Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
TIBBIYOT TEXNIKASIDAN FOYDALANISH, MONTAJ QILISH, TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH VA TAʼMIRLASHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2177]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-oktabr,
177-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-oktabrdagi 177-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Ushbu Qoidalar ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
6. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
9. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
12. Tashkilotlar standartlashtirish normalari va qoidalari boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
13. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
14. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
15. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
16. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
17. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
18. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
19. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
20. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
21. Xodimlar Sogʻliqni saqlash va tibbiyot ishlab chiqarishlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1998, 2009-yil 25-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 391-modda) muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
5-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
22. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
23. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
24. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
25. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardirlar.
6-§. Kasbiy tanlov
26. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
27. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
28. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
31. Tashkilotda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
35. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
36. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
37. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
38. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
39. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
40. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
41. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
9-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
42. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
44. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
45. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi kerak.
46. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
47. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
48. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
49. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 metrdan oshiq boʻlishi kerak.
50. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
51. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
52. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
10-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
53. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
54. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarini ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarning sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
55. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
56. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
57. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
58. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
59. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
60. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
61. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 metr balandlikda bajarilishi kerak.
62. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi kerak.
63. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, oʻrtacha ogʻir ishda 17°C, ogʻir ishda 16°C dan past boʻlmasligi lozim.
64. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
65. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 metrdan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 metrdan koʻp boʻlmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
12-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(12-paragrafining nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
66. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
67. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
68. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
69. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarini mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
III. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
1-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
71. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.033-81 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Yongʻin xavfsizligi. Atamalar va taʼriflar”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
72. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
73. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
74. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
75. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
76. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
77. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
78. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinni oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
79. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻin vositalari va uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
2-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
80. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
81. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.
82. Yoritish va quvvatli uskunalar va elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos boʻlishi shart.
83. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda boʻlishi shart.
84. Yongʻin xavfi boʻlgan ishlab chiqarish va omborxonalardagi yoritqichlar yopiq chang oʻtkazmaydigan holda boʻlishi lozim.
85. Elektr yoritqichlar binolarning yonuvchi konstruksiyalari va yonuvchi materiallari bilan tutashib turmasligi lozim.
86. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
87. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
88. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
89. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
90. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
91. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
92. Elektr apparatlari va agregatlari nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
93. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
94. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
95. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
3-§. Rentgen apparatidan foydalanishda xavfsizlik talablari
96. Radiaktiv moddalar va boshqa ionli nurlanish manbaalari bilan ishlaganda xodimlarning nurlanish xavfsizligini taʼminlashda SanQvaM 0193-06 “Tibbiy rentgen tekshiruvlari oʻtkazish ishida sanitariya qoidalari”ga rioya qilinishi lozim.
97. Rentgen tekshiruvi oʻtkazayotganda xodim rentgen apparatini aniq ish vaqtini belgilay olishni, shuningdek rentgen tasviri kuchaytirgichlari va himoya vositalarini qoʻllay olishni bilishi shart.
98. Rentgen apparatini rentgen kabinetdan tashqarida foydalanishda xodim yuqori kuchlanishni hisobga olgan holda, nurlanish manbaasidan kamida 2,5 metr uzoqda boʻlishi va nurlanishdan himoya vositalarini qoʻllagan holda ish bajarishi lozim.
99. Rentgen kabineti xodimi homilador boʻlsa tezlik bilan ionli nurlanish taʼsiri boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazilishi shart.
4-§. Ultrabinafsha va ultratovush tarqatuvchi apparatlardan foydalanishda xavfsizlik talablari
100. Santimetr va detsimetr toʻlqindagi apparatlarning toʻgʻri nurlanish maydonida xodimning boʻlishi man etiladi.
101. Ultrabinafsha nurlari bilan ishlashda, xodim koʻzini nurlanishdan saqlash uchun yorugʻlik filtrli yopiq himoya koʻzoynaklaridan foydalanishi kerak.
102. Xodimga infraqizil nurlarining zararli taʼsiriga va boshqa yonayotgan lampaga uzoq vaqt qarashi man etiladi.
103. Ultratovush apparatlaridan foydalanishda xodim ish vaqtining 50 foizi ultratovushli ish jarayoniga toʻgʻri kelganida har 1,5 soat orasida 15 daqiqa tanaffus berilishi lozim.
