09.12.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2288
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 09.12.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2288
Kuchga kirish sanasi
19.12.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NORUDA MATERIALLARI (SHAGʻAL, QUM) ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2288]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Noruda materiallari (shagʻal, qum) ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 10-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-B-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 10-noyabrdagi 71-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Noruda materiallari (shagʻal, qum) ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar noruda materiallari (shagʻal, qum) ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar noruda materiallari (shagʻal, qum) ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda asbob-uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi hamda xodimlar va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tashkilotlarda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Xodimlar Qurilish materiallari sanoati xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 2006, 2009-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 38-son, 420-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalari va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va tavsiyalarning bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarni, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaxsiy eshitish aʼzolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, oʻrtacha ogʻir ishda 17°S va ogʻir ishda 16°S dan past boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(13-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarini mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarida avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Tashkilotlarda maishiy xonalar va ovqatlanish xonalari, tibbiy punktlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, yuz-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabi qurilmalarning soni, smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga boʻlgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Tashkilotlarda atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof muhitni chiqindilar (oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan taʼminlanishi, konteynerlar chiqindilardan boʻshatilganidan soʻng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Maydonlar va ishlab turgan uskunalar joylashgan joylar zarur toʻsiqlar, himoya va saqlovchi moslama va qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ish joylariga va ishlab chiqarish maydonlariga begona shaxslarning kirishiga yoʻl qoʻyilmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Noruda materiallarni (shagʻal, qum) qabul qiluvchi bunkerlar va boshqa qabul qilish moslamalari oldidagi yuk tushirish maydonchalarida xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga transport vositalari hamda yuk aravachalari kelganligi haqida xabardor qiluvchi tovushli yoki yorugʻlik signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Noruda materiallarni (shagʻal, qum) qabul qiluvchi bunkerlar va qabul qilish moslamalari oldida transport vositalari hamda yuk aravachalarining yaqinlashishiga ruxsat berilishi yoki taqiqlanishi haqida maʼlumot beruvchi svetofor oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Noruda materiallarni (shagʻal, qum) qabul qiluvchi bunkerlarning yuk qabul qiluvchi tuynuklari ishlamaydigan tomonidan balandligi 1 m dan kam boʻlmagan holda toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Noruda materiallarni (shagʻal, qum) qabul qiluvchi bunkerlardagi materiallar uyumlarini bartaraf qilish uchun vibrator va pnevmatik moslamalardan foydalanish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Toʻldirilgan bunkerlarga xodimlarning tushishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Noruda materiallarni (shagʻal, qum) qabul qiluvchi bunkerlar koʻzdan kechirish oldidan materiallardan tozalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Noruda materiallarni (shagʻal, qum) qabul qiluvchi bunkerlarda ishlarni bajarish maqsadida ularning ichiga xodimlarni tushirishda quyidagi shartlarga rioya qilish lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qiluvchi bunkerlar yonidagi ish maydonchasida bunker ichida bajarilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi yozuvlar boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlar boshlanishidan avval yuklanuvchi pitatel va konveyerlar toʻxtatilgan, predoxranitellar yechilgan yoki uzuvchi vilkalar uzib qoʻyilgan, magnitli ishga tushiruvchilarga esa, “Ishga tushirilmasin — odamlar ishlayapti!” degan