Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 17.04.2001 yildagi PF-2832-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISh SOHASIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRIShNING YaNGI BOSQIChI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda aholiga kommunal xizmat koʻrsatish sohasi tarmoqlarini bozor munosabatlariga oʻtkazishga doir ancha ishlar amalga oshirildi. Zarur qonunchilik va normativ-huquqiy baza yaratildi — Uy-joy kodeksi, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”, “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqalar qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasi hamda bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan tegishli mintaqaviy kompleks dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida boshqarish tizimini isloh qilish, monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tugatildi va uning negizida “Oʻzkommunxizmat” agentligi tashkil etildi. Hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyoriga berildi. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari va oʻzini oʻzi boshqarish jamoatchilik organlari Uy-joy egalari kengashlari shakllantirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv, gaz va issiqlik energiyasini hisobga oluvchi asboblarni ishlab chiqarish tashkil qilindi, ularni koʻp xonali uy-joy binolariga oʻrnatish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga aholiga kommunal xizmat koʻrsatish sohasini isloh qilish jarayonlari va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati hamon pastligicha qolmoqda. Odamlarning ehtiyojlariga toʻralarcha qoʻpol munosabatda boʻlish hollariga barham berilmayapti. Xizmat koʻrsatishning bozor meʼyorlariga oʻtish borasidagi ishlar sust olib borilmoqda. Sarf-xarajatlarni kamaytirish boʻyicha amalda hech narsa qilinayotgani yoʻq. Kommunal xizmatlarga tariflarning oshirilishi koʻrsatilayotgan xizmatlar turini tegishli ravishda kengaytirish va eng muhimi, ularning sifatini oshirish bilan birga qoʻshib olib borilmayotganligini qoniqarli deb hisoblab boʻlmaydi. Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlgan xodimlarning mehnatini ragʻbatlantirish uchun deyarli hech narsa qilinayotgani yoʻq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmatlar haqi oʻz vaqtida toʻlanishi uchun kollektiv javobgarlik tizimini tatbiq etish boʻyicha toʻplangan tajriba sust ommalashtirilmoqda. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari Uy-joy egalari kengashlarini tashkil etish jarayoni koʻpincha yuzaki amalga oshirilmoqda. Yangidan tuzilgan shirkatlar aylanma mablagʻlar bilan taʼminlanmayapti, ularga qayta qurish va taʼminlash ishlarini oʻtkazish uchun zarur kreditlar ajratib berilmayapti. Ularning faoliyati aniq belgilab qoʻyilmagan. Joylarda kommunal xizmat koʻrsatishni oʻzini oʻzi qoplashga oʻtkazish va budjetdan dotatsiyalarni qisqartirish boʻyicha belgilangan topshiriqlar bajarilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmolchilarning toʻlov intizomi pastligicha qolmoqda, resurslar sarfining hisobga olinishi zarur darajada taʼminlanmayapti, tarmoqdagi bir qator korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvoli murakkabligicha qolmoqda, bu esa taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻz vaqtida oʻtkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini cheklab qoʻymoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish sohasini isloh qilish va uni bozor shart-sharoitlariga oʻtkazish borasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va hukumatning tegishli qarorlarida koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklarining ishi qoniqarsiz deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida, Andijon, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Margʻilon shaharlarida, shuningdek Qorakoʻl, Gʻijduvon, Narpay, Shahrixon, Oʻrtachirchiq va Yangiyoʻl tumanlarida kommunal sohani isloh qilish borasidagi ishlar ayniqsa yomon tashkil qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat (Oʻ.Sultonov) koʻrsatib oʻtilgan viloyatlar, shaharlar va tumanlarda vujudga kelgan ishlarning ahvoliga prinsipial baho berib, bu ishlarni tashkil etishni yaxshilash boʻyicha aniq-ravshan choralar koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 23-sentabrdagi PF-3662-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 283-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlarning hokimliklari bir oy muddatda uy-joy mulkdorlari shirkatlari Uy-joy egalari kengashlarini shakllantirish chora-tadbirlari kompleksi va jadvallarini, shuningdek ularga kreditlar hamda sponsorlik (homiylik) mablagʻlari berish hisobiga aylanma mablagʻlarni toʻldirish manbalarini izlab topish, zarur omborxonalarni berish bilan bogʻliq hamda boshqa har tomonlama yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bajarilgan ishlar toʻgʻrisida 2001-yilning 1-iyuniga qadar Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-apreldagi PF-3601-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 126-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar kommunal xizmatlarga aholidan mablagʻlarni yigʻishda koʻmaklashish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi (mahalla qoʻmitasi) bilan yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnomalar tuzishlari mumkin.
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmatlar haqi aholi tomonidan oʻz vaqtida va toʻla hajmda toʻlanishini taʼminlash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini (mahalla qoʻmitalarini) ragʻbatlantirish maqsadida shu narsa belgilab qoʻyilsinki, kommunal xizmatlar uchun joriy toʻlovlar boʻyicha tushumlar rejasi 100 foiz bajarilgan taqdirda xizmat koʻrsatuvchi korxonalar tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga (mahalla qoʻmitalariga) tushgan toʻlovlar summasining 10 foizi miqdorida ajratmalar beriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 7-avgustdagi PF-3113-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 8-son, 139-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (mahalla qoʻmitalari) ushbu mablagʻlardan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarini ragʻbatlantirishga, uy-joy kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar boʻyicha mavjud qarzlarni toʻlash, shu jumladan xizmatlar haqini toʻlashda kam taʼminlangan oilalarga yordam koʻrsatish, shuningdek uy-joy binolarini taʼmirlash, mahallalar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarni obodonlashtirish borasidagi ishlarni oʻtkazishda qatʼiyan maqsadli foydalanishni taʼminlasinlar.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 7-avgustdagi PF-3113-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 8-son, 139-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqining oʻz vaqtida va toʻla miqdorda toʻlanishini taʼminlash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlarini ragʻbatlantirish Tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Uy-joy-kommunal xizmatlarga sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida kommunal (gaz taʼminoti, issiq suv taʼminoti, markaziy isitish, suv taʼminoti, kanalizatsiya, sanitariyaviy tozalash kabi) xizmatlarni koʻrsatuvchi hamda foydalanish xizmatini amalga oshiruvchi korxonalar uchun rentabellikning cheklangan darajasi 10 foiz miqdorida belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda rentabellikning cheklangan darajasini joriy etish hamda uy-joylardan foydalanish va kommunal xizmat koʻrsatish narxlari hamda tariflarini tasdiqlash (yoki qayta koʻrib chiqish) tartibini ishlab chiqib, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalariga yetkazib bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 56-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining 4-ilovaga muvofiq ayrim qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan hukumat qarorini qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy-kommunal sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi amaldagi qonunchiligiga oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 17-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2832-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2001-yil 17-apreldagi 2832-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qoidalari oʻz kuchini yoʻqotadigan farmonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Aholini aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy madad bilan taʼminlashda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini oshirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi PF-2177-son Farmonining 3-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 69-modda; 2002-y., 8-son, 139-modda; 2003-y., 3-4-son, 56-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 283-modda; 2007-y., 11-son, 95-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)