27.11.2023 yildagi PF-200-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarga oid ochiq maʼlumotlar koʻlamini yanada kengaytirish, ulardan toʻsiqlarsiz foydalanishni taʼminlash, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Milliy kengash), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Bosh prokuraturaning korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olish boʻyicha quyidagi tizimni joriy etish haqidagi taklifi maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har chorakda Agentlik davlat organlari va tashkilotlari kesimida sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qiladi va ushbu jinoyatlar koʻrsatkichi oshgan davlat organlari va tashkilotlariga kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar belgilash uchun Agentlik xodimlari ishtirokida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yarim yilda jinoyatlarning oldini olish hamda ularga imkon bergan omillarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar Milliy kengash yigʻilishlarida tegishli davlat organlari va tashkilotlarining birinchi rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxati quyidagi maʼlumotlar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlar kesimida “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati toʻgʻrisidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qoʻyilgan sana va roʻyxatdagi tartib raqami) maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (roʻyxati) toʻgʻrisidagi (ariza navbatga qoʻyilgan sana, roʻyxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yoʻriqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida boʻsh ish oʻrinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan gʻolib boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agentlikning quyidagi jarayonlarni internet tarmogʻi orqali jonli efirga uzatish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan oʻtkaziladigan dissertatsiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oliy taʼlim muassasalari bazasidagi harbiy taʼlim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasini baholash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Agentlikka davlat organlari va tashkilotlarining qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasini baholash maqsadida “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish vazifasi yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbiri:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlaridagi ishonch telefonlarining (Call-markaz) hamda ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilingan telefon raqamlarining doimiy ravishda ishchi holatdaligi, maʼlumotlar almashinuvi samaradorligi, qayta aloqaning mavjudligi, shu jumladan tezkorligi va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi darajasini tekshirish maqsadida oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning masʼul xodimlari tomonidan aloqa vositalaridan (telefon qoʻngʻiroqlari, elektron pochta va boshqa aloqa kanallari) foydalangan holda masofaviy tartibda oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
natijalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga oʻzining ochiqlikni taʼminlashga oid faoliyatini yaxshilash hamda takomillashtirish uchun koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirini oʻtkazishda huquqbuzarliklar sodir etishga ogʻdirish va undash, shu jumladan nizoli, bahsli holatlarni va kamchiliklarni sunʼiy ravishda keltirib chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirini oʻtkazishda Agentlik masʼul xodimlaridan tashqari boshqa shaxslardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganish obyektiga tashrif buyurish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbir natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar vazirlik va idoralar xodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos boʻlmaydi, ish beruvchi tomonidan shaxsiy tashabbus koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik (A. Burxanov) xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlashga masʼul xodimlarini ochiqlik sohasidagi milliy qonunchilik va xalqaro standartlar talablari boʻyicha oʻqitishga qaratilgan onlayn malaka oshirish tizimini elektron platforma asosida yoʻlga qoʻysin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron platforma orqali oʻqitilishi lozim boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, ularning masʼul xodimlari roʻyxati va aniq muddatlarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron platforma oʻquv modullarini yakuni boʻyicha har bir tinglovchi egallagan bilim va malakasi test sinovidan oʻtkazilib, natijalarini toʻplangan ballar reytingi asosida ochiq eʼlon qilib borish tartibini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron platforma modullari qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi va xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqib, muntazam takomillashtirib (toʻldirib) borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6247-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlik uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.E. Burxanov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Farmon ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 27-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-200-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DAVLAT DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish

1.

Yangi Oʻzbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashishning qonuniy asoslarini yanada takomillashtirish.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari va boshqa davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi;

davlat organlarida majburiy ravishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlarini amalga oshirish talablari;

korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, vakolatlari;

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash masalalari;

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlarning asosiy vazifalari;

siyosiy partiyalarning moliyalashtirilishining ochiq va shaffofligi hamda saylov jarayonlaridagi korrupsiyaning oldini olish choralari;

davlat boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi standartlarni joriy etish va ularga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha mexanizmlarini belgilash.

2024-yil may

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

2.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markaz” faoliyatini takomillashtirish.

Fuqarolar tomonidan korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi “Call-markaz”ga qilingan qoʻngʻiroqlarni yozib olish va ovozli xabar qoldirish imkoniyatini yaratish.

2024-yil fevral

Ijrochilar mablagʻlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

3.

Korrupsiyaga oid xabarlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

Korrupsiya toʻgʻrisida xabar beruvchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, korrupsiya bilan bogʻliq murojaatlarni qabul qilish va ular bilan ishlash imkoniyatini beruvchi yagona markazlashtirilgan elektron tizimni yaratish nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

4.

Davlat organlarining ochiqlikni taʼminlashga masʼul xodimlarini onlayn oʻqitishga moʻljallangan “Open data” elektron taʼlim platformasini ishga tushirish.

