Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2015 03.07.1992 yildagi 657-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻzbekiSton Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ-393-sonli “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini va radiatsiya xavfsizligini taʼminlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, odamning qulay atrof-muhitga ega boʻlish huquqini hamda u bilan bogʻliq boshqa huquqlarini va ularni amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sanitariya nazorati bu sanitariya qonunlarini buzilishini oldini olish, aniqlash va ularga chek qoʻyishga qaratilgan sanitariya-epidemiologiya xizmatining faoliyatidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisidagi qonunlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining sanitariya nazorati toʻgʻrisidagi qonunlari ushbu Qonundan hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining oʻz vakolat doirasida chiqaradigan boshqa huquqiy hujjatlardan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlashning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof muhitni sogʻlomlashtirish, ovqatlanishni, mehnat, turmush, dam olish, taʼlim-tarbiya berish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik, sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tashkiliy tadbirlar majmuini amalga oshirish asosida odamning salomatligini saqlash va mustahkamlash huquqlarini kafolatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq xoʻjalik obyektlari, texnologiya uskunalarini va asboblarini, transport vositalarini rivojlantirish, joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushurish chogʻida atrof muhit omillari aholi salomatligiga zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olishga qaratilgan faoliyatining ustivorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish va ijtimoiy faoliyatning majburiy qismi sifatida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslarning sanitariya normalariga, gigiyena normativlariga rioya qilmaslik hamda sanitariyaga doir va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirmaslik natijasida aholining salomatligiga va atrof muhitga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya normalari, qoidalariga rioya etilishi va sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirilishi ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari ilmiy tadqiqot va boshqa muassasalar tomonidan ishlab chiqiladi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi va shundan soʻng uch oy muddat ichida matbuotda bosib chiqarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOʻLIM. ODAMNING QULAY ATROF MUHIT ShAROITLARIGA EGA BOʻLISh HUQUQI VA UNI TAʼMINLASh KAFOLATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Odamning qulay atrof muhit sharoitlariga ega boʻlish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir odam qulay atrof muhit sharoitlariga ega boʻlishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Aholi salomatligi va atrof muhitning ahvoli haqida axborot olish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir kishi kasalliklar, epidemiya va radiatsiya vaziyati, atrof muhitning holati hamda ularning odamlar salomatligiga taʼsiri haqida, shuningdek gigiyena sohasidagi va maxsus oʻtkazilgan boshqa ekspertizalar haqida haqqoniy maʼlumot olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Odamning salomatligiga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻlatish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir odam atrof muhitning zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa omillari, shuningdek sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmoli mollari va boshqa sanoat buyumlari taʼsirida oʻziga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻlatib olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOʻLIM. SANITARIYA-EPIDEMIYA MASALALARIDA AHOLINING XOTIRJAMLIGINI, RADIATSIYA XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASh TALABLARI VA ULARNI BAJARISh MAJBURIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslarning sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlashga doir majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat idoralari, mulkchilikniing shakllaridan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan idoralar, muassasalar, mansabdor shaxslarga roʻy bergan avariyalar, sanitariya- epidemiya, radiatsiya vaziyati toʻgʻrisida haqqoniy va toʻla-toʻkis axborot berishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiquvchilarning majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiqayotgan davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar aholining salomatligini saqlashni va sanitariya-epidemiya masalalarida xotirjamligini taʼminlashga qaratilgan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilgan idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar yangi kimyoviy va biologik moddalarni, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini hamda mana shu manbalarga ega boʻlgan asboblarini, atir-upa va pardoz mahsulotlarini, materiallar, texnologiya jarayonlari, uskunalar va boshqa xalq isteʼmoli mollarini joriy etishdan oldin aholining sanitariya-epidemiya xavfsizligini taʼminlashga doir normativlar boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni, ularga rioya etilishi ustidan nazorat qilish usullarini, zararli mahsulot va