1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.17.00 Maʼmuriy jarimalar qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro qilish;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.17.00 Amnistiya va afv etish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;
2.Moliya / Baxolash faoliyati;
3.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT DAROMADIGA OʻTKAZILADIGAN MOL-MULKNI HISOBGA OLISh, BAHOLASh VA SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 140-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotishni tartibga solish maqsadida, shuningdek “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda Nizom 2003-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida 2003-yil 1-fevralgacha qaror qabul qilingan mol-mulk mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” amalga kiritilgunga qadar amalda boʻlgan tartibga muvofiq sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror, Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Davlat bojxona qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida 2003-yil 1-fevralgacha qaror qabul qilingan mol-mulkning 2003-yil 1-martgacha sotilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.A. Azizov hamda Bosh vazir oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 21-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-yanvardagi 36-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida ishlab chiqilgan hamda davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom davlat daromadiga oʻtkaziladigan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy ishlar boʻyicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning huquqbuzarlik buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlari asosida — belgilangan tartibda egasiz deb eʼtirof etilgan mol-mulkka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlari asosida — mol-mulkning davlatga yetkazilgan zararni qoplashga yoʻnaltiriladigan qismiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishni toʻxtatishda tergov organlarining qarorlari asosida — mol-mulkning jinoyat buyumlari va qurollari, shuningdek ashyoviy dalillarga oid qismiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari qarorlari asosida — eksport qilish taqiqlangan buyumlar va mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilayotgan qismiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinayotgan, uning hududi orqali tashilayotgan (xalqaro tranzitdan tashqari), aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari qarorlari asosida — aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalari qarorlari asosida — aksiz markasi bilan markalanmagan saqlanayotgan, sotilayotgan, noqonuniy ishlab chiqarilayotgan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan olib qoʻyilgan mol-mulkni hisobga olish va saqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mol-mulkni (keyingi oʻrinlarda mol-mulk deb yuritiladi) olib qoʻyish vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mol-mulkni olib qoʻyish toʻgʻrisida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tuzilgan vaqti va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qoʻyilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid maʼlumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mol-mulkni olib qoʻyishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ular boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) huquqbuzarning tushuntirish xati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) olib qoʻyilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning oʻziga xos belgilari (ogʻirligi, uzunligi, eskirganlik darajasi va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) olib qoʻyilayotgan mol-mulkning saqlanishi taʼminlanishi, shu jumladan ham buyumlarning oʻzini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qoʻyish, agar bu ishlar amalga oshirilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mol-mulk olib qoʻyilgandan keyin vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan bir sutka muddatda mol-mulkni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash uchun masʼul shaxsni belgilagan holda vakolatli organning binolari, maydonlari, omborlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talab qilinadigan omborlarga, asbob-uskunalar va mol-mulkni saqlash normalariga muvofiq sharoitlarga ega boʻlgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning binolari, maydonlari, omborlarida saqlash uchun joylashtirish masalasi hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni saqlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar (tashkilotlar) uni saqlash shartlariga rioya etishga va tegishli shart-sharoitlarni taʼminlashga majburdirlar hamda mol-mulkning buzilishi, shikastlanishi, kamomadi, yashirilishi va yoʻq qilinishi uchun toʻliq moddiy javob beradilar va boshqacha javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saqlash uchun qabul qilish-topshirish vakolatli organ masʼul mansabdor shaxsining hamda mol-mulkni saqlashga qabul qilgan shaxsning imzolari bilan tasdiqlangan uch nusxadagi mol-mulkning roʻyxati bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulk saqlashga topshirilgungacha uning saqlanishi uchun masʼuliyat mol-mulkni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Olib qoʻyilgan mol-mulkning isteʼmol qilish (foydalanish, qayta ishlash) uchun yaroqliligini ekspert oʻrganish va uni baholash maqsadida vakolatli organning vakolatli shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert vakolatli organning mansabdor shaxsi va mol-mulkning egasi ishtirokida, u boʻlmagan taqdirda esa — guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda sinov uchun va namunalar oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert tekshiruvi va mol-mulkni baholash, agar bu uning vakolatiga kirgan taqdirda, bitta tashkilotga (tashkilotning mutaxassisiga) yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ekspert tekshiruvi mol-mulkning turiga qarab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bunga vakolati boʻlgan tashkilotlar (standartlashtirish organi yoki uning tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlar, laboratoriyalar, sanitariya-epidemiologiya organlari, ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilotlar va boshqa muassasalar) tomonidan oʻtkaziladi. Ekspertiza natijalari toʻgʻrisida vakolatli tashkilot uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa — bir sutka mobaynida mol-mulkni olib qoʻygan organga yozma xulosa taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uch kun muddatda ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlmagan oʻziga xos xossalarga ega boʻlgan tovarlarning ayrim turlari boʻyicha, tez buziladigan tovarlardan tashqari, ekspertiza qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mol-mulkni olib qoʻygan organ (mansabdor shaxs) baholash uchun mutaxassis tayinlaydi. Soliq, bojxona organlari hamda surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulkni baholashda moliya organlarining vakillari majburiy tartibda ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organning tegishli mansabdor shaxsi tomonidan uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida mutaxassis sifatida zarur bilimlarga ega boʻlgan shaxs (savdo, baholash, auditorlik tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning xodimlari) jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni baholash mutaxassis tomonidan talab konʼyunkturasining mavjud maʼlumotlari va ichki bozor taklifi asosida baholash kunida amalda boʻlgan narxlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizomning 22—25, 28-bandlarida koʻrsatilgan mol-mulkni, shuningdek oʻziga xos xossalarga ega boʻlgan mol-mulkni baholashda koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk berilayotgan (sotilayotgan) tegishli tashkilotlarning vakillari mutaxassis sifatida jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassis vakolatli organning mansabdor shaxsi chaqirigʻiga koʻra kelishi, qoʻyilgan masalalarga xolisona xulosa berishi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassis uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa – darhol yozma shaklda xulosa beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ekspert va baholash boʻyicha mutaxassis oʻzlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Olib qoʻyilgan mol-mulkni hisobga olish va uning sudgacha harakati uni olib qoʻygan organ tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq organlari davlat daromadiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan, unga nisbatan olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan mol-mulk hisobini uni sotishdan pul mablagʻlari tushishigacha yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Olib qoʻyish sanasida eng kam oylik ish haqining 200 baravari qiymatidagi va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qoʻygan organ mol-mulk olingan joy boʻyicha hududiy prokurorga darhol maxsus bildirishnoma yuborishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir bunday holat boʻyicha prokuratura organlari uzil-kesil qaror qabul qilingungacha va mol-mulk davlat daromadiga oʻtkazilgungacha nazorat yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng kam oylik ish haqining 200 baravari qiymatidagi va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qoʻyish va uni davlat daromadiga oʻtkazishning yagona hisobini prokuratura organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan tartibda yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mol-mulkni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi materiallar mol-mulkning isteʼmol, foydalanish va qayta ishlash uchun yaroqliligi haqida ekspertning xulosasi hamda baholash boʻyicha mutaxassisning xulosasi bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan tegishli sudga yoki organga (mansabdor shaxsga) berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mol-mulkning davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan sud yoki organ oʻzi chiqargan tegishli qaror kuchga kirgandan soʻng keyingi kundan kechikmay ijro hujjatlarini ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining tegishli sud ijrochilari tuman (shahar) boʻlimlariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi kuchga kirgan sud qarori asosida sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi, shuningdek vakolatli organning mol-mulkning davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi kuchga kirgan qarori nusxasi ijro hujjati hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro hujjatiga olib qoʻyish toʻgʻrisidagi protokol, mol-mulkning belgilangan standartlarga muvofiqligi toʻgʻrisida ekspert xulosasi, mutaxassisning mol-mulk baholanganligi toʻgʻrisidagi xulosasi nusxalari, shuningdek ijroni yuritish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Mol-mulkning davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi qarorlarni bajarish va ularni hisobga olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sud ijrochisi sudning yoki uni bergan boshqa vakolatli organning ijro hujjatini bajarish uchun qabul qilib olishga va qonun hujjatlariga muvofiq unga ijro hujjati kelib tushgan kundan boshlab uch kundan kechikmay ijro ishi qoʻzgʻashga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ijrochisi oʻzida saqlanayotgan mol-mulk roʻyxatini tuzadi, ushbu mol-mulk shu paytdan boshlab uning ixtiyoriga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulk roʻyxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar boʻlgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Sud ijrochisi ijro hujjati bajarilishigacha mol-mulk saqlanadigan joyni oʻzgartirishga haqlidir. Bunda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi. Dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qoʻygan organning vakili, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar boʻlgan shaxs, mol-mulk saqlanishi uchun javobgar etib tayinlangan shaxs tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni saqlash joyi oʻzgargan taqdirda roʻyxat tuzish bilan bir vaqtda faqat qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, unda mol-mulkning roʻyxati aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni saqlash tuzilgan shartnoma asosida keyinchalik sotish uchun savdo tashkilotiga yuklanishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotish, koʻchmas mulkdan tashqari, shartnoma-vositachilik asosida yoxud kimoshdi savdosi shartlarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulk qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan savdo oʻtkazish yoʻli bilan sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mol-mulkni sotish boʻyicha muqobil shartlarda hokimlik tomonidan belgilangan savdo tashkiloti bilan xizmatlar koʻrsatishga shartnoma Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining hududiy boʻlimlari bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo tashkilotlari bilan shartnoma tuzishda ularning ixtisoslashuvi, joylashgan joyi va isteʼmolchi uchun qulayligi (viloyat va tuman (shahar) markazlari, bozorlar va hokazolar), tegishli omborxonalar, jihozlar va boshqalar mavjudligi hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni sotish xizmatlari koʻrsatish uchun shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirishda mazkur shartnoma shartlariga rioya etish va mol-mulkni sotish tartibi buzilmaganligi ham hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sotilishi kerak boʻlgan mol-mulk ijro ishini yurituvchi sud ijrochilari tomonidan tovarga ilova qilinadigan yukxati bilan birgalikda savdo tashkilotlariga beriladi. Ijro hujjatlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash uchun mol-mulk uning miqdoridan, hajmidan va tez sotilishi imkoniyatlaridan kelib chiqib bir vaqtning oʻzida sotish uchun bir nechta savdo tashkilotlariga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma shartlariga rioya etilishi, shuningdek mol-mulk sotilishi tartibini nazorat qilish tegishli sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari va mol-mulkni sotish tartibi buzilgan taqdirda tegishli sud ijrochisi mol-mulkni uni sotish yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzilgan boshqa savdo tashkilotiga berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Savdo tashkilotlari oʻzining mol-mulkni qabul qilib olish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun shartnomada belgilangan, biroq sotilgan mol-mulk qiymatining 10 foizidan ortiq boʻlmagan sotilgan mol-mulk savdo chegirmasini oʻz foydasiga ushlab qoladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Savdo tashkiloti tomonidan qabul qilingan mol-mulkka talab boʻlmasa va 30 kun mobaynida belgilangan narxda sotilmasa, savdo tashkiloti mol-mulkning bahosini sud ijrochisi, moliya va soliq organlari vakillari hamda baholash boʻyicha tayinlangan mutaxassis ishtirokida uning qiymatidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda arzonlashtiradi. Ayni bir vaqtda mol-mulk sotilganligi uchun savdo tashkilotiga tegishli boʻlgan savdo chegirmasi summasi qayta hisob-kitob qilinadi, arzonlashtirish toʻgʻrisida maxsus shakl boʻyicha dalolatnoma tuziladi, uning nusxasi moliya, soliq organlariga va vakolatli organlarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sotish uchun savdo tashkilotlariga beriladigan barcha buyumlar roʻyxatga olish dalolatnomasida yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan tartib raqamlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda muvofiqlik sertifikatlari (sertifikatlanishi shart boʻlgan tovarlar boʻyicha) va savdo tashkilotining tovar yorliqlari bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyumlarni juzʼiy taʼmirlash, tozalash, tekislash ularni sotish uchun qabul qilib olgan savdo tashkilotlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va har qanday tur va holatdagi platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), ishlov berilmagan va qayta ishlangan tabiiy qimmatbaho toshlar (olmos, brilliant, firuza, laʼl, yoqut, shuningdek tabiiy marvarid) va yarim qimmatbaho toshlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va tabiiy marvarid boʻlgan buyumlar (baholash dalolatnomasi boʻyicha muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, ilmiy muassasalarga tekin beriladigan tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga ega boʻlganlaridan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga berilishi kerak.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y.,24-son, 242-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega boʻlgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar boʻlgan buyumlardan tashqari) diniy tashkilotlarga dalolatnoma boʻyicha bepul beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Pul mablagʻlari, xorijiy valyuta, cheklar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar, aksiyalar, jamgʻarma omonatlari, pul-buyum lotereyalari chiptalaridan tashqari, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Pochta markalari, shu jumladan kolleksiya qilinadigan markalar haqi olinib pochta aloqasi tashkilotlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Kitoblar, tarixiy, ilmiy-badiiy qimmatga va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan kitoblardan tashqari, haqi olinib kitob savdosi tashkilotlariga beriladi. Agar kitoblar koʻrsatilgan tartibda sotilmagan taqdirda, ular chiqindi qogʻozlarni qabul qilish uchun belgilangan narxlar boʻyicha ikkilamchi xomashyo tashkilotlariga toʻlov evaziga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qishloq xoʻjaligi mashinalari, invetar, mahsuldor va ish mollari, asalari oilalari, em-xashak, mineral oʻgʻitlar va pestitsidlar haqi olinib qishloq xoʻjaligi korxonalariga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiruvchi fuqarolarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Jun, mol goʻshti, parrandalar, quyonlar, don, kanop va zigʻir tolasi va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari haqi olinib ularni tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Charm, momiq-moʻyna va qorakoʻl ularni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga toʻlov evaziga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Koʻp yillik dov-daraxtlar (bogʻ, poliz oʻsimliklari) hokimliklarga tekin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ishlatib boʻlmaydigan qora va rangli metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek metall parchalari va ushbu metallarning chiqindilari toʻlov evaziga korxonalar va tashkilotlarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Dastgohlar va boshqa ishlab chiqarish asbob-uskunalari, shuningdek tovarlar va mahsulotlar va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kichik hajmli zavodlar, liniyalar korxona va tashkilotlarga toʻlov evaziga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Dastlabki qayta ishlanmasdan savdo tarmogʻi orqali sotilishi mumkin boʻlmagan buyumlar tegishli korxonalarga keyinchalik qayta ishlash uchun sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Foydalanilishi yoki sotilishi mumkin boʻlmagan buyumlar, shuningdek makulatura va ikkilamchi xomashyoning boshqa turlari ikkilamchi xomashyoni yigʻish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tegishli tashkilotlarga sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Yoʻq qilish haqidagi ijro hujjati berilgan mol-mulk, shuningdek oʻz holatiga koʻra ikkilamchi xomashyo sifatida foydalanilishi mumkin boʻlmagan buyumlar sud ijrochisi tomonidan, mol-mulkni olib qoʻygan organning vakili, tegishli mutaxassis va xolis guvohlar ishtirokida yoʻq qilinadi, bu toʻgʻrida tegishli dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Mol-mulkni sud ijrochilari, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy–texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti, soliq, moliya, bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini qoʻriqlovchi qoʻmita xodimlari, ekspertiza va baholashni amalga oshirgan mutaxassislar, shuningdek ushbu mol-mulkni sotuvchi savdo tashkilotlari xodimlari tomonidan sotib olinishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni va ularni sotishdan olinadigan pul mablagʻlarini hisobga olish sud ijrochilari tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni tasarruf etish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan qatʼi nazar, isteʼmolga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi boʻyicha ekspertiza xulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qoʻygan