Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.09.2023 02.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1894
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 02.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1894
Kuchga kirish sanasi
12.02.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.09.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QIMMATLI QOGʻOZLAR BILAN OʻTKAZILADIGAN OPERATSIYALARGA VA ULARNING BOShQA KORXONALAR USTAV KAPITALIDA QATNAShIShIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1894]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 5-maydagi 10/5-sonli “Tijorat banklari tomonidan koʻchmas mulkni va boshqa mol-mulkni sotib olishga hamda unga egalik qilishga, shuningdek yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini yoki aksiyalarini sotib olishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3441, 08.06.2023-y.) asosan 2023-yil 9-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 9-noyabrda 19/7-son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga doir talablar toʻgʻrisida”gi nizom (1998-yil 19-dekabr, roʻyxat raqami 571);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 1-martdagi 4/10-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (2003-yil 27-mart, roʻyxat raqami 571-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 5-6-son);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 24-noyabrdagi 28/5-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga 2-sonli oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2003-yil 10-dekabr, roʻyxat raqami 571-2 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 23-son);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 21-avgustdagi 18/4-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2004-yil 16-sentabr, roʻyxat raqami 571-3 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 37-son, 418-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 12-maydagi 10/2-sonli “Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga doir talablar haqida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (2005-yil 13-iyun, roʻyxati raqami 571-4 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 23-24-son, 174-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30/2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 27-dekabrdagi 30/2-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalariga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talab va meʼyorlarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1894-1, 29.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 401-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tijorat banklari qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlari, mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tijorat banklari, Markaziy bank tomonidan beriladigan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida qonunchilik hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar xarid qilish va yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli ishtirok etishiga doir cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tijorat banklari qimmatli qogʻozlarni xarid qilish (davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) va yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli ishtirok etishda quyidagilarga rioya etishlari shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bankning muayyan yuridik shaxs ustav kapitaliga, shuningdek, ushbu yuridik shaxsning boshqa qimmatli qogʻozlariga kiritgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bankning yuridik shaxslar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qogʻozlarga kiritgan investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 50 foizidan oshmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oldi-sotdi uchun qimmatli qogʻozlarga kiritilgan bank investitsiyalari miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1894-3, 06.09.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/1894-3/1846-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tijorat bankining boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirok etishi (chet el kapitali ishtirokidagi banklar va shuʼba banklarini tashkil etish hollari bundan mustasno), shuningdek tijorat bankining oʻz ustav kapitalining oʻn yoki undan ortiq foiz ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki bevosita yoki bilvosita (shuʼba korxonalar orqali) boshqa yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan ortiq qismiga egalik qila olmaydi, biroq quyidagi holatlar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) banklarning sugʻurta va lizing tashkilotlari ustav kapitalidagi ishtiroki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) banklarning nobank kredit tashkilotlari ustav kapitalida, shuningdek, moliyaviy bozor infratuzilmasining bir qismi boʻlgan yoki banklarga axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar ustav kapitalidagi ishtiroki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar (tijorat banklarining ustav kapitalidagi ishtiroki bundan mustasno) ustav kapitalidagi ishtiroki;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarining 50 foizgacha miqdorini oʻrnatilgan tartibda birlamchi bozordan xarid qilishdagi ishtiroki;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/12-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1894-3, 06.09.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/1894-3/1846-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tijorat banklari mazkur Nizomning 4-bandidagi istisnolarni qoʻllagan holda muayyan yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan ortiq ulushini sotib olishda yoki bankning bevosita yoki bilvosita mazkur yuridik shaxs faoliyatiga katta taʼsir koʻrsatish imkonini beruvchi shartnoma tuzishda, Markaziy bankka yozma xabar berishlari shart.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1894-2, 24.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 746-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banklariga, emitent — aksiyadorlik jamiyatlari bilan ushbu jamiyat aksiyalari boʻyicha “repo” bitimlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agar tijorat bankining investitsiya qilingan yoki investitsiya qilinishi rejalashtirilayotgan mablagʻlari miqdori yoki emitent faoliyati tijorat banki omonatchilari, kreditorlari va aksiyadorlari manfaatlariga zarar yetkazishi mumkinligi yoki investitsiyalarni boshqarishda tijorat bankining tajribasi yetarli emasligi aniqlansa, Markaziy bank har qanday yuridik shaxsning ustav kapitali yoki qimmatli qogʻozlariga tijorat banki tomonidan kiritiladigan investitsiyalar miqdoriga qoʻshimcha cheklovlar belgilash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan cheklovlar tijorat bankiga kreditlarni taʼminlash uchun berilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha garov huquqini amalga oshirish natijasida olingan qimmatli qogʻozlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Garov huquqini amalga oshirish natijasida olingan qimmatli qogʻozlar bank tomonidan 2 oy muddat ichida sotilishi shart. Agar, qimmatli qogʻozlar koʻrsatilgan muddatda sotilmasa, ular “sotishga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar” yoki “qaram xoʻjalik jamiyatlariga, qoʻshma korxonalarga va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar” yoxud “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar”ning tegishli hisobvaraqlariga oʻtkaziladi va ularga nisbatan mazkur Nizomning 3 va 4-bandlarida belgilangan cheklovlar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli ishtirok etishiga doir qoʻshimcha talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tijorat banklari investitsiya siyosatida qimmatli qogʻozlar emitenti boʻlgan yoki bank ustav kapitalida ishtirokchi boʻlgan yuridik shaxslarning moliyaviy ahvolini, boshqaruv tajribasini hamda qimmatli qogʻozlarning sifatini baholash mezonlari va uslublari aks ettirilishi shart. Investitsiya siyosatida, shuningdek bank aktivlarini qimmatli qogʻozlarga yoʻnaltirish shartlari belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Banklar qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha nazoratni amalga oshirish uchun emitent toʻgʻrisida yetarli maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qimmatli qogʻozlar portfeli toʻgʻrisidagi ichki hisobotlar qimmatli qogʻozlar turlari va tiplari boʻyicha boʻlinishi, sifat reytingi, nominal va bozor qiymatini, xarid qilish va sotish sanasini, foiz stavkalarini, chegirmalarni, olingan dividendlarni (foizlarni), oldi-sotdi bitimlari boʻyicha olingan foyda toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bankning turli boʻlinmalari oʻrtasida majburiyatlarning mutanosib taqsimlanishi, shuningdek suiisteʼmolchilikning oldini olish uchun banklar tegishli ichki nazoratni amalga oshirishi zarur. Mazkur ichki nazorat quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qimmatli qogʻozlarni xarid qilish yoki sotishni rasmiylashtirish boʻyicha hujjatlarni qabul qiluvchi, qayta ishlovchi xodimlar buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirmasligi, pul mablagʻlarini qabul qilmasligi, buxgalteriya oʻtkazmalarini taqqoslash yoki tasdiqlash imkoniyatiga ega boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) buxgalteriya operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirishga masʼul boʻlgan shaxslar qimmatli qogʻozlarni xarid qilish yoki sotishni rasmiylashtirish boʻyicha hujjatlarni qabul qilmasliklari yoki tasdiqlash maqsadida bitim natijalarini taqqoslash imkoniyatiga ega boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) barcha operatsiyalar hujjatlar bilan tasdiqlanishi hamda buxgalteriya yozuvlari va birlamchi hujjatlar bilan taqqoslanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) agar, bank brokerlik faoliyatini bajarsa, u holda bank har bir mijoz uchun hisobvaraqlar ochishi va mijozning qimmatli qogʻozlari bilan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar boʻyicha qimmatli qogʻozlarning turlari, operatsiyalar sanasi, xarid qilingan/sotilgan qimmatli qogʻozlar narxi va miqdori koʻrsatilgan holda yozuvlar olib borishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qimmatli qogʻozlar bilan ishlashni tashkil etishda qimmatli qogʻozlar emitenti anketasining ushbu Nizomga ilova etilgan namunaviy shaklidan foydalanish tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizomda belgilangan talab va meʼyorlarga tijorat banklari tomonidan rioya etilmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklariga nisbatan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq chora va sanksiyalar qoʻllash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʻozlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga va ularning boshqa korxonalar ustav kapitalida qatnashishiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatli qogʻozlar emitenti anketasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎1. Emitentning nomi
‎2. Qimmatli qogʻozlarning turi
‎3. Qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati‎
‎4. Qimmatli qogʻozlarning bozor qiymati
‎5. Qimmatli qogʻozlar soni miqdori
‎6. Bitim summasi
‎7. Qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi‎
‎8. Avvalgi dividend toʻlovlari toʻgʻrisida maʼlumotlar
‎9. Foizli toʻlovlar stavkasi, summasi va muddati
‎10. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish sanasi
‎11. Qimmatli qogʻozlarni soʻndirish sanasi

