07.05.1993 yildagi 846-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT UY-JOY FONDINI XUSUSIYLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy asoslarini va tartibini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joyga egalik huquqini olish fuqarolarga oʻz mablagʻlarini koʻchmas mulkka samarali sarflash, oʻz uy-joyiga erkin egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish imkonini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (bundan buyon “xususiylashtirish” deb yuritiladi) deganda fuqarolarga ularning ixtiyoriga qarab davlat uy-joy fondining ular egallab turgan yoki yangi qurilgan kvartiralarini, uylarini (uylarining bir qismini) sotish, shu jumladan imtiyozli asosda sotish yoki tekinga mulk qilib berish tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondi mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy fondi hamda davlat organlari, muassasalari va tashkilotlarining operativ boshqaruvidagi uy-joy fondidir.
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishga doir qonunchilik ushbu Qonundan hamda unga muvofiq chiqariladigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning asosiy qoidalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining barcha xususiylashtirish subyektlari davlat uy-joy fondini xususiylashtirishda teng huquqlarda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirishning ixtiyoriylik asosida boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirishning uy-joy muammosini hal etish bilan oʻzaro aloqadorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haq evaziga va tekinga berish xususiyatining uygʻunlashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarni ijtimoiy jihatdan himoyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshkoralik, ijtimoiy adolatga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirishning amalga oshirilishi jarayoni ustidan davlat va jamoatchilik nazoratining oʻrnatilishidan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan fuqarolarning ayrim toifalariga kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) tekinga berish;
(4-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat kvartiralarini, uylarini (uylarning bir qismini) Oʻzbekiston Respublikasining – fuqarolariga va yuridik shaxslariga hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga sotish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat kvartiralarini, uylarini (uylarning bir qismini) hamda xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xususiylashtirish subyektlariga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish huquqi faqat bir marta beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan uylar joylashgan yer uchastkalariga va ularning etagidagi hududga egalik qilish, ulardan foydalanish yer toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartib va shartlarda amalga oshiriladi.
(6-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan uylari buzilishi natijasida, agar ularga buzilgan uylari evaziga pul tovoni toʻlanmagan boʻlsa, davlat uy-joy fondi uylaridan olgan turar joylari, shuningdek tabiiy ofatlar oqibatida uylari buzilishi munosabati bilan olgan kvartiralari, bu kvartiralar qachon ajratilganidan qatʼi nazar, ularga yoki ularning vorislariga tekinga beriladi.
(7-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarga qarashli boʻlgan uy, imorat va inshoot ushbu Qonun amalga kiritilganidan keyin buzilgani taqdirda ana shu fuqarolarga, ular oila aʼzolariga, shuningdek ushbu uyda doimiy yashab turgan va uy roʻyxatidan (propiskadan) oʻtgan boshqa fuqarolarga oʻz xohishiga koʻra hamda tomonlarning kelishuviga binoan tekinga kvartira olish yohud tegishli korxona, muassasa, tashkilot tomonidan yangi joyda uy, imorat va inshoot qurilib, oʻz mulklari qilib berilishi yoki buzilgan uy, imorat, nobud boʻlgan ekin va dov-daraxtlar evaziga tovon puli olish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga oʻz xodimlari hamda pensionerlari uy-joy qurilishi yoki uyni xususiylashtirish maqsadida olgan qarzi yoki kreditini toʻliq yohud qisman toʻlash huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar tomonidan belgilangan tartibda xususiylashtirilgan turar joylar davlat uy-joy fondidan chiqarilib, yakka tartibdagi uy-joy fondi tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatga qobiliyatsizlar, yolgʻiz qariyalar, pensionerlar va ularning oila aʼzolariga, agar ularning jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik daromadlari mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz boʻlsa, shuningdek birinchi marta nikohdan oʻtgan turar joyga muhtoj yosh oilalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan roʻyxatga binoan fuqarolarning ijtimoiy himoyalanmagan va taʼminoti oz boshqa toifalariga mahalliy davlat hokimiyat organlari huzurida aniq maqsadga qaratilgan ijara shartnomasi talablari asosida xususiylashtirish huquqisiz foydalaniladigan kommunal uy-joy fondi tashkil etiladi.