104. Ultratovush hosil boʻladigan muhit bilan xodimning qoʻlini toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻlishi man etiladi.
105. Ultratovush muolajalarini oʻtkazish jarayonida xodim paxta matoli qoʻlqop bilan ishlashi kerak.
106. Apparat ishlayotgan vaqtda xodim apparatning ishchi qismiga tegishi man etiladi.
5-§. Lazer qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik talablari
107. Lazer qurilmalaridan foydalanish SanQvaM 5804-91 “Lazer qurilmalari va ulardan foydalanishda sanitariya qoidalari va meʼyorlari” talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
108. Tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan lazer qurilmalaridan xavfsiz foydalanish va nosozlikni bartaraf qilish uchun javobgar xodim tayinlanishi kerak.
109. Lazer qurilmalaridan foydalanuvchi xodim lazer nurlari toʻlqinining uzunligini hisobga olgan holda GOST 12.4.013-85 talablariga muvofiq svetofilterli yopiq himoya koʻzoynaklaridan foydalanishi shart.
6-§. Sterilizatsiya qilish jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik talablari
110. Sterilizatsiya qilish jihozlaridan foydalanishga quyidagi hollarda ruxsat berilmaydi:
himoyalovchi klapanlarda nuqson boʻlganda;
ekspluatatsiya boʻyicha yoʻriqnomaga rioya qilingan boʻlsa ham sterilizatorda belgilangan bosim meʼyoridan oshganda;
sterilizator elementlarida yoriq, doʻppayib turgan joylar, boltlar mahkamlangan joyida oqish boshlanganda, qistirmalarda yoriq paydo boʻlganda;
manometrlarda nuqson yuzaga kelganda yoki ularni tekshirish muddati oʻtib ketganda;
suyuqlik miqdori koʻrsatgichida nuqson paydo boʻlganda;
himoyalovchi blokirovkalangan qurilmalarda nuqson aniqlanganda;
nazorat-oʻlchash asboblari va avtomatika vositalari yoʻq boʻlganda yoki ularda nuqson aniqlanganda;
qismlar birikkan joyda kondensat oqimi paydo boʻlganda (texnologik bugʻ chiqarilayotganda);
mahkamlovchi detallar, qopqoqlarning nosozligi va but emasligida, sterilizator tashqi yuzasining temperaturasi koʻtarilganda.
111. Sterilizatsiya xonasi havo tortadigan ventilyatsiya sistemasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Xonaning eshigi tashqariga ochiladigan boʻlishi zarur. Xonaning eshigi oynali boʻlmasligi kerak.
112. Xonada faqat sterilizatorlar joylashgan boʻlishi lozim.
113. Sterilizatorlar devordan 0,8 metr uzoqlikda joylashtirilishi kerak. Shkaf koʻrinishidagi sterilizator uchun esa uning qopqogʻi ochiladigan tomonga 1,5 metr masofa belgilanadi.
114. Elektr sterilizatsiyalash xonasidagi pol tok oʻtkazmaydigan materialdan boʻlishi kerak.
115. Poli plitali xonalarda rezina dielektrik gilamchalar bilan qoplangan sharoitda elektrik sterilizatordan foydalanishga ruxsat beriladi.
116. Sterilizatsiya xonalarida yongʻinga qarshi ishlatiladigan vositalar va zarur boʻlganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun kerak boʻladigan tibbiyot qutichasi mavjud boʻlishi kerak.
117. Rubilniklar va avtomatik oʻchirgichlar poldan 1,6 metr balandlikda, sterilizatordan 1 metrdan uzoq boʻlmagan joyda oʻrnatilishi lozim.
IV. Tibbiyot texnikasini montaj qilish, taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari
1-§. Tibbiyot texnikasini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishning umumiy xavfsizlik talablari
118. Tashkilotning taʼmirlash xizmati tibbiyot texnikalarining mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
119. Tibbiyot texnikalarini zarur texnik holatda saqlab turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejali oldini olishga qaratilgan taʼmirlashni bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
120. Ishlayotgan bino va xonalarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
121. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bu ishlarga masʼul rahbar bilan kelishilishi lozim.