Elektron taʼlim platformasi dasturiy taʼminotini yaratish hamda ochiqlikni taʼminlash sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrgangan holda oʻquv modullarini ishlab chiqish, shuningdek, platforma orqali davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlarini oʻqitishni tashkil etish.

2024-yil fevral

Grant mablagʻlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

5.

Davlat organlari va tashkilotlari budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushayotgan mablagʻlarning sarflanishi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.

Davlat organlari va tashkilot�ari budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushayotgan mablagʻlar (jarima, davlat mulkini ijaraga berish va sotish, pullik xizmatlar koʻrsatish va boshqa), ularning sarflangan maqsad va yoʻnalishlari haqidagi maʼlumotlarni ochiq maʼlumotlar portali va rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil mart

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

6.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash mexanizmlarini takomillashtirish.

Quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjati loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan xodimlarning faoliyatini baholash mezonlarini takomillashtirish;

ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishini baholashda “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbiri natijalarini hisobga olish.

2024-yil iyun

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev)

7.

Davlat organlari va tashkilotlari ochiqlikligini taʼminlash faoliyati ustidan nazorat tizimi samaradorligini oshirish.

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofaviy monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2024-yil iyun

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

II. Davlat xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olish

8.

Vazirlik va idoralarning inson resursini rivojlantirish va boshqarish faoliyatini raqamlashtirish.

Byurokratik toʻsiqlarni, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va inson omilini qisqartirish maqsadida vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash yoʻnalishidagi faoliyatini hrm.argos.uz elektron bazasi orqali amalga oshirish.

Bunda:

tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni toʻplash va unga ishlov berish;

shaxsiy tarkibga oid buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar loyihalarini ishlab chiqish;

xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va ularni masofaviy oʻqitish;

kadrlar boʻyicha maʼlumotlarning elektron arxivini yuritish.

2023-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(O. Xasanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

vazirlik va idoralar

III. Maʼmuriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olish

9.

Maʼmuriy tartib-taomillarning bir xilda qoʻllanilishi boʻyicha davlat organlarida yagona yondashuvni shakllantirish.

Davlat organlari va tashkilotlarida maʼmuriy tartib-taomillarni bir xilda tashkil etish va ijrosini taʼminlash boʻyicha qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda yetkazilishini taʼminlash.

2023-yil dekabr

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

10.

Sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining, ularning mansabdor shaxslarining bekor qilingan noqonuniy qarorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning jamoatchilik uchun ochiqligini taʼminlash.

Sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy chiqarilganligi uchun bekor qilingan qarorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorak yakuni bilan rasmiy veb-saytda ochiq eʼlon qilib borish.

Har chorak yakuni bilan keyingi oyning 15 sanasiga qadar

-

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

IV. Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olish

11.

Davlat xaridlari tartib-taomillarini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash.

Davlat xaridi jarayonidagi ishtiroki bilan bogʻliq holatda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan yoki manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻygan, davlat xaridi ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsning mansabdor shaxslari yoki taʼsischilarini Insofsiz ijrochilar reyestriga kiritish hamda ushbu shaxslar boshqaruvidagi yoki benefitsiar taʼsischiligida boʻlgan boshqa yuridik shaxslarning ham davlat xarididagi ishtirokini cheklash bilan bogʻliq tartibni joriy qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil mart

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

12.

Davlat xaridlarida tovar (ish va xizmatlar)ning narxlarini nazorat qilish mexanizmlarini yaratish.

1. Davlat xaridlari tartib-taomillarini amalga oshirishda tovarning (ishning, xizmatning) boshlangʻich narxini davlat xaridlarining maxsus axborot portalida eʼlon qilingan narxlar asosida shakllantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Davlat xaridlarida tovar (ish va xizmatlar)ning boshlangʻich narxini belgilashning namunaviy tartibini ishlab chiqish. Bunda, tovar (ish va xizmatlar)ning boshlangʻich narxlarini maxsus axborot portalida eʼlon qilib borish amaliyotini joriy etish.

2023-yil dekabr

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(Sh. Sharaxmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda yagona yetkazib beruvchilarni belgilashning shaffof tizimini yaratish.

1. Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi arizani koʻrib chiqish reglamentini ishlab chiqish. Bunda:

amaldagi qonunchilikka oʻzgartirish kiritgan holda Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun vakolatli organ va tegishli masʼul vazirlik, idoralarning masʼullaridan iborat komissiyani tuzish hamda ushbu komissiya ish faoliyatini “Xarid.mf.uz” platformasi orqali elektron tarzda koʻrib chiqish mexanizmini joriy qilish;

yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi ariza va unga ilova maʼlumotlarni Davlat xaridlari markaziy axborot portalida ochiq eʼlon qilish, majburiy jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish, mazkur ariza boʻyicha jamoatchilik vakillarida oʻz fikr va eʼtirozlarini portalda qoldirish imkoniyatini yaratish;

yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi arizani koʻrib chiqish natijalarini (qanoatlantirilganlar va rad etilganlar asoslari) Davlat xaridlari markaziy axborot portalida ochiq eʼlon qilish.