yozuv osib qoʻyishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik plakatlari faqat masʼul xodimning koʻrsatmasiga binoan, xodimlar bunker ichidan chiqib ketganlaridan keyin olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichida xodimlar boʻlgan bunkerlar ustida transport vositalari va yuk aravachalarining harakatlanishi yoki qoʻyilishiga ruxsat berilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunkerlarga tushish faqat maxsus narvonlar yordamida amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish jarayonida xodimlar soni 3 nafardan kam boʻlmagan brigada tomonidan bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunker ichidagi xodimlarning shartli signallar bilan oʻzaro almashinuvining tartibi belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunker ichida ishlarni bajarayotgan xodim ishonchli tarzda mahkamlanib, tarang tortilgan poʻlat arqon yoki trosga karabin yordamida mahkamlangan saqlovchi kamar taqib olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunker ichida ishlayotgan xodimlar uchun xavf tugʻilgan holatlarda ularni darhol bunker ichidan chiqarib olishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunker ichini yoritish maqsadida koʻchma lampalardan foydalanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Kamar va arqonlar qoʻllanilishidan avval va keyin koʻrikdan oʻtkazilishi kerak. Bel tasmasi, yelka tasmasi, karabinni tortuvchi tasmalar shikastlangan (yirtilgan yoki kesilgan joyning oʻlchami qanday boʻlishidan qatʼi nazar) boʻlsa, kamar toʻqimalari nosoz boʻlgan holatlarda kamar va arqonlardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlar agregatlarga xizmat koʻrsatishga xalaqit bermaydigan hamda mehnat xavfsizligini taʼminlovchi yaxlit yoki toʻrsimon toʻsiqlar bilan ishonchli ravishda toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Arqonli, tishli va zanjirli uzatmalar yaxlit toʻsiqlar bilan toʻsilishi kerak. Texnologik uskunalarni toʻsiqsiz ishga tushirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Uzatma tasmalari, zanjirlari va boshqalarni taʼmirlashga, koʻrikdan oʻtkazishga, kiygizish va yechish uchun ochiladigan eshiklar va yechiladigan qismlar oʻrnatishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Bir nechta mexanizm va uzatmalar uchun umumiy toʻsiq oʻrnatish, shuningdek karkasga payvandlangan metall tasma va chiviqlarda tayyorlangan toʻsiqlarni oʻrnatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Koʻrikdan oʻtkazish joylariga olib boruvchi koʻprikcha va narvonlar metalldan boʻlishi kerak. Ularni tasma uzatmali uskunalarning bevosita ustida joylashtirish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Nazorat-oʻlchov asboblarining koʻrsatkichlari va yorugʻlik signalizatsiyasi elementlari ish joyidan aniq va ravshan koʻrinadigan darajada oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Uskunalarni boshqarish tugmalari (knopkalari) ishga tushirish qutisi yuzasidan 3 — 5 mm ga chuqurlashtirilgan, tugmalarning kontaktlari chang va maydalanayotgan material parchalari tushishidan, shuningdek emulsiya, moy va boshqa suyuqliklarning taʼsiridan himoya qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Toʻxtatish tugmalari qizil rangga boʻyalib, “Stop” degan yozuvga ega boʻlishi va panel yuzasidan 3 mm ga chiqib turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Mexanizm, konveyer, estakadalar zonasidagi ish joylari tovushli va yorugʻlik signalizatsiyasi va boshqa aloqa vositalari oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Signal qurilmasini sex ishlashining istalgan sharoitida aniq va ravshan koʻrinishi va eshitiladigan qilib joylashtirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Uskunalar ularni dastlabki material bilan taʼminlovchi va ulardan maydalangan materialni olib ketuvchi qurilmalar bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Sex ichi signalizatsiyasini ishga tushirish qurilmalarini bevosita mexanizmlarni boshqarish pultlari yonida, sexlararo signalizatsiyasini xizmat koʻrsatilayotgan mexanizm va agregatlarning ish joylaridan 5 m dan uzoq boʻlmagan masofada joylashtirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Boshqarishning istalgan variantida (masofada turib boshqarish, birlashtirilgan yoki mahalliy boshqarish) maxsus oʻchirgichlar yordamida mexanizmlarni favqulodda toʻxtatish imkoniyati taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Sexning har bir ishlab chiqarish xonasining koʻrinadigan joyida signallarni izohlab beruvchi batafsil belgilar osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Texnologik uskunaning ishga tushirilishi oʻrnatilgan tovush va yorugʻlik signal olinganidan soʻng ishga tushirishgacha boʻlgan muayyan vaqt oraligʻini belgilovchi tashkilotning ichki yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Barcha