Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 06.10.1997 yildagi PF-1869-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

TAʼLIM-TARBIYA VA KADRLAR TAYYORLASh TIZIMINI TUBDAN ISLOH QILISh, BARKAMOL AVLODNI VOYAGA YETKAZISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud taʼlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga koʻtarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada taʼlim-tarbiya tizimini tubdan oʻzgartirish yoʻlida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar mohiyatini keng jamoatchilik tomonidan chuqur anglab olinishiga har tomonlama sharoit yaratish — davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, taʼlim-tarbiya muassasalari xodimlarining eng dolzarb vazifalari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy dasturni amalga oshirish Respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosati tamoyillarini hayotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika vazirliklari, idoralari va muassasalari hamda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarning taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh etish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash tizimi huquqiy-meʼyoriy asosini Milliy dastur talablariga mos ravishda qayta koʻrib chiqishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlimning barcha bosqichlari uchun davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga tatbiq etishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim tizimining Milliy modelini amalga oshirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarga boʻlgan talab va taklifni oʻrganish asosida taʼlim tizimining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch yillik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari tizimini Milliy dastur talablari asosida tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro donorlar, xorijiy investorlar, jamgʻarma va jamoat tashkilotlarining mablagʻlarini jalb etish va ulardan unumli foydalanishga sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturning bajarilishi haqida ommaviy axborot vositalari orqali muntazam maʼlumot berib borishni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ustuvor vazifalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari va ular uchun masʼul ishchi guruhlari tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhlar faoliyatiga yuqori malakali mutaxassislar va olimlar hamda xorijiy ekspertlarni keng jalb etish nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-iyuldagi PF-3272-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonda belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 6-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1869-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 275-modda; 2000-y., 4-son, 115-modda)