Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 30.05.2002 yildagi PF-3080-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPYUTERLASHTIRISHNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand boʻlishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy maʼlumotlar axborot bazalarini yaratish, axborot resurslari va xizmatlarining bozorini rivojlantirish, axborot almashuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va taʼlim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand boʻlishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy oʻquv yurtlarining taʼlim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qoʻllanishga asoslangan ilgʻor taʼlim tizimlarini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda dasturiy vositalarni, maʼlumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergensiyasini nazarda tutgan holda mamlakatning barcha hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnikaviy infratuzilmasini, shu jumladan koʻchma aloqa, IP texnologiyalari, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya va maʼlumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga gʻoyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy etish, aholi punktlari, shu jumladan qishloq aholi punktlarining ularga kirib borishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilishni ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy kompyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilovaga* muvofiq tarkibda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Muvofiqlashtiruvchi Kengash kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida yuqori muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Muvofiqlashtiruvchi Kengash zimmasiga quyidagi vazifalarni hal etish yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy xalqaro tendensiyalarga va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga mos keluvchi ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar hamda iqtisodiy omillarni vujudga keltirish yuzasidan Hukumatga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasiga oid dasturlar, loyihalar, meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, jumladan mutaxassislarni chet ellarda oʻqitish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida raqobat muhitini shakllantirishga koʻmaklashish, innovatsiya biznesini, shu jumladan mahalliy dasturiy vositalar va kompyuter texnikasini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash, iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini kompyuterlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining infratuzilmasini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalar, homiylik mablagʻlari va grantlarni jalb etishga, taʼlim muassasalarining axborot tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Muvofiqlashtiruvchi Kengash 2002-yilning 1-oktabriga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003—2010-yillarda telekommunikatsiya va maʼlumot uzatish milliy tarmogʻini rivojlantirish dasturini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003—2010-yillarda davlat boshqaruvida elektron texnologiyalarni joriy etish dasturini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yilgacha boʻlgan davrda elektron tijoratni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash budjetdan tashqari jamgʻarmasining nomi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi deb oʻzgartirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan tashqari jamgʻarmaga maʼlumot uzatish tarmoqlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirish sohasidagi ustuvor loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002/2003 oʻquv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, tarmoq texnologiyalari, koʻchma radiotelefon aloqasi, elektron tijorat va axborot xavfsizligi sohalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2006-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaga olib kelinayotgan kompyuter maʼlumotlarini uzatish tarmoqlarini barpo etishga moʻljallangan asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar, shuningdek dasturiy vositalar bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtirishi uchun yigʻim bundan mustasno) toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuter va axborot texnologiyalariga oʻqitish boʻyicha xizmatlar, dasturiy vositalarni sotish, shuningdek ularga servis xizmatlari koʻrsatish qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-iyuldagi PF-3771-son Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2006-y., 28-29-son, 262-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Farmon matbuotda eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 30-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3080-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 98-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 262-modda)