noaniq va tushunilmagan signal “Stop” signali sifatida qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Texnologik uskuna koʻrikdan oʻtishi, taʼmirlanishi va tozalanishidan avval elektr dvigatel toksizlantirilishi, predoxranitellar yechib olinishi yoki ishga tushirish qurilmasining uzish vilkasi olib qoʻyilishi kerak. Magnit ishga tushirgich yoki rubilniklarning dastalariga “Ishga tushirilmasin — odamlar ishlayapti!” degan yozuv osib qoʻyilishi kerak. Taʼmirlash ishlarini agregat toʻliq toʻxtaganidan keyin boshlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Yuk koʻtaruvchi mashinalar xavfsiz ekspluatatsiyasi qoidalariga muvofiq oʻrnatilishi va ekspluatatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Yuk koʻtaruvchi mexanizmlar yordamida joydan-joyga koʻchirilayotgan yuklarning harakati ish joylaridan tashqarida boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yongʻin va portlashga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Portlashni oldini olish uchun avtoklav, kompressor, nasoslarning podshipniklari hamda mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinni oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 17-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3688, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Kuchlanish 1000 volt va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishda elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodim elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 voltgacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishda IV malaka guruhiga ega boʻlish talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda elektr xavfsizligi boʻyicha tashkilotda tuzilgan komissiyada bilim sinovidan oʻtishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Tok uzatilmagani sababli uskuna toʻxtatilgan hollarda elektr dvigatellar oʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Elektr apparatlari va agregatlari nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi xizmat koʻrsatish uchun qulay va xavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim. Bu joylarda tebranish, texnologik mahsulotlar bilan ifloslanish, tizimning aniqligi va ishonchliligiga taʼsir etuvchi mexanik va boshqa zararli taʼsirlar boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimidagi asbob-uskuna taʼmirlanganidan soʻng sinovdan oʻtkazilishi hamda uning natijalari jurnalda qayd qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Nazorat vositalari taʼmirlash uchun yechilganda, oʻsha zahoti yechilgan vositalar oʻrniga tekshirilgan va koʻrsatkichlari bir xil boʻlgan nazorat vositalari bilan almashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Nazorat vositalarining, shuningdek signal lampalarining joylashishi, ularning koʻrsatkichlarini qulay kuzatish imkoniyatini yaratishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Avtomat tarzda boshqaruv tarmogʻi markaziy tizimiga jarayonning texnologik parametrining yuqori chegarasi, ularni ish jarayonida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yuqori chegarasiga yetganligi haqida signal beruvchi moslamalar joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Nazorat vositalarining (termometr, manometr, hisoblagich), shuningdek signal lampalarining joylashuvi, ular koʻrsatkichlarini bemalol erkin nazorat qilish imkonini berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Daraja koʻrsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanilganida, ular singanda xodimlarni jarohatlanishidan saqlovchi moslama qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Apparat va idishlardagi bosimni nazorat qilish uchun ularga manometrlar oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Manometr shkalasida idishning ishchi bosimi koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Ishlab chiqarish qurilmalarining avariya holatida oʻchirilishini taʼminlovchi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish tizimiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Texnologik jarayonlarning xavfsizligi texnologik hujjatlarga hamda mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarga muvofiq taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Maxsus suyuqliklar bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan maydonchalarda va xonalarda yoki ularda oʻrnatilgan maxsus kameralar (stendlar)da bajarilishi kerak. Maydonchalarga va xonalarga kirishda “Yongʻindan xavfli!”, “Chekilmasin!”