29.06.2020 yildagi PF-6013-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish choralari koʻrilmoqda hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish boʻyicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning taʼsirchan tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Ushbu ishlarga fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillarini ham keng jalb etish zarurati tugʻilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturini izchil roʻyobga chiqarish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan davlat siyosatining samaradorligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini taʼminlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatini qonuniylik, xolislik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida boshqa davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdordir;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadigan direktor tomonidan boshqariladi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni taʼminlash, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori boʻlgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga oid axborotlarni tarqatish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitishni tashkil etish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar boʻyicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalar, shu jumladan banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa xalqaro vositalarini joriy etish va samarali faoliyat koʻrsatishini tashkillashtirish, zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish, shuningdek, ularning mazkur sohadagi faoliyati boʻyicha reytingini tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi samaradorligini taʼminlash, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro standartlarni va ilgʻor xorijiy amaliyotni joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi va samarali faoliyat koʻrsatishini hamda deklaratsiyalarning haqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish, shuningdek, ushbu jarayonda aniqlangan korrupsiya holatlariga oʻz vaqtida taʼsir choralari koʻrilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatiga halollik standarti (“halollik vaksinasi”) va manfaatlar toʻqnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda koʻmaklashish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrish, shuningdek, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, uni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning imidjini mustahkamlash va uning xalqaro reytinglardagi oʻrnini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar koʻrishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning taʼsirchanligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, shu maqsadda ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat sektorning boshqa vakillari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, shu jumladan ularning normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan maʼlumotlarni Internet tarmogʻiga joylashtirish (eʼlon qilish) boʻyicha majburiyatlari hisobini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatish boʻyicha choralarning ishlab chiqilishi va joriy etilishiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlaridan kelib chiquvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligiga oid dolzarb masalalarni “Mening fikrim” veb-portali orqali umumxalq muhokamasiga chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxatini uzluksiz toʻldirish, takomillashtirib borish va yangilab borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari orqali davlat organlari va tashkilotlari xizmatchilariga “davlat organlari faoliyati ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligi” madaniyatini singdirish hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar xalq oldida hisobdorligini taʼminlash muhimligi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154-sonli Farmoniga asosan oʻn toʻrtinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatchilari axloq qoidalariga zid xatti-harakatlar qilishining oldini olishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoniga asosan oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida milliy maʼruzani tayyorlaydi hamda uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul boʻlgan qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining tegishli qoʻmitasi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari bilan hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi hamda natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga axborot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga oid jinoyatlar oqibatida jamiyat va davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar toʻliq qoplanilishiga erishish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tizimi samaradorligini tahlil qiladi va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida korrupsiyaning darajasini baholovchi Korrupsiyani qabul qilish milliy indeksini tuzishni tashkillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlari sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davlat buyurtmachisi ISO 37001 korrupsiyaga qarshi standartini qoʻllashni koʻzda tutuvchi talabni oʻrnatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiya holatlariga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlarining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bogʻliq materiallarni talab qilish, olish va oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan oʻrnatilgan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida korrupsiya holatini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tizimli korrupsiyaning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish maqsadida qonunchilik, shu jumladan jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq jinoyat ishlari materiallarini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrganish va boshqa tadbirlar natijalari boʻyicha toʻplangan materiallarni faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari boʻlgan shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq choralar koʻrish, jumladan jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish uchun huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlariga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy surishtiruvlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirishlar hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari oʻn kun ichida koʻrib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik xodimlarining tarkibi yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa sohalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar orasidan toʻldiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikning hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, taftish va tekshirishlar oʻtkazish, mutaxassislar ajratish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi talablarini bajarish davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolar uchun majburiydir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik xodimlari oʻz vakolatlari doirasida korrupsiyaning sabab va shart-sharoitlarini oʻrganish hamda tahlil qilish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ushlab turilganlarni va qamoqqa olinganlarni saqlash joylari, jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirishga va hujjatlar bilan tanishishga haqli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda Agentlik bilan kelishilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy idoralararo komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (keyingi oʻrinlarda — Milliy kengash) va uning hududiy kengashlari etib qayta tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik Milliy kengashning ishchi organi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik Milliy kengash faoliyatini samarali tashkiliy-uslubiy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ish rejalarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda Milliy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini tashkil etishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy ish tajribasiga ega va Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir shaxslar orasidan toʻldirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik faoliyati tashkil etilishini tartibga soluvchi hujjatlar paketi, shu jumladan Agentlik tuzilmalari toʻgʻrisida nizomlar va xodimlarining odob-axloq qoidalari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikni xodimlar bilan toʻldirish konkurs asosida xalqaro standartlarga muvofiq Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka birinchi marta ishga qabul qilinadigan xodimlar ishdan ajratilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning nazariy va amaliy masalalari, xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni oʻrganishni qamrab oluvchi maxsus oʻquv dasturlari boʻyicha taʼlim oladi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, shu jumladan xalqaro tashkilotlarning mablagʻlarini jalb qilgan holda, 2020-2021-yillarda barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”)ni bosqichma-bosqich joriy etish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat xaridlari sohasida masʼuliyatni oshirish va korrupsiyani bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini, shu jumladan xarid qilish tartib-taomillari turlarini belgilash va ijrochini tanlash shartlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalarni majburiy ravishda eʼlon qilish, shuningdek, davlat xaridlarini tanlov va tender savdolari orqali zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat elektron shaklda amalga oshirish tartibini joriy etish boʻyicha takliflarni kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy banki va Hisob palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda, shu jumladan uy-joy kommunal xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, qurilish va energetika sohalarida davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish va undan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holati boʻyicha oʻrganish oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda doimiy asosda davlat xaridlarida affillanganlik, shu jumladan xaridlar ishtirokchilarining oxirgi benefitsiar egalariga taalluqli manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va oldini olish choralarini koʻrish maqsadida masofaviy monitoring oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlik zimmasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tarmogʻining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy koordinatori vazifa va vakolatlari yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Bosh prokuraturasi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi “E-Anticor.uz” elektron platformasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiya holatlari haqida Agentlikni xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy taʼminot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlikka davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning maʼlumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishini hamda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashiga kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda — “Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi toʻgʻrisida”gi, “Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlar toʻqnashuvini deklaratsiya qilish toʻgʻrisida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda — Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilishni davom ettirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishini hamda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Milliy kengashga kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agentlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan binolarni taʼmirlash, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash uchun oʻrnatilgan tartibda mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida alohida modda bilan Agentlik faoliyatini hamda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish choralarini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Agentlikni joylashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda unga har tomonlama koʻmaklashsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini yoritish boʻyicha maqolalar chop etilishini va tematik telekoʻrsatuvlar berib borilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 29-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-6013-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoniga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