organning mansabdor shaxsi tomonidan sud ijrochisi ishtirokida savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablagʻlar tovarni davlat daromadiga oʻtkazish yoxud uni qaytarish toʻgʻrisida ijro hujjati olingunga qadar sud ijrochilarining tegishli boʻlinmalaridagi depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez buziladigan tovarlarning, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlarning isteʼmolga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi toʻgʻrisida ekspertiza tomonidan xulosa chiqarilgan taqdirda uni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi sud ijrochisi, sanitariya-epidemologiya stansiyasi vakili va xolis guvohlar ishtirokida mol-mulkni yoʻq qilishni amalga oshiradi, bu toʻgʻrida yoʻq qilish haqidagi dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Olib qoʻyish, ekspertizadan oʻtkazish, saqlash va giyohvandlik vositalari, qurol-yarogʻlar bilan bogʻliq boshqa xatti-harakatlar, shuningdek ularni hisobga olish qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Avtomototransport vositalarini davlat daromadiga oʻtkazish va hisobga olish xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Avtomototransport vositalarini olib qoʻyishda vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan u majburiy tartibda koʻrikdan oʻtkaziladi hamda olib qoʻyish toʻgʻrisidagi protokolda uning maʼlumotlari, holati va butligi aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Olib qoʻyilgan avtomototransport vositalari vakolatli organlarning, Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarining hamda ularni saqlashning tegishli sharoitlarini taʼminlovchi boshqa tashkilotlarning maxsus ajratilgan joylarida (saqlash joylari, omborlar, jarima maydonchalarida) saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Avtomototransport vositasini olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qoʻyish toʻgʻrisida protokol tuzilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazuvchi tegishli notarial organlarga va ichki ishlar organlariga bildirishnoma joʻnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Olib qoʻyilgan avtomototransport vositasining texnik holatini koʻrikdan oʻtkazish va baholash Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarining mutaxassislari tomonidan moliya organi hamda avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatish ixtisoslashgan korxonalari vakillarining majburiy tartibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Avtomototransport vositasini davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin sud ijrochisi ushbu Nizomda belgilangan tartibda avtomototransport vositasini qabul qilish-topshishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Avtotransport vositalarini sotish belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan pul mablagʻlarini hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari, savdo chegirmasini chiqarib tashlagan holda, sotilishiga qarab savdo tashkiloti tomonidan sud ijrochilarining tegishli boʻlimlaridagi maxsus hisob raqamiga 3 kundan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi koʻrsatilgan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkni sotishdan tushgan summani oʻtkazish muddati kechikkan taqdirda savdo tashkiloti kechikkan har bir kun uchun toʻlanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida davlat budjeti daromadiga penya toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Mol-mulkni sotishdan olingan pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun sud ijrochilarining tegishli boʻlinmalari tomonidan bankda maxsus hisob raqami ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ijrochilarining tegishli boʻlinmalari hisob raqamiga tushgan pul mablagʻlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80 foizi — tegishli mahalliy budjetga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — mol-mulkni davlat daromadiga olib qoʻygan organning maxsus hisob raqamiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisob raqamiga uch bank kuni mobaynida oʻtkaziladi.
(46-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Sud ijrochilariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjetlar hisob raqamlari rekvizitlari — tegishli moliya organlari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlarining maxsus hisob raqamlari rekvizitlari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tomonidan ushbu organlar bilan birgalikda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar boʻyicha har oyda keyingi oyning 5-kunigacha sud ijrochilarining tegishli boʻlinmalari, prokuratura, soliq, bojxona va tergov organlari oʻrtasida solishtirish dalolatnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Saqlash, ekspertiza va baholashni oʻtkazish, transport xarajatlari va mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar tegishli ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkni olib qoʻygan organlar mablagʻlari hisobiga — mol-mulkni sud ijrochilariga bergungacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga — mol-mulk sud ijrochilariga oʻtkazilgandan keyin qoplanadi.