(11-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. XUSUSIYLASHTIRISHNING OBYEKTLARI VA SUBYEKTLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xususiylashtirish obyektlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklash, taʼmirlanish ishlari tugallangan-ku, ammo odamlar koʻchib kirmagan va boʻshatilgan uylarning kvartiralari, bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qurilgan uylardagi kvartiralar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yangi foydalanishga topshiralayotgan davlat uy-joy fondining turar joylari fuqarolarga kelgusida xususiylashtirish huquqi bilan haq toʻlab yashash uchun yoki ijaraga berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Uy-muzeylar, meʼmorchilik, tarix va madaniyat yodgorliklari hisoblanuvchi kvartira va uylar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-muzeylar, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlari boʻlgan kvartiralar va uylar;
(12-moddaning 3-bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy yotoqlarning xonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan kvartiralar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat kvartiralari, xonalari (uylari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki va undan ziyod ijarachi yashab turgan boʻlsa-yu, ulardan ayrimlari xususiylashtirishga rozi boʻlmagan kvartiralar xususiylashtirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan (uy roʻyxatidan oʻtgan) Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar xususiylashtirish subyektlari hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslari, boshqa davlatlarning yuridik shaxslari oʻz xodimlari va pensionerlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun uy-joy fondi egasidan uy-joy sotib olishlari mumkin.
(13-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat uy-joy fondi tarkibidagi uylarda ijara shartnomasi asosida turar joyni egallab turgan fuqarolar birgalikda yashab turgan barcha balogʻat yoshidagi oila aʼzolari va turar joy maydonida haqi boʻlgan boshqa shaxslarning roziligi bilan shu turar joyni ushbu Qonunda koʻzda tutilgan shartlarda oʻz mulki qilib, shu jumladan birgalikda yoki ulushbay asosida egalik qilish uchun sotib olishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xususiylashtirilgan turar joy egasining oila aʼzolari hamda turar joy maydoniga haqli boʻlib, uni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar shu turar joy maydonidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar, xususiylashtirilgan uy-joyni sotish yoki ijaraga berish ularning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan kvartiraning, uyning (uy bir qismining) egasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmagan holda ana shu turar joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
(14-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmatlar haqini va sugʻurta badallarini toʻlash boʻyicha, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish.
(14-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egallab turgan maydonning sathidan qatʼi nazar, boshqa kvartirani, uyni (uyning bir qismini) sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kvartiraga, uyga (uyning bir qismiga) turar joy maydonining sathidan qatʼi nazar, ushbu Qonun 13-moddasining birinchi bandida uqtirilgan oila aʼzolarini, boshqa shaxslarni uy roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz kvartirasini, uyini istalgan boshqa kvartiraga yoki uyga, shu jumladan kooperativ kvartira yoki uyga uy roʻyxatidan oʻtkazish va turar joyi borasida hech qanday cheklovlarsiz ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shirkatlar tashkil etish hamda turar joy va birgalikda tasarruf etiladigan joylardan foydalanish boʻyicha bunday ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotni, shu jumladan davlat uy-joylardan foydalanish va taʼmirlash-qurilish tashkilotlarini, kooperativlar, xususiy hamda boshqa xoʻjalik subyektlarini mustaqil belgilash, uy-joylarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uylar va uylar oldidagi hududlarni orasta saqlash borasida bajarilayotgan ishlar sifatini baholashda bevosita yoxud shirkatlar tarkibida qatnashish, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki belgilangan tartibda bajarmaganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan, shuningdek ayrim shaxslarga nisbatan jarima choralari qoʻllash yuzasidan materiallar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan uy-joydan fuqarolarni koʻchirmasdan amalga oshirilishi mumkin boʻlmagan kapital taʼmirlashni oʻtkazish payti uchun mulk egalaridan yoki turar joy fondini idora etishga vakolati boʻlgan organlardan turar joyni ijaraga olish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan kvartira egasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonun talablariga hamda turar joy xonalari va uylar oldidagi hududlarni orasta saqlash qoidalariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan soliqlarni va kommunal xizmatlar haqini hamda uydan foydalanishga ketadigan xarajat pullarini oʻz vaqtida toʻlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli turar joyni orasta saqlash hamda taʼmirlash yuzasidan korxonalar va xususiy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlariga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. DAVLAT UY-JOY FONDINI XUSUSIYLASHTIRISH TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartirani (uyning bir qismini) oʻz mulki qilib haqini toʻlab sotib olish (yoki bepul olish) uchun oʻzi istiqomat qilayotgan davlat uy-joy fondi tasarrufida boʻlgan tuman, shahar hokimiga, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga ariza beradi. Ariza uzogʻi bilan ikki oy muddat ichida qarab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xizmatchilarga berilgan davlat uy-joy fondini xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xoʻjaliklari va boshqa davlatga qarashli qishloq xoʻjalik korxonalarining uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan uqtirib oʻtilgan uy-joy fondi egalari tomonidan birgalikda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarni xususiylashtirish davlat uy-joy fondining egasi yoki u vakolat bergan davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻi hisobiga paychilik sharti bilan yangi qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirish tartibi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning oʻzlari tomonidan, davlat mablagʻlari hisobiga qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirish tartibi esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning alohida uy, kvartira va xonaga boʻlgan egalik huquqi turar joy qiymati toʻliq toʻlangan (sotib olingan) va order olingan paytdan boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joyning haqini toʻlab va tekinga xususiylashtirilayotgan fuqarolarga uy-joy egasining qarori asosida egalik huquqini beruvchi yagona shaklda belgilangan davlat orderi beriladi. Order xususiylashtirilgan uy-joy uchun qonuniy huquqni belgilovchi hujjat hisoblanib, texnika inventarizatsiyasi organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda.

Xususiylashtirilayotgan turar joyni baholash qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan qoldiq balans qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turar joylarni xususiylashtirish fuqarolarning shaxsiy jamgʻarmalari, korxonalar va tashkilotlarning mablagʻlari, shuningdek imtiyozli shartlarda beriladigan kreditlar, ssudalar evaziga hamda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus tashkil etilgan budjetdan tashqari xususiylashtirish uy-joy schyotiga oʻtkaziladi hamda turar joy xoʻjaligini saqlash va rivojlantirish uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. XUSUSIYLASHTIRILGAN TURAR JOYLARGA XIZMAT KOʻRSATISH VA ULARNI TAʼMIRLASH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan turar joylarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash uy-joy fondidan foydalanish hamda uni taʼmirlashning yagona qoida va meʼyorlariga albatta rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan kvartiralarga, uylarga (uylarning bir qismiga) xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash borasida imtiyozlarga ega boʻlgan shaxslar toifasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan turar joylardan foydalanish va ularni taʼmirlash shartnoma asosida amalga oshiriladi. Toʻliq xususiylashtirilgan uydagi turar joy egalari uydan foydalanish shirkati tuzishlari mumkin. Bu shirkat uyga xizmat koʻrsatuvchi va uni taʼmirlovchi tashkilotni mustaqil tanlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qisman xususiylashtirilgan uylardagi fuqarolarning mulkiga aylangan turar joy xonalariga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash shu uylarga xususiylashtirishga qadar xizmat koʻrsatgan uy-joylardan foydalanish va ularni taʼmirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan turar joylarning egalari uning injenerlik uskunalariga, umumiy foydalaniladigan joylariga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash hamda uning tevarak-atrofiga qarash bilan bogʻliq xarajatlar haqini oʻzlari egallab turgan umumiy maydonga mutanosib ravishda toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan kvartiralar egalarining tuzilgan shartnomalar boʻyicha uyga qarash va kommunal xizmatlar haqini toʻlash bilan bogʻliq qarzlari belgilangan tartibda undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondi kvartiralarini, uylarini (uyning bir qismini) xususiylashtirishda yuzaga keladigan nizolar sud tomonidan hal qilinadi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qanday borayotganligini nazorat qilish mazkur uy-joy fondining egasi yoki u vakolat bergan davlat boshqaruv organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun talablari buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar va fuqarolar qonunchilikka binoan javobgarlikka tortiladilar.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
846-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 230-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2008-y., 52-son, 513-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)