22.07.2008 yildagi O‘RQ-163-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 13-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2015-yil 3-iyundagi OʻRQ-387-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun quyidagi qimmatli qogʻozlarga nisbatan amal qiladi: aksiyalar, obligatsiyalar, gʻazna majburiyatlari, depozit sertifikatlari, qimmatli qogʻozlar hosilalari va veksellar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiya — oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni oshkor qilish — qimmatli qogʻozlar bozorida manfaatdor shaxslarning axborotni olish maqsadidan qatʼi nazar, axborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
veksel — veksel beruvchining yoki vekselda koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani toʻlashga doir shartsiz majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻoz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qimmatli qogʻozlari — Oʻzbekiston Respublikasining gʻazna majburiyatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻi — deponentning qimmatli qogʻozlarini saqlash va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish uchun moʻljallangan depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaragʻidan koʻchirma — deponentning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini tasdiqlaydigan, depozitariy tomonidan beriladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitar operatsiyalar — hisobga olish registrlarida depozitariylar tomonidan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozit sertifikati — bankka qoʻyilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻoz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariyning hisobga olish registrlari — depozitariyda qimmatli qogʻozlarni saqlash va qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish boʻyicha depozitar operatsiyalar standartlari bilan belgilangan yozuvlar tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponent — depozitariyda depo hisobvaragʻiga ega boʻlgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya aktivlari — qimmatli qogʻozlar, pul mablagʻlari va qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya aktivlari deb eʼtirof etiladigan boshqa mol-mulk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor — qimmatli qogʻozlarni oʻz nomidan va oʻz hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari va oʻzining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar;
(3-moddaning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noemissiyaviy qimmatli qogʻozlar — ushbu Qonunga muvofiq emissiyaviy qimmatli qogʻozlar tushunchasiga oid boʻlmagan qimmatli qogʻozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiya — obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga boʻlgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qogʻoz;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-moddaning oʻn yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjasi — ochiq va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan vaqtda va belgilangan joyda oʻrnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda oʻtkazish orqali faqat qimmatli qogʻozlar savdosi uchun sharoitlar yaratuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻozlar — mulkiy huquqlarning realizatsiya qilinishi oʻz egasining roʻyxatdan oʻtkazilishini talab etadigan qimmatli qogʻozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar — bitta chiqarilishi doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega boʻlgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada boʻladigan qimmatli qogʻozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestri — roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent — emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qogʻozlarning egalari oldida majburiyatlari boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning opsioni — emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qogʻozlarini opsionda koʻrsatilgan muddatda qatʼiy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qogʻoz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining gʻazna majburiyatlari — emissiyaviy qimmatli qogʻozlar egalari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga pul mablagʻlari kiritganliklarini tasdiqlovchi va bu qimmatli qogʻozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qatʼiy belgilangan daromad olish huquqini beruvchi emissiyaviy qimmatli qogʻozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar — hujjatlar boʻlib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi oʻrtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad toʻlashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qogʻozlarning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori — yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bogʻliq munosabatlari tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari — qimmatli qogʻozlar emitentlari,qimmatli qogʻozlarning egalari, investorlar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birjalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi — qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining mijozi (mijoz) — deponent yoki qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining xizmatlaridan foydalanuvchi boshqa shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat — qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish boʻyicha litsenziyalanadigan faoliyat turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar — qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, meros qilib olish, ularni ustav fondiga kiritish va qimmatli qogʻozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa aktlar, shuningdek qimmatli qogʻozlar garovi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga doir fyuchers — oʻzida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qogʻozlarni qatʼiy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qogʻoz;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni joylashtirish — qimmatli qogʻozlarni ularning dastlabki egalariga berish;
(3-moddaning oʻttiz ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi — depozitariylarda depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni saqlash, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar harakati yagona tizimini taʼminlovchi davlat depozitariysi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning muomalasi — qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qogʻozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi — qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan, qimmatli qogʻozlarning egasi boʻlmagan holda boshqa shaxsning (qimmatli qogʻozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning) topshirigʻiga binoan qimmatli qogʻozlarni saqlash, hisobga olish va ularga boʻlgan huquqlarni tasdiqlashni amalga oshiruvchi depozitariy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni chiqarish — yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida qimmatli qogʻozlar paydo boʻlishiga qaratilgan harakatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar egasi — qimmatli qogʻozlar oʻziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar egalari reyestri — roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻozlarning nomi, miqdori, nominal qiymati va toifasi, shuningdek reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarga axborotni yuborish imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilgan roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar emissiyasi — emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish va joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi — emitent va u chiqaradigan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek investorning qimmatli qogʻozlar olish toʻgʻrisidagi qaroriga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa axborotni aks ettiruvchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning hosilalari — oʻz egalarining boshqa qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsionlari, qimmatli qogʻozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qogʻozlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Qimmatli qogʻozlarning chiqarilish shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar chiqarilish shakliga koʻra blankalar tarzida hujjatli va depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarning chiqarilish shakli qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalar hujjatsiz shaklda chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obligatsiyalar yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar uchun chiqariladi.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-232-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 531-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlangan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan emitent boshqaruv organining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning nomi va ularning chiqarilish shakli;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuniga chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar egasining huquqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari joylashtirilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlariga va emitentning ustaviga muvofiq emitent boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentning majburiyatlari bajarilishini garov, bank kafolati yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qoʻshimcha taʼminlanadigan obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs toʻgʻrisidagi va taʼminot shartlari haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. Bu holda obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs tomonidan ham imzolanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan aksiyalarning emissiya risolasi aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarordir.
