Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2020 29.08.1997 yildagi 463-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur dastur Oʻzbekistan Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-sonli “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning maʼnaviy yangilanishini, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qoʻshilishni taʼminlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson, uning har tomonlama uygʻun kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini roʻyobga chiqarishning sharoitlarini va taʼsirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini oʻzgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan boʻlib, milliy tajribaning tahlili va taʼlim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini roʻyobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, taʼlim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta oʻzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida oʻz javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. MUAMMOLAR VA KADRLAR TAYYORLASh TIZIMINI TUBDAN ISLOH QILISh OMILLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. RIVOJLANIShNING ERIShILGAN DARAJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning oʻziga xos yoʻlini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qoʻydi va qator chora-tadbirlar koʻrishni: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunni joriy etishni (1992-yil); yangi oʻquv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik taʼminotni ishlab chiqishni; oʻquv yurtlarini attestatsiyadan oʻtkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi taʼlim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bogʻchalari hamda “bolalar bogʻchasi-maktab” majmui tarmogʻi rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa sanʼati, kompyuter savodxonligi asoslarini oʻrgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tipdagi maktablar va umumtaʼlim oʻquv yurtlari tarmogʻi rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. “Sogʻlom avlod uchun”, “Maʼnaviyat va maʼrifat”, “Iqtisodiy taʼlim”, “Qishloq maktabi”, “Rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalarni tiklash” va boshqa tarmoq dasturlari roʻyobga chiqarilmoqda. Respublika umumtaʼlim maktablarida 435 mingdan ortiq oʻqituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy maʼlumotlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika taʼlimini qayta tashkil etishga kirishildi. Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ming kishini taʼlim bilan qamrab olgan 442 oʻquv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlangʻich kasb-hunar taʼlimi oʻquv yurtlarida qariyb 20 ming oʻqituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada jami 197 ming kishi taʼlim olayotgan 258 oʻrta kasb-hunar taʼlimi oʻquv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming oʻqituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy oʻquv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni oʻz ichiga oladi, ularda 164 ming talaba taʼlim olmoqda; 16 universitetning oʻn ikkitasi Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi. Oliy oʻquv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming oʻqituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy taʼlimda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yoʻnalishga oʻtkazish ishi olib borilmoqda, oʻquv yurtlarining tarmogʻi kengaymoqda, universitet taʼlimi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari boʻyicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni koʻp bosqichli tizimga oʻtkazish amalga oshirilmoqda. Abituriyentlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilgʻor usullari joriy etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. Respublikada qariyb 4 ming aspirant boʻlib, ulardan 69 foizi oliy taʼlim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida taʼlim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtidorli bolalar va oʻquvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Isteʼdodli oʻsmir va qizlarni izlab topish, ularga koʻmaklashish, ularning qobiliyati va isteʼdodini oʻstirish boʻyicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi oʻquv yurtlari va ilmiy markazlarda oʻqitish va stajirovkadan oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan va taʼlim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunga qaramay, sodir etilgan oʻzgartirishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlay olmadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. KAMChILIKLAR VA MUAMMOLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik oʻzgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, oʻquv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli oʻquv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, taʼlim tizimi, fan va ishlab chiqarish oʻrtasida puxta oʻzaro hamkorlik va oʻzaro foydali integratsiyaning yoʻqligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim-tarbiya va oʻquv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bogʻlash, yaʼni uzluksiz taʼlim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi taʼlim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutaxassislar tayyorlash, taʼlim-tarbiya tizimi jamiyatda boʻlayotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan bogʻlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda. Bogʻcha yoshidagi bolalarning 25 foizigina maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi oʻrtasida sezilarli tafovut mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktablarda va boshqa oʻquv yurtlarida taʼlim jarayonining oʻzidagi va oʻqitish uslubiyatidagi har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, oʻquvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolayapti, oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yoʻq. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda oʻz oʻrnini aniqlay olmaydi. Ularda oʻzlariga ishonch shakllangan emas, oʻrta maktab bitiruvchilarining 10 foizigina oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirmoqda, xolos.