T.K. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Milliy kengash raisi

2.

A.X. Saidov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Milliy kengash raisining oʻrinbosari

3.

lavozim boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

4.

U.K. Mingboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

5.

K.F. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi

6.

N.T. Yoʻldoshev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

7.

B.A. Rashidov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

8.

J.J. Shirinov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi

9.

B.D. Matmuratov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmita raisi

10.

D.M. Saidjonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

11.

B.T. Turabov

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari

12.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri

13.

A.X. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri

14.

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

15.

P.R. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

16.

T.A. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri

17.

N.B. Xusanov

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

18.

Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

19.

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

20.

A.V. Shin

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

21.

A.K. Shadmanov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

22.

Sh.M. Sadikov

Oʻzbekiston RespublikasiAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

23.

R.T. Mamatov

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

24.

M.B. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

25.

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

26.

B.A. Begalov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi

27.

Sh.Sh. Sharaxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

28.

D.F. Raximov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi

29.

B.S. Yuldashev

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

30.

X.T. Azizov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi birinchi prorektori

31.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshligʻi

32.

R.R. Xakimov

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

33.

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

34.

A.K. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

35.

R.T. Kamilov

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi direktori

36.

A.E. Burxanov

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi

37.

E.S. Tulyakov

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori

38.

K.M. Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

39.

A.Z. Saʼdullayev

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

40.

N.H. Alimov

Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi raisi

41.

F.F. Abduxalikov

Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

42.

A.I. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

43.

S. Xakimov

Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi

44.

N.X. Raximova

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Milliy kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 06/20/6013/1002-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son; 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 30.12.2025-y., 06/25/270/1252-son)