(5-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning bir nusxasi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organida qoladi, bir nusxasi emitentga beriladi va bir nusxasi emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish toʻgʻrisidagi qarorga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek mazkur qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan emitentning arizasi asosida amalga oshiriladi. Emitentning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
blanka namunasi (hujjatli shakldagi emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar olingan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida davlat roʻyxatidan oʻtkazishi yoki emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotganida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning har bir nusxasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik emitent zimmasida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning hamda ulardagi maʼlumotlarning qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga nomuvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibiga emitent tomonidan rioya etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yigʻimlarning toʻlanmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishni amalga oshirayotgan yuridik shaxsda ularni chiqarish huquqining yoʻqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda.Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim
(8-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qogʻozlar nominal qiymatining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yigʻim toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati oshirilgan taqdirda, emitent mazkur chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qogʻozlar nominal qiymati oshgan summasining 0,01 foizi miqdorida respublika budjetiga yigʻim toʻlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim quyidagi hollarda olinmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan emissiya risolasi asosida chiqarilgan taqdirda;
(8-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda;
(8-moddaning uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrida qimmatli qogʻozlarning nomi, soni va emitenti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborot boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini toʻxtatib turish, emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishini amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiya jarayonida qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari emitent tomonidan buzilganligi aniqlanganda, shuningdek emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishi haqida eʼlon qilingan axborotda notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan taqdirda ular bartaraf etilguniga qadar toʻxtatib turiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularning chiqarilishini toʻxtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar emitent tomonidan bartaraf etilmagan, shuningdek chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddatda mazkur chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlarning 60 foizdan kam qismi joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan deb topiladi, mazkur chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlarning kamida 30 foizi qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida joylashtirilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning tegishli qarori mavjud boʻlgan taqdirda haqiqiy emas deb topiladi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, mazkur chiqarilishning barcha qimmatli qogʻozlari muomaladan olinishi lozim, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini joylashtirishdan emitent olgan mablagʻlar esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalariga qaytarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish va mablagʻlarni egalariga qaytarish bilan bogʻliq chiqimlarning oʻrni emitent hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish emissiya risolasisiz va davlat qimmatli qogʻozlarining chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qimmatli qogʻozlari qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), oʻrtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) etib chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Depozit sertifikatlarini veksellarni chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksellarni chiqarish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasi shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish va ularning muomalasiga, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritish kvotalari va tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish quyidagi turlarda amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni xususiy yoʻsinda joylashtirish (oldindan maʼlum boʻlgan, soni cheklangan investorlar orasida yopiq obuna qilish, ommaviy eʼlon bermagan va reklama kampaniyasi oʻtkazmagan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni ommaviy joylashtirish (soni cheklanmagan investorlar orasida reklamadan foydalangan holda ochiq obuna qilish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi qismida sanab oʻtilgan hollarning har biri uchun qimmatli qogʻozlar chiqarilishining eng kam yoki eng koʻp hajmi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyalarning ochiq obunasi qimmatli qogʻozlarning faqat birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozoridagina oʻtkaziladi.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Banklar va investitsiya vositachilari emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishining joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olmagan holda emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni emitent nomidan sotish toʻgʻrisida emitentlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joylashtirilayotgan qimmatli qogʻozlarning soni emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar sonidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning haqiqatda joylashtirilgan sonini ularning chiqarilishi yakunlari toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomada koʻrsatadi. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarilishi yakunlari toʻgʻrisidagi bildirishnomani taqdim etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent chiqarilayotgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirishni emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida tugallashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni ommaviy joylashtirish emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilinganidan keyin kamida ikki hafta oʻtgach, amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqaruvchi emitent, shuningdek u bilan shartnomaga koʻra emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirishni amalga oshiruvchi banklar va investitsiya vositachilari mazkur qimmatli qogʻozlar olinguniga qadar investorga qimmatli qogʻozlar emissiya risolasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish shartlari bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Qimmatli qogʻozlarning muomalasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar muomalasi qimmatli qogʻozlar bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bitimlar tuzish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish hamda roʻyxatdan oʻtkazish ularni yozma ravishda (qogʻozda) rasmiylashtirish zaruratisiz, elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlarga doir boshqa bitimlar yozma shaklda amalga oshiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkil etilgan bozorlarda oldi-sotdi bitimlarini tuzish paytida ular yuzasidan hisob-kitob qilish muddatlari qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining qoidalari bilan, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari bilan belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda, bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fond birjasi, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq fond boʻlimlarini tashkil etgan boshqa birjalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning mulkdori yoki qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulkiy huquq egasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish qoidalarini belgilaydi;