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy toʻqqiz yillik taʼlimga asoslangan oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim ilmiy asoslanmagandir, u oʻquvchilarda kasbga yoʻnaltirish va taʼlimning amaliy yoʻnalganligi yetarli darajada boʻlishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyati koʻnikmalari shakllanishini taʼminlamayapti. Har yili tayanch maktablarning 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar taʼlimini davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim tizimidagi mavjud umumtaʼlim va kasb-hunar dasturlari oʻrtasida uzviylik va vorislikning yoʻqligi sababli tayanch va oʻrta maktab bitiruvchilarida kasbga yoʻnaltirilganlik va mehnat faoliyati koʻnikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar oʻz qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yoʻlini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv jarayoni bilim darajasi oʻrtacha boʻlgan oʻquvchilarga moʻljallangan boʻlib, taʼlimning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi oʻquv dasturlari boʻyicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti, oʻquv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan toʻliq holi boʻlganicha yoʻq, ularda maʼnaviyat va axloq asoslarini oʻrgatuvchi, iqtisodiy huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha oʻrin berilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi taʼlim muassasalariga oʻtish koʻproq ogʻizda boʻlib, amalda esa ularda taʼlim eskirib qolgan moddiy-texnika va oʻquv-uslubiy bazasida, tegishli qayta tayyorgarlikdan oʻtmagan oʻqituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir bosqichli oliy taʼlim mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy oʻzgarishlarni va ilgʻor xalqaro tajribani toʻliq hajmda hisobga olmayotir. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda oʻquv yurtlari yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular kasbiy mehnat bozorining oʻzgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashib bormayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash jarayoniga yetarli darajada qoʻshilganlari yoʻq. Davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, taʼlim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish vazifalari belgilab olinmagan. Oʻquvchilarning bilim darajasini baholash tizimi obyektivlik va tezkorlikni taʼminlamaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar taʼlimining obroʻsi hamda oʻqituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Taʼlim xizmati koʻrsatish va kadrlar tayyorlash sohasida marketing mavjud emas, taʼlim tizimini koʻp variantli moliyalash sxemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda baholash tizimi qoniqarsiz ishlamoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik koʻrmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo boʻlib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Maktabgacha taʼlim sohasidagi jami tarbiyachi va pedagoglarning atigi 20 foizi oliy maʼlumotlidir. Maktablarning oʻqituvchilar bilan taʼminlanganligi oʻrtacha 93 foizni tashkil etgani holda, bu koʻrsatkich ayrim viloyatlarda 77-80 foizdan, muayyan fanlar boʻyicha esa 50 foizdan oshmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning oʻrtacha yoshi “ulgʻayib” bormoqda. Respublika oliy oʻquv yurtlarida 40 yoshga toʻlmagan fan doktorlari jami fan doktorlarining 0,9 foizini, 50 va undan katta yoshdagilari esa 79 foizini tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasiga tasdiqlanganlar oʻrtacha 50, fan nomzodlari esa 36 yoshdadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. ISLOH QILISh OMILLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yoʻlidan izchil ilgarilab borayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat iqtisodiyotida tub oʻzgartirishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xomashyo yoʻnalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yoʻliga izchil oʻtayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining kengayayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va taʼlim ustuvorligi qaror topganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy oʻzlikni anglashning oʻsib borishi, vatanparvarlik, oʻz vatani uchun iftixor tuygʻusining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy anʼanalarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqeyi va obroʻ-eʼtiborining mustahkamlanib borayotganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. MILLIY DASTURNING MAQSADI, VAZIFALARI VA UNI ROʻYoBGA ChIQARISh BOSQIChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. DASTURNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur dasturning maqsadi taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan toʻla xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu maqsadni roʻyobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq taʼlim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat taʼlim muassasalari hamda taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida taʼlim tizimini yagona oʻquv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini koʻtarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning va maʼrifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va kadrlar tayyorlash, taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda taʼlimning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat koʻrsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini taʼminlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, fan va ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini taʼminlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablagʻlar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash sohasida oʻzaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. DASTURNI ROʻYoBGA ChIQARISh BOSQIChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich roʻyobga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqich (1997 — 2001-yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq taʼlim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va maʼnaviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qoʻyiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat taʼlim standartlarini yaratish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-uslubiy majmualarning hamda taʼlim jarayoni didaktik va axborot taʼminotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi uchun zarur moddiy-texnika, oʻquv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va kadrlar tayyorlashga budjetdan tashqari mablagʻlar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish, davlat taʼlim muassasalari bilan bir qatorda nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantirishni ham nazarda tutgan holda taʼlim xizmati koʻrsatish sohasida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimini, kadrlar tayyorlash