‎‎Emitentning moliyaviy ahvoli

ming soʻmda‎

T/r‎ Koʻrsatkichlar nomi‎ Yil boshida Hisobot sanasida

1.‎

Qoplash/kapital yetarliligi koeffitsiyenti ‎

2.‎

Likvidlik koeffitsiyenti‎

3.‎

Muxtorlik koeffitsiyenti/ moliyaviy leveraj ‎

4.‎

Kreditga layoqatlilik sinfi/ reyting bahosi‎

5.‎

Oʻz oborot mablagʻlari mavjudligi/ jami kapital ‎

6.‎

Foyda (zarar)‎

7.‎

Bank kreditlariga doir qarzlar/ kreditorlar oldidagi qarzlar ‎

8.‎

Debitorlik qarzlari, jami ‎

9.‎

Kreditorlik qarzlari, jami ‎

10.‎

Pul mablagʻlari ‎

11.‎

Jami oson sotiladigan talablar ‎

12.‎

Jami oson sotiladigan zaxiralar/ Oson sotiladigan aktivlar ‎

13.

Oʻz manbalari, jami/ Bank kapitali tarkibi — jami, jumladan:‎
ustav kapitali ‎
zaxira fondi/ umumiy maqsadlarga moʻljallangan zaxira fondi‎
maqsadli moliyalash va tushumlar/ kapital zaxiralar‎
taqsimlanmagan foyda ‎

14.‎

Balans ‎

‎Boshqa maʼlumotlar‎‎
1. ________________________________________
‎2. ________________________________________
‎3. ________________________________________
Vakolatli shaxs imzosi _______________ Sana ______________
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 1894-1, 29.07.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 30-son, 401-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 57-modda; 2015-y., 30-son, 401-modda; 2017-y., 30-son, 746-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/1894-3/1846-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)