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi!” kabi ogohlantiruvchi va taqiqlovchi xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Alohida olingan texnologik jarayon (operatsiya)larda ishlab chiqarishning xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining vujudga kelganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar berishini taʼminlash maqsadida yorugʻlik va ovoz beruvchi signalizatorlar koʻzda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan texnologik jarayonlar va operatsiyalar vaqtida, ushbu hududda xodimga bevosita xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsirini chegaralovchi himoya ekrani oʻrnatilgan maxsus stendlar boʻlishi yoki ushbu operatsiyalar mexanizatsiyalashtirilgan (avtomatlashtirilgan) qurilmalardan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Texnologik jarayon buzilgan hollarda xodimlarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsir etishi istisno qilinishi va ular uchun ish bajarilayotgan joyni zudlik bilan va hech qanday qiyinchiliksiz tark etish imkoniyati taʼminlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Yuk ortish va tushirish ishlari, bunga masʼul boʻlgan xodim rahbarligida bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hajm oʻlchamlari ishlarni bajaruvchi texnologik qurilmalar pasportida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Vazni 50 kg dan ortiq boʻlgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Yuk saqlash maydonchalari hududiga kirish joyida harakat yoʻnalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Tashkilotlar chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilishi, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirishi, ularni zararsizlantirishni, qayta ishlashni amalga oshirishi, saralash, saqlash, koʻmib tashlash va utillashtirishda belgilangan tartiblarga rioya qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan taʼminlangan holda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Chiqindilarni yigʻish, joylashtirish va tashishni taʼminlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Elektrpayvandlash va gaz bilan payvandlash ishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Payvandlash ishlarini faqat tashkilot rahbarining yoki bosh muhandisning yozma ruxsatnomasidan keyin, ushbu tashkilotga xizmat koʻrsatuvchi oʻt oʻchirish boʻlinmasining boshligʻiga majburiy ravishda yozma bildirish qogʻozi taqdim etilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Payvandlash ishlarini boshlashdan avval joylarda quyidagi xavfsizlik choralari bajarilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻt oʻchirish vositalari — kamida ikkita koʻpikli oʻt oʻchirgich, 1 m3 hajmdan kam boʻlmagan suv zaxirasiga ega idishlar va qumli yashiklar tayyorlangan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
payvandlash ishlari bajarilayotgan joydan 10 m gacha boʻlgan masofada tez alanga oluvchi barcha materiallarni boshqa yerga koʻchirish kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
payvandlash ishlari bajarilayotgan joydan 2 m masofagacha boʻlgan inshootlarning yogʻoch va boshqa yonuvchan qismlari asbest yoki poʻlat tunukalar bilan himoyalangan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uskunalarning yonuvchi yoki moylanuvchi qismlariga uchqun sachrashiga qarshi ehtiyot choralari koʻrilgan boʻlishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
payvandlash ishlari bajarilayotgan joylar yonida oʻt oʻchirish posti qoʻyilishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
payvandlash ishlari quruq sexlarda bajarilayotganida payvandlanayotgan joy yonidagi texnologik uskunalar toʻxtatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Asbob-uskuna va jihozlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Taʼminlagichlarga (maydalagichga noruda material (shagʻal, qum) yetkazib beruvchi moslamalar) boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Singan yoki egilgan plastinalari boʻlgan plastinali taʼminlagichni ishlatish taqiqlanadi. Taʼminlagichlar plastinalarining cheti toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Plastinali taʼminlagichni ishga tushirish maydalovchidan signal olinganidan keyin ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Taʼminlagichda ishlovchi xodim zarurat yuzasidan oʻz ish joyida boʻlmagan taqdirda uning oʻrnida smena masterining ruxsati bilan taʼminlagichni boshqarish huquqiga ega boʻlgan boshqa xodim vaqtincha ishlab turishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Togʻ jinslarini maydalovchi tuynugiga kelib tushishini kuzatib turish uchun taʼminlovchining ish joyi himoya yopqichiga (kojuxiga) ega darchalar yoki maxsus kabinalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Taʼminlagichlarga yoki ularning tuynugiga materiallar tiqilib qolsa, u holda ularni toʻxtatish lozim, yirik materiallar yuk koʻtarish mexanizmlari yordamida olib tashlanadi. Bunda xodim yuk koʻtarish mexanizmining ishlash zonasidan tashqarida boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Maydalovchi qurilmalarga (drobilka) boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Maydalovchi