chiqitlarni zararsizlantirish yoʻllarini ishlab chiqishlari hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachiga taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Obyektlarni loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish chogʻida sanitariya talablariga rioya etishning shartligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, birlashmalarning rahbarlari va alohida shaxslar obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish, yangilash chogʻida, korxonalarni texnika bilan qayta qurollantirish va ularni foydalanishga topshirish chogʻida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Maydonlar, inshootlar, binolarni saqlab turish, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar texnologiya va boshqa uskunalardan foydalanilishini, maydon, inshootlar, ishlab chiqarish binolari va sanitariya-maishiy binolar, ish joylari, turar joy binolari, bolalar va davolash-profilaktika muassasalari, oʻquv yurtlari, madaniyat, sport va boshqa muassasalar binolari, shuningdek transport vositalari sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlab turilishini taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Kimyoviy moddalar, biologiya vositalari va materiallarini qoʻllanishga, zararsizlantirishga, qayta ishlashga, koʻmib tashlashga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar kimyoviy moddalarni, biologiya vositalari va materiallarini saqlash, qoʻllanish, zararsizlantirish, qayta ishlash va koʻmib tashlash chogʻida sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini taʼminlaydigan sanitariya normalari, qoidalari hamda gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni, materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini qoʻllanishga ular zaharliligi va gigiyena jihatidan baholanganidan, gigiyena normativlari belgilanganidan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasiga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Radiatsiya xavfsizligini taʼminlash sohasidagi talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruvi idoralari, mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mehnat jamoalari va ayrim shaxslar radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiatsiya xavfsizligi normalari va sanitariya qoidalariga, shuningdek radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini qazib olish, tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish, saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash chogʻida standartlarga, texnika shartlariga va boshqa normativ hujjatlarning talablariga rioya qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Turar joy binolariga odam qoʻyish va ularda yashash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yashash uchun turar joy binolarini beradigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, boshqa mulkdorlar ana shu binolarga odam qoʻyish chogʻida amaldagi sanitariya normalarini bajarishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi gigiyena normativlariga javob bermaydigan turar joy binolariga odam yashashiga yoʻl qoʻyilmaydi, uylarda yashovchilar turar joy binolarini saqlash va ulardan foydalanishning mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlagan qoidalarini bajarishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlash va sotishga qoʻyiladigan sanitariya talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosi ishlab chiqarish, ularni saqlash, tashish, sotish bilan shugʻullanuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar tibbiyot-biologiya talablariga, sanitariya normalariga va gigiyena normativlariga rioya etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi ozuqa qoʻshimchalarini, maxsus qoʻshiladigan biologik aktiv moddalarni olib kirish hamda ishlab chiqarishga ular zaharliligi va gigiyenasi jihatidan baholanganidan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsati (xulosasi) bilan yoʻl qoʻyiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Xoʻjalik-ichimlik suvi taʼminotiga qoʻyiladigan sanitariya talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat idoralari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar xoʻjalik-ichimlik suvi taʼminotining markazlashtirilgan tizimlari yetkazib beradigan suvning sifati gigiyena talablariga va davlat standartlariga mos boʻlishini taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazlashtirilgan tartibda xoʻjalik-ichimlik suvi yetkazib beradigan suv quvurlari va ularning manbalari uchun maxsus tartiblar oʻrnatilgan sanitariya muhofazasi maydoni belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv quvurlarining, ular suv oladigan manbalarning sanitariya muhofazasi maydonlari, ularning sanitariya tartiboti mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar roʻzgʻorda va maishiy maqsadlarda ishlatiladigan havzalardagi suvning, shu jumladan markazlashtirilmagan tartibda taʼminlanadigan suvning sifati amaldagi sanitariya normalari va qoidalariga mos boʻlishini taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Chet ellardan sotib olinadigan mahsulotni yetkazib berish va sotishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar chet ellardan sotib olinadigan texnologiyalar, materiallar, xomashyo va mahsulotlarni yetkazib berish, sotish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Taʼlim sharoitlarini tartibga solib turuvchi sanitariya normalari va qoidalariga rioya