122. Tibbiyot texnikasini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda ish joyini tayyorlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
tokning oʻchirilgan boʻlishi hamda uni ehtiyotsizlik tufayli yoki oʻz-oʻzidan ishlab ketishining oldini olish;
boshqarish tizimiga “Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!” degan taqiqlovchi belgilarni osib qoʻyish va zarurat boʻlganida toʻsiqlar qoʻyish;
ish boshlash oldidan tok oʻtuvchi qismlarda kuchlanishning yoʻqligini tekshirib koʻrish.
123. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek texnik koʻrik va sinovdan oʻtkazish muddati tugagan mexanizmlardan foydalanish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Taʼmirlash ishlarida bino ichida yuqori kuchlanishdagi elektr tibbiy apparaturasi bilan ishlarni amalga oshirishda yerga koʻmilgan predmetlar, jumladan, vodoprovod, isitish va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimining metall quvurlari yogʻoch toʻsiq bilan (ish vaqtida tegib ketmaslik uchun) himoyalangan boʻlishi lozim.
(124-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
125. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
126. Taʼmirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta toʻshamalarning oʻrnatilishi xavfsizlik talablariga javob berishi hamda xodimlar himoya kamarlaridan foydalanishlari shart.
127. Barcha taʼmirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
128. Taʼmirlash ishlari tugagach toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joylariga oʻrnatilishi lozim.
129. Tibbiyot texnikasini davriy koʻrikdan oʻtkazish ishlari tashkilotning taʼmirlash xizmati tomonidan muhandis-texnik xodimning rahbarligi ostida oʻtkazilishi lozim.
130. Tibbiyot texnikasini koʻrikdan oʻtkazish paytida nuqsonlar topilsa, ularning sababini aniqlash va bartaraf qilish uchun tegishli choralar koʻrilishi lozim.
2-§. Tibbiyot texnikasining montaj qilishda xavfsizlik talablari
131. Montaj qilish va yuk koʻtaruvchi mexanizmlarni ishga yaroqliligini taʼminlash va yuklarni tashish ishlarining xavfsizligi uchun javobgarlik tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tegishli kasb malakasiga ega boʻlgan muhandis-texnik xodimlarga yuklatilishi lozim.
132. Tibbiyot texnikasini montaj qilishda yuk koʻtaruvchi va montaj qiluvchi mexanizmlar va moslamalar bilan ishlash jarayonida ishtirok etadigan xodimlar xavfsizlik qoidalariga amal qilishi lozim.
133. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
134. Tashkilotda ishlatiladigan barcha tibbiyot texnikalari, mexanizmlar va moslamalar bajarilayotgan ishning xususiyatiga mos va hamisha soz holda boʻlishi lozim.
135. Yuqori kuchlanishda boʻlgan elektr tibbiyot texnikasini sozlashda xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:
kuchlanishda boʻlgan elektr toki oʻtgan qismlari sozlovchining roʻparasida yoki faqat bir yonbosh tomonida joylashtirilgan boʻlishi;
ishlash jarayonida apparaturani sozlovchi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish;
tibbiyot texnikasini sozlovchi xodim yaxshi izolyatsiyalangan himoya vositalaridan va moslamadan foydalanishi.
136. Tibbiyot texnikasini boshqarish ishlari boshlangunga qadar ishlash uchun quyidagi zarur boʻlgan asboblarning mavjudligini va himoya vositalarining yaroqliligini tekshirib koʻrishi lozim:
elektr kavsharlagichning korpusida qisqa tutashish yoʻqligi;
izolyatsiyalangan dastalarning mavjudligi;
dielektrik qoʻlqoplardan foydalanishda uning yaroqliligi;
dielektrik rezina gilamchadagi shtamp boʻyicha yaroqlilik muddati va mexanik nuqsonlarning yoʻqligi;
tok oʻtkazuvchi simlarda izolyatsiya nuqsonlarining yoʻqligi.
