehnat muhofazasi boʻyicha davlat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari mehnatga haq toʻlashning razryadlari va tarif stavkalari boʻyicha, tegishlicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy mehnat bosh boshqarmalari, tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlarining bosh mutaxassislariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), mehnat vazirining oʻrinbosari, shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi mehnat vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va bandlik sohasidagi siyosatni roʻyobga chiqarishni yanada takomillashtirish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy konseptual yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun ijro intizomini mustahkamlash va Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat qarorlari Mehnat vazirining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Mehnat vaziri va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Mehnat vaziri paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vazirlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vazirlik markaziy apparati va hududiy mehnat organlarining xodimlarini mehnat organlari tizimidagi belgili xizmat muddatini uzluksiz oʻtaganligi uchun yillik bir yoʻla bir martalik taqdirlash quyidagi miqdorda amalga oshiriladi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 3 yildan 5 yilgacha — 0,5; 5 yildan 10 yilgacha — 0,8; 10 yildan 15 yilgacha — 1,0; 15 yildan ortiq — 1,5. Belgili xizmat muddatini uzluksiz oʻtaganligi uchun yillik bir yoʻla bir martalik taqdirlash imtiyozini beradigan mehnat staji kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibda hisoblab chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Bandlik jamgʻarmasi deb ataladi) bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlarining samarali faoliyat koʻrsatishi tadbirlarini moliyalashtirish uchun tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bandlik jamgʻarmasi maqsadli davlat jamgʻarmasi hisoblanadi, yuridik shaxs tashkil etmasdan respublika va mahalliy darajalarda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining mablagʻlari uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika va mahalliy darajada tashkil etilgan Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi, Gʻaznachilikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan ochiladigan ularning shaxsiy hisob raqamlarida (keyingi oʻrinlarda Bandlik jamgʻarmasining gʻaznachilik hisob raqamlari deb ataladi) jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan yagona ijtimoiy toʻlov ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar buzilganligi uchun davlat mehnat huquqi inspektorlari va davlat mehnat muhofazasi texnik inspektorlari, shuningdek mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertizasining mansabdor shaxslari tomonidan belgilangan tartibda solinadigan maʼmuriy jazolar summalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tasarrufidagi davlat unitar korxonalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng qoladigan sof foydaning muassis tomonidan belgilanadigan miqdordagi qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat daftarchalarini sotishdan tushadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarida va boshqa moliyaviy tashkilotlarda joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik ehsonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlarini tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari tasarruf etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Bandlik jamgʻarmasining asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Bandlik jamgʻarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat bozorini barqaror va muvozanatli rivojlantirishni taʼminlash, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga maqsadli yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarni, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini, shuningdek ish qidirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish va moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarga va band boʻlmagan aholiga, birinchi navbatda, yoshlar, ayollar va nogironlarga kasb-hunarga qayta tayyorlash va ishga joylashtirish boʻyicha sifatli xizmatlar koʻrsatilishini tashkillashtirishga doir xarajatlarni moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlarida (keyingi oʻrinlarda bandlikka koʻmaklashish markazlari deb ataladi) ish qidiruvchi va ishsiz maqomiga ega sifatida roʻyxatga olingan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlik boʻyicha nafaqalar, bandlikka koʻmaklashish markazlarining taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda koʻchib oʻtish munosabati bilan kompensatsiyalar toʻlash, ishsizlarga moddiy yordam berish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan beriladigan stipendiyalarni toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlikka koʻmaklashish markazlarining ayrim boʻlinmalari, vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari, band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlari, ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv markazlarini qonunchilikka muvofiq saqlash va moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek mehnat organlarini joylashtirish uchun binolar, xonalar qurish va ularni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haq toʻlanadigan jamoat ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mablagʻ bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlar va fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan boshqa toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlari tashkil etish tadbirlarini mablagʻ bilan qisman taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-maʼlumotnomalar chiqarish va reklama-noshirlik ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish bilan taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni normalash va unga haq toʻlash masalalari boʻyicha normativ-uslubiy va yoʻriqnoma materiallar ishlab chiqishni mablagʻ bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda respublika darajasida va hududiy darajada ijtimoiy kuzatuvlarni tashkil etish va oʻtkazish, ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha aholining ayrim guruhlari oʻrtasida anketa soʻrovlari oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish bilan band boʻlmagan aholiga yordam koʻrsatish, shu jumladan maslahatlar berish va kasbga yoʻnaltirishni tashkillashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini ish bilan taʼminlash maqsadli hududiy dasturlarini ishlab chiqishni hamda mehnat bozorida vaziyat murakkab boʻlgan tuman va shaharlarda ish oʻrinlari tashkil etishni, shu jumladan alohida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyalarini tayyorlashni, xizmatlar koʻrsatish, sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarida obyektlar tashkil etish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirishni va arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqishni mablagʻ bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlik va mehnat muhofazasiga taalluqli masalalar boʻyicha jalb etiladigan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalarni amalga oshirishni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligini taʼminlash va ishga joylashtirish, boʻsh ish oʻrinlari va band boʻlmagan aholining hisobini yuritish sohalarida axborot-kompyuter tizimlari va texnologiyalarini yaratish, rivojlantirish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ularga oid dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va texnika vositalari sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi sohasida xalqaro hamkorlikni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining chet ellarga ishga yuborilgan fuqarolarini ishga joylashtirishni tashkil etish va ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash masalalari boʻyicha xalqaro loyiha va shartnomalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining gʻaznachilikdagi shaxsiy hisob raqamiga tushadigan mablagʻlarning 5 foizini yoʻnaltirish orqali mehnat organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash jamgʻarmasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagilarni amalga oshiradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining gʻaznachilikdagi shaxsiy raqamida yagona ijtimoiy toʻlovdan ajratmalarni jamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishsizlarga ishsizlik nafaqalarini, kompensatsiyalarni, stipendiyalarni, moddiy yordamni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlarni oʻz vaqtida tayinlash, moliyalashtirish va toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining moliyaviy ahvolini tahlil qilish va prognozlash hamda uning moliyaviy barqarorligini taʼminlash uchun oldini oluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona ijtimoiy toʻlovdan ajratmalar miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi davr uchun budjet buyurtmasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida Bandlik jamgʻarmasining samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining daromadlari manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlarining kelgusi yil uchun prognozi loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasi budjetining ijrosi boʻyicha hisobotlarni, shuningdek yiliga bir marta — Bandlik jamgʻarmasi daromadlari va uning mablagʻlaridan foydalanishning ahvoli toʻgʻrisidagi mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining toʻlovlar subyektlari va moliyalashtirish obyektlari boʻyicha toʻliq hisobi va elektron maʼlumotlar bazasi yuritilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Bandlik jamgʻarmasi vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bandlik jamgʻarmasining yagona ijtimoiy toʻlov va boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladigan mablagʻlarining yetmish foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari tasarrufida qoladi hamda ular kelgusida bandlikka koʻmaklashish markazlari oʻrtasida qayta taqsimlanadi, oʻttiz foizi esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, tegishli hududiy mehnat bosh boshqarmalari tomonidan toʻlov hujjati orqali oʻtkazilib, markazlashgan holda respublika darajasida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Joylarda tashkil etilgan Bandlik jamgʻarmasining yetishmagan mablagʻlari Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlarining respublika qismi hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, hisobot davrining yakuniga koʻra, joylarda tashkil etilgan Bandlik jamgʻarmasining gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamidagi qolgan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining qaroriga binoan uning respublika qismiga, keyinchalik qayta taqsimlash uchun, yoʻnaltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil boshida Bandlik jamgʻarmasining boʻsh turgan mablagʻlari, qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining defitsitini qoplashga yoʻnaltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Bandlik jamgʻarmasi daromadlari prognozini koʻrib chiqish va kelishish hamda uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har yili, lekin joriy yilning birinchi iyulidan kechikmay kelgusi yil uchun Bandlik jamgʻarmasi daromadlarining tushish manbalari va uning mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha prognozni (keyingi oʻrinlarda Bandlik jamgʻarmasi budjeti loyihasi deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi, ushbu prognoz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar boʻyicha Jamgʻarmaga tushum manbalari boʻyicha oʻtgan yilda haqiqatda tushgan mablagʻlar va joriy yilning birinchi yarim yilida kutilayotgan daromadlar ijrosini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasiga qonun hujjatlarida belgilangan toʻlovlar boʻyicha moliyaviy hisobot yili oxiridagi tashkilotlarning (ish beruvchilarning) hududlar boʻyicha kreditorlik qarzlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrib chiqilayotgan davr uchun tasdiqlangan prognozlarning bajarilishidan kelib chiqib, foydalanish yoʻnalishlari va hududlar boʻyicha, oʻtgan yilda Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan amalga oshirilgan xarajatlarning yakuniy koʻrsatkichlari va xarajatlar qismining joriy yilning birinchi qismida kutilayotgan ijrosini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan yilgi xodimlar soni va ish haqining oʻsish surʼatlarini eʼtiborga olib, hisoblangan ish haqi fondi prognozini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan Bandlik jamgʻarmasi budjeti loyihasini koʻrib chiqishda Bandlik jamgʻarmasiga kelgusi yil uchun yagona ijtimoiy toʻlovdan ajratmalar stavkalarining prognoz qilinadigan oʻzgarishini va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar taʼsirini hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bandlik jamgʻarmasining koʻrib chiqilgan va kelishilgan budjeti loyihasi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasi bilan birga Budjetnoma tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlari, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bandlik jamgʻarmasi budjetining asosiy parametrlarini oʻn ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Bandlik jamgʻarmasi budjetining asosiy parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan olingan kundan boshlab bir hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari, bandlikka koʻmaklashish markazlari uchun, kelgusida ularning ish yakunlarini koʻrib chiqqan holda, Jamgʻarma tushumlari manbalari boʻyicha daromadlarining va uning mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha xarajatlarining kelgusi yilgi asosiy parametrlarini choraklarga boʻlgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hayʼat majlisida tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalari, bandlikka koʻmaklashish markazlari Bandlik jamgʻarmasi budjetining tasdiqlangan koʻrsatkichlarini bajarish uchun Bandlik jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Bandlik jamgʻarmasining ijro etuvchi organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagilar Bandlik jamgʻarmasining ijro etuvchi organlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalarining Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish hamda bandlikka koʻmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ijro etuvchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlari prognozini va hisobot balanslarini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlarining bajarilishi hisobini va hisobotini yuritadi, Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etuvchi tomonidan tasdiqlagandan soʻng tegishli moliya organlariga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasi moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanish boʻyicha auditni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlarining tushishi va ulardan foydalanilishi yuzasidan javobgarlik va nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari, bandlikka koʻmaklashish markazlari Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan qatʼiyan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishsizlarga ishsizlik nafaqalarining, kompensatsiyalar, stipendiyalar, moddiy yordam va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda hududiy mehnat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bandlik jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 2-apreldagi 173-son qarorining 1 va 3-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 28-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga ilovaning 34-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmoni) 2006-yil 27-iyuldagi 149-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 56-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda), shuningdek qarorga 2-ilovaning 11-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 2-fevraldagi 10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 3-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari) 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 28 va 35-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning 58-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 160-modda)