etish talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar taʼlim muassasalarida va korxonalarda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etilishini taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Tibbiy koʻrikdan oʻtishning majburiyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik, kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasa, tashkilot va birlashmalarning xodimlari dastlabki hamda davriy tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Tibbiy koʻriklarni oʻtkazish tartibi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbkiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish sohasidagi majburiyatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning rahbarlari va alohida shaxslar yuqumli, parazitar va boshqa ommaviy kasalliklar, shu jumladan radiatsiya omili bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning, shuningdek ular kelib chiqqan taqdirda bu kasalliklarni yoʻqotish choralarini oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqumli, parazitar, boshqa ommaviy kasalliklar kelib chiqish va tarqalish xavfi tugʻilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari bosh davlat sanitariya vrachlarining taqdimiga muvofiq belgilangan tartibda tegishli hududlarda ishlash, oʻqish, harakatlanish va odam va yuk tashishning alohida shartlari va tartibini joriy qilishlari mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqumli va parazitar kasalliklar oʻchogʻlarida karantin-tashkiliy va profilaktika tadbirlarni oʻtkazish, kasallikka chalingan bemorlarni kasalxonalarga yotqizish tartibi va muddatlarini tegishli hududlardagi hokimiyat va boshqaruvning mahalliy idoralari hamda bosh davlat sanitariya vrachlari belgilaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Maxsus ekspertizalarni oʻtkazish sohasidagi talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi va alohida shaxslar salomatligi va kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyena, sanitariya-ekologiya, tibbiy, biologik, texnikaviy, sotsiologik va boshqa turlari, shuningdek loyiha, texnika hujjatlarini va boshqa hujjatlarni, uskunalarni, asboblarni va apparatlarni, kimyoviy moddalarni, turli birikmalarni, materiallarni va muhitlarni, oziq-ovqat xomashyosini va mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, radioaktiv materiallarni, radiatsiya texnikasini ekspertiza qilish sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar va muassasalar, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, boshqa muassasa va tashkilotlar tomonidan buyurtmachining mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qaroriga binoan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus ekspertizalarni oʻtkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalari va ekspertlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek belgilangan qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOʻLIM. DAVLAT SANITARIYA NAZORATI VA TEKShIRUVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Sanitariya nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati qaysi idoraga boʻysunishidan va mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi ushbu Qonunga hamda ular toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq ish koʻruvchi tibbiy profilaktik muassasa hisoblanib, sanitariyaga doir va epidemiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarining majmuini uyushtirilishini va oʻtkazilishini taʼminlaydi hamda davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining va Oʻrta Osiyo temir yoʻlining ishlatilayotgan va qurilayotgan obyektlarida idoraviy sanitariya nazoratini tegishli vazirliklar va idoralarning sanitariya-epidemiologiya stansiyalari amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanitariya militsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlagan Nizomga muvofiq sanitariya tekshiruvini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari, muassasalari va mansabdor shaxslari qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatiga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib rahbarlik qiladilar, uni uygʻunlashtirib va tekshirib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sanitariya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning oʻrinbosarlari, viloyatlar, shaharlar, nohiyalar bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar faoliyatining asosiy kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi bosh davlat sanitariya vrachlari, boshqa mansabdor shaxslari va mutaxassislari hokimiyat vakili hisoblanadilar va davlat himoyasida boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish sohasidagi faoliyatga aralashishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa tashkilotlarning davlat sanitariya nazorati idoralarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish maqsadida ularning ishiga aralashishi, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga biron-bir yoʻl bilan taʼsir koʻrsatishi taqiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sanitariya epidemiologiya xizmati idoralari va muassasalariga rahbarlik qiladi, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirishning asosiy vazifalarini va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhit omillarining inson organizmiga taʼsirini aniqlashga doir respublika normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariya vaziyatlarini