Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar fondni tashkil etish to‘g‘risida muassislar (muassis) tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladi. Agar fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilayotgan bo‘lsa, mazkur hujjatlar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilganidan keyin ikki oy ichida taqdim etiladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan talablar fondning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan vasiylik kengashi a’zosiga nisbatan tatbiq etilmaydi.