Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.02.2008 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008—2012 YILLAR DAVRIDA IShLAB ChIQARISh QUVVATLARINI MODERNIZATSIYA QILISh ASOSIDA SIFATLI SPORT ANJOMLARI, INVENTARLARI VA ASBOB-USKUNALARI IShLAB ChIQARIShNI KENGAYTIRISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy bolalar sportini yanada rivojlantirish, bolalar sport komplekslarini sifatli sport inventarlari bilan taʼminlash, ixtisoslashtirilgan korxonalarni zamonaviy texnologiya asbob-uskunalari bilan jihozlash va shu asosda yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-dekabrdagi 625-f-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Mamlakat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sport inventarlari va asbob-uskunalarini oʻrganish boʻyicha ekspert komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2008—2012-yillar davrida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi (keyingi oʻrinlarda matnda Dastur deb yuritiladi) maʼqullansin, Dastur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga* muvofiq sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar roʻyxatini, ular ishlab chiqaradigan mahsulot turlari bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaga* muvofiq 2008—2012-yillar davrida sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiyalar loyihalari roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaga* muvofiq 2008—2012-yillarda sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalariga boʻlgan ehtiyojning prognoz parametrlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovaga* muvofiq 2008—2012-yillar davrida ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishning maqsadli parametrlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-ilovaga* muvofiq 2008—2012-yillar davrida ishlab chiqariladigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining sifatini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Ishchi komissiya tarkibi (keyingi oʻrinlarda Ishchi komissiya deb yuritiladi) 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, unga sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish funksiyasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqariladigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarini standartlashtirish (shu jumladan, mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga texnik topshiriq) boʻyicha amaldagi va yangidan ishlab chiqiladigan normativ hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqariladigan sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining har bir turini standartlashtirish (shu jumladan ishlab chiqariladigan mahsulotlarga texnik topshiriqlar) boʻyicha normativ hujjatlarni “Oʻzstandart” agentligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining oʻzlashtiriladigan turlarini mahalliylashtirish boʻyicha loyihalar pasportini, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori bilan maʼqullangan, 2006 — 2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga kiritish uchun ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda moʻljallangan tarmoq kooperatsiyasi yarmarkalari doirasida ommaviy sport bilan shugʻullanish uchun mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan sport kiyimlarining ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasi oʻtkazilishini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻtkazilgan koʻrgazma natijalariga koʻra bir oy muddatda, sport kiyimlari turlari boʻyicha aniqlangan talabni hisobga olgan holda, sifatli sport kiyimlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ishchi komissiyaga tasdiqlangan Dastur parametrlariga, shu jumladan yangi loyihalar va korxonalarni kiritish bilan bogʻliq tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishchi komissiya Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborot taqdim etgan holda Dasturda nazarda tutilgan loyihalar va chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi “Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasi negizida sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalarining ixtisoslashtirilgan sinov laboratoriyasini tashkil etish va uni jihozlash yuzasidan taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha maxsus komissiya, belgilangan tartibda, sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarish korxonalarining loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PQ-386-son qarori bilan maʼqullangan, 2006—2008-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 20-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 39-modda)