yoʻqotish chogʻida sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan muvaqqat sanitariya normalari va qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlar va Toshkent shahri, bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasasi rahbarlarining xatti-harakatlari ustidan tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamlarning hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlgan yashash va xoʻjalik faoliyatini yuritish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni karantin infeksiyalari olib kirish va tarqatishdan sanitariya muhofazasi tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan respublika va mahalliy epidemiyaga qarshi jamgʻarmalardan va moddiy-texnikaviy resurslardan maqsadga muvofiq foydalaniyotganini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 3-sentabrdagi OʻRQ-253-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 299-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Viloyat va Toshkent shahri bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat va Toshkent shahrining bosh davlat sanitariya vrachlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz boʻysunuvidagi sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari va muassasalariga rahbarlik qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq xoʻjaligi obyektlarini qurish va qayta qurish loyihalari yuzasidan xulosalar beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiya jihatidan bexatarlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining qarorlari asosida hamda ularni bajarish yuzasidan hujjatlar chiqaradilar;
(26-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamlarning hayoti va salomatligiga xavfli boʻlgan, aholining yashashi va xoʻjalik faoliyatini yuritish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat va shahar hududlariga karantin infeksiyalari olib kirish va tarqatishdan sanitariya muhofazasi tadbirlarini amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariya vaziyatlarini yoʻqotish chogʻida sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh sanitariya vrachi bilan kelishgan holda shaharlar va nohiyalarning bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga ularning vakolatlari doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat boshqaruvi idoralarida, mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalardan, shuningdek alohida shaxslardan yoʻl qoʻyilgan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilishiga barham berishni talab qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xalq xoʻjaligi obyektlarini qurish va ularni qayta qurish loyihalarida sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarga va alohida shaxslarga belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalari, xalq xoʻjaligi obyektlarini joylashtirishning istiqbol rejalari boʻyicha, shuningdek korxonalar, binolar va inshootlarni qurish, qayta qurish loyihalari boʻyicha xulosalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish uchun yer uchastkalari berish, roʻzgʻorda va maishiy maqsadlarda suvdan foydalanadigan joylarni va oqova suvlar tozalanganidan keyin ularni tushirib yuborish shartlarini aniqlash, zaharli, kimyoviy, radioaktiv va boshqa moddalarni qayta ishlash va koʻmib tashlash masalalari boʻyicha xulosalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) turar joy binolari hamda madaniy-maishiy binolar, sanoat, qishloq xoʻjalik va boshqa korxonalar, shuningdek inshootlarning amaldagi sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi haqida xulosalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bolalar muassasalarida tarbiyalanayotgan hamda oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan bolalarning oʻquv-mehnat soatlari va taxminiy mashgʻulot tartibi haqida taqdim etishgan takliflar yuzasidan xulosalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlarini, boshqa muassasalar va tashkilotlarni maxsus ekspertizalar oʻtkazishga jalb etish va bunga buyurtmachilar hisobidan haq toʻlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari bajarilishini nazorat qilish maqsadida qaysi idoraga qarashli boʻlishdan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish;
(27-moddaning “j” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) qaysi idoraga qarashli boʻlishidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalarning rahbarlaridan va alohida shaxslardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya normalarini, qoidalarini, epidemiyaga qarshi tartibotni muntazam suratda bajarmayotgan va ishlab chiqarishning hamda bajarilayotgan ishlarning xususiyatlarini hisobga olib, yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish xavfini tugʻdiradigan shaxslarni ishdan chetlashtirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan yuqumli va parazitar kasallik bilan ogʻrigan bemorlarni kasalxonaga yotqizishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning sanitariya holatini aniqlash hamda aholi salomatligining holatini epidemiologiya jihatdan tahlil qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va tushuntirishlarni berishni talab qilish huquqiga egadirlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) gigiyena ekspertizalari, laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini, buyumlarni, predmetlar va materiallarni olish, shuningdek bevosita obyektlarning oʻzida, laboratoriyada va asboblar