Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2009 28.05.2008 yildagi PQ-879-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.01.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008—2010 YILLARDA SANOAT KOOPERATSIYASI ASOSIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1048-sonli “2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import oʻrnini bosadigan va raqobatbardoshli zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish, tarmoq ichida va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, aholi bandligini oʻstirish, shuningdek oʻtkazilgan Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi yakunlarini hisobga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi tomonidan respublika kompaniyalari, uyushmalari va korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2008—2010-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi maʼqullansin. Dastur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008—2010-yillarda sanoat mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarish hajmi va mahalliylashtirish darajasining 1-ilovaga* muvofiq maqsadli parametrlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008—2010-yillarda butlovchi uzellar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2 va 2a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008—2010-yillarda tayyor mahsulotlar, materiallar va xomashyo turlarini mahalliylashtirish loyihalarining 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3 va 3a-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport inventarlari va oʻquv anjomlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 2008-yilda tugallanadigan loyihalarining 4-ilovaga* muvofiq roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan oʻzlashtirishga tavsiya etilayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarning 5-ilovaga* muvofiq roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2 va 3-ilovalarga kiritilgan korxonalar 2011-yil 1-yanvargacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar va ular uchun ehtiyot qismlar, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologik jarayonda foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan komponentlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar boʻyicha foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi (soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllaydigan subyektlar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda 2a, 3a va 4-ilovalarga kiritilgan korxonalar uchun ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar 2009-yil 1-yanvargacha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirishga, rekonstruksiya qilishga, modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyo va materiallar sotib olishga, Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga jalb qilingan korxonalarning muhandis-texnik xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Mahalliylashtirish dasturida qatnashuvchi korxonalarga berilayotgan imtiyozlarini qoʻllashning yangilangan tartibini tasdiqlasinlar, unda korxonalarning loyihalar parametrlarini bajarish boʻyicha aniq majburiyatlari va javobgarligini, shu jumladan ularga belgilangan parametrlarni, birinchi navbatda, mahalliylashtirish darajasini asossiz ravishda bajarmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar belgilashni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus komissiya tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, unga, mahalliylashtirishning belgilangan darajasini pasaytirishni istisno qilgan holda, Mahalliylashtirish dasturi loyihalari parametrlariga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasiga Maxsus komissiyaning takliflari boʻyicha 2 va 3-ilovalarga kiritilgan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish parametrlari va roʻyxatiga, shuningdek 5-ilovaga kiritilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin. Bunda 2 va 3-ilovalarga birinchi navbatda 5-ilovada aks ettirilgan, shuningdek Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini oʻtkazish davomida aniqlangan talabdan kelib chiqib mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarish nazarda tutilayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan loyihalar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi loyihalarni tanlash, kiritish va chiqarib tashlashning ochiq-oshkora mexanizmi va mezonlarini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari vakolatli organlar va Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilishining aniq muddatlarini va Mahalliylashtirish dasturiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishini nazarda tutadigan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda qayta ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoralararo bojxona-tarif kengashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va materiallarga, shuningdek mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari uchun keng raqobat muhiti va qulay shart-sharoitlar yaratilishi zarurligini nazarga tutgan holda Mahalliylashtirish dasturi doirasida seriyali ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan mahsulotlarga import bojxona toʻlovlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflarni muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning borishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin va har oyda Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat kooperatsiyasi aloqalarini chuqurlashtirish hamda mahalliy xomashyoni qayta ishlashga va zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish tadbirlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan oʻzlashtirilishi tavsiya etilayotgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxati toʻgʻrisida muntazam axborot berib borilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi toʻgʻrisida” 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida” 2007-yil 8-maydagi 93-son qarorining 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-879-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 198-modda)