qurilmalarning yuza qismlari va plitalarning koʻtaruvchi mexanizmlari taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga moʻljallanib jihozlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Maydalash jarayonining barcha bosqichlarida material yuklanadigan qurilmalar metall predmetlarni tutib qoluvchi moslamalarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Maydalovchi qurilmalarni koʻzdan kechirish joylariga olib boruvchi koʻprikcha va narvonlar metalldan boʻlishi kerak. Ularni bevosita maydalovchi qurilmalarning ogʻzi ustida joylashtirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Maydalovchi qurilmalarning material qabul qiluvchi konussimon ogʻizlari yechib olinadigan yaxlit toʻsiqlar bilan, yassi yuzali maydalovchi qurilmalarning balandligi 1 m dan kam boʻlmagan toʻsiq bilan yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Maydalovchi qurilmalar va ular bilan bogʻliq boʻlgan qurilmalar puxta zichlangan va aspiratsiya tizimlariga ulangan boʻlishi lozim. Yozda changsizlashtirishning gidravlik tizimini ishga tushirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Maydalovchi qurilmalar uzoq muddatga toʻxtatilgan hollarda taʼminlagichdagi barcha material olib tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Maydalovchi qurilmalarga material yetkazib berish jarayoni mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Bolgʻali va rotorli maydalovchi qurilmalardagi panjaralarni tozalash ishlari maydalovchi qurilmalar toʻliq toʻxtatilib, elektr dvigatel elektr tokidan uzilgan holatda, koʻzdan kechirish tuynuklari orqali maxsus moslamalar yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Bolgʻali va rotorli maydalovchi qurilmalarni ishga tushirishdan avval bolgʻa va rotor toʻgʻri balansirovka qilinganligini tekshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Maydalovchi qurilmalar nosoz ishlaganida (kuchli tebranish, bolgʻa ishdan chiqishi, boltlar uzilib ketishi, podshipniklar qizib ketishi va boshqalar) darhol toʻxtatish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Koʻchma maydalash-saralash qurilmalarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. Koʻchma agregatda oʻrnatilgan maydalash-saralash qurilmalari va ularni bogʻlovchi konveyerlar ushbu agregat uchun umumiy boʻlgan toʻsiq bilan toʻsilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Koʻchma maydalash-saralash qurilmalarining ogʻzi (qabul qiluvchi voronkasi) yonidagi maydoncha mustahkam toʻsiqqa ega boʻlishi kerak, uning qabul qiluvchi tuynugi tepasida esa kataklarining oʻlchami 150 x 150 mm dan katta boʻlmagan metall panjara oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Koʻchma maydalash-saralash qurilmalari barcha mexanizmlar qayta ishlanayotgan materiallardan boʻshatilganidan keyin toʻxtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190. Koʻchma maydalash-saralash qurilmalari majburiy toʻxtatilgan holatlarda ularning ishchi boʻshliqlari qayta ishlanayotgan materiallardan tozalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Gʻalvirlarga va gʻalvir-mashinalarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Panjarali gʻalvirlar bortlarining balandligi 0,8 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Gʻalvirlardagi material yetkazib beruvchi qurilmalar materialning gʻalvirga tushadigan miqdorini taqsimlovchi moslama bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Gʻalvirga materialni yetkazib beruvchi va oʻlchamlariga bogʻliq ravishda saralab ajratib beruvchi qurilmalar (techkalar) butun, puxta zichlangan va aspiratsiya tizimlariga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Gʻalvirning alohida kataklarini tiqilib qolgan materialdan tozalash ishlari faqat maxsus asbob-uskuna (uchida ilgagi boʻlgan temir kosov) yordamida, gʻalvir-mashina toʻxtatilgan holatda amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. Barabanli gʻalvir-mashinalar havo soʻruvchi tizimga ulangan zich metall kojuxlar bilan yopilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Gʻalvir-mashinalarning barcha harakatlanuvchi qismlari toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197. Tebranish yoki gʻalvir-mashinadan chiqayotgan shovqin toʻsatdan kuchayib ketsa va boshqa nosozliklar vujudga kelgan hollarda gʻalvir mashina darhol toʻxtatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198. Gʻalvir-mashina suvli muhitda ishlatilayotganida vanna, pulpovod (boʻtana quvuri) va past bosimli gidrotsiklonda teshik hosil boʻlsa, suv sizib chiqa boshlasa gʻalvir-mashinani toʻxtatish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Spiralli klassifikatorlarga (donador materiallarni saralovchi apparat) boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199. Foydalanishdan yoki taʼmirlanganidan keyin ishga