2. Yagona yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish jarayonlarini elektronlashtirish, yaʼni maxsus axborot portali orqali tuzilishini joriy qilish.

2024-yil yanvar

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunbuzilish holatlarining sudlarda koʻrib chiqish boʻyicha yagona amaliyotni shakllantirish.

Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzish orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari bilan bogʻliq ishlarni koʻrish amaliyotini umumlashtirib, bu toifadagi ishlarni koʻrishda yagona amaliyotni shakllantirish boʻyicha sudlarga zaruriy tavsiyalarni ishlab chiqish.

2024-yil may

-

Oliy sud

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Davlat organlari va tashkilotlarga tegishli korporativ bank kartalari orqali xaridlarni amalga oshirish jarayonini tartibga solish.

Davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil aprel

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

16.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida autsorsing xizmatlari koʻrsatishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida autsorsing xizmatlari koʻrsatishning yagona tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

autsorserlarni tanlab olish, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirishning ochiq va shaffof mexanizmlarini, shu jumladan yagona elektron platforma joriy etishni;

autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlarini;

autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan nazorat va monitoring qilish mexanizmlarini;

autsorsing xizmatlarini tashkil etish va oʻtkazishda korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mexanizmlarini belgilash.

2024-yil mart

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

vazirlik va idoralar

17.

Davlat xaridlari sohasida qonunbuzilish holatlarining oldini olish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni yaratish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Agentlik vakolati doirasida aniqlagan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi holatlari yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish;

Agentlikka davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan holda tuzilgan bitimni, qabul qilingan qarorni hamda boshqa hujjatni oʻzgartirish, bekor qilish yoki ularni haqiqiy emas deb topish haqida davlat bojidan ozod etilgan holda sudga daʼvo kiritish vakolatini berish;

davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan holda davlatga yetkazilgan zararning hamda haqiqiy emas deb topilgan hujjatning ijrosi bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni aybdor mansabdor shaxsdan undirib olish;

davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi holatlari aniqlanganda Agentlikning taqdimnomasiga asosan xarid qilish tartib-taomillarni toʻxtatib turishni nazarda tutish.

2024-yil iyun

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

V. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olish

18.

Korrupsiya xavf-xatarlari yuqori boʻlgan sohalarda “Korrupsiyasiz soha” loyihalarini amalga oshirish.

Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash:

sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish;

korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash;

sohada ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish;

korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish.

2023-yil dekabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

(X. Umarova),

Korrupsiyaga qarshi k�rashish agentligi

(A. Burxanov),

vazirlik va idoralar

19.

Oliy taʼlim muassasalari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish.

NEMIS axborot tizimi orqali anonim soʻrovnoma oʻtkazish yoʻli bilan oliy taʼlim muassasalarining har yilgi korrupsiyaga qarshi kurashish reytingini aniqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Reyting natijalari boʻyicha salbiy koʻrsatkich qayd etgan oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va ijroga qaratish.

2023-yil dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Karimov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

VI. Korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional asoslarini takomillashtirish

20.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, tanqidiy va ekspert salohiyatini kuchaytirish borasida chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish:

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi boʻyicha milliy ekspertlar jamoasini bosqichma-bosqich shakllantirish;

ilmiy-metodik materiallarni ishlab chiqishga xorijiy ekspertlar va maslahatchilarni jalb etishni muvofiqlashtirish;

milliy ekspertlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi malakasini oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro akademiyasi (IACA) va boshqa xalqaro taʼlim muassasalarida oʻqitishni tashkil etish.

2024-yil ya�var

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

(E. Kolenko),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Karimov)

VII. Sud-huquq tizimida korrupsiyaning oldini olish

21.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining oldini olish.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgan funksiya va vazifalarini tahlil qilib, ularni sudlarga oʻtkazish yoki raqamlashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlarni minimallashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2024-yil may

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

vazirlik va idoralar

VIII. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

22.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish.

1. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grantlar va ijtimoiy buyurtmalar soni va ajratilayotgan mablagʻlar miqdorini oshirish.

2. Xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari tomonidan eʼlon qilinadigan davlat grantlari ajratish uchun tanlovlarda muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi mavzular kiritish.

2023-2024-yillarda

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

(kelishuv asosida),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashlari

(kelishuv asosida),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

(K. Ishanxodjayev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

3. Nodavlat notijorat tashkilotlarini sohaga oid oʻzgarishlardan xabardor qilib borish maqsadida mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tizimli ravishda seminarlar tashkil etib borish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

(E. Kolenko),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

(K. Ishanxodjayev)

23.