yordamida zarur tekshirishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) sanitariya nazoratini amalga oshirishga boshqa idoralarning mutaxassislarini shartnoma asosida, shuningdek jamoatchilik vakillarini jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning oʻrinbosarlari sanitariya qonunlari buzilgan taqdirda quyidagi huquqlarga ega boʻladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi, uy-joy, jamoat, ishlab chiqarish va boshqa xalq xoʻjaligi obyektlari qurilishiga, ularni qayta qurish, kengaytirishga, yer ajratishga doir, sanitariya normalariga va qoidalariga javob bermaydigan loyihalash haqidagi hujjatlarni va loyihalarni qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilishiga barham berilgunga qadar amaldagi ishlab chiqarish obyektlarida, madaniy-maishiy binolardan foydalanishni, umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarining, taʼlim, davolash-profilaktika hamda sanatoriy-kurort muassasalarining faoliyatini toʻxtatib qoʻyish, uskunalar, asboblar va gidrotexnika inshootlarini ishlatishni taqiqlab qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari buzilgan taqdirda aholi punktlari, binolar va inshootlar qurilishini, ularni qayta qurishni hamda mazkur obyektlarda ayrim ish turlarini amalga oshirishni toʻxtatib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki odamlar hayoti va salomatligi uchun xavfli deb topilgan yangi xomashyo turlarini, kimyoviy moddalarni, texnologiya uskunalarini, jarayonlarini va asboblarini, oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat xomashyosini, sanoat buyumlarini, qurilish materiallarini, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini, biologiya vositalarini, oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarga ishlatiladigan idishlar, plastik, polimer va boshqa materiallarni, ulardan tayyorlangan buyumlarni va boshqa xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarishni, qoʻllashni va sotishni taʼqiqlab qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik va ichimlik suvi bilan taʼminlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularga ishlov berish chogʻida kimyoviy moddalarni qoʻllashni, odamlar salomatligiga zararli taʼsir koʻrsatish xavfi tugʻilgan taqdirda qishloq xoʻjalik ekinlari va hayvonlarning oʻsishini tezlashtiradigan va tartibga soladigan dorilarni, pestitsidlarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini qoʻllashni bu moddalar va materiallarni ishlab chiquvchi ularning xavfli emasligi haqida ilmiy asoslangan maʼlumotlarni taqdim etgunigacha taqiqlab qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isteʼmol uchun yaroqsiz deb topilganda undan ichish va xoʻjalik maqsadlarida ishlatishni taqiqlab qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzayotgan shaxslarni vaqtincha ishdan chetlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Bosh davlat sanitariya vrachlari va oʻrinbosarlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy jarima belgilash haqidagi qarorlar ustidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan tartibda shikoyat beriladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V BOʻLIM. SANITARIYA QONUNLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Sanitariya qonunlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor va boshqa shaxslar quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) tuproqni, atmosfera havosini, oziq-ovqat mahsulotlarini, ish olib boriladigan joy havosini, suv bilan taʼminlashning ochiq va yerosti manbalarini, aholi tomonidan madaniy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan suv havzalari hamda suv omborlarining qirgʻoqlarini kimyoviy, fizikaviy biologik va boshqacha tarzda ifloslantirganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) sanitariya normalariga, qoidalariga va gigiyena normativlarini hisobga olmagan holda aholining salomatligini muhofaza qilishni, sanitariya-epidemiya masalalarida aholining xotirjamligini va radiatsiya xavfsizligini taʼminlashga doir normativ-texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqqanlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) yangi xomashyo turlarini, texnologiya uskunalarini, jarayonlari va asboblarini, oziq-ovqat mahsulotlari hamda oziq-ovqat xomashyosini, sanoat buyumlarini, binokorlik materiallarini, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini, kimyoviy moddalar va mahsulotlarni, biologiya vositalarini, oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mollari va dori-darmonlar bevosita tegib turadigan idishlar, boshqa materiallarni, bu materiallardan tayyorlanadigan buyumlarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini hamda boshqa xalq isteʼmoli mollarini, tibbiyot va immunobiologiya dori-darmonlarini ishlab chiqarish va qoʻllanishga doir normativ-texnika hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishmagan holda ishlab chiqqanlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) binolar va inshootlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obyektlarni sanitariya normalariga, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etmagan holda va davlat sanitariya nazorati idoralari bilan kelishmasdan turib loyihalaganlik, qurganlik, qayta qurganlik uchun;
(29-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) yer uchastkasidan davlat sanitariya nazorati idoralari bilan kelishmasdan turib yangi qurilish, obyektlarni qayta qurish, kengaytirish uchun foydalanganlik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