tushirilishidan avval spiralli klassifikator salt (yuklanishsiz) rejimda kamida 4 soat ishlatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200. Salt rejimda aylantirilayotganida koʻtarish mexanizmining ishonchli ishlashini tekshirib olish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Spiralli klassifikator sinovdan oʻtkazilganidan keyin uni material (shagʻal, qum) bilan toʻldirish asta-sekin, bir maromda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Yuk qabul qiluvchi tarnovning togʻoraga ulangan joyida nazorat metall toʻri oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203. Spiralli klassifikator toʻxtalishidan oldin pulpa (suyultirilgan yer jinslari) yetkazib berishni toʻxtatish va spirallar yordamida togʻoradan ishlov berilayotgan material olib tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204. Spiralli klassifikator qisqa vaqtga toʻxtatilganida spirallarni yuqoriga koʻtarib qoʻyish lozim. Spiralli klassifikator ishga tushirilganidan keyin spirallarni qumga tushirish asta-sekin bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205. Bosim ostida boʻlgan quvurlardagi flanetsli birikmalarning boltlarini tortish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206. Spiralli klassifikatorlarni ishga tushirish quyidagi nosozliklar mavjud boʻlganida taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
togʻoradan qum sizib chiqsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spirallarning koʻtaruvchi mexanizmlarida nosozlik aniqlansa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spirallarning yedirilishi meʼyoridan ortiq boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
spirallar va sozlov qurilmalar shikastlansa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207. Spiralli klassifikator toʻsatdan toʻxtab qolgan holatlarda spirallarni koʻtarish va toʻxtaganidan keyin 10 — 15 daqiqa oʻtib togʻorani suv bilan yuvish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Yuvish uskunalariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208. Yuvish uskunalariga suv yetkazib beruvchi tarnovlarda quyidagilar boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pulpa sachratilishini oldini olish maqsadida yopiq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib berilayotgan material tezligini kamaytirish uchun tarnov oxirida tezlik soʻndirish qutilari bilan jihozlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarnovlarda qattiq zarrachalarning choʻkindilari hosil boʻlmasligi uchun zarur oʻlchamli toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209. Materialni tushirib olish patrubkalarini taʼmirlash uchun yetarli joy ajratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Lentali (tasmali) konveyerlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210. Konveyer ostidagi pol qattiq tekis qoplamaga ega boʻlishi kerak. Aylanuvchi qismlardan polgacha boʻlgan masofa 0,6 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Lentaga parallel joylashgan metall konstruksiyalarning elementlari uning ishchi boʻlmagan yuzasidan 100 mm dan uzoqroqda, salt tarmogʻining yuk koʻtaruvchi yuzasidan esa 200 mm dan uzoqroq masofada boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. Konveyerning “turgʻun nuqtalari” (uzatma va tortish stansiyalari, yuk ortish va tushirish tugunlari, tozalash qurilmalari, barabanlar) va toʻkilmalar yigʻiluvchi joy 20 lyuksdan kam boʻlmagan yorugʻlik bilan yoritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213. Lentadan yirik fraksiyalar tushib (dumalab) ketishini oldini olish maqsadida vertikal bortlar oʻrnatilishi kerak. Bortlar va lenta oʻrtasidagi oraliqning kattaligi tashilayotgan yuklarning tiqilib qolishiga yoʻl qoʻymasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214. Konveyerning turtib chiqqan elementlari va ship oʻrtasidagi masofa kamida 0,6 m ni tashkil qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215. Konveyerning pol sathidan pastroqda joylashgan qismlari yaxlit bort bilan toʻsilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216. Tasmali konveyerda materialni tushirib oluvchi barabanli aravacha oʻrnatilganida konveyerning har bir tomonidan kamida 1 m oʻtish yoʻllari qoldirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217. Yer osti va yer usti galereyalarning nolga teng sath maydonchasi bilan kesishgan joylarida tashqi kirish va oʻtish joylari, konveyer ustidan oʻtuvchi koʻprikchalar oʻrnatilishi zarur. Oʻtish koʻprikchasi konstruksiyasining ostki qismi va material qatlami oʻrtasidagi oraliq 600 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218. Uzun konveyerlarda oʻtish koʻprikchalari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish xonalaridagi konveyerlar uchun har 25 — 30 m dan keyin qoʻyiladigan koʻprikchalar yaxlit qoplamali