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida keng koʻlamli “Aksilkorrupsiya haftaligi”ni oʻtkazish.

“Aksilkorrupsiya haftaligi”ni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uning samarali amalga oshirilishini tashkil etish.

Har yili noyabr-dekabr oylarida

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

24.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini aniqlash va oshirish maqsadida tizimli ravishda ijtimoiy tadqiqotlar va soʻrovlar tashkil etib borish va natijalarini keng jamoatchilikka eʼlon qilish.

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi va boshqa nodavlat tashkilotlar ishtirokida aholining korrupsiyaga munosabatini va olib borilayotgan islohotlardan xabardorlik darajasini oʻrganish yuzasidan soʻrovnomalar tashkil etish.

Bunda, soʻrovnomalar mavzusi tanlashda korrupsiya xavf-xatarlari yuqori boʻlgan sohalarni aniqlash, amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga baho berish, fuqarolarning korrupsiyaga nisbatan munosabatini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish masalalariga eʼtibor qaratish.

Har yarim yilda

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi

(N. Raximova)

25.

Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillarining yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish yuzasidan yillik reja-jadvalni ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash.

2023-yil dekabr

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Karimov),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

(A. Ikramov),

vazirlik va id�ralar

26.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, bu borada erishilgan natijalarni muhokama qilish va tushuntirishga bagʻishlangan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiya holatlariga duch kelganda qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tushuntirish va amaliy koʻmak berish, sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish, erishilayotgan natijalar va kelgusi vazifa-maqsadlarni muhokama qilishga bagʻishlangan maxsus telekoʻrsatuv, tok-shoularni efirga uzatishni yoʻlga qoʻyish.

Alohida reja jadvalga asosan 2023-2024-yillarda

-

MTRK

(A. Xadjayev),

Milliy media assotsiatsiyasi

(Sh. Qudratxoʻja)

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

vazirlik va idoralar

IX. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish

27.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tarmogʻining Istanbul harakatlar rejasi doirasida oʻtkaziladigan 5-bosqich monitoring chora-tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish.

Monitoring oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni koʻrish.

2023-yil dekabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

vazirlik va idoralar

28.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro moliya-tijorat bitimlarini amalga oshirishda xorijiy mansabdor shaxslarga pora berishga qarshi kurashish boʻyicha konvensiyasiga qoʻshilish masalasini oʻrganish.

1. Konvensiyaga qoʻshilish yuzasidan milliy ekspertlar guruhini shakllantirish.

2. Konvensiyaga qoʻshilish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil avgust

-

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

vazirlik va idoralar

29.

“Ochiq Hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga aʼzo boʻlish masalasi boʻyicha asoslantirilgan taklif ishlab chiqish.

1. “Ochiq Hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga aʼzo boʻlish yuzasidan masʼul davlat idoralari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2024-yil fevral

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

vazirlik va idoralar

2. “Ochiq Hukumat hamkorligi” xalqaro tashkiloti vakillari bilan aʼzo boʻlish shartlari, mavjud salohiyatni tahlil qilish hamda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni muhokama qilish.

2024-yil aprel

3. “Ochiq Hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasini aʼzo boʻlishga qaratilgan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2024-yil iyun

30.

“Oʻzbekiston — 2030” Strategiyasidan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish boʻyicha davlatning istiqboldagi asosiy yoʻnalishini belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2030-yilgacha moʻljallangan milliy strategiyani ishlab chiqish:

korrupsiya kelib chiqishiga sabab boʻlgan omillarni aniqlash va ularni tahlil qilish;

amaldagi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha belgilangan mexanizmlarning samaradorligini baholash va ularni takomillashtirish;

jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish.

2024-yil mart

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

vazirlik va idoralar

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6247-son Farmoniga kiritilayotgan qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilova quyidagi mazmundagi 36 — 40-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

36.

Hududlar kesimida “Haj” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati toʻgʻrisidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qoʻyilgan sana, roʻyxatdagi tartib raqami va ziyorat turi) maʼlumotlar.

Rasmiy veb-sayt

har chorakda

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi

37.

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (roʻyxati) toʻgʻrisidagi (ariza navbatga qoʻyilgan sana, roʻyxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) maʼlumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, hududiy maktabgacha va taʼlimi boshqarmalari

38.

Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yoʻriqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat)

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

39.

Boʻsh ish oʻrinlari (markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida), ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har oyda

Davlat organlari va tashkilotlari

40.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi maʼlumotlar, shu jumladan gʻolib boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi maʼlumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har yarim yillikda

Davlat organlari va tashkilotlari

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 06/23/200/0896-son)