(16-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari savdoni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq fond boʻlimlarini tashkil etgan boshqa birjalar va qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatni tegishli litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasining, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq fond boʻlimlarini tashkil etgan boshqa birjalarning aʼzolarini qimmatli qogʻozlar savdosida ishtirok etishga qoʻyish ularda investitsiya vositachisi yoki investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi sifatida qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Davlat qimmatli qogʻozlarini joylashtirish va ularning muomalasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qimmatli qogʻozlarini joylashtirish va ularning muomalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Depozit sertifikatlarini va veksellarni joylashtirish hamda ularning muomalasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozit sertifikatlarini joylashtirish va ularning muomalasi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksellarni joylashtirish va ularning muomalasi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat quyidagilar sifatida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya vositachisi (brokeri, dileri);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya maslahatchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitob — kliring palatasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transfer-agent;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgoriga uning arizasiga binoan qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun yoki mazkur faoliyat turining qismlari uchun litsenziya berilishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borish uchun belgilangan cheklashlar hisobga olingan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faqat qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi boʻlgan kamida ikki xodimga ega yuridik shaxslar (investitsiya fondi bundan mustasno) qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi uch yil muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklashlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qoʻshib olib borilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariyning professional faoliyatini birga qoʻshib olib boruvchi transfer-agent investitsiya vositachisining professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Professional faoliyatni birga qoʻshib olib borish va qimmatli qogʻozlar boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazishga doir qoʻshimcha cheklovlar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Investitsiya vositachisining (brokerining, dilerining) faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vositachilik yoki topshiriq shartnomasi yoxud mijozning vositachisi yoki ishonchli vakili sifatida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib boruvchi yuridik shaxs brokerdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozlarning bitimlar tuzish uchun brokerga berilgan qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari, shuningdek broker tomonidan shartnomalar asosida mijozlar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari broker tegishincha Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida va bankda ochadigan (ochiladigan) alohida hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Broker oʻziga mijozi tomonidan topshirilgan pul mablagʻlaridan, mijozga uning topshiriqlari koʻrsatib oʻtilgan pul mablagʻlari hisobidan bajarilishini yoki ular mijozning talabiga binoan qaytarilishini kafolatlagan holda oʻz manfaatlarini koʻzlab foydalanishga, agar bu mijoz bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Brokerga pul mablagʻlaridan oʻz manfaatlarini koʻzlab foydalanish huquqini bergan mijozlarning pul mablagʻlari brokerga bunday huquqni bermagan mijozlarning pul mablagʻlari turgan hisobvaraqdan (hisobvaraqlardan) alohida boʻlgan hisobvaraqda (hisobvaraqlarda) turishi kerak. Broker oʻz pul mablagʻlarini bu hisobvaraqqa (hisobvaraqlarga) oʻtkazishga haqli emas, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pul mablagʻlarini mijozlarga qaytarish va (yoki) mijozlarga qarz berish hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Broker har bir mijozning pul mablagʻlari hisobini yuritishi, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni faqat mijozning topshirigʻiga binoan va u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi, amalga oshirilgan bitimlar va operatsiyalar toʻgʻrisida unga hisobot berib borishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarni sotib olish va (yoki) sotish narxini oshkora eʼlon qilish orqali ushbu qimmatli qogʻozlarni oʻzi eʼlon qilgan narxlarda sotib olish va (yoki) sotish majburiyati bilan oʻz nomidan hamda oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir oldi-sotdi bitimlari tuzuvchi yuridik shaxs dilerdir. Diler qimmatli qogʻozlar narxidan tashqari ularga doir oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini: sotib olinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qogʻozlarning eng kam va eng koʻp miqdorini, shuningdek eʼlon qilingan narxlarning amalda boʻlish muddatini oshkora eʼlon qilish huquqiga ega. Ushbu eʼlonda qimmatli qogʻozlarga doir oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari koʻrsatilmagan taqdirda, diler oʻz mijozi taklif qilgan muhim shartlar asosida shartnoma tuzishi shart. Diler qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan boʻyin tovlagan taqdirda, unga nisbatan shunday shartnoma tuzishga majbur qilish haqida va (yoki) mijozga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsni — investitsiya vositachisini tugatish faqat qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi investitsiya vositachisi oʻz mijozlariga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarni qaytarganligini yozma ravishda tasdiqlaganidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Investitsiya maslahatchisining faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish, ularning muomalasi masalalari, qimmatli qogʻozlar bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil etish hamda istiqbolini belgilash boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatuvchi, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs investitsiya maslahatchisidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Investitsiya fondining faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorlarning pul mablagʻlarini jalb qilish va ularni qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlarga, boshqa investitsiya aktivlariga, shuningdek banklardagi hisobvaraqlarga va omonatlarga qoʻyish maqsadida aksiyalar chiqaradigan yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga oʻzgartirilishga haqli emas. Investitsiya fondini qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish uchun investitsiya fondiga berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish investitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchining faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning — ishonchli boshqaruvchining unga egalik qilish uchun topshirilgan va boshqa shaxsga tegishli boʻlgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan qimmatli qogʻozlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga investitsiya qilish uchun moʻljallangan va investitsiya aktivlarini boshqarish jarayonida olinadigan pul mablagʻlarini shu shaxsning yoki u koʻrsatgan shaxsning manfaatlarini koʻzlab, oʻz nomidan ishonchli boshqaruvni belgilangan muddat mobaynida amalga oshirishi investitsiya aktivlarini boshqarish boʻyicha faoliyatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Depozitariy faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarni saqlash, ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va tasdiqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs depozitariydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi depozitariylar tizimi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysini va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida vakillik hisobvaraqlarini ochgan depozitariylarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar tizimida qimmatli qogʻozlar harakati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxslarning qimmatli qogʻozlarni depozitariyda saqlash va hisobga olish qoidalari bilan tanishib chiqishlari imkoniyatini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash uchun qabul qilib olingan qimmatli qogʻozlarning but saqlanishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir deponentga tegishli qimmatli qogʻozlarning soni va nominal qiymatini hisobga olib borishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi, shuningdek ularning tugatilganligi faktlari hisobini yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlari holatiga oʻzgartishlar kiritishga asos boʻluvchi birlamchi hujjatlarni va depozitar operatsiyalar boʻyicha hujjatlarni oʻz arxivida saqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni deponentlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning yozma topshiriqlari asosida amalga oshirishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deponentning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarini depo hisobvaragʻidan tegishli koʻchirma berish orqali tasdiqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning mavjudligi va harakati, ularning holati toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlashi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depo hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi, monopoliyaga qarshi davlat organi, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining qarorlari asosida tugatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatiga taalluqli maʼlumotlarni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining, davlat soliq xizmati organining, monopoliyaga qarshi davlat organining, shuningdek sudning, surishtiruv va tergov organlarining talablariga binoan qonun hujjatlarida belgilangan doirada va tartibda taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi yetkazgan zararlarning oʻrnini sugʻurta qilish, maxsus fondlar tashkil etish orqali yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usul bilan qoplash imkoniyatini nazarda tutishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi vazifasini bajarayotganda depozitariy ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlar bilan bir qatorda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining talabiga binoan qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrini shakllantirish uchun qimmatli qogʻozlarning egalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzida hisobga olib boriladigan qimmatli qogʻozlar va ular emitentlarining rekvizitlariga Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan olingan maʼlumotlar asosida oʻzgartishlar kiritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq depozitariylarning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar quyidagilarga haqli emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlardan foydalanishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi emissiya qilgan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlar hisobini yuritishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz nomidan va oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzishga, bundan oʻzi emissiya qilgan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi, ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan hollardan tashqari, shuningdek quyidagilarga haqli emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga moliyaviy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariy sifatida faoliyatni tugatish yoki depozitariyni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ommaviy axborot vositalarida oʻn kunlik muddat ichida tegishli axborot eʼlon qilinadi. Oʻz faoliyatini tugatayotgan yoki tugatilayotgan depozitariyda saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar va hisobga olish registrlari deponentning qaroriga binoan bir haftalik muddat ichida boshqa depozitariyga oʻtkaziladi, bunday qaror mavjud boʻlmagan taqdirda esa deponentlar tanlagan depozitariylarga qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan muddatlarda keyinchalik oʻtkazish uchun Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariyni tugatish Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan tartib-taomil yakunlanganligi haqidagi yozma tasdigʻidan keyin amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Hisob-kitob-kliring palatasining faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzaro majburiyatlarni (qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar boʻyicha axborotni toʻplash, solishtirish, tuzatish va ularga doir buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash) aniqlash hamda qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish va ular yuzasidan hisob-kitoblar boʻyicha oʻzaro majburiyatlarni hisobga olish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisob-kitob-kliring palatasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-kitob-kliring palatalari oʻzaro majburiyatlarni aniqlash chogʻida tayyorlangan qimmatli qogʻozlar, pul mablagʻlari va buxgalteriya hujjatlarini qimmatli qogʻozlar bozorining qaysi ishtirokchilari uchun hisob-kitoblar amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu ishtirokchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ijro etish uchun qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Transfer-agent faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, ularga ishlov berish va ularni topshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs transfer-agentdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent, shuningdek qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar transfer-agentning mijozlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transfer-agent emitentga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorlarga vositachilarni jalb etmay turib savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha faoliyatni buyurtmalar qabul qilish punktlaridan, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiruvchi yuridik shaxs (oʻz qimmatli qogʻozlarini birjadan tashqari savdoni tashkil etish orqali mustaqil ravishda realizatsiya qiluvchi qimmatli qogʻozlar mulkdori yoki qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi egasi bundan mustasno) qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalarni va bitimlarni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi qimmatli qogʻozlar bozorida oʻzi amalga oshirayotgan barcha operatsiyalar va bitimlar hisobini yuritadi, ularni hisobga olishga doir hujjatlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi munosabatlari qonun hujjatlari hamda shartnoma bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozlar hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat brokyerlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni depozitariylar amalga oshiradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar oʻz deponentlarining hisobvaraqlarida ularning Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidagi vakillik hisobvaraqlarida jamlab hisobga olib boriladigan hujjatsiz qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlari hisobini yuritadi, shuningdek hujjatli qimmatli qogʻozlarni saqlaydi va ularga boʻlgan huquqlarni hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oluvchiga oʻtishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatsiz qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi belgilangan tartibda kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda depozitariy tomonidan beriladigan depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Egasining nomi yozilgan hujjatli qimmatli qogʻozga boʻlgan mulk huquqi oluvchiga qimmatli qogʻoz blankasiga belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oʻtgan paytdan eʼtiboran oluvchiga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi hamda faoliyatini xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar va boshqa tushumlar hisobidan amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish, davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qogʻozlarni saqlash, davlat emissiyaviy hujjatsiz qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi sifatida aksiyalar egalarining reyestrlarini