va balandligi 1 m dan kam boʻlmagan panjarali toʻsiqlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219. Konveyerlar oʻtish yoʻllari uskunalarning tepasida joylashadigan boʻlsa, ularning quyi tarmoqlari toʻkilayotgan material tushib ketishini va xodimlarning konveyer tasmasiga bexosdan tegib ketishini oldini olish maqsadida yaxlit qoplama bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220. Konveyer uzatmasi pol sathidan 1,5 m dan balandda oʻrnatilgan hollarda unga xizmat koʻrsatish maydonchasi panjaralar va zinalar bilan jihozlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Qiya konveyer galereyalarida xodimlar oʻtishi uchun 30 — 50 sm oraliqda koʻndalang reykalari boʻlgan traplar tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222. Yer osti galereyalarining suv bosgan joylari quritilishi zarur. Erkin oʻtish joylarining namlangan qismlarida traplar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223. Konveyer yaqinidagi oʻtish joylarida begona predmetlar, chiqindilarning toʻplanishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
224. Tasmali konveyerlar yordamida quruq va changiydigan materiallar tashilganida yuk ortiladigan va tushiriladigan joylarning zichligi doimiy ravishda koʻzdan kechirilishi zarur, bu kabi joylar aspiratsiya tizimlariga ulanishi, gidravlik changsizlantirish tizimi oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225. Tasmali konveyerlarda tasma uzilgan holatlarda uzatmani toʻxtatib qoʻyuvchi qurilmalar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
226. Konveyerlar istalgan nuqtada konveyer toʻxtatilishini taʼminlovchi trosli uzgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Konveyerning uzunligi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, uning yuk qabul qiluvchi va yuk tushiruvchi qismlarida avariya uzgichlari oʻrnatilgan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227. Agar dvigatel toʻxtatilganida yoki konveyer qiyaligi 600 ga teng boʻlganida konveyer tasmasi yuk bilan birga ixtiyoriy ravishda harakatlanishi mumkin boʻlsa, uzatmada material orqaga ketib qolishini oldini oluvchi tormoz qurilmasi oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228. Konveyerlarning yuk tushirish moslamalari bir vaqtning oʻzida uzatmali barabanlarning toʻsigʻi boʻlib xizmat qilishlari kerak. Yuk tushirish moslamasi konstruksiyasining yuqori qismida tasma barabanga tegib turuvchi joylarini toʻsib turuvchi yechma bortlar oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229. Taranglovchi barabanlar baraban oʻqidan hisoblaganda uzunligi 1,5 m dan kam boʻlmagan toʻrsimon toʻsiqlar bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230. Moylovchi moslamalar toʻsiqlardan tashqarida joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231. Harakatlanayotgan konveyer tasmasining baraban va tayanch-gʻaltak chetlari chegarasidan chiqib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Tasma chetga chiqib ketishining oldini olish uchun statsionar konveyerlarda maxsus qurilmalar oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232. Tasmali konveyerlar tagiga toʻkilgan materiallardan tozalash gidravlik usulda (suv yordamida) amalga oshirilishi kerak. Konveyer tagidagi materiallarni qoʻlda olib tashlash faqat konveyer toʻliq toʻxtatilganidan soʻng amalga oshirilishi lozim. Bunda konveyer elektr dvigateli elektr tokidan uzib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233. Ishlab chiqarish xonalaridan tashqarida oʻrnatilgan konveyerlar, shuningdek yer ustida oʻrnatilgan konveyerlar uchun qazilgan xandaqlar (transheyalar) balandligi 1 m dan kam boʻlmagan toʻsiqlar bilan toʻsilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234. Konveyerdan yuqorida joylashgan maydonchalar va oʻtish joylaridan xandaq (transheya) hamda chuqurchalarga predmetlar tushishi ehtimoli boʻlgan uchastkalar toʻr bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
235. Changiydigan materiallarni tashuvchi shneklar maxsus kojuxlar bilan yopilib, puxta zichlanishi kerak. Kojuxlar aspiratsiya tizimlariga ulangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236. Elevatorlarni jihozlash vaqtida yuk ortish va tushirish joylariga uzgichlar oʻrnatilishi koʻzda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237. Elektr zanjirlarida uzilishlarni oʻz vaqtida aniqlash maqsadida elevatorlar signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
238. Elevatorlarda choʻmichlarning orqaga qaytishini oldini oluvchi qurilmalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239. Elevatorlar yer sathidan pastda oʻrnatilgan holatlarda chuqurchalarning oʻlchamlari elevator mexanizmlarini koʻzdan kechirish va joriy taʼmirlash ishlarini bajarishga moʻljallangan boʻlishi kerak. Chuqurchalar balandligi 1 m dan kam boʻlmagan va tag qismida 20 sm li qoplamasi boʻlgan toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
