Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2024 13.05.2015 yildagi 132-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 13.05.2015 yildagi 132-III-son
Kuchga kirish sanasi
13.05.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.10.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-oktabrdagi 5005-IV/KQ-842-IV-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda, № 9, 529-modda; 2014-yil, № 3, 84-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (1-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyulda qabul qilingan 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda; 2014-yil, № 3, 84-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (2-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Qoʻshma qaror tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining tasdigʻiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132-III-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 13-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KQ-15-III-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi deb yuritiladi) milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari bor, aʼzoligi boʻlmagan jamoat fondi shaklida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti — mustaqil yuridik shaxsdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini (bundan buyon matnda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini deb yuritiladi) tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu nizomga asosan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolatxonalar ochishi va filiallar tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatxonalar va filiallarni tuzish, ularning faoliyatini tashkil etish hamda tugatish tartibi, huquqlari va majburiyatlari ularning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining toʻliq rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tilida: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rus tilida: “Obshestvenniy Fond po podderjke negosudarstvennix nekommercheskix organizatsiy i drugix institutov grajdanskogo obshestva pri Oliy Majlise Respubliki Uzbekistan”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tilida: “The Public Fund for suppopt of nongovernmental noncommercial organizations and other institutions of the civil society of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qaroriga binoan tashkil etiladi, uning faoliyati mamlakatning butun hududida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining joylashgan yeri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi 1.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining maqsadi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga koʻmaklashishdan, ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish uchun obyektiv sharoitlar yaratishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablagʻlarni jamlash, bu mablagʻlar nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishda ularning ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni keyinchalik nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashga taqsimlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga yoʻnaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam koʻrsatish bilan bogʻliq loyihalar hamda dasturlarni roʻyobga chiqarishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati sohasiga doir axborotni davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishga va oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni tarqatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar bilan qonun hujjatlariga zid boʻlmagan va oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bitimlar tuzishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mol-mulkka ega boʻlishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtiyoriy xayriyalar, homiylik badallari, grantlar va boshqa mablagʻlar olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudda, boshqa muassasalar va tashkilotlarda oʻz manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirish sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro aloqalar oʻrnatishga, hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzishga va xalqaro dasturlar hamda loyihalarda ishtirok etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, oʻz nomi yozilgan shtamplar va blankalarga hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ramziy belgilarga ega boʻlishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal qilish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish masalalarining koʻrib chiqilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari belgilangan maqsadda sarflanishini, ulardan samarali foydalanilishini, moddiy resurslar nodavlat notijorat tashkilotlari barqaror va mustahkam rivojlanishi, fuqarolik jamiyati institutlarining roli va taʼsiri oshirilishi uchun safarbar qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mintaqalarning aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlari hamda loyihalarini moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat tarzida, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam koʻrsatish bilan bogʻliq loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishga moliyaviy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish hamda milliy nodavlat notijorat tashkilotlari yutuqlarini targʻib qilish masalalari boʻyicha tadbirlar (konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, treninglar va shu kabilar) oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantiradi, chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar oʻtkazadi, chet ellik hamkorlar ishtirokidagi dasturlar va loyihalarni roʻyobga chiqaradi, ularning grantlarini aniq ijtimoiy va umum ahamiyatga molik loyihalarni hal etishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli litsenziya olganidan keyin nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining normativ-huquqiy, moddiy-moliyaviy, tashkiliy va kadrlarga oid jihatlariga bagʻishlangan adabiyotlar nashr etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili hisobot eʼlon qilishi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining faoliyati va Fond mol-mulkidan foydalanish ochiq-oshkora boʻlishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar vakillari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etishiga imkon yaratishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi), shuningdek roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga, soliq va statistika organlariga hisobot taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz faoliyatini oshkoralik va ochiq-oydinlikni taʼminlash prinsiplari asosida amalga oshiradi, Davlat budjetidan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga beriladigan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishini taʼminlaydi. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz faoliyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablagʻlarning taqsimlanishi hamda ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotni har yili ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha huquqlaridan foydalanadi. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi faoliyati va uni rivojlantirishning har yilgi dasturi Parlament komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mol-mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mol-mulkini asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qiymati Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini shakllantirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining hamda norezidentlarining) ixtiyoriylik asosidagi homiylik badallari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda begʻaraz beriladigan mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mol-mulkidan garov yoki majburiyatlarni taʼminlashning boshqa vositasi sifatida, shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mol-mulki bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi faoliyatiga rahbarlikni quyidagilar amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining vasiylik kengashi vazifalarini bajaradigan Parlament komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining boshqaruvi vazifalarini bajaradigan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Faoliyati maxsus Nizom bilan tartibga solinadigan Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Parlament komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarining nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining va davlat organlarining takliflarini oʻrganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlaydi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlarning hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining (bundan buyon matnda jamoat komissiyalari deb yuritiladi) buyurtmalari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, ushbu jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar hamda loyihalar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshiradi, oʻz majlislarida moliyalashtirilayotgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam koʻrsatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha tizimli ishlar olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sheriklik sohasida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat subsidiyalari ajratish tartibi va sharoitlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat grantlarini ajratish tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Parlament komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasiga aʼzo boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Parlament komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Parlament komissiyasi vakolatlariga kiradigan masalalar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoni yoki Taftish komissiyasi hal etishi uchun topshirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Parlament komissiyasining majlisda ishtirok etayotgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadigan qarorlari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoni va boshqa organlari uchun majburiydir. Parlament komissiyasining har bir aʼzosi bir ovozga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Parlament komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Parlament komissiyasining raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasi ish rejasining loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va Parlament komissiyasining tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining qarorlarini imzolaydi va ularni ijro etish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoniga Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining direktori boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Ijro etuvchi devonining tarkibiy tuzilishi, vakolatlari va uni shakllantirish tartibi Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi va zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgardir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi nomidan ish koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi faoliyatiga taalluqli shartnomalar tuzadi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi xarajatlari smetasini tuzadi va Parlament komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa normativ hujjatlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mol-mulkini, shu jumladan pul mablagʻlarini boshqaradi, Parlament komissiyasiga Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Ijro etuvchi devonining faoliyati toʻgʻrisida yiliga kamida ikki marta hisobot taqdim etadi, Parlament komissiyasi koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va takliflar tayyorlanishini taʼminlaydi hamda mazkur komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar va koʻrsatmalarning bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi direktori Parlament komissiyasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qoʻshma qarori bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlari nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ularning buyurtmanomalari asosida va Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq subsidiyalar, grantlar, ijtimoiy buyurtma tariqasida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarni keyinchalik nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashga taqsimlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga, joylarda shunday fondlar tashkil etilgan taqdirda, yoʻnaltirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda, ularning birlashmalari va uyushmalari — Oʻzbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, Oʻzbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, “Xalqaro press-klub” nodavlat notijorat tashkiloti, “Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalq diplomatiyasi markazi”, “Yuksalish umummilliy harakati”, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, “Maʼrifat” targibotchilari jamiyati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston ekologik harakati moliyalashtirishning mustaqil obyekti sifatida qaraladi. Mazkur muassasalarga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan devonlarining taʼminoti, shuningdek ularning ustavda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 6-maydagi 2493-III/KQ-537-III-sonli Qoʻshma qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 04/19/2493-III/KQ-537-III/3357-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nodavlat notijorat tashkilotlaridan, ommaviy axborot vositalaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan qaytarilgan moliyaviy mablagʻlardan foydalanish tartibiga muvofiq Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi oʻz hisobvaraqlarida jamlangan boʻsh mablagʻlar qoldiqlarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga vaqtincha joylashtirishga yoʻnaltiradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 2-maydagi 442-III/KQ-87-III-sonli Qoʻshma qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 5-son, 150-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlash tartibi Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Taftish komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun Parlament komissiyasi tomonidan uch kishidan iborat tarkibda Taftish komissiyasi saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Taftish komissiyasining aʼzolari bir vaqtning oʻzida Ijro etuvchi devon va Parlament komissiyasiga aʼzo boʻlishlari mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish Parlament komissiyasining qaroriga binoan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining yillik faoliyati yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Taftish komissiyasining talabiga koʻra Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mansabdor shaxslari unga Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining moliyaviy faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Taftish komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslari Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanguniga qadar ularni majburiy tartibda tekshirishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Hisobga olish va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining oʻtgan yilgi faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobot har yili 20-martga qadar Parlament komissiyasiga taqdim etiladi. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining buxgalteriya balansi hisobotdan keyingi yilning 31-martiga qadar Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining moliyaviy-xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, soliq va boshqa organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Qonun hujjatlariga muvofiq Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻz faoliyatining har yilgi auditorlik tekshiruvini oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditorlik tashkilotini tanlash Parlament komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi faoliyatining auditorlik tekshiruviga Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining faoliyati bilan bogʻliq shaxslar auditor sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga qonun hujjatlari hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ushbu Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Parlament komissiyasining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida tasdiqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Qayta tashkil etish va tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Parlament komissiyasining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan qayta tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondini qayta tashkil etishga faqat boshqa Fondga qoʻshib yuborilgan, boshqa Fond qoʻshib olingan yoki boshqa Jamoat fondiga qoʻshilingan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondini tugatish manfaatdor shaxslarning arizasi asosida sudning hal qiluv qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondini tugatish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki Parlament komissiyasi, Ijro etuvchi devon, Taftish komissiyasi