sifati va ularga boʻlgan ehtiyojning monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish, kadrlar tayyorlashda xalqaro donorlik tashkilotlari va fondlari faoliyatiga tegishli sharoitlar yaratish, shuningdek respublika taʼlim sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish boʻyicha real chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning monitoringini olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bosqichda bolalarni olti-yetti yoshdan maktabga qabul qilish, ularning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanganligini eʼtiborga olgan holda amalga oshiriladi. Taqozo etilayotgan oʻquvchi oʻrinlari zarur moddiy-texnika shart-sharoitlari va pedagog kadrlar bilan taʼminlangan holda izchil tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi bosqich bajarilishining monitoringi asosida Milliy dasturni roʻyobga chiqarish yoʻnalishlariga aniqliklar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi bosqich (2001 — 2005-yillar) Milliy dasturni toʻliq roʻyobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga, shuningdek oʻquvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan taʼlimga oʻtish toʻliq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan toʻldirish taʼminlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, oʻquv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli oʻquv adabiyotlari va ilgʻor pedagogik texnologiyalar bilan taʼminlanadi. Uzluksiz taʼlim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim xizmat koʻrsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari toʻliq ishga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) toʻplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, oʻquv-tarbiya jarayoni yangi oʻquv-uslubiy majmualar, ilgʻor pedagogik texnologiyalar bilan toʻliq taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy (elita) oliy taʼlim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga oshiriladi. Kasb-hunar taʼlimi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va oʻzini oʻzi boshqarishi shakllari mustahkamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz taʼlim tizimi jahon axborot tarmogʻiga ulanadigan kompyuter axborot tarmogʻi bilan toʻliq qamrab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. KADRLAR TAYYORLAShNING MILLIY MODELI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, taʼlim sohasidagi xizmatlarning isteʼmolchisi va ularni amalga oshiruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamiyat — taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi boʻlib, taʼlimning barcha turlarini, davlat taʼlim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat koʻrsatish muhitini oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish kadrlarga boʻlgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash jarayonining qatnashchisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va jamiyat uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq boʻlishini va hayot oʻzgarishlariga moslashuvchanligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, taʼlim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilgʻor tajribasini hisobga olish uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor boʻlib, uning rivojlanishi omillaridan biridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. ShAXS
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bogʻliq boʻlgan uzluksiz taʼlim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi boʻyicha mehnat qilish huquqi roʻyobga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi standartlari orqali sifatli taʼlim olish, shuningdek taʼlim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan oʻtish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim xizmatlarining isteʼmolchisi sifatida shaxsga davlat taʼlim standartlari orqali sifatli taʼlim olish va kasb-hunar tayyorgarligi koʻrish kafolatlanadi. Taʼlim olish jarayonida shaxs davlat taʼlim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs taʼlim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, taʼlim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat koʻrsatadi va oʻz bilimi va tajribasini oʻrgatishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. DAVLAT VA JAMIYAT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha taʼlim muassasalarining faoliyatini uygʻunlashtiruvchi sifatida faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va oʻz malakasini oshirish huquqlari roʻyobga chiqarilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy umumiy oʻrta taʼlim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida taʼlim olish yoʻnalishini tanlash huquqi asosida majburiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim olish huquqiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat taʼlim muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim oluvchilarning oʻqishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliq va rivojlanishda nuqsoni boʻlgan shaxslar taʼlim olishiga kafolat beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. UZLUKSIZ TAʼLIM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzluksiz taʼlim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3.1. Uzluksiz taʼlimni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning demokratlashuvi taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga oʻtilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning insonparvarlashuvi inson qobiliyatlarining ochilishi va uning taʼlimga nisbatan boʻlgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning ijtimoiylashuvi taʼlim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi taʼlimning milliy tarix, xalq anʼanalari va urf-odatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va tarbiyaning uzviy bogʻliqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga taʼlimning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3.2. Uzluksiz taʼlimni isloh qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzluksiz taʼlim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, oʻqituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va nodavlat taʼlim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, taʼlim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda taʼlim va kasb-hunar taʼlimi dasturlarini tubdan oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy umumiy oʻrta taʼlimdan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga oʻtilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus, kasb-hunar