LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktabrdagi 625-sonli “Engib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z 2022-yil 30-dekabrdan kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 28-avgustdagi 409-son qaroriga muvofiq hamda tashqi savdo bitishuvlari shartlariga muvofiq yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Engib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash to‘g‘risida sertifikat berganlik uchun to‘lov kunida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom tashqi savdo bitishuvlari va xalqaro shartnomalar (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb yuritiladi) shartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida boshlangan yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibini belgilaydi.
2. Engib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari — bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlardir.
3. Engib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida shartnoma tomoni majburiyatlarni bajarishi uchun imkoniyat bo‘lmaganda shartnoma tomoni yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari tasdig‘ini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) murojaat qilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Engib bo‘lmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash manfaatdor tomonning yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlari ko‘rsatilgan yozma arizasi asosida Vazirlik tomonidan tegishli sertifikat berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Arizaga belgilangan tartibda tasdiqlangan shartnomalar hamda shartnomaga spetsifikatsiyalar nusxasi, shartnoma bo‘yicha bajarilgan majburiyatlar hajmlari to‘g‘risida ma’lumotlar ilova qilinadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza va ilova qilinayotgan hujjatlar arizachi tomonidan bevosita Vazirlikka taqdim etiladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
5. Vazirlik olingan ariza asosida davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlaridan yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlari mavjudligini tasdiqlash uchun zarur axborotni so‘raydi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari Vazirlik so‘rovnomasi tushgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida so‘ralayotgan axborotni yozma shaklda taqdim etishi shart.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
6. Sertifikat ariza beruvchiga mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar bilan ariza berilgan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sertifikatda shartnoma tomonlarining nomi, uning tartib raqami va tuzilgan sanasi, yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlari tavsifi, ular sodir bo‘lgan joy, vaqt, davr ko‘rsatiladi. Sertifikat Vazirlik muhri bilan tasdiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Sertifikat dublikati yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan sertifikat o‘rniga beriladi. Sertifikat dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Sertifikat dublikati dublikat berish to‘g‘risida murojaat qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida beriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlari majburiyatlarni bajarmaslik sabablari hisoblanmasligi to‘g‘risidagi xulosaga kelgan taqdirda sertifikat berishni rad qilish huquqiga ega.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Sertifikat berish rad qilingan taqdirda ariza berilgan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida ariza beruvchiga asoslangan yozma xulosa yuboriladi.
Sertifikat berishni rad qilish, shuningdek arizani ko‘rib chiqish muddatlari buzilishi yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Zarur hollarda Vazirlik tomonidan xo‘jalik subyektlariga, ularning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xorijiy mamlakatlarda sertifikat berish, fors-major holatlarini tasdiqlash va sertifikat olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqishning borishi masalalari bo‘yicha maslahatlar beriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)