28.10.2022 yildagi 625-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 10-maydagi 390-son qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir boʻlgan yengib boʻlmas kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining asosiy funksiyalaridan biri etib belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan sertifikat berish orqali amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorning tashqi savdo bitimlari, xalqaro moliya yoki investitsiya kelishuvlari va xalqaro shartnomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshlangan yoki boʻlib oʻtgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlashga sertifikat olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlashga sertifikat olish uchun ariza va hujjatlarni yuborish, ularni koʻrib chiqish hamda sertifikat berish tartibi va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat berilganlik uchun yigʻim undirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish asoslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash uchun berilgan sertifikatlar reyestrini yuritish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatining YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻimlarni Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda toʻlash imkoniyatini yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 28-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
625-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 625-son qaroriga
1-ILOVA

Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Reglament tashqi savdo bitimlari, xalqaro moliya yoki investitsiya kelishuvlari va xalqaro shartnomalar (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshlangan yoki boʻlib oʻtgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat xizmatini koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash vakolatli organ vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan hamda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiriladigan sertifikat berish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlovchi sertifikat muddatsiz davrga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengib boʻlmaydigan kuchlar — tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, kamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlar (fors-major);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — shartnoma doirasida yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash maqsadida hujjatlarni taqdim etuvchi: yuridik yoki jismoniy shaxs (shartnoma tomoni).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Talabgor davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi va ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi hamda quyidagi hujjatlarni yuklaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma(lar), qoʻshimcha kelishuv(lar) (mavjud boʻlgan taqdirda) hamda ularga spetsifikatsiya(lar) nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma(lar) boʻyicha bajarilgan majburiyatlarning hajmlarini tasdiqlovchi hujjatlar (bank tomonidan koʻchirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma, hisobvaraqlar va/yoki dalolatnomalar). Bunda hujjatlar shartnoma(lar)ning xususiyatidan kelib chiqib taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor YIDXPda soʻrovnomani toʻldirib, ushbu hujjatlarni yuklagandan soʻng identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron raqamli imzo, mobil-ID va boshqalar) soʻrovnomani yuborishni tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgordan ushbu bandda koʻrsatilmagan hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vakolatli organga kelib tushgan soʻrovnoma va hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va hujjatlarning toʻliqligi koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vakolatli organ soʻrovnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshlangan yoki boʻlib oʻtgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini talabgorning shartnomasiga taʼsiri, shartnoma majburiyatlarining oʻzaro bajarilishi, majburiyatlarning muddatlari va boshqa asoslovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarni oʻrganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, vakolatli organ soʻrovnomada koʻrsatilgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari mavjudligini tasdiqlash uchun davlat boshqaruvi organlari yoki xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlardan xulosalar soʻrashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat boshqaruvi organlari yoki xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar vakolatli organ soʻrovi kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida soʻralayotgan xulosani yozma shaklda taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vakolatli organ talabgorning soʻrovnomasiga muvofiq sodir boʻlgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash masalasini oʻz mablagʻlari hisobidan joyiga chiqqan holda oʻrganish va baholash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Talabgorga sertifikat berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli organ tomonidan soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab oʻn uch ish kunida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vakolatli organ talabgorni qabul qilingan qaror haqida YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Soʻrovnoma rad etilgan holatlarda, rad etish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida sertifikat berish haqida qaror qabul qilingan taqdirda sertifikat berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, bir soʻrovnoma bilan birga bir nechta (bittadan ortiq) shartnomalar bir vaqtning oʻzida taqdim qilinsa, qoʻshimcha har bir shartnoma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida alohida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Talabgor sertifikat berilishi toʻgʻrisida xabar olgandan soʻng bir ish kunida 15-bandda belgilangan miqdordagi yigʻimlarni toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vakolatli organ tomonidan sertifikat berilganligi uchun yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78,25 foizi-vakolatli organning Rivojlanish va moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasining maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangandan soʻng vakolatli organ tomonidan bir ish kunida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan sertifikat Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq elektron shaklda talabgorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Vakolatli organ tomonidan sertifikat berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻrovnomaga ilova qilingan hujjatlar buzib koʻrsatilgan holda taqdim etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma boʻyicha majburiyatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshlanmagan yoki sodir boʻlmagan yengib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatning bajarib boʻlinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma boʻyicha majburiyatning bajarilmaganligi yengib boʻlmaydigan kuchlar davom etgan muddatlarga muvofiq boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Reglamentning 10-bandiga muvofiq davlat boshqaruvi organlari yoki xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari mavjud emasligi boʻyicha asoslantirilgan xulosasi olinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 333-moddasiga muvofiq talabgorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yoʻqligi, talabgorda zarur pul mablagʻlarining boʻlmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa sabablarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababli sertifikat berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib tarzda belgilanishi, biroq besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Talabgor sertifikatni berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, sertifikatni berish yoki uni berishni rad etish talabgorning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi soʻrovnomasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnoma takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Soʻrovnomani qayta koʻrib chiqishda sertifikat berishni ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sertifikatni berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin talabgor tomonidan taqdim etilgan soʻrovnoma yangi kiritilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Talabgor sertifikatni berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) boʻyicha belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Vakolatli organ tomonidan berilgan sertifikatlar reyestri ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq avtomatik shaklda yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Zarur hollarda vakolatli organ tomonidan xoʻjalik subyektlariga, ularning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xorijiy mamlakatlarda sertifikat berish, yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash va sertifikat olish uchun hujjatlarni koʻrib chiqishning borishi masalalari boʻyicha maslahatlar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ushbu Reglament talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