taʼlimining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi oʻquv muassasalarini vujudga keltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor texnologiyalarni keng oʻzlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar, chet el investitsiyalari koʻlamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bogʻliq yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida taʼlimning barcha darajalari va boʻgʻinlarida taʼlim oluvchilarning maʼnaviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, taʼlim muassasalarini mintaqalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni maʼnaviy-axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar bilan taʼminlash mexanizmlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlimni fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyalashtirishning puxta mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilm-fan bilan bogʻliq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tub yerli millatga mansub boʻlmagan shaxslar zich yashaydigan joylarda ular oʻz ona tillarida taʼlim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning barcha darajalarida taʼlim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiyena taʼlimi hamda tarbiyasini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3.3. Uzluksiz taʼlim tizimi va turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi davlat taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi asosida taʼminlanadi va quyidagi taʼlim turlarini oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabdan tashqari taʼlim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy modelining oʻziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi toʻqqiz yillik umumiy oʻrta hamda uch yillik oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini joriy etishdan iboratdir. Bu esa, umumiy taʼlim dasturlaridan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi dasturlariga izchil oʻtilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy taʼlim dasturlari: maktabgacha taʼlim, boshlangʻich taʼlim (I-IV sinflar), umumiy oʻrta taʼlim (I-IX sinflar), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-xunar taʼlimi dasturlarini oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy (bakalavriat, magistratura) taʼlim va oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAKTABGAChA TAʼLIM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim bola sogʻlom, har tomonlama kamol topib shakllanishini taʼminlaydi, unda oʻqishga intilish hissini uygʻotadi, uni muntazam taʼlim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha taʼlim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha taʼlim maqsadi va vazifalarini roʻyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlimning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, texnik vositalar, oʻyinchoqlar va oʻyinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha muassasalarning har xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha massalalari boʻyicha malakali konsultatsiya xizmati koʻrsatish imkoniyatini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha tarbiya va sogʻlomlashtirish muassasalari tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻqqiz yillik (I-IX sinflar) oʻqishdan iborat umumiy oʻrta taʼlim majburiydir. Taʼlimning bu turi boshlangʻich taʼlimni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda oʻquvchilarning fanlar asoslari boʻyicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim oʻzlashtirish ehtiyojini, asosiy oʻquv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat koʻnikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda boʻlishni va kasb tanlashni shakllantiradi. Umumiy oʻrta taʼlim tugallanganidan keyin taʼlim fanlari va ular boʻyicha olingan baholar koʻrsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlimning yangicha tizimi va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabning I-IX sinflari doirasida sifatli umumiy oʻrta taʼlim olishni taʼminlovchi davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan keyin olinadigan taʼlim dasturlari bilan mantiqiy bogʻliqlik hisobga olinishi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning jugʻrofiy va demografik xususiyatlariga, shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlariga muvofiq ravishda taʼlim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda taʼlimga tabaqalashtirilgan yondashuvini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim berishning ilgʻor pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy oʻquv-uslubiy majmualarni yaratish va oʻquv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar kasb-hunar tanlaydigan va psixologik-pedagogik jihatdan maslahatlar oladigan markazlar tarmoqlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRTA-MAXSUS, KASB-XUNAR TAʼLIMI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy oʻrta taʼlim negizida oʻqish muddati uch yil boʻlgan majburiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi uzluksiz taʼlim tizimidagi mustaqil turdir. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji oʻquvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litsey davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻrta maxsus taʼlim beradi. Oʻquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yoʻnaltirilgan taʼlim olishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylarda oʻquvchilar oʻzlari tanlab olgan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur oʻrganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar koʻnikmalarini oʻzlarida shakllantirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu koʻnikmalarni oʻqishni muayyan oliy taʼlim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida roʻyobga chiqarishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-xunar kolleji tegishli davlat taʼlim standartlari doirasida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi beradi; oʻquvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar boʻyicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, oʻquv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi taʼlim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli oʻquv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olish oʻquvchilarga oʻz bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega boʻlishni taʼminlaydi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat koʻrsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha uchun oliy taʼlim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv muassasalari uchun taʼlim va kasb-hunar dasturlari, oʻquv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylarning oʻquvchilari mehnat faoliyati koʻnikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining roʻyxatini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning jugʻrofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxassislarga boʻlgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi taʼlim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini taʼminlash, ularga oʻquvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot bazalarini mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OLIY TAʼLIM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bakalavriat mutaxassisliklar yoʻnalishi boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, taʼlim muddati kamida toʻrt yil davom etadigan tayanch oliy taʼlimdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bakalavrlik dasturi tugallanganidan soʻng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb boʻyicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistratura aniq mutaxassislik boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida taʼlim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy taʼlimdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Magistr” darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki bosqichli oliy taʼlim tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavriat va magistratura uchun davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari uchun professor-oʻqituvchi kadrlar tayyorlash, shu jumladan chet ellardagi yetakchi oʻquv va ilmiy markazlarda tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarida tarkibiy oʻzgartishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari boshqaruvini takomillashtirish, bu muassasalarning mustaqilligini kuchaytirish, muassislar, vasiylar kengashlari, jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion taʼlim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va oʻzlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni oʻqitishni jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqning boy maʼnaviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida taʼlimning insonparvarlik yoʻnalishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OLIY OʻQUV YuRTIDAN KEYINGI TAʼLIM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga, shaxsning ijodiy taʼlim-kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni oliy taʼlim muassasalarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilik) olish mumkin. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga koʻra falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi.
(3.3-bandning 3.3.3-kichik bandi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim” boʻlimining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy davlat attestatsyasi natijalariga koʻra tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish tadbirlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga hamda mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb taʼlimi tizimi uchun oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlarni hamda ilgʻor pedagogik texnologiyalar sohasida ilmiy kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun sharoitlar yaratib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan, texnologiya va taʼlim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KADRLAR MALAKASINI OShIRISh VA ULARNI QAYTA TAYYORLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va koʻnikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalaridagi oʻqish natijalariga koʻra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun hamda bu tizimni boshqarishni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali oʻqituvchi-mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan toʻldirib borishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitni shakllantirishni va samarali faoliyat olib borishni taʼminlovchi normativ bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash taʼlim muassasalarini davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalarning talab-ehtiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlovchi davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional treningning ilgʻor texnologiya va uskunalarini, shuningdek murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy oʻzlashtirib olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAKTABDAN TAShQARI TAʼLIM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar va oʻsmirlarning taʼlimga boʻlgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yoʻnalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabdan tashqari taʼlimni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim berish va kamol toptirishga yoʻnaltirilgan xizmatlar koʻrsatuvchi muassasalar tarmogʻini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilgʻor tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. KADRLAR TAYYORLASh TIZIMIDA FAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni oʻz ichiga oladi, bu sohada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari toʻgʻrisidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, oʻrganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-tadqiqot jihatidan taʼminlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, taʼlimning axborot tarmoqlarida foydalanish maqsadida bilimning turli sohalari boʻyicha axborot bazasi shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir boʻladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun quyidagilar zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor pedagogik texnologiyalarni yaratish va oʻzlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yoʻli bilan ilm-fanning taʼlim amaliyoti bilan aloqasini taʼminlash chora-tadbilarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun eksperimental maydonchalar barpo etish orqali ilmiy tadqiqotlar natijalarini oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻz vaqtida joriy etish mexanizmini roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini samarali tarzda bajarishni taʼminlash yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijodiyotini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar darajasini baholashga zamonaviy yondashuvni roʻyobga chiqarish, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar natijalari tijoratlashuvi asosida olimlarning obroʻ eʼtibori va ijtimoiy maqomini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini faollashtirish, taʼlim sohasi va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan oʻzaro almashinuv jarayonini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan va texnologiyalar sohasidagi faoliyatni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari uchun maxsus mukofotlar va sovrinlar taʼsis etish, maxsus stipendiyalar sonini koʻpaytirish, yoshlar ilmiy-texnika ijodiyotining doimiy ishlaydigan koʻrgazma va ekspozitsiyalarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. KADRLAR TAYYORLASh TIZIMIDA IShLAB ChIQARISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yoʻnalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi, taʼlimning muvoziy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi. Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan belgilanadi, chunonchi u:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli saviya va malakadagi mutaxassislarga boʻlgan talab-ehtiyojni shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ixtiyoridagi moddiy-texnika, moliya, kadr resurslari hamda kadrlarni oʻqitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish bilan uzluksiz taʼlim tizimiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassis, vasiy, donor, homiy tariqasida ayrim mutaxassislarni va guruhlarni maqsadli tayyorlashni, shuningdek turli tip va darajadagi oʻquv yurtlarini moliyalashda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilm-fanning turli shakllardagi integratsiyasini (muvaqqat ijodiy jamoalar, oʻquv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, markazlari, texnoparklar, texnopolislar) rivojlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqeyini kuchaytirish quyidagi yoʻllar bilan taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimni karxonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan qoʻshib olib borish asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini olib borishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, maʼnaviy va jismoniy tarbiyalash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishning iqtisodiy va texnologiya muammolarini hal etish uchun oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog kadrlarning ilgʻor texnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda muntazam oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini taʼlim jarayoniga va pedagogik faoliyatga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish amaliyotini oʻtish uchun taʼlim oluvchilarni ish joylari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzaro integratsiyalangan taʼlim muassasalarini zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. KADRLAR TAYYORLASh TIZIMINI RIVOJLANTIRIShNING ASOSIY YOʻNALIShLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni qamrab oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. TAʼLIMNING UZLUKSIZLIGINI TAʼMINLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlimning oʻz ichiga maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Oliy kasb-hunar taʼlimining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy etiladi. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimi rivojlanib boradi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha raqobatbardosh taʼlim muassasalari vujudga keltiriladi.
(4.1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarini hududiy yoʻnalishga oʻtkazish va tarkibiy tuzilmasini oʻzgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzluksiz taʼlim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustuvorligi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. PEDAGOG VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASh, QAYTA TAYYORLASh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talablariga moslashuvchan, taʼlimning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini koʻzlovchi tizimi vujudga keltiriladi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasb sifatini qoʻllab-quvvatlash taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarida davlat taʼlim standartlariga mos yuqori malakali oʻqituvchilar tayyorlash boʻyicha maxsus fakultetlar, shuningdek respublika viloyatlarida umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi uchun oʻqituvchilar va mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yuzasidan maxsus markazlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. TAʼLIM JARAYoNINI MAZMUNAN ISLOH QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlarni oʻqitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, maʼnaviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yoʻnaltirilgan taʼlimning mazmuni davlat taʼlim standartlari asosida isloh qilinadi. Taʼlim oluvchining shaxsiga, unda taʼlim va bilimlarga boʻlgan ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish tutishni, iftixor va insoniy qadr-qimmat tuygʻusini shakllantirishga alohida eʼtibor beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagog kadrlarning obroʻ-eʼtibori, masʼuliyati va kasb koʻnikmasini oshirish yuzasidan sobitqadam davlat siyosati olib boriladi. Ilgʻor pedagogik texnologiyalar, taʼlimning yangi shakl va uslublari, oʻquv, shu jumladan differensiyalashgan dasturlar amaliyotga joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. MAʼNAVIY-AXLOQIY TARBIYA VA MAʼRIFIY IShLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy anʼanalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi taʼminlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi maʼrifiy ishlar takomillashtirib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida taʼlim muassasalari ota-onalar, oila, mahalla qoʻmitalari, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan oʻzaro puxta hamkorlik qiladilar.
