Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 12.06.2006 yildagi PQ-375-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IQTISODIYOT TARMOQLARI VA SOHALARINI RIVOJLANTIRIShNING ENG MUHIM MAQSADLI DASTURLARI AMALGA OShIRILIShINING MONITORINGINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlarning parametrlari ijrosini faktorli tahlil qilish asosida amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, shuningdek, zaruriyat tugʻilganda maqsadli dasturlarda nazarda tutilgan maqsad va vazifalarga oʻz vaqtida va toʻlaqonli erishishga toʻsqinlik qiluvchi sabablarni bartaraf etish boʻyicha oldini oluvchi hamda tuzatishlar kirituvchi chora-tadbirlar qabul qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan qabul qilingan 1-ilovadagi roʻyxatga muvofiq eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishining tizimli monitoringini tashkil etishga javobgar organ etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq qabul qilingan eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishining monitoringini olib borishda Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik sxemasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari maqsadli kompleks dasturlarning tasdiqlangan parametrlari ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga axborot oʻz vaqtida va sifatli taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi bilan birgalikda bir oy muddatda har bir maqsadli dastur ijrosining monitoring tartibi, monitoringni amalga oshirishda zarur boʻladigan axborotning maketi va shakllarini ishlab chiqsin hamda davlat boshqaruvining barcha darajalarida tadbiq etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 16-sonli qaroriga muvofiq asosiy moddiy balanslar ijrosi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli asosdagi monitoring natijalariga koʻra har bir ijrochi boʻyicha eng muhim maqsadli kompleks dasturlar ijrosini tanqidiy tahlil qilishni hamda dasturlarda qoʻyilgan maqsad va vazifalarga erishish boʻyicha ishlarning haqiqiy holatiga xolis baho berilishini taʼminlasin va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot berib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar Hukumat, hokimliklar va hayʼatlar majlislarida qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlarning amalga oshirilishini har chorakda koʻrib chiqsin hamda uning yakuni boʻyicha mavjud qoloqlikni bartaraf etish, dasturlarning tasdiqlangan parametrlariga belgilangan muddatlarda soʻzsiz erishishni taʼminlash, dasturlar ijrosi uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha aniq amaliy choralar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-375-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 12-iyundagi
PQ-375-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilishi doimiy monitoring qilib boriladigan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning eng muhim maqsadli kompleks dasturlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xoʻjaliklarida chorva mollarni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-martdagi PQ-308-sonli qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-sonli qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl qurilishi ishlari hajmi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari hamda 2006-yilda avtomobil yoʻllari qurilishi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 3-martdagi PQ-299-sonli qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 12-iyundagi
PQ-375-sonli qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishining monitoringini olib borishda Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Ish bosqichlarining nomi‎

Bajarish muddatlari‎

Masʼul ijrochilar‎

I bosqich‎ Mazkur qarorning 1-ilovasida koʻrsatilgan maqsadli kompleks dasturlarga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot tayyorlash va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish.‎ Chorakdan keyingi oyning 5-kunigacha‎ Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari‎
II bosqich ‎ Eng muhim maqsadli kompleks dasturlar bajarilishini tanqidiy tahlil qilish, tan joylar va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritish.‎ Chorakdan keyingi oyning10-kunigacha‎ Iqtisodiyot vazirligi‎
III bosqich‎ Eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining rivojlanishida mavjud boʻlgan qoloqlikni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni qabul qilgan holda hokimliklar hamda vazirliklar va idoralar hayʼatlari majlislarida koʻrib chiqish, mazkur vazifalarni bajarishda tarmoqlar va hududlar darajasidagi mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirish.‎ Chorakdan keyingi oyning 14-kunigacha‎ Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, vilo�t va Toshkent shahar hokimliklari‎
IV bosqich‎ Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning eng muhim maqsadli kompleks dasturlar amalga oshirilishini dasturga kiritilgan tadbirlar belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishi maqsadida mansabdor shaxslarning javobgarligini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni qabul qilgan holda mazkur vazifalarning bajarilishini Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqish.‎ Har chorakda belgilangan muddatlarda‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 217-modda)