va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatning unga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qogʻozlarni boshqarish boʻyicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariylarning vakillik hisobvaraqlarini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzida saqlanayotgan birja savdosi va birjadan tashqari savdo ishtirokchilarining qimmatli qogʻozlari savdoga qoʻyilishidan oldin ularning mavjudligi hamda haqiqiyligini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzida saqlanayotgan qimmatli qogʻozlar savdoda tuzilgan bitimlar boʻyicha birja savdosi va birjadan tashqari savdo ishtirokchilariga yetkazib berilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylar deponentlarining yagona bazasini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariylarda depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar (davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) harakati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tizimlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajarishdagi huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajarayotganda qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilaridan aksiyalar egalari reyestrlarini va korporativ obligatsiyalar egalari reyestrlarini shakllantirish uchun zarur maʼlumotlarni soʻrash va olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajarayotganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotni ushbu Qonunga muvofiq taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar egalarining va korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Deponentning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deponent quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariyda oʻz depo hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlarni qonun hujjatlarida belgilangan doirada va tartibda tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariyga oʻz depo hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berish (uchinchi shaxslar oldida majburiyatlar yuklatilgan qimmatli qogʻozlarni qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatish tugaganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasdan oʻtkazishga doir farmoyish bundan mustasno), soʻrov kiritish, topshiriqlar bajarilganligi toʻgʻrisida hisobot talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga tegishli hujjatli qimmatli qogʻozlarni saqlash hamda hujjatli va hujjatsiz qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni hisobga olishni depozitariyga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma shartlariga muvofiq oʻz depo hisobvaragʻining holati haqida koʻchirma olish va oʻz depo hisobvaragʻi boʻyicha depozitariy tomonidan oʻtkazilgan operatsiyalar toʻgʻrisida hisobot olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deponent qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deponent:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatli shaxsining vakolatlari tugatilganligi yoki oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida depozitariyga xabar qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz rekvizitlaridagi barcha oʻzgarishlar haqida depozitariyga bildirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozitariyning yozma xabarlari toʻgʻriligini va toʻliqligini tekshirishi hamda aniqlangan noaniqliklar haqida depozitariyga oʻz vaqtida bildirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq deponentning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Depozitariylarda qimmatli qogʻozlarning but saqlanishi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariylarda qimmatli qogʻozlarning but saqlanishi qimmatli qogʻozlarni saqlashga doir talablarga javob beradigan saqlash joylarida hamda hisobga olish registrlarini depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq yuritish orqali taʼminlanadi. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida saqlanayotgan va hisobga olinayotgan qimmatli qogʻozlarning but saqlanishi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining maʼlumotlar axborot bankida takroriy saqlab turish tizimi orqali, texnik tizimda uzilishlar yuz berganda va kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi maʼlumotlar bankini tezkor tiklash orqali ham taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlarning depozitariylarda but saqlanishi kafolatlarini taʼminlash qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Qimmatli qogʻozlar bozorida axborotni oshkor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida axborotni oshkor qilish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida axborot ochiq va oshkoradir, qonunda belgilangan hollarda oshkor qilinadigan maxfiy axborot bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar axborotni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobotlar, maʼlumotlar va boshqa axborot taqdim etish orqali oshkor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi, emitent, fond birjasi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotni investorlarga va qimmatli qogʻozlarning egalariga qogʻozda taqdim etganlik uchun undan nusxa koʻchirishga sarflanadigan xarajatlardan oshmaydigan miqdorda haq olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Emitentning axborotni oshkor qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent, davlat qimmatli qogʻozlari emitenti bundan mustasno, axborotni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning yilning har choragidagi va yillik hisobotida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning faoliyatidagi muhim faktlar toʻgʻrisidagi xabarlarda oshkor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar emissiya risolasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning toʻliq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb yuritiladi), davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan berilgan roʻyxatdan oʻtkazish va identifikatsiya raqamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi uch yildagi yoki, agar emitent faoliyatni uch yildan kamroq muddat mobaynida amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir tugallangan yil uchun buxgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning asosiy yoʻnalishlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmat) turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil reyting bahosi, agar uning shunday bahosi boʻlsa, tegishli izohlari bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning kuzatuv kengashi va ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar roʻyxati, emitent aksiyalarining ularga tegishli miqdori (ustav fondidagi ulushlari miqdori);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent filiallari va vakolatxonalarining, shoʻba va tobe jamiyatlarining joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan holdagi roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent affillangan shaxslarining ularga tegishli aksiyalar miqdori va tiplari koʻrsatilgan roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning oxirgi uch yildagi oʻrtacha yillik soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi uch yilda muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlar, ularning chiqarilish hajmi va maqsadi, ular boʻyicha hisoblangan va emitent tomonidan toʻlangan dividendlar (foizlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oxirgi uch yilda emitentga nisbatan qoʻllanilgan sanksiyalar va emitent sudda javobgar yoki daʼvogar sifatida ishtirok etayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq qimmatli qogʻozlarni chiqarish va joylashtirish shartlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentning har choraklik hisobotida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning toʻliq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ, davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan berilgan roʻyxatdan oʻtkazish va identifikatsiya raqamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli chorak yuzasidan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentning yillik hisobotida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning toʻliq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ, davlat statistikasi va soliq xizmati organlari tomonidan