Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2021 16.08.2000 yildagi 325-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OLIY TAʼLIM MUASSASALARI REKTORLARINI DAVLAT ATTESTATSIYASIDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uzluksiz taʼlim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi oʻrnini, kasbiy, maʼnaviy va tashkilotchilik sifatlarini aniqlash, ularning tashabbuskorligi va ijodiy faolligini rivojlantirish, shuningdek, joriy yilning 21-iyulida Vazirlar Mahkamasining majlisida oldinga qoʻyilgan kadrlar tayyorlash va ularni joy-joyiga qoʻyish vazifasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi hissalarini aniqlash, oliy taʼlim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayoni va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish ishlari holatini baholash uchun oliy taʼlim muassasalari rektorlari davlat attestatsiyasidan oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy taʼlim muassasalarining rektorlarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish Respublika komissiyasining tarkibi hamda attestatsiya oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda oliy taʼlim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasiga oid meʼyoriy hujjatlar bilan tanishtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda iqtidorli yosh olimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar zaxirasini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasini Nizom talablariga rioya qilgan holda 2000-yilning avgust-sentyabr oylarida oʻtkazsin va oʻz xulosalarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Attestatsiya jarayonini adolatli va xolisona oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan birgalikda har yili avgust oyida oliy taʼlim muassasalari reytingi haqidagi maʼlumotni Respublika komissiyasiga taqdim etsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari X.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
325-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-avgustdagi 325- son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari rektorlarini attestatsiyadan oʻtkazish Respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.‎ Karomatov H.S.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi‎‎
2.‎ Risqiyev T.T.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, rais oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)‎
3.‎ Qurbonov Sh.E.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh inspektori‎
4.‎ Vorisov A.K.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, masʼul kotib‎
5.‎ Gʻulomov S.S.‎ —‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎
6.‎ Joʻrayev R.H.‎ —‎ Xalq taʼlimi vaziri‎
7.‎ Polvon-zoda A.A.‎ —‎ Adliya vaziri‎
8.‎ Ibrohimov Sh.‎ —‎ Mehnat vaziri‎
9.‎ Nazirov F.Gʻ.‎ —‎ Sogʻliqni saqlash vaziri‎
10.‎ Joʻrayev X.R.‎ —‎ Madaniyat ishlari vaziri‎
11.‎ Habibullayev P.Q.‎ —‎ Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi‎
12.‎ Abdullayev F.S.‎ —‎ Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori‎
13.‎ Zohidov R.K.‎ —‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisi‎
14.‎ Maxsitov B.M.‎ —‎ Davlat sport qoʻmitasi raisi‎
15.‎ Qoʻziyev T.K.‎ —‎ Badiiy akademiya raisi‎
16.‎ Abdullayev Sh.Y.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
17.‎ Joʻrayev A.M.‎ —‎ Qishloq va suv hoʻjaligi vazirining oʻrinbosari‎
18.‎ Karimov A.A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni yetakchi konsultanti‎
19.‎ Muhiddinov M.M‎ —‎ Davlat test markazi direktori‎
20.‎ Ubaydullayeva R.A.‎ —‎ “Ijtimoiy fikr” markazi direktori‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-avgustdagi 325-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Mehnat kodeksi, amaldagi qonun hujjatlari hamda mazkur Nizom asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat attestatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rektorlarning kasbiy sifatlarini va oʻzlari rahbarlik qilayotgan oliy taʼlim muassasasida taʼlimni tashkil etishda ularning oʻrnini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlari, taʼlim darajasi hamda kadrlar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablar bajarilishining taʼminlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi, zamonaviy oʻquv va oʻquv-uslubiy adabiyotlarning yoʻllanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan va ishlab chiqarishning taʼlim jarayoni bilan integratsiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlik amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi va boshqa ishlarning yoʻlga qoʻyilishini xolisona baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat attestatsiyasi, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha turdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining attestatsiyasi kamida 5 yilda bir marta oʻtkaziladi. Zarur hollarda vakolatli davlat organlari tashabbusi bilan navbatdan tashqari davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. ATTESTATSIYANI OʻTKAZISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika komissiyasining ish muddati va jadvali uning raisi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy taʼlim muassasalari rektorlari davlat attestatsiyasi oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Attestatsiyadan oʻtkaziladigan rektor attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda komissiya attestatsiyani boshqa muddatga koʻchirishi mumkin. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan qatnashmagan rektor attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Respublika komissiyasining majlisi komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Attestatsiya toʻgʻrisidagi qaror ochiq ovoz berish yoʻli va majlisda qatnashayotgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat attestatsiyasi yakuni toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirish bayonnoma koʻrinishida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnomaga attestatsiya stenogrammasi hamda majlisga aloqador barcha hujjatlar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Har bir rektorga shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi rasmiylashtiriladi. Mazkur jildga rektor toʻgʻrisida batafsil maʼlumot, oliy taʼlim muassasasi boʻyicha maʼlumotlar, attestatsiya oʻtkazilishi va uning yakunlari boʻyicha barcha zarur hujjatlar tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining Davlat attestatsiyasi yakuni toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtirish komissiya tomonidan belgilangan shakllarga binoan amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Respublika komissiyasi oʻz faoliyatiga vazirlik va idoralar xodimlarini va mutaxassislarini jalb etadi, oliy taʼlim muassasasidagi taʼlim-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarning holatini atroflicha koʻrib chiqadi, sotsiologik tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat attestatsiya komissiyasining xulosasiga koʻra oliy taʼlim muassasasi rektori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— egallab turgan lavozimiga loyiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
—egallab turgan lavozimiga noloyiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
—attestatsiyadan shartli oʻtgan deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Attestatsiyadan shartli oʻtgan rektor 6 oydan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Attestatsiyadan oʻtuvchi egallab turgan lavozimiga noloyiq deb eʼtirof etilgan holda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimidan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Lavozimga yangi tayinlangan oliy taʼlim muassasasi rektorining attestatsiyasi uning mehnat faoliyati boshlanganidan kamida bir yildan soʻng oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oliy taʼlim muassasalarining rektorlari davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha nizolar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.