240. Elevatorning baland nuqtasi va ship (tom)gacha boʻlgan masofa 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Taʼmirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Ishlab chiqarish sexlaridagi taʼmirlash va montaj ishlarini bajarish vaqtida taʼmirlash ishlarining rahbari tashkilot rahbari bilan birgalikda ushbu ishlarni xavfsiz bajarilishini, shuningdek ishlash uchun qoldirilgan asbob-uskunalar normal ishlashini taʼminlovchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242. Texnologik asbob-uskunalar va boshqa mexanizmlarni taʼmirlash va montaj ishlarini boshqarish uchun taʼmirlash va montaj ishlari boʻyicha masʼul xodim tayinlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243. Taʼmirlash va montaj maydonchalari mashinalarning yirik qismlarini va detallarini, moslamalar, qurilmalar va asbob-uskunalarni, shuningdek taʼmirlash ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan materiallarni joylashtirilishini taʼminlovchi oʻlchamlarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244. Taʼmirlash maydonchalarida mashina qismlarini va detallarini joylashtirishda ular orasidagi oʻtish joylari belgilangan meʼyorlarga muvofiq boʻlishi taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245. Taʼmirlash ishlarini bajarishda, agar kran mexanizmlari yoki mashina va agregatlar tepasida ishlarni bajarish uchun moʻljallangan maxsus maydonchalar boʻlmasa, u holda koʻtarish mexanizmlarining toʻsinlari uchun mustahkam tayanchlar (uchoyoqli, toʻrtoyoqli va boshqalar) oʻrnatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246. Toʻsinlar agregatning eng ogʻir detalini yoki butun mashinani koʻtarish uchun moʻljallanib, uch karra mustahkamlik zaxirasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
247. Havozalar puxta va mustahkam oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248. Koʻchma narvonlar mustahkam, yengil va ularning pastki qismi oʻtkir metall tishli yoki rezina poynakli tayanchlardan iborat boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
249. Ochiladigan qoʻsh oyoqli narvonlar oʻz-oʻzidan kerilib ketishidan saqlaydigan moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250. Koʻchma narvonda ishlashga faqat narvonning pastki qismi yonida ikkinchi xodim turganidagina ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Yaxlit qoplama toʻshalmagan yoki ishlar xavfsiz bajarilishini taʼminlaydigan boshqa chora-tadbirlar koʻrilmagan taqdirda bir vaqtning oʻzida bir vertikaldagi turli nuqtalarda taʼmirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252. Uskuna taʼmirlanayotgan vaqtda uni sinash uchun ishlatib koʻrish, taʼmirlash ishlari boʻyicha masʼul xodim ruxsatiga koʻra shu uskunani taʼmirlayotgan xodimlarga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253. Konveyer tasmalarini almashtirish va ularning uchlari, elevator zanjirlari va boshqalarni birlashtirishda belgilangan yuk koʻtarish qobiliyatiga ega takelaj (yukni koʻtaradigan yoki bir joydan ikkinchi joyga koʻchiradigan mexanizmlar moslamasi) qurilmalaridan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
254. Taʼmirlash ishlaridan soʻng mexanizm va asbob-uskunalarni qabul qilishda toʻsiqlar, himoya qurilmalari, avtoblokirovka, yerga tutashtirish, tok oʻtkazuvchi qismlar izolyatsiyasining mavjudligi, ishga yaroqliligi va texnika xavfsizligi talablariga javob berishi, shuningdek uskuna va mexanizmlarni xavfsiz ekspluatatsiyasini taʼminlovchi boshqa chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
255. Montaj qilingan yoki taʼmirlangan ishlab chiqarish uskunasini tegishli toʻsiqlar oʻrnatmasdan, xavfsiz xizmat koʻrsatilishini taʼminlovchi tovushli signalizatsiya va blokirovka oʻrnatmasdan ishga tushirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256. Pnevmatik asboblarning havo shlanglarini oʻzaro biriktirish va ajratish faqat havo berish toʻxtatilganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257. Devorga tirab qoʻyiluvchi narvonlarda mexanizatsiyalashtirilgan asboblar yordamida ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(259-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 1-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 1-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GʻULOMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 1-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 1-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 1-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 1-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 1-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 49-son, 507-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 13.10.2025-y., 10/25/3688/0923-son)