Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.05.2008 22.06.2006 yildagi PQ-386-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.05.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006—2008 YILLARDA MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYoR MAHSULOT, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-maydagi PQ-879-sonli “2008—2010-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyotning jadal va barqaror rivojlanishini taʼminlash, uning tashqi omillarga bogʻliqligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish, mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish, shuning asosida zamonaviy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish, valyuta mablagʻlaridan tejamli va oqilona foydalanish, shuningdek yangi ish joylarini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan respublika kompaniyalari, uyushmalari va korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi (keyingi oʻrinlarda — Mahalliylashtirish dasturi deb yuritiladi) maʼqullansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006—2008-yillarda sanoat mahsuloti asosiy turlarini ishlab chiqarish hajmi va mahalliylashtirish darajasining maqsadli parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
butlovchi qism va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor mahsulot turlari, materiallar va xomashyo ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport anjomlari va oʻquv uskunalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya deb yuritiladi) tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin hamda uning zimmasiga loyihalar amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borish va Dastur parametrlarini soʻzsiz bajarish vazifalari yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2 va 3-ilovalarga kiritilgan korxonalar 2009-yilning 1-yanvarigacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarishdagi texnologiya jarayonida foydalaniladigan komponentlar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotdan olingan daromad (foyda) soligʻi, yagona soliq toʻlovi (soddalashtirilgan soliq tizimi qoʻllaniladigan subyektlar uchun) toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovaga kiritilgan korxonalar davlat budjeti, davlat maqsadli fondlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi kafolati bilan xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan beriladigan xorijiy grantlar va kreditlar hisobiga moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan loyihalar boʻyicha tender (tanlov) savdolarining gʻoliblari sifatida aniqlangan taqdirda ularga mazkur qarorda nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin. Tender (tanlov) savdolari gʻoliblari belgilangan tartibda mahalliylashtirish Dasturiga kiritilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan imtiyozlar berish hisobiga boʻshaydigan mablagʻlar texnologiya uskunalarini Modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahalliylashtirish Dasturini amalga oshirishga jalb etilgan korxonalarning muhandis-texnik xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi parametrlariga oʻzgartirishlar, shu jumladan Maxsus komissiyaning xulosalari asosida yangi loyihalarni kiritish va loyihalarni chiqarib tashlash bilan bogʻliq tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oy axborot berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliylashtirish Dasturida ishtirok etayotgan korxonalarga berilayotgan imtiyozlarni qoʻllash tartibi, shuningdek mazkur korxonalarning Mahalliylashtirish Dasturini amalga oshirish doirasidagi majburiyatlarining ijrosini taʼminlash tartibini qayta ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshiruvchi korxonalarda jahon standartlariga muvofiq sifatni boshqarish tizimini tatbiq etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek korxona xodimlarini standartlashtirish va sifatni boshqarish tizimini tatbiq etish masalalari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqitishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mahalliylashtirish dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 12-iyundagi PQ–375-sonli qarori bilan tasdiqlangan, amalga oshirilishi doimiy monitoring qilib boriladigan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning eng muhim maqsadli dasturlari Roʻyxatiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni jalb etish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarni keng yoritish, jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarni mahalliylashtirish Dasturining afzalliklari hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish mahalliy xomashyo negizida maqsadga muvofiq boʻlgan tayyor va butlovchi buyumlar roʻyxati toʻgʻrisida axborot berishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 22-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-386-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2006-yil 22-iyundagi PQ–386-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “2005-yilgacha boʻlgan davrda mahalliy xomashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2000-yil 5-sentabrdagi 342-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “2005-yilgacha boʻlgan davrda mahalliy xomashyo negizida buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilayotgan loyihalar roʻyxatini aniqlashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 22-noyabrdagi 456-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) ilovaning 31 va 58-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 17-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 24-sentabrdagi 447-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 30-dekabrdagi 620-son qarorining 1—3-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 112-modda) hamda qarorga 3-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 20-iyundagi PF–3620-son Farmoni)” 2005-yil 15-avgustdagi 198-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 45-modda) ilovaning 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-sonlar, 48-modda) ilovaning 53-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim respublika komissiyalari va kengashlari tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 7-noyabrdagi 244-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 230-modda; 2007-y., 9–10-son, 87-moddas)