(Yuridik yoki jismoniy shaxs-shartnoma tomoni)

Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha sertifikat olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)dan roʻyxatdan oʻtadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Talabgor

(Yuridik yoki jismoniy shaxs-shartnoma tomoni)

YIDXP orqali soʻrovnomani mustaqil ravishda elektron tarzda toʻldiradi, hujjatlarni yuklaydi va vakolatli organga yuborishni tasdiqlaydi.

Xohishiga koʻra

3-bosqich

Vakolatli organ

(Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi)

1. Kelib tushgan soʻrovnoma va hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, hujjatlarning toʻliqligini koʻrib chiqadi.

Oʻn uch ish kuni

2. Zarur hollarda, tegishli davlat boshqaruvi organlari yoki xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari (fors-major) mavjudligi yuzasidan xulosa olish uchun soʻrov yuboradi.

Davlat boshqaruvi organlari yoki xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar

Soʻrov kelib tushgan taqdirda uni oʻrganib chiqadi hamda oʻn ish kuni ichida oʻz xulosalarini tayyorlab vakolatli organga taqdim etadi.

Vakolatli organ (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi)

3. Talabgor taqdim etgan hujjatlarni, shuningdek, zarur hollarda, davlat boshqaruvi organlari yoki xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning taqdim etgan xulosalarini oʻrganadi.

4. Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari mavjudligini tasdiqlash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

5. Qabul qilingan qaror haqida talabgorni YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.

4-bosqich

Talabgor

(Yuridik yoki jismoniy shaxs-shartnoma tomoni)

Toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisida xabarnoma olgan taqdirda ushbu Reglamentda belgilangan miqdordagi yigʻim uchun toʻlovni (bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida, bir soʻrovnomada birdan ortiq shartnomalar boʻyicha soʻrov qilinganda har bir qoʻshimcha shartnoma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida) amalga oshiradi.

Bir ish kuni

5-bosqich

Vakolatli organ

(Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi)

1. Toʻlov amalga oshirilganligi tasdiqlangandan soʻng sertifikatni tayyorlab, talabgorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

2. Berilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha berilgan sertifikatlar reyestriga avtomatik tarzda kiritiladi.

Bir ish kuni

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha

‎SERTIFIKAT NAMUNASI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

‎INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO VAZIRLIGI

_______________-son SERTIFIKAT* (NAMUNA)

Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat
xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan

1. Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi

2. Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini yuzaga kelganligi

3. Shartnoma toʻgʻrisida maʼlumot (shartnoma tuzilgan sana, shartnoma tomonlari va ularning joylashuvi, shartnoma muddatlari, qarama-qarshi majburiyatlarning bajarilishi va boshqa rekvizitlar)

4. Shartnoma majburiyatlarini bajarishda yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini yuzaga kelganligini tasdiqlash

Sertifikat beruvchi organning vakolatli shaxsi:

(lavozimi)

(QR-kod)

(F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Izoh: Sertifikat davlat tilida yoki talabgor soʻroviga muvofiq ingliz hamda rus tilida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish yuzasidan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SOʻROVNOMA

Talabgor nomi

(Yuridik shaxs — nomi va tashkiliy-huquqiy shakli,

Jismoniy shaxs — F.I.O., pasport yoki ID — karta maʼlumotlari

(seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilganligi)

Manzili

(Yuridik shaxs — joylashgan yeri (pochta manzili),

Jismoniy shaxs — doimiy yashash manzili)

STIR / JSHSHIR (mavjud boʻlsa)

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami

Xizmat koʻrsatuvchi tijorat bank nomi

Sertifikat beriladigan shartnoma(lar)ning sanasi va raqami

Soʻrovnomaning qisqacha mazmuni, yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarining tavsifi (ular sodir etilgan joy, vaqt, davr hamda ularning taʼsiri)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash boʻyicha berilgan sertifikatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REYESTRI

T/r

STIR/JSHSHIR

(mavjud boʻlsa)

Talabgor toʻgʻrisida maʼlumot

Sertifikat berilgan shartnoma sanasi va raqami

Sertifikat seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi

Yuridik shaxsning toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli / Jismoniy shaxsning F.I.O. va pasport yoki ID — karta seriyasi va raqami

Manzili

(Yuridik shaxs — joylashgan joyi (pochta manzili),

Jismoniy shaxs — doimiy yashash manzili)

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), telefon raqami

1.

2.

3.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 625-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash mexanizmini amalga kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 15-fevraldagi 63-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 78-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-son qarori)” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga ilovaning 18-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 55-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimi tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan oʻzbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 25-iyundagi 393-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari koʻrsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 09/22/625/0973-son)