berilgan roʻyxatdan oʻtkazish va identifikatsiya raqamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan yildagi xoʻjalik faoliyati natijalari haqidagi axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarning shaxsiy tarkibidagi oʻzgarishlarning asoslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli yil yuzasidan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkiloti xulosasining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha chiqarilgan qimmatli qogʻozlar haqidagi asosiy maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilida emitentning faoliyatidagi muhim faktlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitentning faoliyatidagi muhim faktlar quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent faoliyatining qayta tashkil etilganligi, toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning oliy boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qarorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oʻzgarganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslar shaxsiy tarkibidagi oʻzgarishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning filiallari va vakolatxonalari, shoʻba va tobe jamiyatlari roʻyxatidagi oʻzgarishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning mol-mulki, bank hisobvaraqlari xatlanganligi, emitentga nisbatan uning aktivlari qiymatining 10 foizidan ortiq miqdorda daʼvo qoʻzgʻatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent ustav fondining yoki asosiy va aylanma mablagʻlari summasining 50 foizidan ortiq miqdorda kredit olinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlarning qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda koʻpayganligi yoki kamayganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdori yoki mol-mulkining qiymati bitim tuzilgan sanadagi holatga koʻra emitent aktivlarining 10 foizidan ortigʻini tashkil etadigan emitentning bir martalik bitimlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent tomonidan yirik bitimlar va manfaatdor shaxslar bilan bitimlar tuzilganligi;
(39-moddaning beshinchi qismi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya olganligi yoki litsenziya bekor qilinganligi, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar chiqarilganligi, ularning chiqarilishi toʻxtatib turilganligi va chiqarilishi qayta tiklanganligi, qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent qaysi yuridik shaxslar aksiyalarining (ulushlarining, paylarining) 10 va undan ortiq foiziga egalik qilayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxslarning roʻyxatidagi oʻzgarishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitent oʻzining qimmatli qogʻozlari egalari oldidagi majburiyatlarini bajarish muddatlari kelganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni hisoblash, emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlarni toʻlashning boshlanganligi va tugallanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot yilida kuzatuv kengashi va ijroiya organi aʼzolarining emitent aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egalik qilishidagi oʻzgarishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyat affillangan shaxslarining roʻyxatidagi ularga tegishli qimmatli qogʻozlarning miqdori va nomi koʻrsatilgan holdagi oʻzgarishlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qimmatli qogʻozlar emissiya risolasini va emitentning yillik hisobotini barcha manfaatdor shaxslar tanishib chiqishi uchun taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar emissiya risolasining matni bilan tanishib chiqish joyi va tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan axborotni qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boshlanishiga kamida ikki hafta qolganida, bundan qimmatli qogʻozlarni xususiy joylashtirish mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning yillik hisobotini aksiyadorlarning yoki emitentning boshqa oliy boshqaruv organining yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilganidan keyin ikki hafta ichida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning birinchi chorak, birinchi yarim yil va toʻqqiz oy yakunlariga doir hisobotini hisobot oyidan keyingi bir oy ichida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentning faoliyatidagi muhim fakt haqidagi xabarni u yuz bergan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida joylashtirish yoʻli bilan oshkor qilishi shart.
(39-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent qonun hujjatlariga muvofiq investorlarga boshqa axborotni ham taqdim etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar emitentning qimmatli qogʻozlari fond birjasining listingiga kiritilgan boʻlsa, ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni majburiy ravishda oshkor qilish faqat fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fond birjasi ushbu moddada nazarda tutilgan axborot emitent tomonidan oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilinganligi uchun haq undirishga haqli emas.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining axborotni oshkor qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi investorning talabiga binoan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatning koʻchirma nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning koʻchirma nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ustav fondi, oʻz mablagʻlarining miqdori va zaxira fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor oladigan qimmatli qogʻozlar chiqarilishining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor oladigan qimmatli qogʻozlarning emissiya risolasidagi maʼlumotlarni, shuningdek ushbu qimmatli qogʻozlarning investor tomonidan axborot taqdim etish haqida talab qoʻyilgan sanadan oldingi olti hafta davomidagi narxlari haqidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarning natijalari boʻyicha hisobotni shartnomada kelishilgan muddatlarda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi investorlarni ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni olish huquqlari haqida xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yilning bir choragi davomida faqat bir emitentning qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir emitentning qimmatli qogʻozlari bilan bir martalik operatsiya, agar bu operatsiya boʻyicha qimmatli qogʻozlarning soni mazkur qimmatli qogʻozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etgan boʻlsa, ularni amalga oshirilganligi haqida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga ikki ish kuni ichida yozma shaklda axborot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining axborotni oshkor qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisi, qimmatli qogʻozlar mulkdori yoki qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulkiy huquq egasi bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdoda bitimlar tuzish qoidalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdoga qoʻyishga ruxsat berilgan qimmatli qogʻozlar roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni oshkor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo tashkilotchisi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining talabiga binoan investorlarning arizalarini, takliflarini va shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlari haqida axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Qimmatli qogʻozlar egasining axborotni oshkor qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar egasi bitim tuzish natijasida emitent qimmatli qogʻozlari har qanday turining 35 yoki undan ortiq foiziga egalik qila boshlasa, ushbu axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mazkur bitim tuzilgan sanadan eʼtiboran besh kun ichida oshkor etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Investorning axborotni oshkor qilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor mustaqil ravishda va (yoki) affillangan shaxslar bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim tuzish natijasida aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondining jami yigirma foizini va undan ortiq foizini tashkil etuvchi aksiyalar paketini olganligi haqidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor qilishi shart.
