Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 06.06.2002 yildagi 200-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPYUTERLASHTIRISHNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmonini bajarish yuzasidan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvorliklarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan 2002 — 2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun asosan imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini tashkil etish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yildan boshlab axborot-kompyuter texnologiyalari sohasida jahonda va mamlakatimizdagi tendensiyalar va yutuqlarni yorituvchi, albatta Internet-nusxasi boʻlgan maxsus jurnal chiqarilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratoriga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rivojlantirish sohasida dasturlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
real iqtisodiyot tarmoqlari, boshqaruv, biznes, sogʻliqni saqlash, fan va taʼlim sohalari uchun, shuningdek elektron tijorat dasturini amalga oshirish uchun amaliy va moslashtirilgan dasturiy vositalarni, maʼlumotlarning axborot bazalarini, veb-saytlar va boshqa dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish boʻyicha tenderlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari yuzasidan boshqaruv organlari, budjet tashkilotlari va xususiy biznesga keng miqyosdagi axborot, servis va konsalting xizmatlari koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning jahonda va mamlakatimizdagi tendensiyalari, ushbu sohadagi zamonaviy xalqaro standartlar toʻgʻrisida axborotlar va sharhlar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorining joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar) uchun olingan oʻz mablagʻlari, Yagona integratorning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro jamgʻarmalar va tashkilotlarning grantlari, qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil oxirigacha Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazining koʻmagida mahalliy idoraviy kompyuter tarmoqlarini tashkil etish dasturini ishlab chiqsinlar, ularning Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida ekspertizadan va sinovdan oʻtkazilishini tashkil etsinlar, shuningdek ichki elektron hujjatlar aylanishini bosqichma-bosqich joriy etish, axborot resurslarini Internet tarmogʻiga joylashtirgan holda ularni shakllantirish va doimiy ravishda yangilash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yilning oxirigacha tegishli davlat boshqaruv organlari apparatlarining masʼul xodimlariga zamonaviy kompyuter uskunalarida, shu jumladan mahalliy kompyuter tarmoqlaridan, shuningdek Internet tizimidan foydalangan holda ishlashni bosqichma-bosqich oʻrgatish tadbirlarini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yilning oxirigacha oʻzlarining faol ishlaydigan veb-sahifalarini yaratsinlar, ularni Internet tarmogʻida joylashtirsinlar va kelgusida ularni muntazam yangilab borsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari dasturiy vositalarni ishlab chiqish, provayderlik, xosting, Internet xizmatlari koʻrsatish, maʼlumotlarning axborot bazalarini, veb-saytlarni shakllantirishga doir xizmatlar koʻrsatish, kompyuter texnikasiga servis xizmati koʻrsatish, mahalliy tarmoqlar yaratish boʻyicha xususiy kompaniyalar tashkil etishga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurtlarida, kasb-hunar kollejlarida va akademik litseylarda dasturiy vositalarni, maʼlumotlarning axborot bazalarini, multimedia, kompyuter texnikasini ishlab chiqish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar va texnik xodimlar, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilar tayyorlashni kengaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablarining barcha oʻquvchilarini va talabalarni kompyuter va axborot texnologiyalari bilan ishlashga keng koʻlamda oʻqitishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda oʻrta va oliy taʼlimning taʼlim standartlariga muvofiq ravishda elektron oʻqitish bazasini yaratish, taʼlim muassasalarining axborot infratuzilmasini shakllantirish, barcha oʻquv muassasalarida ingliz tilini chuqur oʻrganish, shuningdek respublika axborot tarmogʻida lotin alfavitiga asoslangan oʻzbek tilidan foydalanishning standartlashtirilgan mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlar toʻgʻrisida bir oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlashda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida istiqbolli ilmiy-amaliy tadqiqotlarni va innovatsiya faoliyatini birinchi navbatda qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalarga, qishloq joylardagi Internetdan foydalanuvchilarga imtiyozli tariflar boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi provayderlar va operatorlar uchun maqsadli imtiyozlar va preferensiyalar berish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2002—2005-yillarda Milliy universitet, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida axborot va kompyuter texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan fakultetlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni metodologiyalar va kadrlar bilan taʼminlash uchun moliyaviy resurslar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda mamlakatimizda kompyuterlar va ular uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish masalasini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002—2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalarni Respublika investitsiya dasturiga kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 367-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Oripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 6-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 220-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 91-modda; 2003-y., 24-son, 241-modda; 2004-y., 19-son, 220-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2014-y., 37-son, 473-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)