137. Tibbiyot texnikasini montaj qiluvchining yuqori kuchlanishda boʻlgan va izolyatsiyalanmagan elektr toki qismiga toʻsatdan tegib ketishini himoyalovchi, izolyatsiyalangan vositalardan va moslamalardan foydalanishi lozim.
138. Tibbiyot texnikasi montaj qilinayotganda u shunday joylashtirilishi kerakki, bunda 100 V dan yuqori kuchlanishga ega boʻlgan elektrolitik kondensatorlar apparat sozlovchining yuzi roʻparasida boʻlmasligi va qoʻshni ish joylariga qaratilmagan boʻlishi lozim.
139. Tibbiyot texnikasidagi nosozliklarni aniqlashda nazorat-oʻlchash asboblarining barcha turdagi oʻchirish-yoqish ishlari (jihozlar tarkibiy qismlari rejimini oʻlchash) elektr kuchlanishdan toʻliq uzilgan holda amalga oshirish lozim. Kuchlanishda boʻlgan apparatlarni tekshirish va montaj qilish taqiqlanadi.
140. Yerga nisbatan shassisida kuchlanishga ega boʻlgan avtotransformatorli sxema orqali kuchlanish oladigan tibbiyot texnikasi, ajratuvchi transformator bilan tarmoqqa ulanishi va bunda har qaysi transformatorga faqat bitta tibbiyot texnikasi ulanishi lozim.
141. Tibbiyot texnikasini elektr manbaidan oʻchirmasdan turib, shuningdek apparat korpuslarini ochib qoʻygan holda elektr toki oʻtuvchi qismlarga tegish taqiqlanadi.
142. Tibbiyot texnikasini sozlashda, texnik xizmat koʻrsatishda va boshqa ishlarda kuchlanish berilishidan oldin, uning metall korpuslari yerga sim orqali ulangan boʻlishi lozim.
143. Montaj jarayonida tibbiyot texnikasini rozetkaga vilkasiz, ochiq simlar yordamida ulash taqiqlanadi.
144. Tibbiyot texnikasini kuchlanishni oʻchirmasdan turib ishlarni amalga oshirishning iloji boʻlmagan hollarda (sozlash, rejimlarni oʻlchash, oʻchirib-yoqish uskunasida yaxshi kontakt boʻlmasligi, tokning yoʻqolib qolishini oʻlchash) kuchlanish ostida ishlashga ruxsat beriladi. Bunday hollarda xodim kuchlanish ostidagi qismga tegib ketishdan ehtiyot boʻlishi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy rioya qilishi lozim.
3-§. Rentgen apparatlarini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari
145. Rentgen nurlanishini markazlashtirish va uni optik markaz bilan mos tushirishda nurlanish miqdorini yetarli darajada kamaytirishning iloji boʻlmaganda, himoyalanish rentgen apparatini yoqib qoʻyish vaqtini qisqartirish hisobidan amalga oshirilishi lozim.
146. Rentgen tasvirini televideniye orqali kuchaytiruvchi asboblarni sozlash va tuzatishda texnologik usullarni qoʻllash lozim.
147. Rentgen kabinetlaridan tashqarida (remont korxonasida, palatalarda) rentgen apparatlarini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda, shuningdek, rentgen nurlantiruvchi bilan ishlashda quyidagilarga amal qilish lozim:
nurlantiruvchining tashqi teshigini eng kichik holatga keltirish yoki qoʻrgʻoshin berkitkich bilan yopib, polning chetiga va odamlar yoʻq tomonga yoʻnaltirish;
xodimning nurlantiruvchi manbadan bir muncha uzoqda boʻlishini taʼminlash;
individual himoya vositalaridan va harakatlantiruvchi himoya toʻsiqlaridan foydalanish.
148. Organizmga qoʻrgʻoshin tushishining oldini olish uchun:
qoʻrgʻoshin qoʻshilgan rezinadan boʻlgan qoʻlqop tagidan yupqa paxta qoʻlqop kiyish;
qoʻrgʻoshin qoʻshilgan rezinadan boʻlgan shaxsiy himoya vositalari bilan bajariladigan ishlar tugagandan keyin qoʻlni issiq suvda sovunlab yoki himoyalovchi kukun bilan yuvish kerak.