(43-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining axborotni oshkor qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi investorlarni ommaviy axborot vositalari va (yoki) oʻzi tashkil qilgan elektron axborot-maʼlumot tizimlari orqali quyidagilar haqida xabardor qilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning roʻyxatdan oʻtkazilgan chiqarilishlari haqida hamda chiqarilishi, joylashtirilishi va muomalasi toʻxtatib qoʻyilgan hamda tiklangan, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan qimmatli qogʻozlarning chiqarilishlari toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun mazkur organ tomonidan javobgarlik choralari qoʻllanilgan emitentlar, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, mansabdor shaxslar hamda ularga nisbatan qoʻllanilgan javobgarlik choralarining turlari toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz daʼvolari boʻyicha chiqarilgan sud qarorlari toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi investorlarga va qimmatli qogʻozlar egalariga ushbu Qonunga muvofiq axborot taqdim etganlik uchun undan nusxa koʻchirishga sarflanadigan xarajatlar doirasida haq olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida axborotning maxfiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining mijozlari, ular hisobvaraqlarining holati va oʻtkazilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarning mazmuni (qimmatli qogʻozlarning nomi, soni, bahosi, bitim tuzilgan sana, vaqt, birja savdosi oʻtkazilgan hollarda esa savdoda ishtirok etgan shaxslar ham bundan mustasno) maxfiy axborot boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxfiy axborotga ega shaxslar bu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanish, shuningdek uni bitimlar tuzish uchun boshqa shaxslarga berishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxfiy axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan shaxslar bunday axborotni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorida maxfiy axborotni oshkor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxfiy axborotni oshkor qilish qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozlarning hisobvaraqlari boʻyicha maʼlumotnomalar ularning oʻzlariga yoki vakillariga, vakolatlariga taalluqli masalalar yuzasidan monopoliyaga qarshi davlat organiga, davlat soliq xizmati organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentiga, sudlarga, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻlgan taqdirda esa tergov va surishtiruv organlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozlarning — jismoniy shaxslarning hisobvaraqlari boʻyicha maʼlumotnomalar ularning egalari vafot etgan taqdirda, merosxoʻrlarga yoki hisobvaraqning egasi koʻrsatgan shaxslarga, oʻz ish yurituvidagi meros ishlari yuzasidan notarial idoralarga beriladi, chet el fuqarolariga nisbatan esa chet davlatning konsullik muassasalariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja bitimining mazmuni haqidagi axborot sudlarga taqdim etiladi, tergov va surishtiruv organlariga esa qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻlgan taqdirda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxfiy axborot qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga u qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlarini koʻrib chiqayotgan hollarda oshkor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maxfiy axborot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-sentabrdagi OʻRQ-223-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 39-son, 423-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda. Davlat qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni hamda birja faoliyatini litsenziyalash va (yoki) bunday faoliyatga nisbatan majburiy talablar belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda chiqarish toʻgʻrisidagi qarorlarda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga emitentlarning rioya etishlari ustidan nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi axborot qonun hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining faoliyati ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining huquqlarini himoya qilish maqsadida qimmatli qogʻozlar bozoridagi cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorida quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emitentga yoki qimmatli qogʻozlarga taalluqli axborotni oshkor qilmasdan qimmatli qogʻozlarni emissiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiqarilishi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan yoki toʻxtatib qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish, ularning muomalasi, ularni reklama qilish va taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar egasining oʻz depo hisobvaragʻida boʻlgan qimmatli qogʻozlarning qiymati toʻliq toʻlanguniga qadar ularga doir bitimlar tuzishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondi shakllantirilguniga qadar (tijorat banklarining ustav fondini shakllantirish hollari bundan mustasno), shuningdek uni toʻldirish yoki emitentning moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obligatsiyalarning chiqarilishi roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qarorning shu qaror bilan belgilangan obligatsiyalarga doir huquqlar hajmiga taalluqli qismiga emitent tomonidan oʻzgartishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining majburiyatlari boʻyicha mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlarini undirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni ommaviy joylashtirishda va (yoki) ularning muomalasida bir investorga boshqasiga nisbatan afzallik belgilash, quyidagi hollar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat qimmatli qogʻozlarini emissiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlariga oʻzlariga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda qimmatli qogʻozlarni olishda belgilangan tartibda imtiyozli huquq berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan qimmatli qogʻozlarni olishga qonun hujjatlari bilan cheklovlar joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiyadorlik jamiyatlari va oʻzining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tijorat banklari korporativ obligatsiyalarni quyidagi shartlarga rioya etgan holda:
(49-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz kapitalining obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi uch yil mobaynida rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy koʻrsatkichlariga ega boʻlsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarga tegishli mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqarishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ obligatsiyalar ularning egalariga emitentni boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi.
(49-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud oʻzaro kelishuv bilan bogʻlangan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizdan ortigʻini olish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, 20 foizdan ortigʻini olish esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan roziligini olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(49-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent oʻzi chiqargan aksiyalar boʻyicha ularni qayta sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek oʻzi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirishga haqli emas.
(49-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 15-dekabrdagi OʻRQ-232-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 50-51-son, 531-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarning hamda qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorini shakllantirish va tartibga solish hamda uning ishtirokchilari faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi, ularni attestatsiyadan oʻtkazadi va malaka guvohnomalari beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni (davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) muomalaga chiqarish, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini, qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalarni hisobga olish va hisobot berish standartlarini, qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini va qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni hisobga olish registrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining davlat boshqaruvi organlari, qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan hollarda ular yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan xulosalar va koʻrsatmalar chiqaradi, qoidabuzarlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalarni qoʻllaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz mablagʻlari yetarli darajada boʻlishiga doir majburiy normativlarni va qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha tavakkalchiliklarni cheklovchi boshqa koʻrsatkichlarni, shuningdek qimmatli qogʻozlarga doir (davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) operatsiyalar yuzasidan hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlarning, qimmatli qogʻozlar egalarining, davlatning manfaatlarini koʻzlab davlat boji toʻlamasdan sudda daʼvo qoʻzgʻatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisining faoliyati toʻxtab qolishiga sabab boʻlmaydigan ayrim operatsiyalarini oʻz vakolatlari doirasida toʻxtatib turishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlaridan, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilaridan axborot va hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida soʻrash hamda olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni qoʻshib olib borish tartibini belgilashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqishi hamda investorlarning huquqlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda tekshiruvlar oʻtkazishi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlaridan hamda qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilaridan investorlarning huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi, bundan axborotning uchinchi shaxslarga oshkor etilishi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarining yagona davlat reyestrini va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining reyestrini yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarning soʻrovlariga oʻttiz kun ichida asoslantirilgan javob berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorining holati va uning ishtirokchilari haqida jamoatchilikni xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozoridagi oʻz tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari toʻgʻrisida, qimmatli qogʻozlarning emissiyasini toʻxtatib qoʻyishga, qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va ularni bekor qilishga doir barcha hollar haqida, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining daʼvo arizalari boʻyicha emitentlarga yoki qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilariga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari haqida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organidan axborot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida oʻz huquqlari buzilganligi toʻgʻrisidagi va yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investorlar va qimmatli qogʻozlar egalari, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqlardan tashqari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, emitentning joriy moliyaviy holati va uni rivojlantirish istiqbollari haqidagi axborotni taqdim etishni emitentdan talab qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul va boshqa toʻlov vositalari, mol-mulk bilan, shuningdek pul qiymatiga ega boʻlgan huquqlar (shu jumladan, mulkiy huquqlar) asosida qimmatli qogʻozlarga qonun hujjatlarida va emitentning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda investitsiyalarni amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozorida oʻz xizmatlarini taklif etayotgan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilaridan oʻzlari toʻgʻrisidagi axborotni ushbu Qonunga muvofiq talab qilishga ham haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga va qimmatli qogʻozlar bozorida oʻzlari tuzgan shartnomalar shartlariga rioya etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari va ularning zimmalarida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining va emitentlarning javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va emitentlar investor oldida yetkazilgan zararlar doirasida qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar uchun mulkiy javobgar boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan axborotni investorning talabiga binoan taqdim etmaganlik yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qogʻozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli qogʻozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalasi qonun bilan taqiqlangan qimmatli qogʻozlarning reklamasi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan investorlar bilan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarini hamda emitentlar va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining javobgarligini cheklaydigan shartnomalar tuzilganligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganlikning aniqlangan faktlari uchun, shuningdek qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlarning emitentlari, qimmatli qogʻozlarga doir narxlar toʻgʻrisida, qasddan buzib koʻrsatilgan axborot, shu jumladan reklamada shunday axborot taqdim etish orqali investorni qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoki sotishga undaganlik uchun. Qimmatli qogʻozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatganlik alomatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. Qimmatli qogʻozlar bozorida narxlar borasida hiyla-nayrang ishlatilganligi fakti sud tartibida eʼtirof etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada kelishilganidan farq qiladigan shartlar asosida bitim tuzganlik uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitariy, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilganlardan tashqari, quyidagi hollarda ham oʻz deponentlari oldida javobgar boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatli qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar egalari va ularga tegishli qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi yozuvlar, qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar va depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yoʻqotilganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda. Depozitariy yoʻqotilgan hujjatli qimmatli qogʻozlarni tayyorlashga ketadigan xarajatlarning oʻrnini qoplaydi yoki ularning yangilarini oʻz hisobidan tayyorlaydi, yoʻqotilgan yozuvlarni, qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni va depozitariyning hisobga olish registrlaridagi yozuvlarni tiklaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uning tomonidan deponent oʻziga tegishli qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq huquqlarini amalga oshira olmasligiga olib kelgan harakat (harakatsizlik) sodir etilganda. Depozitariy deponentga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar emitentlarining majburiyatlari boʻyicha javobgarlik emitentlarning oʻz zimmasida boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(55-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(56-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda. Davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining ushbu Qonun bilan tartibga solinadigan qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda. Investorning tavakkalchiligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalash obyekti sifatida qimmatli qogʻozlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari investorning tavakkalchiligidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda. Qimmatli qogʻozlar boʻyicha daʼvo muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Emitent va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilingan, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun daʼvo muddati emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini joylashtirish muddati tugagan paytdan eʼtiboran bir yilni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Veksel saqlovchining indossantlarga qarshi va veksel beruvchiga qarshi talablari boʻyicha daʼvo muddati belgilangan muddatda amalga oshirilgan protest kunidan eʼtiboran yoki chiqimlarsiz oborot toʻgʻrisida shartlashilgan taqdirda, toʻlov muddati kunidan eʼtiboran bir yilni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Indossantlarning bir-biriga va veksel beruvchiga talablari boʻyicha daʼvo muddati indossant vekselni toʻlagan kundan eʼtiboran yoki unga nisbatan daʼvo taqdim etilgan kundan eʼtiboran olti oyni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilmagan boshqa hollarda, shuningdek boshqa qimmatli qogʻozlar boʻyicha daʼvo muddatlari qonunga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi 918-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 919-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 326-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2022-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 11-12, 285-modda) XXI boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 179-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda) I boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi 218-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 56-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 219-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 57-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 231-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 69-modda) V boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 281-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda) V boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 357-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda) VII boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”gi 672-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 172-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozorida depozitariylar faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 673-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 173-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 832-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) IX boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 262-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 173-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 263-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 174-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 447-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 8-modda) IV, X va XX boʻlimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 671-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 171-modda) III boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-7-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda) 2-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrda qabul qilingan “Baʼzi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-14-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda) 2-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 10 va 30-moddalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy sohadagi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-104-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda) 1-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-modda. Ushbu Qonunni kuchga kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Blankalar va sertifikatlar tarzida chiqarilgan hamda ushbu Qonun kuchga kirgan sanada muomalada boʻlgan aksiyalar va korporativ obligatsiyalar depozitariyga topshirilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hujjatsiz shaklga oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Blankalar va sertifikatlar tarzida chiqarilgan hamda ushbu Qonun kuchga kirgan sanada muomalada boʻlgan aksiyalar va korporativ obligatsiyalarga doir bitimlar ular depozitariyga topshirilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Blankalar va sertifikatlar tarzida chiqarilgan hamda aksiyalar va korporativ obligatsiyalarning hujjatsiz shaklga oʻtkazilishigacha boʻlgan davrda ularning egalari reyestrlarini shakllantirish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-163-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda, 50-51-son, 531-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda, 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda)