Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 02.03.1998 yildagi PF-1933-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SANITARIYA QONUNLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIKNI KUChAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sanitariya nazorati tizimi faoliyatining roli va samaradorligini oshirish, yuqumli kasalliklar koʻpayishining oldini olish, respublika aholi yashash joylarining sanitariya-epidemiologiya holati uchun shaharlar va tumanlar hokimlari, korxonalar, muassasalar, oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari va fuqarolarning huquqiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, tumanlar va shaharlardagi aholi yashash joylarining sanitariya-epidemiologiya vaziyati uchun kommunal va sanitariya xizmatlari rahbarlari bilan birgalikda hokimlar shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sanitariya nazorati organlarining “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hududlarning sanitariya muhofazasi va kasalliklarning oldini olishga doir amalga oshiriladigan faoliyatiga toʻsqinlik qilish maqsadida ushbu organlarga har qanday taʼsir koʻrsatish qatʼiy taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi jarimalar qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda toʻlanmagan hollarda davlat sanitariya nazorati organlarining qarorlari bajarilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya qonunchiligi va epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzilganligi uchun jinoiy javobgarlik belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiquvchi qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri aholi yashash joylarining sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilash, yuqumli kasalliklar bilan kasallanishning oldini olish, sanitariya qonunlari talablari bajarilishi uchun mahalliy hokimiyat organlari, kommunal xizmat va sanitariya nazorati organlarining javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatining faoliyati toʻgʻrisida maxsus telekoʻrsatuvlar va ruknlar joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, Epidemiyaga qarshi kurash respublika favqulodda komissiyasi raisi I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 2-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1933-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 42-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)