149. Rentgen kabinetida ovqatlanish va chekish taqiqlanadi.
150. Xodim ishlayotgan joy kerakli moslama va qurilmalar bilan toʻsilgan, oʻrab olingan boʻlishi lozim.
151. Ishlardagi tanaffuslarda va mexanizatsiyalashgan asbobni boshqa joyga koʻchirganda uni tok manbaidan oʻchirib qoʻyish kerak.
152. Ishlovchi dvigateli boʻlgan, mexanizatsiyalashgan asbobni nazoratsiz va elektr manbaiga ulangan holda qoldirish taqiqlanadi.
153. Rentgen apparatining alohida qismlarini oʻrnatish oldidan qurilmaning mustahkamligini va ular montaj qilinadigan konstruksiyalarning mustahkamligini tekshirish kerak.
154. Oʻrnatilgan detallarni, apparat qismlarini va boshqa qurilmalarni yaxshi qotirmagan holda qoldirish taqiqlanadi.
155. Yigʻilgan konstruksiyalardagi teshiklarning moslashuvini barmoqlar bilan tekshirib koʻrish taqiqlanadi.
156. Ish vaqti tugagandan keyin ish joyini tozalash, tartibga keltirish, apparatlarni elektr manbaidan oʻchirish lozim.
157. Taʼmirlash ishlarini bajarayotgan xodimlarning himoyalovchi vositalardan foydalanmasdan va elektr kuchlanishni oʻchirmasdan turib ishlashi taqiqlanadi.
158. Taʼmirlash ishlarini boshlash oldidan bu ishlar uchun masʼul boʻlgan ish joyida elektromexaniklarni texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazishi lozim.
159. Taʼmirlash ishlarini boshlash oldidan elektromexaniklar rentgen apparatidan foydalanish boʻyicha hujjatlar bilan tanishtirilishi va ish jarayonida belgilangan talablarni qatʼiy bajarish lozim.
160. Rentgen apparatini tok manbaiga ulashni talab qiladigan yuqori voltli transformatorning birlamchi oʻramini tok bilan taʼminlaydigan simlar va yuqori volt zanjirda taʼmirlash ishlari bajarilayotganda, birlamchi oʻramning chiqish qismi uzilgan boʻlishi kerak.
161. Taʼmirlash ishlarini boshlash oldidan zarur boʻlganda transformator yogʻining dielektrik mustahkamligini tekshirish, nuqsonlar paydo boʻlgan joylarni aniqlash va shu asosda texnika xavfsizligi boʻyicha tegishli choralar qoʻllash lozim.
162. Rentgen apparati elementlarini kavsharlash, almashtirish va montaj qilishda, shuningdek, yuqori kuchlanishli kabellarni ulash va ajratishda rentgen apparati devor shiti yordamida tok manbaidan uzilgan boʻlishi lozim. Rentgen apparati tok manbaidan uzilgandan keyin “Yoqilmasin. Odamlar ishlayapti” degan yozuv osib qoʻyilishi kerak.
163. Yuqori voltli (kuchlanishli) kabellarning uchlari devordan, odamlardan va metall predmetlardan eng kamida 1 metr uzoqlikka osib qoʻyilishi kerak.
164. Tarmoq kuchlanishi uzilgandan soʻng maxsus yuqori voltli razryadsizlantiruvchi yordamida hajmiy zaryadni zaryadsizlantirish kerak.
165. Rentgen nur tarqatuvchisi ochilganda yuqori kuchlanishli kabellar yuqori kuchlanishli transformatordan ajratib qoʻyilishi kerak. Rentgen trubkalarining anod toklarini tuzatishda millikulonometrlardan foydalanish lozim. Nurlanish miqdorini kamaytirish uchun chiqish teshiklari qoʻrgʻoshin yopqichlar bilan yopilgan boʻlishi zarur.
166. Rentgen televizion qurilmalarni taʼmirlashda nurlanish darajasini minimumgacha qisqartirish mumkin boʻlgan ish usullaridan foydalanish zarur.
167. Agar rentgen apparatining biron bir agregati oʻchirilgan boʻlsa, ushbu oʻchirilgan joylar izolyatsiya qilinishi va bu haqda tibbiyot xodimlari ogohlantirilishi lozim.
4-§. Rentgen apparatini montaj qilishda xavfsizlik talablari
168. Rentgen apparatini montaj qilish ishlarini qurilish va sanitariya normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan, qurilish, taʼmirlash va elektromontaj ishlari yakunlangan xonada amalga oshirishga ruxsat etiladi.
169. Montaj ishlarini boshlash oldidan xodim quyidagilarni:
rentgen apparatining butlanganligini tekshirib koʻrishi;
montaj qilinishi lozim boʻlgan rentgen apparatining texnik hujjatlari bilan tanishishi;
kabinet loyihasiga muvofiq rentgen apparatini oʻrnatish joyini belgilashi;
asboblarning sozligiga yana bir bor ishonch hosil qilishi lozim.
170. Xodim rentgen apparatini montaj qilishda uning montaj va foydalanish boʻyicha hujjatlarda koʻrsatilgan talablarini bajarishi hamda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi lozim.
5-§. Fizioterapevtik apparatlarni taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari
171. Fizioterpevtik apparatlarni foydalanishga topshirishda va unga texnik xizmat koʻrsatishda quyidagilardan saqlanishi kerak:
elektr tokidan shikastlanishdan;
ultrayuqori va juda yuqori nurlanish elektr magnit maydonlarining taʼsiridan;
ultrabinafsha va infraqizil nurlarning taʼsiridan.
172. Simobli-kvarsli gorelkalar, bakteritsidli nurlovchilar bilan ishlaganda xodim koʻz yon tomoni devorli himoya qiluvchi gardishli maxsus koʻzoynaklardan foydalanishi lozim.
173. GOST 12.1.006-84 talablariga muvofiq elektromagnit maydonining kuchlanish (EMMK) diapazoni 60 kGs — 300 MGs boʻlganda ish joylarida va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar boʻlishi mumkin boʻlgan joylarda quyidagi yoʻl qoʻyiladigan miqdordan oshmasligi kerak:
elektr maydoni boʻyicha, V/m.
60 kGs dan 3 MGs gacha chastotalar uchun — 50 V/m;
3 MGs dan 30 MGs gacha chastotalar uchun — 20 V/m;
30 MGs dan 50 MGs gacha chastotalar uchun —10 V/m;
50 MGs dan 300 MGs gacha chastotalar uchun — 5 V/m;
magnit maydoni boʻyicha, A/m.
60 kGs dan 1,5 MGs gacha chastotalar uchun — 5 A/m;
30 MGs dan 50 MGs gacha chastotalar uchun — 0,3 A/m.
300 M Nz — 300 GGs chastotali diapazonlardagi ish joylarida va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar boʻlishi mumkin boʻlgan joylarda EMMK energiya oqimining yoʻl qoʻyiladigan zichligi, nurlanish maydonlarida boʻlish vaqtida organizmga energiya taʼsirining yoʻl qoʻyiladigan miqdoridan kelib chiqqan holda oʻrnatilishi lozim.
174. Xodim tanasining ochiq joylarini ultrabinafsha nurlaridan himoyalash uchun apparatning reflektori undagi qopqoq bilan yopilgan boʻlishi, ular mavjud boʻlmagan holatda esa mustahkam materialdan tikilgan mato bilan yopilgan boʻlishi kerak.
175. Xodim koʻzlarini infraqizil nurlar bilan nurlanishdan saqlashi uchun, u yoniq turgan lampaga uzoq vaqt qaramasligi lozim.
6-§. Laboratoriya jihozlarini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari
176. Laboratoriya jihozini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda jihozdan foydalanish va uni taʼmirlashga oid normativ texnik hujjatlar talablariga va yoʻriqnomalarga amal qilish zarur.