(4.4-bandining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 9-apreldagi OʻRQ-87-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 15-son, 150-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.5. IQTIDORLI BOLALAR VA ISTEʼDODLI YoShLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni aniqlash va oʻqitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid maʼlumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus oʻquv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, oʻquv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki taʼminlanadi. Fan va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va sanʼatni oʻrgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) taʼlim muassasalari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtidorli bolalar va isteʼdodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan oʻtkazishga qaratilgan sobitqadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning oʻquvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak isteʼdod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yoʻnalishlari boʻyicha oʻz tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, oʻzlaridagi noyob isteʼdodni roʻyobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.6. TAʼLIM TIZIMINI BOShQARISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzluksiz taʼlim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yoʻli bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi taʼlim boshqaruv organlarining vakolat doiralari “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq belgilanadi. Taʼlimning normativ-huquq bazasi rivojlantiriladi. Moliya-xoʻjalik faoliyati olib borish hamda taʼlim jarayonini tashkil etishda oʻquv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi taʼminlanadi. Taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga koʻra taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning vakillarini oʻz ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish orqali taʼlim muassasalarining samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.7. KASB-HUNAR TAʼLIMI SIFATINI NAZORAT QILISh TIZIMINI ShAKLLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim boshqaruvi organlariga bogʻliq boʻlmagan, kasb-hunar taʼlimi sifatini attestatsiyadan oʻtkazuvchi davlat xizmati tashkil etiladi. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol talablariga monand davlat taʼlim standartlari ishlab chiqiladi, oʻquv yurtlari faoliyatini, professor-pedagog kadrlar sifatini hamda taʼlim oluvchilarning bilimini reyting asosida baholash tizimi tadbiq etiladi. Kadrlarni tayyorlash sifatini nazorat qilishning davlat va jamoat shakllari rivojlantiriladi. Taʼlim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyalash tizimi takomillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.8. TAʼLIM TIZIMINI MOLIYALASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlimni va kadrlar tayyorlashni moliyalash tizimi takomillashtiriladi, uning koʻp variantli (budjetdan ajratiladigan va budjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etiladi, taʼlim muassasalarining oʻzini oʻzi pul bilan taʼminlashi rivojlantiriladi, xususiy hamda chet el investitsiyalarini taʼlim sohasiga jalb etish ragʻbatlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni toʻlashning moslashuvchan tizimiga asoslangan taʼlim kreditlari berish mexanizmi shakllantiriladi. Uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashda donorlar va homiylarning mavqeyi kuchayib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pullik taʼlim xizmatlari koʻrsatish, tadbirkorlik, maslahat, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy hamda ustavda belgilab qoʻyilgan vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat hisobidan taʼlim muassasalarining daromadlari koʻpayishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.9. MODDIY-TEXNIKA TAʼMINOTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir mintaqaning demografik va jugʻrofiy xususiyatlaridan kelib chiqib, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari tarmogʻi barpo etiladi. Taʼlim oluvchilarni oiladan ajralmagan holda oʻqishga imkon qadar koʻproq qamrab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud taʼlim muassasalarini kapital taʼmirlash va yangi taʼlim muassasalari qurish, ularni normativ talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va texnologiyalarning darajasini hisobga olgan holda jihozlanishini taʼminlash choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv-tarbiya muassasalarini zarur uskunalar, inventarlar, ashyolar, taʼlimning texnikaviy, dasturiy va didaktik vositalari bilan jihozlash yuzasidan ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish qoʻllab-quvvatlanadi. Barcha bosqichdagi taʼlim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.10. TAʼLIM TIZIMINING YaXLIT AXBOROT MAKONINI VUJUDGA KELTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida taʼlim jarayonini axborot bilan taʼminlash rivojlanib boradi. Taʼlim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqeyi oshib boradi, televideniye va radioning taʼlim dasturlari intellektuallashuvi taʼminlanadi. Fan va taʼlimning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va maʼlumotnomalar bilan taʼminlashning barqaror tizimi shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.11. TAʼLIM XIZMATI KOʻRSATISh BOZORINI RIVOJLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish yoʻli bilan taʼlim xizmati koʻrsatishning raqobatga asoslangan bozori shakllantiriladi. Davlat va nodavlat taʼlim muassasalari rivojlantiriladi, taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi, taʼlim xizmati koʻrsatish bozori davlat yoʻli bilan boshqarib boriladi. Asosiy taʼlim dasturlarida nazarda tutilmagan konsultativ va qoʻshimcha taʼlim xizmatlaridan iborat pullik taʼlim xizmati koʻrsatish tizimi rivojlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.12. TAʼLIM SOHASIDA IJTIMOIY KAFOLATLARNI TAʼMINLASh HAMDA BU SOHANI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik faoliyatning obroʻ-eʼtiborini va ijtimoiy maqomini oshirish yuzasidan davlat siyosati roʻyobga chiqariladi. Taʼlim oluvchilarning va pedagoglarning oʻqishi, sogʻligi va dam olishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari va sogʻliqni saqlash organlari bolalar hamda oʻquvchi yoshlarning sogʻligini saqlash va mustahkamlash uchun zarur choralarni koʻradilar. Oʻquv-tarbiya jarayonining sogʻlomlashtirishga qaratilgan yoʻnalishini roʻyobga chiqarish, sogʻlom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun sharoitlar taʼminlanadi. Taʼlim oluvchilarning tibbiy-gigiyena madaniyatini oshirish, ularning jismoniy tarbiya va sport bobidagi faolligini kuchaytirish hamda jismoniy kamolot darajasini oshirish uchun tashkiliy-uslubiy yondashuvlar takomillashtiriladi. Sogʻliq va rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun munosib muhit yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.13. FAN BILAN TAʼLIM JARAYoNI ALOQALARINI RIVOJLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida ilgʻor amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkaziladi, taʼlim sifati davlat taʼlim standartlariga muvofiq kelishini tashkil etish va taʼminlash maqsadida pedagogika va taʼlim sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish faollashtiriladi. Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning taʼlim jarayonidagi ishtiroki ragʻbatlantiriladi, pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi taʼminlanadi. Yoshlarning fan-texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.14. IShLAB ChIQARISh VA TAʼLIM TIZIMI INTEGRATSIYALAShUVINI RIVOJLANTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini (markazlarini) tashkil etish va ularni rivojlantirish, zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash ragʻbatlantiriladi. Kadrlar tayyorlash va birgalikdagi ilmiy-texnologik yechimlar yaratishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalaniladi. Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash qoʻllab-quvvatlanadi. Ilgʻor texnologiya sohasida pedagog kadrlarning malakasi bevosita ishlab chiqarishda muntazam ravishda oshirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.15. TAʼLIM VA KADRLAR TAYYORLASh SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro-huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari roʻyobga chiqariladi, xalqaro taʼlim tizimlari rivojlantiriladi, ilmiy-pedagog kadrlar, talabalar va oʻquvchilar almashish kengayadi. Taʼlim toʻgʻrisidagi milliy hujjatlar xalqaro miqyosda eʼtirof etilishi uchun asos yaratiladi. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining kadrlar tayyorlash sohasiga chet el investitsiyalarini bevosita va bilvosita keng jalb qilish borasidagi faoliyat kuchaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. MILLIY DASTURNI ROʻYoBGA ChIQARIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturning yoʻnalish va bosqichlarini amalga oshirishning aniq mexanizmlari, muddatlari, ijrochilari, moliyaviy va resurslar taʼminoti ifodalangan yechim va chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturni bajarish yuzasidan davlat va jamoat institutlarining faoliyati hamda vazifalari belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturning aniq yoʻnalishlarini ishlab chiqish jarayoniga malakali chet el ekspertlari jalb etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturni bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilib, xalqaro tashkilotlar qatnashuvi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, kadrlar tayyorlash milliy modeli roʻyobga chiqarilishini taʼminlash masalalari yuzasidan seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish orqali Milliy dasturning prinsipial yondashuvlari hamda asosiy qoidalarini keng koʻlamda tushuntirish ishlari olib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy dasturning maqsad va vazifalarini amalga oshirish jarayoniga jamoat birlashmalari va markazlari, respublika aholisi keng tabaqalarining faol ishtiroki taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida Milliy dasturning bajarilishi muntazam yoritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yuzasidan Respublika komissiyasi tashkil etiladi, bu Komissiyaning zimmasiga dasturni bajarishga doir barcha ishlar va tadbirlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, shu jumladan quyidagi vazifalar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlimning tegishli turlari uchun davlat taʼlim standartlariga qoʻyiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy oʻrta taʼlim uchun davlat taʼlim standartlarini va boshqa zarur normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun davlat taʼlim standartlarini, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan iborat taʼlim tizimini joriy etish dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta umumiy taʼlimga ega boʻlgan oʻquvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tizimi bilan toʻla qamrab olish tadbirlarini, bu tizimni hududlarning demografik, jugʻrofik xususiyatlari va kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirish, uning moddiy-texnika asosini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ishlaydigan oʻqituvchilar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun taʼlim muassasalarini tashkil etish hamda ularning samarali ishlashini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari tizimini Milliy dastur talablariga binoan isloh qilish, bu borada tegishli davlat taʼlim standartlarini yaratish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim va tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalar tarbiyasida va ularni maktabga tayyorlashda oila, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan taʼminlash, bu ishga yirik olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, taʼlim va ilm-fan sohasining nashriyot bazasini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor va pedagog kadrlarni rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi taʼlim muassasalarida tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida maxsus Respublika jamgʻarmasi tashkil etish va uning faoliyatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim tizimida chet tillarni faol oʻrgatish uchun zarur sharoit yaratish, ularni oʻrgatishning jadallashtirilgan uslublarini joriy etish, oʻzbekcha-chet tillar lugʻatlarini, davlat tilidagi maxsus adabiyotlarni nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzluksiz taʼlim sohasi oʻqituvchilari va pedagog kadrlarini ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash, ularning mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish tizimini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyalash, kadrlar tayyorlashning malaka talablarini aniqlash hamda sifatini baholash ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha taʼlim tizimi boshqaruviga bogʻliq boʻlmagan yagona davlat xizmatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimni axborot bilan taʼminlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni jahon axborot tizimi bilan bogʻlash, ommaviy axborot vositalarining taʼlim sohasidagi vazifalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar taʼlimi sohasida kadrlarga boʻlgan talab va taklifni oʻrganishni tashkil etish, taʼlim xizmati koʻrsatish va kasbiy mehnatning raqobatga asoslangan bozorini hamda kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 150-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)