13.06.1997 yildagi 295-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUSODARA QILINGAN, EGASIZ MOL-MULKNI, VORISLIK HUQUQI BOʻYIChA DAVLAT IXTIYORIGA OʻTGAN MOL-MULKNI VA XAZINALARNI HISOBGA OLISh, BAHOLASh VA SOTISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻFRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi boʻyicha davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni va xazinalarni sotishdan tushgan mablagʻlarning oʻz vaqtida hisobga olinishini va budjetga tushishini hamda savdo tashkilotlarining ushbu summalar boʻyicha budjet bilan oʻzaro hisob-kitob qilishini soddalashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-martdagi 151-son qarori bilan tasdiqlangan “Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi boʻyicha davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi nizom”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 13-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
295-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-iyundagi 295-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, vorislik huquqi boʻyicha davlat ixtiyoriga oʻtgan mol-mulkni va xazinalarni hisobga olish, baholash va sotish tartibi haqidagi nizom”ga kiritiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “aniqlangan” soʻzi “joylashgan yoki saqlangan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 8-banddagi “mahalliy organlar tomonidan maxsus ajratilgan davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasi doʻkonlari” soʻzlari chiqarib tashlansin va “shu maqsadlar uchun soʻzlaridan” soʻng “mahalliy boshqaruv organlari tomonidan maxsus ajratilgan doʻkonlar, shuningdek, Respublika fond birjasi va Respublika koʻchmas mulk birjasi yoki ularning filiallari orqali amalga oshiriladi. Bunda koʻchmas mulk obyektlarini sotish Respublika koʻchmas mulk birjasi orqali, aksiyalarni sotish Respublika fond birjasi orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Avtotransport vositalarini sotish ularni belgilangan tartibda kimoshdi savdolariga qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 12-band “buyumlar” soʻzlaridan keyin “komissiya aʼzolari ishtirokida” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mol-mulkni sotish uchun topshirish, qabul qilib olish va sotish shartlari, bu mol-mulk uchun budjet bilan hisob-kitob qilish tartibi musodara qilingan va egasiz mol-mulkni sotish uchun alohida ajratilgan doʻkonlar, Respublika fond birjasi va koʻchmas mulk birjasi bilan komissiya tomonidan tuziladigan shartnomalarda aks ettiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 16-bandning birinchi xatboshida “soliq organiga beriladi” soʻzlari “soliq organiga hamda bir nusxasi moliya organiga beriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 17-banddagi birinchi xatboshi quyidagi gap bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Alohida hollarda mol-mulkni Oʻzbekiston davlat qimmatbaho buyumlar xazinasiga (shuningdek muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, ilmiy muassasalarga baholash dalolatnomasiga koʻra bepul) berishda taklif etilgan baholovchi mutaxassislar va ekspertlarga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar respublika budjetida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sotish uchun qabul qilingan mol-mulk uchun budjet bilan hisob-kitob qilish savdo tashkiloti tomonidan shartnomada kelishilgan muddat davomida, lekin mol-mulk sotilgan vaqtdan soʻng uzogʻi bilan oʻn kunda tegishli summani budjet daromadiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda egasiz, musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar, savdo tashkiloti haqi (savdo chegirmasi) chiqarib tashlangach, budjetga (80 foizi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududiy soliq va bojxona organlarining maxsus fondiga (20 foizi) oʻtkaziladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 19-banddagi “0,5 foizi miqdorida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 20-band “musodara qilingan” soʻzlaridan keyin “va egasiz” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 21-band “ilmiy muassasalarga” soʻzlaridan keyin “baholash dalolatnomasiga koʻra” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 23-band “qimmatbaho qogʻozlar” soʻzlaridan keyin “aksiyalardan tashqari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 33-banddagi birinchi va uchinchi xatboshilar quyidagicha yangi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar mol-mulk hali sotilmagan yoki qayta ishlashga berilmagan boʻlsa mol-mulkni qaytarish uni qaytarish toʻgʻrisida ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Arizaga ushbu mol-mulk davlat ixtiyoriga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorning bekor qilinganligini tasdiqlovchi tegishli davlat organi tomonidan berilgan hujjatning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar bu mol-mulk sotilgan yoki qayta ishlashga berilgan boʻlsa uning qiymatini qoplash uning egasi yoki vorislari tomonidan mol-mulkni (sotish bilan bogʻliq xarajatlarni chiqarib tashlamay sotishdan amalda tushgan summa) qaytarish toʻgʻrisida ariza berilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda moliya organi tomonidan tegishli budjetdan amalga oshiriladi. Mol-mulkning qiymati (summasi) bahosi tegishli davlat organlarining musodara qilishni bekor qilish yoki mol-mulkning bir qismini xatga olishdan ozod etish (roʻyxatdan chiqarish) toʻgʻrisidagi qarori kuchga kirgan kunda amalda boʻlgan shartnomaviy (bozor) narxlar boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, agar sotilgan mol-mulk qiymatidan boshqa tashkilotlarning joriy schyotlariga mablagʻ oʻtkazilgan boʻlsa mol-mulk qiymatining tegishli qismi ushbu tashkilotlar hisobidan qoplanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 33-bandning oxirgi xatboshidagi “Davlat soliq bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.