Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017 24.02.2016 yildagi PQ-2498-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda mehnat organlari faoliyatini tashkil etish samaradorligini oshirish, ularning aholining, avvalambor yoshlarning bandligini taʼminlash va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 34 kishidan iborat markaziy apparatining tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligining tuzilmasi, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlarining namunaviy tuzilmasi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziriga markaziy apparatning, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalari, Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlari, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga zarur hollarda belgilangan xodimlar soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mehnat vazirini lavozimga tayinlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalarining rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri tomonidan viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda tayinlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligiga koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlarining rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi mehnat vaziri, Toshkent shahri va viloyatlarning mehnat bosh boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tuman va shaharlar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (R. Azimov) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va unga qarashli tashkilotlarning rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil qilsin, uning natijalariga koʻra xodimning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi darajasini belgilasin hamda vazirlikni zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali rahbar kadrlar va mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir oy muddatda Mehnat bosh boshqarmalari hamda Aholi bandligiga koʻmaklashuvchi tuman (shahar) markazlari toʻgʻrisidagi yangilangan namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini moliyalash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli qarorining 4-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markaziga joriy etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod koʻchasi, 15-uyga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-sonli qarori, uning 4-bandi istisno qilingan holda, oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 24-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2498-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 9-son, 85-modda)