(48-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni qaytarish va uni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Mol-mulk yoki uning qiymati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi sud qarori yoki vakolatli organ qarori bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkning bir qismini band qilib qoʻyishni bekor qilish (roʻyxatdan chiqarish) toʻgʻrisida sud qarori chiqarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkni egasiz deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi sud qarori bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Mol-mulk hali sotilmagan yoki qayta ishlashga topshirilmagan boʻlsa uni qaytarish vakolatli organ yoki sud organi ijrochisi tomonidan, mol-mulkni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi, bu mazkur Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga mazkur mulk davlat mulkiga tushganligiga asos boʻlgan qaror tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinganini tasdiqlovchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Agar mol-mulk sotilgan yoki qayta ishlashga topshirilgan boʻlsa, mol-mulk qiymatini qaytarish moliya organlari tomonidan, tegishli budjet mablagʻlaridan mol-mulk qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulk qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi arizaga mazkur mulk davlat mulkiga oʻtkazilganligiga asos boʻlgan qaror tegishli davlat organi tomonidan bekor qilinganini tasdiqlovchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda agar sotilgan mol-mulk qiymatidan davlat organlarining maxsus hisob raqamlariga chegirishlar amalga oshirilgan boʻlsa, u holda qiymatning tegishli summasi ushbu organlar hisobidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini toʻlash, agar qaytarish toʻgʻrisidagi ariza mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlar bekor qilingan kundan boshlab uch yildan kechikmay berilgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan mablagʻlar tushishi toʻgʻrisida hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Sud ijrochilari boʻlinmalari tegishli soliq organlariga belgilangan shaklda, ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha mol-mulkni sotishdan pul mablagʻlari tushishi va ularning taqsimlanishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Soliq organlari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha moliya organlariga belgilangan shaklda, ortib boruvchi yakun bilan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablagʻlarining davlat budjetiga tushishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlarining davlat daromadiga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini nazorat qilish, shuningdek davlat organlariga bepul berilgan mol-mulkni hisobga olish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Tovar-moddiy boyliklarni olib qoʻyish, davlat mulkiga oʻtkazish, ularni baholash (qayta baholash) hamda sotish vakolati berilgan, olingan pul mablagʻlarining budjetga toʻliq va oʻz vaqtida oʻtkazilishini taʼminlovchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatida qonuniylikni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom talablarining har bir buzilishi holati boʻyicha prokuratura organlari jazoning muqarrarligini taʼminlaydilar hamda qonunda nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlik choralarini koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Ushbu Nizomning buzilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Ushbu Nizomni qoʻllanishi boʻyicha paydo boʻladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertiza qilinadigan, baholanadigan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan olib qoʻyilgan mol-mulk harakatini hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAFTARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Mol-mulkni olib qoʻyish
Mol-mulkni ekspertizadan oʻtkazish va baholash
Saqlash joyi
Materialni sudga topshirish
Sud qarori
tushgan mablagʻ
Sanasi va №
egasiga qaytarildi
Davlat daromadiga oʻtkazildi
Hammasi
Shu jumladan budjetga
Olib qoʻyish dalolatnomasi va №
Mol- mulkning nomi
Oʻlchov birligi
Soni
Ekspertiza dalolatnomasining sanasi va №
Baholash dalolatnomasi sanasi va №
Bahosi
Summasi
Hujjatning sanasi va №
tashkilotning nomi
Sanasi
Hujjat
Soni
Summasi
Egasiga topshirish - qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi
soni
Summasi
Egasiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi № va sanasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Summani taqsimlash
T/r
Ijro ishi №, sud ijrochisining F.I.O
Ijro hujjatining nomi, №, sanasi, ijro dalolatnomasi tuzilgan sana
Ijro hujjatini bergan organ
Mol-mulkni olib qoʻygan sud yoki boshqa organ
Mol-mulkning nomi, soni, summasi
Olib qoʻyilgan mol-mulk sud ijrochisiga berilgan sana
Saqlash joyi va uning oʻzgargani toʻgʻrisida belgi
Olib qoʻyilgan mol-mulk sotish uchun berilgan sana va sotuvchi tashkilot
Sotishga berilgan mol-mulkning qayta baholanganligi toʻgʻrisida belgi, mutaxassisning F.I.O
Sotish summasi va uning tushgan sanasi
budjetga
olib qoʻygangan organga
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish
Alohida belgilar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
(2-ilovaning 14-ustuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-son qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-yanvardagi 36-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi bilan davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 22-martdagi 151-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 11-modda, 1997-y., 6-son, 22-modda, 2001-y., 4-son, 22-modda) musodara qilingan va egasiz mol-mulkka oid qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi bilan davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 13-iyundagi 295-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 22-modda) musodara qilingan va egasiz mol-mulkka oid qismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi korxonalarining barqaror faoliyatini taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 12-apreldagi 172-son qarorining 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 22-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 13-modda; 7-8-son, 66-modda; 24-son, 242-modda)