(29-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) oziq-ovqat xomashyosi va mahsulotlari sifatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etmaganlik, tarkibida inson hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlgan radionuklidlar, zaharli, biologik, kimyoviy va boshqa moddalar va birikmalar belgilangan gigiyena normativlaridan yuqori boʻlgan mahsulotlarni ovqatga ishlatganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sotish chogʻida sanitariya normalari, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) oziq-ovqat xomashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlariga va dori-darmonlarga tegib turadigan idishlar, boshqa materiallarni, yem-xashakka qoʻshib beriladigan oziqa moddalarni davlat sanitariya nazorati idoralarining ruxsatisiz qoʻllanganlik uchun;
(29-moddaning 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) chet eldan olinadigan texnologiyalar, materiallar, xomashyo va mahsulotlarni yetkazib berishda, sotishda va ulardan foydalanishda sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti markazlashtirilgan tizimlari orqali berilayotgan suvning sifati gigiyena talablariga mos kelmasligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) suv havzalaridan roʻzgʻorda va maishiy maqsadlarda foydalanganda, suvning sifati sanitariya normalari va talablariga mos kelishini taʼminlamaganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) aholi punktlari va hududlarini saqlashning, sanoat, qishloq xoʻjalik va xoʻjalik roʻzgʻor-chiqitlarini, shu jumladan radioaktiv va zaharli moddalarni toʻplash, saqlash, tashish va qayta ishlashning sanitariya qoidalarini buzganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini buzganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) barcha tipdagi taʼlim muassasalarida, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot muassasalarida va boshqa muassasalar hamda korxonalarda sanitariya normalari, qoidalari va normativlariga rioya etmaganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) radioaktiv moddalar, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalari bilan ishlashda, shuningdek radioaktiv chiqitlarni koʻmib tashlash chogʻida radiatsiya xavfsizligi normalari va sanitariya qoidalarini buzganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) yuqumli, parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish va ularni tugatish chora-tadbirlarini bajarmaganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) davlat sanitariya-epidemiologiya idoralari va muassasalarining yoʻllanmalari bilan sanitariya-gigiyena, tibbiy, biologik, texnikaviy, sotsiologik va boshqa maxsus ekspertizalar oʻtkazishdan asossiz bosh tortganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) tibbiy koʻriklardan oʻtmagan yoki salomatligi tufayli mehnatga yaroqsiz deb topilgan shaxslarga ishlashga ruxsat berganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) ayrim toifadagi fuqarolar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmaganligi yoki koʻrikdan oʻtish muddatlarini buzganligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalarning koʻrsatmalarini, xulosalarini hamda qarorlarini bajarmaganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) obyektdagi sanitariya gigiyena holatini, epidemiya vaziyatini va radiatsiya holatini aniqlash uchun zarur boʻlgan materiallarni berishdan bosh tortganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalar tomonidan yopib qoʻyilgan obyektlarda muhrlarni uzib tashlaganlik va ishni qayta boshlaganlik uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) ishchi va xizmatchilarning ayrim toifalari, shuningdek yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning majburiy gigiyena taʼlimidan oʻtish toʻgʻrisidagi qonun talablarini buzganligi uchun.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Javobgarlik choralari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Maʼmuriy jarima pullari Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining epidemiyaga qarshi jamgʻarmalariga tushadi.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini buzish natijasida keltirilgan zararning oʻrnini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkchilikning shakllaridan qatʼi nazar, sanitariya qonunlarini buzishda aybdor boʻlgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar shikastlanganlarni davolash va ularning salomatligini tiklash, davolash-profilaktika tadbirlariga, sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishga sarflangan xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq toʻlashlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI BOʻLIM. XALQARO ShARTNOMALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Xalqaro shartnomalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilab qoʻyilgan boʻlsa, u holda xalqaro shartnomalar qoidalari qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 3-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
657-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 355-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda;1999-y., 5-son, 124-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2010-y., 35-36-son, 299-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda, 50-son, 588-modda)