aʼzolari yoki Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan Fond qaysi maqsadda tuzilgan boʻlsa, oʻsha maqsadda va homiylik maqsadlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 13-mayda qabul qilingan 132-III/KQ-15-III-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini (bundan buyon matnda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari deb yuritiladi) rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Parlament komissiyasi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining (bundan buyon matnda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi deb yuritiladi) vasiylik kengashi vazifalarini ham bajaradi, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantiradi, mazkur faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Parlament komissiyasi oʻz faoliyatini amaldagi qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Parlament komissiyasining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Parlament komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarining nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining va davlat organlarining takliflarini oʻrganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlaydi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlarning hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining (bundan buyon matnda jamoat komissiyalari deb yuritiladi) buyurtmalari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, ushbu jamoat fondi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar va loyihalar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshiradi, oʻz majlislarida moliyalashtirayotgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va topshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam koʻrsatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha tizimli ish olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sheriklik sohasida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat subsidiyalari ajratish tartibi va shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat grantlari ajratish tartibi va shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish tartibi va shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi hisobvaraqlarida boʻsh mablagʻlar qoldiqlari sifatida jamlanadigan, qaytarilgan moliyaviy mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaytarilgan boʻsh mablagʻlarning qoldiqlarini Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga vaqtinchalik joylashtirish, shuningdek hisoblab chiqariladigan foizli depozit toʻlovlarni sarflash tartibi va shartlarini belgilaydi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2016-yil 2-maydagi 442-III/KQ-87-III-sonli Qoʻshma qaroriga asosan oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 5-son, 150-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi direktori lavozimiga nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Senatining Kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi faoliyati va rivojlanishining har yilgi dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Parlament komissiyasi vakolatlariga taalluqli masalalar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoniga yoki Taftish komissiyasiga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Parlament komissiyasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga bajarilgan ishlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Parlament komissiyasining tuzilmasi va komissiya faoliyatini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan rais, uning oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiya aʼzolaridan iborat boʻladi. Parlament komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, adliya va moliya vazirliklarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Parlament komissiyasining raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va Parlament komissiyasining tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasi qarorlarini tasdiqlaydi va ularning ijro etilishiga doir ishlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Rais oʻrinbosari Parlament komissiyasining raisi yoʻqligida uning vazifasini bajarib turadi, Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Parlament komissiyasining masʼul kotibi Parlament komissiyasi majlislarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq vazifalarni amalga oshiradi, Parlament komissiyasi majlislari bayonnomalarini yuritadi, shuningdek Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Parlament komissiyasining tarkibini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashiga va Senati Kengashiga raisni, rais oʻrinbosarini, masʼul kotibni, ayrim aʼzolarni muddatidan ilgari vazifasidan ozod etish toʻgʻrisidagi masalani Parlament komissiyasi aʼzolari umumiy sonining uchdan ikki qismining talabiga koʻra kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Parlament komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasi raisining, rais oʻrinbosarining, masʼul kotibining va aʼzolarining oʻz vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarining oʻrni ularning asosiy ish joyidagi mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Parlament komissiyasi qoʻyilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun ishchi va ekspert guruhlarini tuzishi mumkin. Bu guruhlarning faoliyati Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiriladi. Yoʻnalishlar boʻyicha ishchi va ekspert guruhlarini tuzishda ishga jalb etilayotgan ekspertlarning kasbiy va hayotiy tajribasi hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Parlament komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Ijro etuvchi devonining va Taftish komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Parlament komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining majlislari Parlament komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi, ular bu haqda komissiya aʼzolarini, qoida tariqasida, kamida ikki kun avval xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasi majlisining kun tartibiga qoʻshiladigan masalalar Parlament komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolari, shuningdek Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi direktori tomonidan kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining majlislari, agar ularda Parlament komissiyasi aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining majlisini Parlament komissiyasining raisi yoki uning oʻrinbosari olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining majlisi ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda Parlament komissiyasi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Parlament komissiyasining navbatdan tashqari majlisi Parlament komissiyasi raisining tashabbusi bilan, shuningdek Parlament komissiyasi aʼzolarining yoki Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi Taftish komissiyasi aʼzolarining yozma talabiga binoan chaqiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Parlament komissiyasining aʼzolari uning majlislarida hozir boʻlishi shart. Parlament komissiyasi aʼzolari Parlament komissiyasining majlislarida ishtirok eta olmasligi haqida Parlament komissiyasi raisini yoki masʼul kotibini oldindan yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Parlament komissiyasining barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadi, Parlament komissiyasining har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Parlament komissiyasining qarori uning majlisida ishtirok etayotgan aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Majlisda Parlament komissiyasining masʼul kotibi tomonidan bayonnoma yuritiladi va u raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parlament komissiyasining qarorlari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining Ijro etuvchi devoni ijro etishi uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Parlament komissiyasining majlislariga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot, televideniye, radio va Oʻzbekistonning boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining Parlament komissiyasini shakllantirish hamda uning faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qoʻshma qarori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining majlislarida tasdiqlanishi kerak.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 5-son, 219-modda; 2016-y., 5-son, 150-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2018-y., 04-05/18/1605-III/330-III/1095-son; 01.07.2019-y., 04/19/2493-III/KQ-537-III/3357-son)