Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
QIMMATLI QOGʻOZLAR BILAN REPO BITISHUVLARNI AMALGA OSHIRISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 15-dekabrda 1396-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2004-yil 15-iyuldagi 2004-16-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan repo bitishuvlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi Nizomga (roʻyxat raqami 1396, 2004-yil 6-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 31-son, 361-modda) ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-noyabr,
2009-45-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 548-modda)