177. Sentrifugalarni taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda quyidagilarga amal qilish lozim:
mexanizmlarni yigʻish va taʼmirlashda harakatlanuvchi qismlarda, silindrlarda har xil boltlar, gaykalar va boshqa asboblarni unutib qoldirmaslikka;
oʻnqir-choʻnqirlari, yoriqlari va boshqa nuqsonlari mavjud shkivlardan foydalanmaslikka;
sentrifugani barcha zarur detallarini yaxshilab mahkamlangandan keyin ishga tushirishga;
sentrifugani stakanlar va probirkalar bilan toʻldirishda juft teng muvozanatda boʻlish qoidasiga;
sentrifugani elektr manbaiga ulashdan oldin qopqogʻining korpusga mustahkam qotirilganligini tekshirib koʻrishga;
sentrifugani elektr manbaiga ulash reostat yordamida ohista amalga oshirilishi, oʻchirishda rotor toʻliq toʻxtaguncha kutib turishga.
178. Mikrotomlar, separatorlar va maydalagichlar bilan ishlashda harakatlanayotgan pichoqning tagiga qoʻlning va boshqa predmetlarning tushib qolishidan ehtiyot boʻlish kerak.
179. Ultrayuqori va juda yuqori nurlanish termostatlarni taʼmirlashda va ularga texnik xizmat koʻrsatishda, unga tez alangalanuvchi jismlar, kislota va ishqorni qoʻyish taqiqlanadi.
180. Elektr plitalar, mufel pechlar va boshqa isitish asboblari asbest yoki issiq izolyatsiyalangan materialga oʻrnatilishi kerak.
181. Termostatlar va distillyatorlarga dastlab suv quymasdan turib ularni ishga tushirish taqiqlanadi.
182. Jihozlarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish oldidan, ularning yuza qismi dezinfeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantirilishi lozim.
183. Laboratoriya jihozlarini koʻzdan kechirish va taʼmirlashdan oldin tibbiyot xodimlari ogohlantirilishi va tok taʼminoti uzilishi lozim.
7-§. Sterilizatsiya qilish jihozlarini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari
184. Sterilizatsiya qilish jihozlarini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatish jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:
qopqoqlar yaxshi mahkamlanmagan holatda sterilizatorga bugʻ berish;
sterilizatsiya kamerasida tashqaridagi harorat va bosimdan ortiq miqdorda bosim hamda harorat mavjud boʻlganda sterilizator qopqogʻini ochish yoki uning mahkamligini bir oz boʻshatish;
bugʻ hosil qiluvchi mexanizm bochkasida suv miqdori yetarlicha boʻlmaganda sterilizatorni ishga tushirish;
sterilizator ishlayotgan vaqtda bugʻ hosil qiluvchi mexanizm bochkasiga suv quyish;
qopqoqlarni ochiq qoldirish;
sterilizator ishlayotgan vaqtda uning himoyalovchi klapanlarini toʻgʻrilash hamda uning boshqa elementlarini taʼmirlash.
185. Elektromexanik quyidagilarni tekshirib koʻrishi kerak:
manometrlarni va shlanglarni belgilangan muddatlarda texnik tekshiruvdan oʻtkazilganligi;
sterilizatorlar pasportida va texnik xizmat koʻrsatish jurnalida tegishli maʼlumotlarning mavjudligi;
sterilizatorlarda ruxsat berilgan ishchi bosimi va uning texnik koʻrikdan oʻtish (ichki koʻrik va gidravlik sinov) muddati koʻrsatilgan yozuvlarning mavjudligi;
sterilizatsiya xonasida mehnatni muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomaning mavjudligi.
186. Sterilizatorni taʼmirlash ishlaridan keyin, sinovdan oʻtkazish lozim.
187. Sinov natijasidan kelib chiqqan holda sterilizatorni ishlatishga ruxsat berish yoki taqiqlash lozim.
V. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
188. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
189. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(189-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VI. Yakuniy qoida
190. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Toshkenttibtexnika” OAJ “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2010-yil 26-oktabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2010-yil 26-oktabr
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2010-yil 26-oktabr
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2010-yil 26-oktabr
“Toshkenttibtexnika”OAJ Boshqaruvi raisi U. MAMATQULOV
2010-yil 26-oktabr
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2010-yil 26-oktabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2010-yil 15-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 12-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)